Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti masofaviy ta
Download 1.52 Mb. Pdf ko'rish
|
Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti masofav
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzu yuzasidan savollar
Milliy meros-intelektual sohada o’tmishdagi ajdodlarimizdan avloddan-avlodga o’tib
kelayotgan aqliy faoliyat natijalari, donishmandlarimiz ijodi namunalari, allomalarimizning adolatli jamiyat va komil inson tarbiyasi haqidagi ta’limotlardir. Ta’lim-tarbiya jarayonida vatanimiz tarixi, madaniyati, ilm-fan arboblari, mutafakkirlar, ma’rifatparvarlar to’g’risidagi bilim berish o’quvchilarda g’urur va iftixor tuyg’usini vujudga keltiradi. O’zbekistonnning fan va texnikasi,unumdor yeri, tuprog’i, saxiy va zaxmatkash xalqi, foydali qazilmalari, jahon va umumxalq bozoridagi paxtasi, ipagi, qorako’l, oltini salmog’i ochib berilishi o’quvchilarda milliy ongini o’stiradi, milliy o’z -o’zini anglashni tantilik, sadoqatlilik, poklik, odoblilik fazilatlari milliy xarakterning eng muhim jihati hisoblanadi. Ushbu xislatlarni ta’lim-tarbiya jarayonida o’quvchilar ongida shakllantirish, ular ruhiyatini xalq durdonalar bilan boyitish, qadriyatlarning oqilona tadbirlariga e’tiborini qaratish maqsadga muvofiqdir. Buyuk sharq allomalarining milliy-ma’naviy merosi bola tarbiyasida muhim ahamiyatga egadir. Buyuk o’zbek shoiri Alisher Navoiy badiiy merosi juda boy va kop qirralidir. U she’riy devonlar va yirik dostonlar yaratish bilan birga Markaziy Osiyoning XV asrdagi ma’naviy hayotni aks ettiradigan nasriy asarlar va ilmiy risolalar ham yozgan. Navoiy ilmiy va adabiy asarlarni yaratishda o’z davridagi olimlar, adiblar va shogirdlariga namuna bo’lgan. Uning deyarli barcha asarlari tarbiyaviy-marifiy ahamiyatga ega. Shoirning besh dostondan iborat shoh asari, “Xamsa” da inson kamolotining barcha masalalari qamrab olingan.Unda o’sha davr uchun dolbzarb axloqiy, tarbiyaviy, ijtimoiy-falsafiy fikrlar bayon qilingan. Adolat, muruvvat, saxiylik, odob, kamtarlik, qanoat, insof, ishq-vafo rostgo’ylik, do’stlik, o’zaro yordam va boshqa ajoyib fazilatlar, oddiy mehnatkashning jamiyatdagi o’rni ifodalangan. Ana shu olijanob fazilatlar ta’rifida alohida-alohida hikoyalar berilgan. Navoiyning didaktikaga oid asarlaridan eng muhimi yuqorida aytilgan ,,Mahbubul qulub’’dir. Kitob uch qismdan iborat. Birinchi qismda jamiyatning turli tabaqalari to’g’risida, ikkinchi qismda axloq va olijanoblik fazilatlar to’g’risida so’z yuritilgan. Uchinchi qismda esa tarbiyaviy va marifiy ahamiyatga ega bo’lgan hikmatli so’zlar va maqollar berilgan. Davlatimiz mustaqillikka erishgan hozirgi davrda buyuk bobomiz Navoiy merosini yosh avlodga chuqur o’rgatishimiz zarur. Zeroki,u o’z asarlarida milliy iftixor, xalqqa, ona tiliga,Vatanga mehr-muhabbat bilan qarash g’oyalarini targ’ib qilgan. 20 Mavzu yuzasidan savollar: 1.Milliy urf-odat deb nimaga aytiladi? 2. An`ana deb nimaga aytiladi? 3. Xalq an`analarining tarbiyadagi ahamiyati nimalardan iborat? 4. Milliy meros deb nimaga aytiladi? 5. Xalqimizga xos bo’lgan milliy urf-odatlarni to’plang. Download 1.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling