Savol va topshiriqlar
1. Bola tarbiyasida ota-onaning burch va mas’uliyatini so‘zlang.
2. Dono xalqimiz „Bola boshdan-nihol yoshdan“, „Bola aziz, odobi undan aziz“,
„Erkalasa onasi, taltayadi bolasi“, „Qush uyasida ko‘rganini qiladi“, „Onasini ko‘rib qizini ol,
otasini ko‘rib qiz ber“ kabi maqollar orqali ota-onalarga nimalarni uqtirmoqchi bo‘ladi?
Ulardan qanday xulosaga kelish mumkin?
3. Oila baxti ko‘p jihatdan ayolga bog‘liq deyishadi. Buni Siz qanday tushunasiz? „Erni
er qiladigan ham, qaro yer qiladigan ham xotin“ degan naql bor, xalqimiz bu bilan nima
demoqchi?
4. Maktabni ota-onalar bilan hamkorligining qanday yo‘l va vositalarini bilasiz?
5. „Mahalla -ota-onang“, „Bir bolaga yetti qo‘shni ota-ona“ hik-matlarining ma’no-
mazmunini yozma ravishda bayon eting.
6. Oilaning vazifalarini sanang.
Do'stlaringiz bilan baham: |