103
bilimning asosiy vazifasi bilish jarayonini tartibli ravishda amalga oshirish yoki biror
ob’ektni amaliy o’zgartirishdan iborat.
MA’LUMOT - u ikki ma’noda ishlatilib, ikkisi xam pedagogikaga tegishli. 1.
Xabar – o’qish jarayonini amalga oshiruvchi vosita. Bilimli kishining unga talabgor
bo’lganlarga bilim berishi, yetkazishi. Ma’lum qilish deb, til va ko’rgazmalar
yordamida uni boshqalarga bildirishdir.2. Bilim darajasi. O’qish, bilish, ya’ni borliqdagi
ob’ektiv mavjud qonuniyatlarni his qilish natijasida olingan bilimlar yig’indisi – past
ma’lumotli, o’rta va yuqori ma’lumotli va xokazo.
MA’RUZA – bilimni so’z bilan ifodalash uslublaridan biri sifatida beriladigan
bilimlarni og’zaki bayon qilishni ko’zda tutib, o’z hajmining kattaligi, mantiqiy
qurilishi, obrazli isbotlash va umumlashtirishning murakkabligi bilan hikoyadan ajralib
turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: