O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
NIZOMIY NOMIDAGI
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA
UNIVERSITETI PEDAGOGIKA VA PSIXOLOGIYA FAKULTETI
« JINOYAT ISHLARI BO’YICHA SUD PSIXOLOGIK EKSPERTIZASINI O’TQAZISH ASOSLARI »
Mavzusidagi
KURS ISHI
BAJARDI: 501-guruh talabasi
Muxitdinova Dildora Faxritdinovna
ILMIY RAXBAR: “Amaliy psixologiya”
kafedrasi
DSC.,P.F.D
UMAROVA.N.SH_____________
Toshkent-2023
MUNDARIJA
|
KIRISH
|
|
I-BOB.
|
SUDGA OID PSIXOLOGIYA EKSPERTIZASINING MUHIM JIHATLARI
|
|
1.1.
|
Sud-psixologik ekspertizasi predmeti va vazifalari
|
|
1.2.
|
Individual psixologik o’ziga xos xususiyatlarning sud-psixologik ekspertizasi
|
|
II-BOB.
|
SUDGA OID -PSIXOLOGIYA EKSPERTIZASIDA AFFEKT HOLATINI TADQIQ QILISH
|
|
2.1.
|
Affekt holatining sud-psixologik ekspertizasi.
|
|
2.2.
|
Gumon qilinuvchi va ayblanuvchi shaxsining psixologik tavsifi
|
|
|
XULOSA
|
|
|
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
|
|
KIRISH
Kurs ishining dolzarbligi. O’zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan va jamiyatning barcha sohalarini to’liq qamrab olgan islohotlarining asosiy maqsadi fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, jamiyatda tinchlik va barqarorlikni ta’minlash, millatlar va fuqarolar o’rtasida o’zaro totuvlikni saqlashga qaratilgan.
Jumladan, sud huquq sohasidagi islohotlarning ro’yobga oshishi borasida mamlakatimizda yetarli darajada qonunchilik bazasi shakllanib ulgurdi va hozirda yanada takomillashtirilmoqda.
Shu o’rinda 2010 yil 1-iyunda «Sud ekspertiza to’g’risida»gi, 2012 yil 25 dekabrda «Tezkor-qidiruv faoliyati to’g’risida»gi va shu kabi bir qator qonunlarning qabul qilinishi mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning insonparvarlik g’oyalarini qamrab olganligi va islohotlarning asosiy e’tibori inson huquqlari oliy qadriyat sifatida qaralayotganligi dunyo hamjamiyati tomonidan e’tirof etilmoqda.
Ma’lumki, amalga oshirilayotgan barcha islohotlar mamlakatni chinakam rivoji, aholining turmush darajasining yuksalib borishi, aholining yalpi daromadlarining o’sishi, aholining mulkchilik shakllariga ega bo’lishi, davlat boshqaruvida fuqarolar faolligi, aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatining yuksalishi, davlat organlarining samarali faoliyati hamda bevosita ularning faoliyatida jamoatchilik nazorati kabi ko’plab ijobiy ko’rinish-larda namoyon bo’lmoqda.
Yuqoridagi maqsadlarga erishishning asosiy omillaridan biri jamiyatda qonuniylikni ta’minlashdir. Qayd qilingan ustuvor vazifani bajarish huquqni muhofaza qiluvchi organlar va sudning asosiy funksiyasini tashkil qiladi. Zero, fan-texnika taraqqiyoti yutuqlarini huquqni muhofaza qilish organlari va sud faoliyatida keng tatbiq etish ishlarning yuritish sifatini oshiradi, jinoyat ishiga oid dalillarni o’z vaqtida qo’lga kiritish, jinoyat sodir etgan shaxslarni tezda aniqlash va fosh etish orqali jinoyat-prosessi vazifalarining samarali bajarilishini ta’minlaydi.
«Shu ma’noda, ekspertiza bugungi kunda surishtiruv, dastlabki tergov va sud jarayonida yetakchi o’rinlardan birini egallamoqda»1.
Turli jinoiy, fuqarolik, xo’jalik va ma’muriy ishlarda shaxs–fuqaro–davlat va xo’jalik faoliyatini yurituvchi korxonalarning qonuniy manfaatlarini umume’tirof etilgan normalar asosida himoya qilinishida, inson huquq va erkinliklarini ta’minlashda, zarur bo’lsa, huquqiy demokratik davlat barpo etishda sud ekspertizasi ham munosib o’rin egallab kelmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |