Ota-onalar majlisi. Sinf va umummaktab ota-onalar majlisi maktab bilan oila
o`rtasida aloqa bog`lashda katta rol o`ynaydi. Bunday majlislarning tematikasi ota-
onalarni qiziqtiradigan, ularning talablarini qondiradigan bo`lishi kerak.
Sinf va umummaktab ota-onalar majlisi har bir chorak oxirida, o`quv yilining
boshida va oxirida chaqirilishi mumkin, bunda chorak yakunlari va kelgusi ishning
rejalari, o`quv yilining boshlanishida esa o`quv yili davomida amalga oshirilishi lozim
bo`lgan ishlar, maktabda o`quv-tarbiya ishlarini yaxshi yo`lga qo`yishda ota-onalarning
roli, vazifalari kabi masalalar muhokama qilinadi. Ota-onalar majlisida oilada bola
tarbiyasi haqida ayrim ota-onalarning ilg`or tajribalari, tarbiya masalasidagi ba`zi bir
nuqsonlar haqida o`quvchilarning ota-onalari o`z tajribalarini o`rtoqlashadilar, bir-
birlariga maslahatlar beradilar. Majlis oxirida o`quvchilarning qo`l Mehnati darslarida
ishlagan eng yaxshi ishlari, eng yaxshi chizgan rasmlaridan tashkil etilgan, ko`rgazma
bilan tanishtirish, o`quvchilar kuchi bilan tayyorlangan kontsertlar berish mumkin. Ota-
onalarning majlislarda qatnashishlarini ta`minlovchi eng asosiy shart – bu majlislarni
qiziqarli, mazmunli qilib o`tkazishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |