Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika universiteti O’zbek tili


Download 13.39 Kb.
Sana19.10.2023
Hajmi13.39 Kb.
#1709538
Bog'liq
tavsiyanoma


Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat
Pedagogika universiteti O’zbek tili
va adabiyoti fakulteti III bosqich
talabasi Jo’raqulova Xumoraga
TAVSIFNOMA
Jo’raqulova Xumora 2011-2012 o’quv yilida TDPU O’zbek tili va adabiyoti fakultetiga o’qishga qabul qilindi. U o’zining namunali xulqi, bilimga chanqoqligi, jamoat ishlarida faolligi bilan boshqa talabalardan ajralib turadi. O’zbek tili, adabiyot va xorijiy tillarni o’rganishga ishtiyoqi baland. Universitetimizda o’tkaziladigan tadbir va tanlovlarda ham faol ishtirok etadi. Ayniqsa, til va adabiyotga bag’ishlangan tadbirlarda doim faol. A.Oripov, E.Vohidov, Iqbol Mirzo, U.Hamdam kabi yozuvchi va shoirlar bilan bo’lib o’tgan uchrashuvlarda ham ishtirok etib, o’z iste’dodini namoyon qilib kelmoqda. Jo’raqulova Xumora keng fikrli, bilimga chanqoq talaba. U universitetda ta’lim olish bilan birga adabiy tanqid sohasida ham izlanishlar olib bormoqda. Xususan, “O’zbek adabiyoti” kafedrasi dotsenti I.Yoqubovdan bugungi kun yosh ijodkorlari asarlarining mazmun va g’oyasi, uning badiiyatini o’rganish bo’yicha ilmiy ish olib, shu borada izlanishlar olib bormoqda. Yosh bo’lishiga qaramay, maqsadlari sari dadil qadam tashlaydigan, tashabbuskor, ijodkor bu qizning kelajagiga katta umid bog’laganmiz, har sohada omad tilaymiz.

O’zbek tili va adabiyoti fakulteti I.A.Azimov


dekani

Fakultet MMIB dekan muovini G.Ashurova

Fakultet “Kamolot” YoIH A.Ikromov
Boshlang’ich tashkilot yetakchisi

Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat


Pedagogika universiteti O’zbek tili
va adabiyoti fakulteti III bosqich
talabasi Jo’raqulova Xumoraga
TAVSIYANOMA
Jo’raqulova Xumora o’zining namunali xulqi, bilimga chanqoqligi, jamoat ishlarida faolligi bilan boshqa talabalardan ajralib turadi. Universitetda o’tkaziladigan tadbir va tanlovlarda ham faol ishtirok etadi. Ayniqsa, adabiyotga bag’ishlangan tadbirlarda doim faol. A.Oripov, E.Vohidov, Iqbol Mirzo, U.Hamdam kabi yozuvchi va shoirlar bilan bo’lib o’tgan uchrashuvlarda ham ishtirok etib, o’z iste’dodini namoyon qilib kelmoqda. Shu jumladan, adabiyotimizning zabardas vakili Naim Karimov va yozuvchi-shoir Ulug’bek Hamdam bilan bo’lib o’tgan adabiy uchrashuvlarda o’zining tashabbuskor, faol talaba ekanligini yana bir bor namoyon qildi. Jo’raqulova Xumora keng fikrli, bilimga chanqoq talaba. U universitetda ta’lim olish bilan birga adabiy tanqid sohasida ham izlanishlar olib bormoqda. Xususan, bugungi kun yosh ijodkorlari asarlarining mazmun va g’oyasi, uning badiiyatini o’rganish bo’yicha ilmiy ish olib, shu borada izlanishlar olib bormoqda. Xumoraning o’qish va ishlarida omad tilaymiz.

O’zbek tili va adabiyoti fakulteti I.Yoqubov


Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat


Pedagogika universiteti O’zbek tili
va adabiyoti fakulteti III bosqich
talabasi Jo’raqulova Xumoraga
TAVSIFNOMA
Jo’raqulova Xumora namunali xulqi, bilimga chanqoqligi, jamoat ishlarida faolligi bilan boshqa talabalardan ajralib turadi. Xorijiy tillarni o’rganishga ishtiyoqi baland. Universitetimizda o’tkaziladigan tadbir va tanlovlarda ham faol ishtirok etadi. Xorijiy bo’lmagan fakultetlar o’rtasida ingliz tilidan bo’lib o’tgan olimpiadada faol ishtirok etib, faxrli o’rinni egalladi. Bundan tashqari, chet tili fakultetida bo’lib o’tgan “Har kuning Navro’z bo’lsin” bayram tadbirida ham ishtirok etib, o’z iste’dodini namoyon qildi. Jo’raqulova Xumora keng fikrli, bilimga chanqoq talaba. Darslar mobaynida ham u o’zining tashabbuskorligi, izlanuvchanligi, faolligi bilan boshqa talabalarga o’rnak bo’la oladi. Har sohada Xumoraga omad tilaymiz.


fakulteti Sh.Rahimova
Download 13.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling