Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti masofaviy ta


Download 1.52 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/120
Sana02.01.2022
Hajmi1.52 Mb.
#199849
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   120
Bog'liq
Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti masofav

Ta’lim berish uchun sharoit 
        Olim,  pedagog,  amaliyotchilar  kuchi  birlashganida  iqtidorli  bolalarning  to‘la 
rivojlanishi uchun sharoit yaratish mumkin. Iqtidorning namoyon bo‘lishi uchun bolani 
yoki  uning  tirishqoqligi,  maqsadga  intiluvchanligi,  iroda  sifatlarini  rag‘batlantirish 
lozim.  Aynan  rag‘bat  va  qunt  bilan  mehnatning  iqtidor  bilan  uyg‘unlashuvi  uning 
qobiliyatlari haqida gapirish imkonini beradi. Bu yerda, eng avvalo, zarurat tug‘ilganida 
iste’dodga  to‘g‘ri  yo‘nalish  bera  olishi  mumkin  bo‘lgan  ota-ona,  pedagog,  maktab 
psixologlari muhim rol o‘ynaydi. Rag‘batsiz iqtidorli bola iste’dodini namoyon qilishi, 
o‘z  iqtidorini  takomillashtirish  ustida  ishlamasdan  turib  ulkan  natijalarga  erishishi 
mumkin  emas.  Iqtidorli  bola  o‘zi  singari  iste’dodli  o‘quvchilar  o‘qiydigan  hamda 
maxsus tayyorgarlikka ega o‘qituvchilar ishlaydigan maktabda o‘qishi lozim — ko‘plab 
professional  psixologlar  shunday  deb  hisoblashadi  (oddiy  maktabda  talantli  bolani 
o‘qituvchi  bilan  ziddiyat  kutadi).  Gap  iste’dodli  bolalar  maxsus  saralash  tizimi  orqali 
qabul  qilinadigan  hamda  maxsus  dastur  bo‘yicha  o‘qitiladigan  ixtisoslashtirilgan 
maktablar  haqida  bormoqda.  Iqtidorli  bolalar  bilan  ishlashning  so‘nggi  yillardagi 
tajribasi  ko‘rsatishicha,  maktab  ta’limi  va  tarbiyasiga  an’anaviy  qabul  ulg‘ayotgan 
shaxs ijodiy salohiyatini rivojlantirish vazifasidan yiroq. Oddiy kuzatuvlar butun ta’lim 
tizimini  birdaniga  qayta  qurishning,  o‘qituvchilarning  maktabga  goho  ko‘plab 
qiyinchiliklar  olib  keladigan  «nostandart»  bolalarga  munosabatini  o‘zgartirishning 
naqadar  murakkab  va  mushkulligini  yaqqol  ko‘rsatadi.  Iqtidorli  bolada  o‘zini  chetga 
olish,  o‘z  imkoniyatlarini  niqoblash  sindromini  shakllantiruvchi  mexanizmlar 
bosqichma-bosqich  namoyon  bo‘ladi.  Pedagog  va  psixologlar  o‘rtasida  iqtidorlilarni 
o‘qitish yuzasidan kamida ikkita nuqtai nazar mavjud. Ulardan biriga muvofiq iqtidorli 
bolalarni  o‘qitish  uchun  maxsus  sinflar  va  maxsus  ta’lim  muassasalarini  tashkil  qilish 
kerak.  Boshqa  nuqtai  nazarga  ko‘ra,  iqtidorli  bolalar  hamma  bolalar  bilan  birgalikda 
ta’lim  olishlari  kerak,  bo‘lmasa,  ular  «normal»  kishilar  orasida  yashash,  ular  bilan 
muomalada bo‘lish va ishlashni o‘rgana olmaydilar. 
Shunday  bo‘lsa-da,  ko‘pchilik  olimlar  iste’dodni  rivojlantirish  uchun  sharoit 
yaratish  bo‘yicha  puxta  o‘ylangan  ta’lim  tizimi  doimo  o‘z  natijasini  berishini 
tasdiqlashadi va unga ko‘plab misollar keltirish mumkin. O‘zbekistonda o‘quvchilari bir 
necha  bor  xalqaro  olimpiadalar  g‘olibi  bo‘lgan,  kuchli  uchlikka  kirgan  mashhur 
Qorako‘l  matematika  maktab-internatini  misol  qilib  ko‘rsatish  mumkin.  Umuman 
olganda,  mustaqillik  yillarda  O‘zbekiston  o‘quvchilari  matematika  bo‘yicha  xalqaro 
olimpiadalarda  o‘n  beshta  medal  olishgan  bo‘lsa,  ulardan  o‘n  uchtasi  qorako‘llik 
o‘quvchilarga tegishli. 
Rossiyalik   pedagoglar  iqtidorli  bolalarni  o‘qitish  bo‘yicha  ulkan  tajriba 
to‘plashgan.  Ular  bilan  ishlash  an’anasi  Moskvadagi  57  ta  maktabda  barqaror  yo‘lga 
qo‘yilgan,  bu  haqda  ularning  bitiruvchilarining  muvaffaqiyatlari  ko‘p  narsani  so‘zlab 
beradi.  Ulardan  220  nafardan  ko‘prog‘i  hozir  jahonning  yaxshi  universitetlarida 
o‘qishmoqda, aksariyati ushbu oliy o‘quv yurtlarida dars berishmoqda. Yuzga yaqin fan 
nomzodi,  15  nafari  doktorlik  dissertatsiyasini  himoya  qilgan.  Sankt-Peterburgda  esa 
Rossiya  va  xalqaro  olimpiadalarda  g‘olib  chiqish  miqdori  bo‘yicha  Ioffe  nomidagi 


81 
 
fizika-texnika  instituti  qoshidagi  Alferov  litseyi  nomini  olishga  muvaffaq  bo‘lgan 
fizika-texnika maktabi ajralib turadi.  
Nobel  mukofoti  laureati  Jores  Alferov  o‘zi  nomidagi  jamg‘armaga  Nobel 
mukofoti  uchun  olgan  mablag‘ining  bir  qismini  o‘tkazgan.  Ushbu  pullarni  u  talantli 
o‘quvchi  va  o‘qituvchilar  uchun  o‘z  nomidagi  stipendiyani  joriy  etishga  sarflashni 
rejalashtirgan.  Pavlovskdagi    A.M.Gorchakov  nomidagi  maktab  iqtidorli  bolalar  bilan 
ishlash  bo‘yicha  yana  bir  ajoyib  tajribani  namoyish  qiladi.  U  mualliflar  tomonidan 
Sarskoselskoy  litseyiga  o‘xshatiladi,  maktabda  kam  ta’minlangan  Rossiya  ziyoli 
oilalarining  iqtidorli farzandlari ta’lim olishadi.  Muassasa  mitsenatlik (tadbirkorlardan 
biri  homiyligi)  orqasida  faoliyat  yuritadi,  bu  biznesning  jamiyat  oldidagi  ijtimoiy 
mas’uliyati muhimligini tasdiqlaydi.  
 

Download 1.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling