Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti maxmutazimova yulduz raxmatovna
Download 3.92 Mb. Pdf ko'rish
|
MAKTABGACHA TA’LIMDA
Matematikani o ’rgatishda u tarb iy av iy choralarga ushbu
omillarni kiritadi: 1) bolalarda o ’qishga bo ’lgan qiziqish, bilim va ko’nikmalami shakllantirish; 2) faoliyat jarayoniga bo’lgan mas’uliyatlilikni tushuntirish; 3) o ’z kuchiga, qobiliyatiga bo’lgan ishonchni tarbiyalash; 4) matematika keyingi bosqich uchun “zamin” ekanligiga ishonchni tarbiyalash. Matematik tushunchalami shakllantirishda quyidagi komponentlarga ajratiladi: 1) keng qamrovli tasvirlashni rivojlantirish; 2) asosiyni tanlay bilish, abstrakt flkrlashni bilish; 3) aniq holatdan savolni matematik ifodalashga o ’tishni bilish; 4) tahlil qilishni, aniq holatlarga bo’lishni bilish; 5) ilmiy xulosalami aniq materialda ishlashni bilish; 6) matematik masalani yechishda toqat qilishni bilish, deduktivfikrlash ko ’nikmalarini hosil qilish; 7) yangi savollami berish (qoyish)ni bilish. Demak, ilk matematik qobiliyatlar shunday insoniy xususiyatlar orqali ifodalanadiki, ular matematika ilmida yuqori ijodiy faoliyat ko’rsatishga imkon yaratadi. Bilim va ko’nikmalami o ’rganuvchilaming ko’pchiligi bilish bu matematik masalada qoyilgan maqsadga muvaffaqiyatli erishtiruvchi bilim va ko’nikmalarga asoslangan insoniy qobiliyatdir. “Bilish”ning ayni shunday ifodalanishi ushbu izlanishda ko ’rilmoqda. “K o’nikma” bolaning masalani yechishdagi shaxsiy tajribasida ifodalanuvchi faoliyat deb k o ’riladi. Bilimni o ’zlashtirish va bilim hamda ko ’nikmalaming shakllanishi o ’rtasidagi bog’lanish bolalaming bilimlariga asoslangan bilim va ko’nikmalami egallashda ko’riladi. Ushbu k o ’nikma va bilimlar hisobida bolalarda yangi bilimlar, tushunchalar o ’zlashtiriladi. Geometrik tushunchalami rivojlantirishda bolalarda mustaqil flkrlashni shakllantiruvchi boshqa bilim va ko’nikmalami shakllantirish muhimdir. Bolalarda matematik tushunchalami rivojlantirish bir qator shartlarga bog’liq: Download 3.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling