3-Mavzu: Oilada bola tarbiyasida milliy an’analardan foydalanish. Ota-onalarga
tarbiyaga oid bilimlar berish
REJA:
1.Milliy sharqona tarbiya mezonlari.
2.Milliy ma`naviyat haqida tushuncha.
3.O’zbek xalqining o’ziga xos milliy an’analari.
4.Buyuk allomalarimiz milliy-ma’naviy merosning bola tarbiyasidagi ahamiyati
haqida.
Davlatimiz sobit qadamlar bilan o’z taraqqiyot yo’lida bormoqda. Bu yo’l
milliy xususiyatlar, qadriyatlarni tiklash, saqlash, rivojlantirish, milliy g’ururimizni
uyg’otish, vatanparvarvarlik va umuminsoniy qadriyatlarga asoslangan mafkura
negizida kamolotga erishish yo’lidir.
Milliy odob, miliy e’tiqod, iymon, diyonat kabi insonning butun milliy
xususiyatiga bog’liq fazilatlarni yosh avlodning shaxsiy sifatlariga aylantirish dolzarib
vazifadir. Milliy tarbiya mezonlarini belgilashda mustaqil O’zbekistonning ijtimoiy
buyurtmasi bo’lmish ijobiy sifatllar; milliy iftixor,vatanparvarlik, millatlararo muloqot
madaniyati, milliy odob, vijdoniylik, imon-e’tiqod, milliy istiqlol mafkuraviy ongini
rivojlantirish zarur.Ularning aksi bo’lgan salbiy sifatlar: milliy befarqlik, vatanfurushlik,
xoinlik, manqurtlik, millatchilik, mahalliychilik, vijdonsizlik,mafkurasizlik kabilarga
nafrat uyg’otish darkor. Bu ishlarni bir-biri bilan uzviy bog’lab olib boorish o’qituvchi-
tarbiyachilar tomonidan maxsus mezon qilib olinishi kerak. Milliy tarbiya mezonlarini
belgilashda o’quvchilarning yoshi, aqliy imkoniyatlari e’tiborga olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |