Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti, o’zbek tili va adabiyoti yo’nalishining


Download 16.6 Kb.
Sana05.01.2022
Hajmi16.6 Kb.
#204519
Bog'liq
"Kitob-mening do'stimsan" Suyundikova Zarina


Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika

universiteti , o’zbek tili va adabiyoti yo’nalishining

1-kurs 103-guruh talabasi Suyundikova Zarinaning

Kitob – mening do’stimsan!

Mavsuda yozgan maqolasi.

Umrida biron marta bo’lsin qo’liga kitob tutmagan inson faqirdir.Chunki u qanchadan-qancha dunyo ajoyibotlaridan bebahra qolgani yetmagandek, faqatgina bir umr bilangina cheklangan hisoblanadi. Kitobxon minlab taqdirlarda yashaydi, asar qahramonlarining dardlariga kuyunadi, quvonchiga suyunadi, o’zining ham hayotida kuzatilishi mumkin bo’lgan hodisalarga ham ma’nan,ham ruhan tayyorlanadi. Hayot sinovlariga duch kelganida u biladiki, eng yaxshi kitob uning joniga oro kiradi, to’g’ri yo’lni ko’rsatadi. Kitob nafaqat saboq beradi, balki inson ruhiyatining eng go’zal qirralarini sayqallaydi, unga ishlov beradi va komil inson maqomiga olib chiqadi. Inson so’zining asl ma’nosi “unutuvchi” dir, qachonki bilib – bilmay xatoga yo’l qo’ysang eng yaqin kishilaring ham barcha yaxshiliklaringni unutadi va seni tark etadi. Ammo kitob eng sodiq do’st va tuganmas xazinadir unutma!

““Agar mendan sizni nima qiynaydi?” deb so’rasangiz, farzandlarimizning ta’lim va tarbiyasi deb javob beraman”.- deydi Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev. Darhaqiqat, o’sib kelayotgan yosh avlod ongida kitobga bo’lgan muhabbat va qiziqishni uyg’otish yo’lida mamlakatimizda bir qator chora tadbirlar ko’rolmoqda. Jumladan, “Yosh kitobxon” ko’rik tanlovining telvediniya va teleaxborot vositalari orqali keng omma e’tiboriga uzatilishi, yoshlarning bo’sh vaqtdan unumli va samarali foydalanishga chorlovchi muhim omillardan biri bo’ldi deyish mumkun.

Shaxs sifatida to’laqonli rivojlanish va yetuk shaxs sifatida kamol topish uchun eng avvalo o’z tariximizni bilmog’imiz darkor. Ajdodlarimiz shu qadar buyuk va yorqin shaxslar bo’lganligining yaqqol isboti sifatida o’zimning eng sevimli kitobimga aylangan “Men kim Sohibqiron-Jahongir Temur” asari haqida qisqacha aytib o’tmoqchiman. Mazkur asar muallifi Marsel Birion Yevropada dovruqli insonlar hayoti va faoliyatiga oid ko’plab tarixiy asarlari bilan mashhur asarlari bilan mashhur olimlardan: u Fransiyada publitist, adabiy tanqidchi va keyinchalik bir qator romanlar, shuningdek, tarixiy mavzudagi asarlar muallifi sifatida shuhrat topgan ijodkorlardan. Ushbu asarning o’ziga xos jihati shundan iboratki, Jahongir bobomiz shaxsi, uning hayoti, faoliyati, siyosiy va harbiy sohalarda tutgan yo’liga oid boy xilma-xil ma’lumotlarni ham o’z ichiga oladi. Zero, bunday mufassal ma’lumotlar Amir Temur tarixidan so’zlovchi boshqa nasriy manbalarda kam uchraydi. Muallif asarni o’zgacha ishtiyoq va qunt bilan soda uslubda yozgani e’tiborga molikdir.



Muhtaram birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning: “Bizning bugungi asosiy vazifamiz shundan iboratki, asrlar davomida dunyoning turli mamlakatlarida Amir Temur merosiga bag’ishlab yirik ilmiy markazlarda haqiqatgo’y olimlar tomonidan yaratilgan tadqiqotlarni chuqur o’rganishimiz , ularni tarjima qilishimiz, xalqimizga, kelgusi avlodlarimizga tarixni xolis va haqqoniy o’rgatuvchi darsliklar sifatida, bizning faxru iftixorimiz sifatida taqdim qilishimiz kerak”,- degan so’zlari tarixni o’rganishga bizni chorlovchi eng ilhombaxsh so’zlar desak mubolag’a bo’lmaydi. Mazkur asar va shu kabi bir qator tarixiy asarlarda bayon etilgan ajdodlarimizning hayoti va faoliyati barcha uchun birdek saboq maktabi bo’lishi shubhasiz.
Download 16.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling