O’QITISH – o’qituvchi va ta’lim oluvchining birgalikdagi faoliyati va bu
jarayonda bolalarning ma’lumot olishi, o’quv ko’nikma va malakasini egallashi,
tarbiyalanib, rivojlanib borishi nazarda tutiladi.
DIDAKTIKA – grekcha didaskien so’zidan olingan bo’lib, o’qitaman, o’qishni
o’rgataman ma’nolarini anglatadi. SHunga ko’ra didaktika – bu o’qitish nazariyasidir.
Didaktika o’qitish jarayonining shakllari, metodlari, tamoyillari, mazmuni, vazifasi
va maqsadlarini ishlab chiqadi.
DIDAKTIKANING PREDMETI – ta’lim-tarbiya muassasasi sharoitda
muallimning rahbarligi ostida amalga oshadigan o’quv jarayonidir. Didaktikada ana
shu jarayonning qonuniyatlari tadqiq qilinadi, har xil tipdagi ta’lim-tarbiya
muassasalarida u yoki bu darajada beriladigan ta’lim mazmunini belgilashning ilmiy
asoslari, o’qitish vositalari va metodlarining samaradorligini oshirish yo’llari hamda
ta’limning tashkiliy shakllari ishlab chiqiladi.
METODIKA– Pedagogikaning o’qitish, qonuniyatlari, qoidalari, tashkil etish
shakllari, amalga oshirish va natijalarini nazorat qilib baholash metodi hamda
vositalarini o’zida mujassamlashtiruvchi fan tarmog’idir. Har bir o’quv fani
o’qitish sohasi o’rgatishning vazifalari, mazmuni, metodlari va tashkiliy ko’rinishi
haqidagi metodika asosida quriladi.
Maqsadga yetishda muayyan to’siqni yengib o’tish uchun qo’llaniladigan tadbir va
choralar majmuini METOD deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |