Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti q
Tadqiqotning metodologik asosi
Download 0.99 Mb. Pdf ko'rish
|
Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti q
- Bu sahifa navigatsiya:
- Himoyaga olib chiqiladigan holatlar
- Magistrlik dissertatsiyaning tuzilishi va hajmi
- I-bob.Boshlang‘ich ta’lim tizimida pedagogik aksiologiyadan foydalanishning nazariy pedagogik asoslari
Tadqiqotning metodologik asosi: O‘zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi, «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonuni, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi», Respublika Prezidenti I.A.Karimovning bir qator asarlari, shuningdek, «Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar» risolasida ilgari surilgan qarashlar; yoshlar ma’naviyatini yuksaltirishga qaratilgan Davlat dasturlari, meyoriy hujjatlar; o‘zbek xalq pedagogikasi g‘oyalari, Pedagogika fani konsepsiyasi, pedagogikaning nazariy asoslari va milliy iftixor tuyg‘usini shakllantirish metodlariga yaxlit yondashish, mavzuga oid ilmiy-pedagogik, falsafiy, siyosiy manbalar tashkil qiladi. Himoyaga olib chiqiladigan holatlar: 1. Pedagogik aksiologiya va undan boshlang‘ich ta’lim tizimida foydalanish Konsepsiyasi. 2. Pedagogik aksiologiya va undan boshlang‘ich ta’lim tizimida foydalanish texnologiyasining shakl, usul va metodlari. 3. Pedagogik aksiologiya va undan boshlang‘ich ta’lim tizimida foydalanish texnologiyasiga yo‘naltirilgan ilmiy-metodik tavsiyalar. Magistrlik dissertatsiyaning tuzilishi va hajmi: Magistrlik dissertatsiyasi Kirish,3 bob, 9 fasl, umumiy xulosa va foydalangan adabiyotlardan iborat. 12 I-bob.Boshlang‘ich ta’lim tizimida pedagogik aksiologiyadan foydalanishning nazariy pedagogik asoslari 1.Boshlang‘ich ta’lim tizimida pedagogik aksiologiyadan foydalanish pedagogik muammo sifatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimov O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining birinchi yig‘ilishidagi ma’ruzasida: “Asrlar mobaynida xalqimizning yuksak ma’naviyat, adolatparvarlik, ma’rifaisevarlik kabi ezgu fazilatlari Sharq falsafasi va islom dini ta’limoti bilan uzviy bog‘liq ravishda rivojlandi”, 3 - deb ta’kidlashlari bejiz emas. Ta’limiy qadriyatlarni amaliyotga tatbiq etish eng qadimgi davrlardan boshlab O‘rta Osiyo zaminida amal qilgan ta’lim mazmuni, shakl, usul va vositalarining boy jamg‘armasini atroflicha puxta o‘rganishni talab qiladi.Ularni bilish, didaktik qadriyatlardagi zamonaviy ta’lim amaliyotiga mos hayotbaxsh g‘oyalarni yangi mazmun va shakllar bilan boyitgan holda amalda joriy etish, shu asosda ta’limiy qadriyatlarimizni mazmunan va shaklan rivojlantirish zarur. Sharq xalqlarining ma’rifiy tamadduni uzoq va ibratli tarixga ega. K.Ye.Bendrikovning “ Ocherki po istorii narodnogo obrazovaniya v Turkistane” (“Turkiston xalqi ta’limi tarixidan ocherklar”) kitobida qayd etilishicha, O‘rta Osiyo xududida ming yillar ilgari Eron guruhidagi mahalliy tillarga mo‘ljallangan alifbo yozuvi mavjud bo‘lgan. Xususan, Xitoy sayyohi Syuzan Szyanning qayd etishicha, VII asr boshlarida Samarqandda o‘g‘il bolalarga besh yoshdan boshlab hisob va yozuvdan ta’lim berilgan. 4 Zero, maktablarning shakllanishida yozuvning vujudga keliishi va rivojlanishi muhim omil hisoblanadi. Sababi u axborot uzatishning nisbatan murakkab shakli sifatida o‘qitish va o‘rgatishni talab etadigan jarayondir.Yozuvning vujudga kelishi bilan inson faoliyatining aqliy va jismoniy turga bo‘lingan ikkinchi muhim 3 I. Karimov. О‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining birinchi yig‘ilishidagi ma’ruzasi. 4 К.Й. Бендрико “ Очерки по исtории народного образования в Tuркисtане”. 13 omil bo‘lib, bu turli ixtisoslik va kasblarning shakllanishiga olib kelgan. Oila, davlat va diniy muassasalar (maktab va madrasalar) eng qadimgi davrlarda o‘qitish tizimining markaziy figuralari hisoblanar edi. Shu sababali ta’limning turli shakllari oilada o‘qitish, machitlar qoshidagi maktablarda ta’lim olish, xususiy va madrasa ta’limi vujudga keldi. O‘rta asrlarda (XIII – XIV) Yevropadagi shahar maktablarida ona tili va lotin tilida dars o‘tilar, ta’limda amaliy bilimlarni o‘rgatish birlamchi ahamiyatga ega edi. O‘zbekistonda esa didaktik qadriyatlarning rivojlanish va shakllanish davri eng qadimgi davrlarga to‘g‘ri keladi. Farzand tarbiyasining bosh mummosi hisoblangan bolani zakovatli, bilimdon qilib voyaga еtkazish tilagi sababli ota- bobolarimiz unga qanday qilib bilim berish, ta’lim mazmunini belgilash, o‘qitish jarayonida bolaning shaxsiy xususiyat va fazilatlarini nazarda tutish, ta’lim metod va usullarini qo‘llash kabilrga e’tibor berishgan.Lekin, hozirga qadar Pedagogika oliy o‘quv yurtlari uchun yaratilgan “Pedagogika” va “ Pedagogika tarixi” darsliklarida didaktik qadriyatlarni o‘rgatishga еtarlicha e’tibor berilmay kelinmoqda.Bizningcha, buning asosiy sababi didaktik qadriyatlarning tizimli ravishda o‘rganilmaganligidadir. Bugungi kunda “qadriyat” so‘zini tez-tez qo‘llash oddiy holga aylandi. Qadriyatlar maxsus fan hisoblangan “Aksiologiya” tarkibida o‘rganilmoqda. “Aksiologiya” (yunoncha qadriyat, ta’lim) falsafa fanining bir bo‘limi bo‘lib, u qadriyatlar tabiatini falsafiy jihatdan tadqiq etadi. Endilikda faqat o‘tmish bilan bog‘liq hodisalarigina emas, balki yangi davr Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari, mustaqillik sharoiti va imkoniyatlari asosida shakllanayotgan ijtimoiy- ma’naviy hodisalar ham qadriyat deb atalmoqda. Olima M.O. Inomovaning talqiniga ko‘ra, - “Qadriyat- bu inson yoki jamiyatning u yoki bu ehtiyojini qondiradigan va ular manfaatiga xizmat qiladigan moddiy va ma’naviy ehtiyoj va manfaatlar bo‘lib, ular hayotga qimmatdorlik nuqtai-nazaridan yondoshishga asos bo‘la oladi. Umuman qadriyatlar jamiyat hayotining tarixiy 14 taraqqiyoti jarayonida shakllangan va rivojlangan o‘tmishda, hozirgi kunda va kelajakda ham ijtimoiy- siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy taraqqiyotga ijobiy ta’sir etadigan kishi ongiga singib, ijtimoiy ahamiyat kasb etadigan moddiy va ma’naviy boyliklardir” 5 . Qadriyatlar mazmuniga ko‘ra siyosiy, huquqiy, diniy, ma’naviy, axloqiy, umummadaniy, umuminsoniy, turmush va mehnat qadriyatlari kabi turlarga bo‘linadi. Umummadaniy qadriyatlar turiga mansub bo‘lgan pedagogik, didaktik, ta’limiy, tarbiyaviy qadriyatlar atamalari pedagogika fanida tobora ko‘proq qo‘llanilmoqda. Didaktik ta’limiy qadriyatlar atamasi mazmunini yoritib, pedagog olim SH.Mardonov unga shunday t’rif beradi: “Ta’limiy qadriyatlar shaxsga ilmiy- nazariy bilimlarni berish, unda yuksak ma’naviy- axloqiy sifatlarni tarbiyalash, uning har tomonlama barkamol bo‘lib voyaga еtishida muhim ijtimoiy pedaogik axamiyatga ega bo‘lgan, shuningdek, o‘ziga xos ahamiyat kasb etuvchi obektiv va subektiv omillar majmuidir”. Ta’limiy qadriyatlarning boy xazinasini o‘rganish bunday ming yil avval ham mutafakkirlar tomonidan ta’limga olid muhim g‘oyalar ilgari surilganini ko‘rsatadi. Xususan, olim Abu Rayhon Beruniy “Aql haqidagi risola”, “Kitobi axloq” kabi asarlari orqali boshlang‘ich ta’limni nazariy- amaliy rivojlantirishga muyyan hissa qo‘shgan. U bolalarga bilim berishni nisbatan erta (5-6 yoshdan) boshlash, bunda o‘qituvchi o‘z fanini yaxshi bilishi, pokiza va rostgo‘y bo‘lishi zarurligini uqtirgan. O‘rganilgan manbalar didaktik qadriyatlarning boy tuzilmaga ega ekani, ularni davrlar bo‘yicha tayanilgan didaktik tamoyillar, o‘qitish metodlari, o‘qitish vositalari o‘qitish shakllari asosida chuqur o‘rganish zarurligini ko‘rsatadi. Pedagogika fanida ta’limiy- tarbiyaviy qadriyatlarni o‘rganish muammosi ilmiy- metodik jihatdan kengqamrovli tadqiqi etilmagan. 5 M.O. Inomova. “Oilada bolalarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash”. T.: 2000 y. 15 Shunga ko‘ra, “ Pedagogik aksiologiya” fanini ilmiy asosda yoritishga katta e’tibor berilmoqda.Xususan, X.I.Ibragimov va SH.A. Abdullayevalarning pedagogika va psixologiya yo‘nalishidagi oliy o‘quv yurti magistrantlari uchun yozilgan (“Istoriya pedagogika i obrazovaniya”) (Pedagogika va ta’lim tarixi) darsligi ana shunday ishlardan xisoblanadi. Milliy va umuminsoniy qadriyatlar nafaqat shaxs shakllanishiga, shuningdek, jamiyatda zamonaviy ta’lim sifatiga, mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga ham katta ta’sir ko‘rsatadi. Shu bois Mustaqillik yillarida mamlakatimizda qadriyatlarga alohida e’tibor qaratildi va iqtisod va ijtimoiy sohada, jamiyatning ma’naviy-axloqiy yangilanishida muhim yutuqlarga erishdi. Natijada, jamiyatda yangi ijtimoiy muhit, yangi ma’naviy va axloqiy qadriyatlar shakllandi. Jamiyat o‘z rivojining har bir bosqichida ta’lim oldiga aniq maqsadlarni qo‘yadi va ma’lum bir vazifalarni yuklaydi. Shunga muvofiq ta’lim jarayonini tashkil etish va uning mazmuniga, ta’limdagi yakuniy natijaga nisbatan talablar qo‘yilgan. Boshqacha aytganda, davlat va jamiyat ta’limga nisbatan ma’lum bir siyosatni olib borib, jamiyatda ishlab chiqilgan qadriyatlarga muvofiq yosh avlodni shakllantiradi. Ta’lim — ijtimoiy faoliyat sohasi sifatida bugungi kunda jamiyatdagi, umuman jahon tamadduni qadriyatlarini o‘zlashtirish jarayonida shaxs rivojlanishi uchun shart-sharoit yaratishga qaratilgan. Shuning uchun ta’lim va bilish faoliyati, tarbiya va o‘z-o‘zini tarbiyalash, rivojlanish, o‘z-o‘zini rivojlantirish va ijtimoiylashtirish uyg‘unlashuviga aylanib bormoqda. Ta’lim tizimiga, xususan, Kadrlar tayyorlash davlat dasturi asosiga ham qadriyatlarni shakllantirish singdirilgan. Ta’lim maqsadi — har bir shaxs, jamiyatni rivojlantirish va global miqyosda moddiy, madaniy, ma’naviy qadriyatlarni saqlash hamda rivojlantirishdir. Mustaqil va erkin fikrlovchi shaxsni, vatanparvarlik, mustaqillik va demokratiya g‘oyalariga sodiq fuqaro, malakali mutaxassisni shakllantirish uchun shart-sharoitni ta’minlash talab etiladi. 16 Ijtimoiy-siyosiy hayotda ongli ishtirok eta oladigan, mamlakat, oila taqdiriga mas’ul shaxsni shakllantirish, ijtimoiy jarayonlarga faol ta’sir ko‘rsatish - kadrlar tayyorlash bo‘yicha milliy dasturning asosiy ustuvor tomonlaridir. Ta’limda va mustaqil amalga oshiriladigan o‘rganishda malaka oshiriladi, bilim orttiriladi. Tarbiya va o‘z-o‘zini tarbiyalashda umum e’tirof etilgan qadriyatlar qabul qilinadi va ishlab chiqiladi. Keng ma’noda tarbiya — bu, maxsus tashkil qilingan, shaxsni rivojlantirish uchun avloddan-avlodga ijtimoiy tarbiya tajribasini еtkazish jarayonidir. Tor ma’noda esa, tarbiya — bu katta yoshdagilarning bolalarni jamiyat hayotining aniq bir vaziyatiga kiritish, uning rivojlanishi uchun shart-sharoitlarni shakllantirish bo‘yicha qo‘shma faoliyatdir. Ma’muriy-buyruqbozlik tizimi va kommunistik mafkura hukmronligi sharoitida rasmiy jamoatchilik ongi individuallikning ko‘rinishlariga nisbatan inson huquqlarini tan olmagan. O‘ziga xoslik bir tomonlama — o‘z-o‘zini o‘ylash, xudbinlik deb tushunilgan. Bu o‘sha davr tuzumiga qulay va ma’qul edi. Ushbu sharoitdan kelib chiqib ta’lim jarayoni “o‘rtacha o‘quvchi”ga va bir xildagi o‘quv rejalari hamda dasturiga mo‘ljallanib qurilgan. Insonning o‘ziga xosligi irsiy qobiliyatlar asosida tarbiya jarayonida va ayni paytda o‘z-o‘zini rivojlantirish, o‘z-o‘zini tarbiyalash jarayonlarida shakllanadi. Ta’limda o‘ziga xoslikni hisobga olish har bir shaxsning imkon qadar yuqori rivojlanish imkoniyatlarini ochish, psixologik o‘ziga xosligining betakror va bebaholigini tan olishdan kelib chiqqan holda rivojlanish shart-sharoitlarini yaratishni bildiradi. Ta’limga individual yondoshuv bir odamni boshqalari bilan emas, bitta va aynan o‘sha shaxsni uning o‘z hayot yo‘lidagi turli bosqichlarida qiyoslashni talab qiladi. O‘ziga xoslikni namoyon etish, uning tiklanishi va rivojlanishi uchun oqilona shart-sharoit yaratish — ta’limning muhim vazifalaridan biridir. Agar ta’limning gumanitar tamoyillariga rioya etilsa, bolani bir paytning o‘zida ham tarbiya obekti, ham subekti deb tasdiqlash noto‘g‘ri. Bola o‘ziga ta’lim subekti sifatida qarashi mumkin. Ilgari ta’lim tizimi shunday tuzilgan ediki, hatto 17 yuqori sinf o‘quvchilari va talabalar o‘qituvchining o‘z shaxsiyatini ko‘rsatish vositasiga, pedagogik dastur va rejalarni amalga oshirish vositasiga aylangandi. Ta’lim oluvchini ta’lim jarayonida erkinlikka yo‘naltirilgan insonparvarlik pedagogikasi ta’lim faoliyatining barcha subektlari vositalari va maqsadlari uyg‘unlashuviga olib boradi. Bunday pedagogika tarbiya va pedagog, bola va guruh mohiyati ifodasi hisoblanadi. Ta’lim obekti esa faqat ta’lim materiali bo‘lishi mumkin. Yangilanayotgan jamiyat o‘z a’zolari o‘rtasida birgalikda harakatlanish, hamkorlik, bag‘rikenglik, o‘zaro yordamga asoslangan yangi munosabatlarni shakllantiradi. Ijtimoiy munosabatlarning bu qadriyatlari ta’lim jarayonida o‘z ifodasini topishi zarur. O‘qituvchi bolalarga nisbatan mehr va ishonch bilan yondoshsa, o‘quvchilar esa o‘z qobiliyatlari va qiziqishlarini amalda qo‘llashda erkin bo‘lgan faoliyat yuzaga kelganda o‘zaro tushunishga erishiladi. Ziddiyat va kurash barham topganda, bolalar kattalar maslahatiga quloq tutib boshlaganda o‘zaro tushunish paydo bo‘ladi. O‘qituvchi o‘quvchilarning har qanday vaziyatda, o‘qish yoki hayotiy masalalariga oid qiyin vazifalarni hal etishda chin do‘stga aylanadi. Hamkorlikdagi pedagogika o‘zaro tushunish, ishonch, bir-birini qo‘llab- quvvatlashni, ijodiy hamkorlikka tayyorgarlikni yuzaga keltiradi va yoshlarning asl qadriyatlarni anglashi hamda tan olishini ta’minlaydi. Ta’lim jarayonida jismoniy, psixologik, ijtimoiy xavfsizlikni ta’minlovchi va yoshlarda o‘zini hamda boshqalarni himoya qilish qobiliyatini shakllantirishga yo‘naltirilgan choralar tizimini yaratish lozim. Shuningdek, aniq pedagogik harakatlar, shaxs rivojlanishining psixologik va ijtimoiy omillar muvofiqligi va kelishuvchi, katta yoshdagilar va bolalarning bir-biriga yuqori darajada ishonchli munosabatlari ham nazarda tutiladi. Albatta, bu bolani butun muammolar va qiyinchiliklardan qurshab turadigan sun’iy sharoit yaratish degani emas. Pedagogik himoya o‘quvchining butun qobiliyatini rag‘batlantirish, o‘z-o‘zini tahlil qilish va nazorat qila olishini rivojlantirish asosida hayotdagi og‘ir vaziyatlardan chiqishning aniq usullarini 18 birgalikda izlab topish jarayonida amalga oshiriladi. Bu faoliyat ko‘rsatish (masalan, bolalarning jismoniy va ruhiy salomatligini saqlash hamda mustahkamlash), ijtimoiy-pedagogik va psixologik yordam, huquqiy himoya va maslahat yo‘nalishlarida himoyalanishning maxsus usullari hamda tarbiya texnologiyasini ishlab chiqish va tatbiq etishni nazarda tutadi. Shaxsning jamiyatga, ijtimoiy hayotga kirib borishi murakkab va ko‘p rejali jarayon. Bir tomondan u shaxsga jamiyatning faol va teng huquqli a’zosi sifatida ishlashiga imkoniyat yaratuvchi ma’lum bir qadriyatlar tizimini (meyor, namunalar, bilim, tasavvur) o‘zlashtirishni o‘z ichiga oladi. Ikkinchi tomondan - bu shaxsiy ijtimoiy tajribaga ega bo‘lish va o‘zini faol sur’atda qayta qurish jarayonidir. Ta’lim va kasbiy dasturlar o‘z asosiga xalqlarning boy, intellektual, ma’naviy- ahloqiy merosi, umuminsoniy qadriyatlar, fan, texnika, texnologiya va madaniyatning ilg‘or yutuqlarini singdirmoqda. Maktabgacha ta’lim darajasida bolalarning ma’naviy-ahloqiy tarbiyasi uchun shart-sharoit yaratish, maktabgacha ta’lim muassasalari va oilaviy tarbiyaning turli ko‘rinishlari uchun xilma-xil dasturlarni tanlash imkoniyatini ta’minlash, maktabgacha ta’limning barcha masalalari bo‘yicha malakali maslahat xizmatini olish, bolalarni maktabda muntazam ta’lim olishga tayyorlashni nazarda tutadi. Umumiy o‘rta ta’limning yangi tuzilmasi o‘quvchilarning intellektual va ahloqiy qudratini ochib berishga, xususan, o‘z imkoniyati, qobiliyatiga muvofiq ta’limga farqlangan yondoshuvni tatbiq etishga yo‘naltirilganlikni nazarda tutadi. Ta’lim oluvchilarni kasbiy yo‘naltirish va psixologik-pedagogik tashxislar markazlarining yaratilgan tarmog‘idagi iqtidorli bolalar va yoshlarni aniqlash, keyingi ta’lim yo‘nalishini to‘g‘ri, ongli tanlash, o‘quvchilarning doimiy o‘zgaruvchan mehnat bozori va ta’lim xizmatiga bo‘lgan moslashishlarini ta’minlashi kerak. Kadrlar tayyorlash bo‘yicha Milliy dasturni amalga oshirish natijasi shaxsni erkin, ayni paytda mas’ul qilib shakllantirishda o‘quv-tarbiyaviy jarayonining mo‘ljali bo‘lishi lozim. Boshqacha aytganda inson bizning jamiyatimizda o‘z qobiliyatlarini, o‘zining 19 ta’lim va kasb yo‘lini erkin tanlashni amalga oshira olishini, turli ma’naviy va moddiy ehtiyojlarini qondirishini, ayni paytda ijtimoiy barqarorlik va taraqqiyotga ko‘maklash-gan holda jamiyat qonunlariga rioya etib mas’ulligini to‘liq his etishi lozim. Ushbu ma’noda zamonaviy ta’limning muhim xususiyati uning farqlashuvi, ya’ni darajalashuvi bo‘lib qoladi. Darajalashtirish o‘quvchilarning individual xususiyatini, ularning qiziqishlari, moyilligi, imkoniyatlari qadriyat va kasb mo‘ljallarini hisobga olishga imkon beruvchi turli xil ta’lim shakllarini ta’minlaydi. Boshqacha aytganda, ta’limning darajalashuvi shaxs tomonidan ta’lim va kasb yo‘lini tanlash jarayonini ta’minlaydi hamda rag‘batlantiradi. Ta’lim vazifalaridan biri - avlodlarni birlashtirishdir. Har bir ta’lim jarayoni ishtirokchisining o‘zini o‘zi baholashi va birgalikda faoliyat yuritishga saflanishi bu jarayonga xos xususiyat sanaladi. Dunyoga va o‘ziga o‘zining munosabatini o‘zlashtirish orqali bola ijtimoiy munosabatlar tizimida o‘z o‘rnini topish, o‘zini faol namoyon qilish, o‘zini boshqalar bilan, jamiyat, dunyo bilan qiyoslash imkoniyatiga ega bo‘ladi. Shu sababli o‘zaro foydali tamoyillar va meyorlar zamonaviy ta’limni tashkil etish va uning mazmuniga kiritilishi lozim. Ularni pedagogik vosita sifatida qayta anglash — bu pedagogikani shaxsni rivojlantirish qadriyatlariga mo‘ljallashning aniq yo‘lidir. Mazkur tamoyillar xamda meyorlarni o‘zlashtirish pedagog va bolalarning birgalikdagi harakatida amalga oshiriladi. Bu ta’lim makonini kengaytirishga imkon yaratadi, o‘zlashtirish dinamikasi esa boy munosabatlarni yaratishga yordam beradi. O‘zaro foydali hamkorlik insonlarning barcha faoliyat turlarida birgalikdagi harakatlari ma’nosida ham ta’lim qadriyati sanaladi. Masalan, hamkorlik tajribasi turli xil o‘yinlar, treninglar, model yoki loyihali o‘qishda o‘zlashtiriladi. Pedagog ma’lum bir vaziyatlarda tarbiyalanuvchiga nisbatan o‘z yondoshuvini belgilash kerak bo‘lganda hamkorlikdan shaxslararo munosabatlarni rivojlantirish 20 mexanizmi sifatida ham foydalanishi mumkin. Mazkur holatda bu pedagog uchun shaxsga va kasbga oid muhim vazifa bo‘lib qolishi kerak. Vatanimizning kelajagi bo‘lgan farzandlarimizni odobli,aql-farosatli va bilimdon qilib tarbiyalash davr talabi. Yoshlarni har tomonlama ma’naviy еtuk barkamol shaxs sifatida tarbiyalash murakkab va muhim vazifalardan bo‘lib, oila, ta’lim muassasalari, mahalla va jamoatchilik bu yuksak maqsadni amalga oshirishda bevosita birdek mas’uldirlar. Barkamol shaxsni tarbiyalashda, bolani dunyoga kelganidan boshlab to voyaga etguniga qadar bo‘lgan davrdagi psixologik xususiyatlarini bilish, tug‘ma layoqatlarini aniqlash, shuningdek qulay muhit yaratish, ta’lim tizimida faol ishtirokini ta’minlashda tarbiyachilar, pedagoglar va psixologlar, ota-onalar mas’ulligini oshirish muhim ahamiyatga ega. Chunki oilaviy tarbiya bolani ta’lim tizimiga, ya’ni maktabgacha tarbiya muassasasi faoliyatiga tayyorlaydi, maktab hayoti esa bolalarga yangi bir dunyoni ochib beradi. Aynan maktab davrida bolaning asosiy faoliyati o‘zgaradi. Har bir jamiyat a’zosi oila bag‘rida voyaga еtadi, ijtimoiy munosabatlarni o‘zlashtiradi va insoniy fazilatlarni namoyon etadi. Yoshlarni hayotga, ongli mehnat faoliyatiga tayyorlashda oila va pedagogik faoliyatning tarbiyaviy jarayonni to‘g‘ri tashkil etishi zaruriy vazafadir. Shu maqsadda mamlakatimizda milliy mustaqillik yillarida ma’naviyat sohasida amalga oshirilayotgan islohatlar, avvalo, oila qadriyatlarini eng ilg‘or an’analarini tiklashga qaratilgandir. Oila va mahalla boshqa tarbiyaviy muassasalardan farqli ravishda odamning butun hayoti davomida uning barcha tomonlariga, qirralariga ta’sir ko‘rsatishga qodirdir va odatda ta’sir ko‘rsatadi. Oila va mahallaning yuksak tarbiyaviy imkoniyati bolalar va ota-onalarning o‘ziga xos xususiyatlari: qon-qarindoshligi, qo‘ni-qo‘shniligi, muhabbati, yaqinligi, ishonchi, burch xissi, obro‘ligi va hokazolar bilan ta’minlanadi. Oila va jamoatchilik hamkorligidagi tarbiyaning qimmatliligi va ahamiyati yana shundaki, kichik bolalik paytida oilada egallagan narsalar bir umr saqlanib qoladi. Oila tarbiyasi orqali bola ongida umuminsoniy va milliy qadriyatlar, yashashdan maqsad haqida dastlabki tasavvurlar hosil bo‘ladi. Oilada shaxsning ijtimoiy-qimmatli fazilatlari 21 o‘sa boshlaydi. O‘zbekiston sharoitida oilaviy tarbiya mazmuni tashkil etilishiga oid pedagogik omillar mavjudki, bularni hisobga olishga majburdirmiz. Bola maktabga qadam qo‘yganda yaxshi va yomon narsalar haqida o‘z tasavvuriga ega bo‘ladi. O‘qituvchi bolada qanday axloqiy tushunchalar mavjudligini va axloqiy fazilatlar qanday sharoitda shakllanganligini ham bilmog‘i kerak. Shuning uchun ham muallim o‘quvchilarning ota-onalari bilan aloqa bog‘lab, bolani tarbiyalashda ular bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishi darkor. Tarbiyaning samaradorligi ko‘pincha oila va maktabning bolaga nisbatan bir xil talab qo‘ya bilishiga bog‘liq. Shuning uchun ham pedagogik axloqda o‘qituvchi bilan ota-onalarning o‘zaro munosabatlari, muomalasiga katta e’tibor beriladi, muallim oila bilan aloqa va hamkorlik qilmasdan turib, bolani ma’naviy -ma’naviy -axloqiy tarbiyalash vazifasini bajara olmaydi. Chunki maktab oilada shakllangan ma’naviy-axloqiy fazilatlarni mustahkamlashi yoki illatlarni yo‘qotishi lozim bo‘ladi. Maktabda bolaga chuqur bilim, ta’lim-tarbiya mafkuraviy g‘oya, o‘zbekona milliy qadriyatlar, xalol mehnat, biror bir kasb-hunarni egallashlari uchun mustahkam poydevor yaratishdek mas’ul vazifani zamonaviy talab darajasida amalga oshirish lozim. Bolalarni barkamol inson qilib еtishtirishda maktabni oila bilan bog‘lamasdan, muvaffaqiyatga erishib bo‘lmaydi. Shuning uchun maktab ota- onalar o‘rtasida ta’lim-tarbiyaga oid ishlarni kengaytirishi lozim. Ota-onalarning o‘qituvchilar bilan bo‘lgan uchrashuvida aytgan fikrlari ayniqsa, ota-onalar uchun qimmatlidir, chunki ular o‘z farzanlari to‘g‘risida ko‘proq narsalarni bilib oladilar. Shunday ekan, bola tarbiyasining tub mohiyatini unutgan har bir ota-ona oila bilan maktab o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga intiladilar. Bola maktabga kirib, to uni tamomlab chiqqunga qadar ota-ona maktab bilan yaqin aloqa o‘rnatishi, farzandining o‘zlashtirishi, xulq-atvoridan hamisha xabardor bo‘lishi tarbiya masalalari bo‘yicha o‘qituvchi, sinf rahbari bilan maslahatlashib, uni darsdan so‘ng bolani nima bilan mashg‘ulligidan xabardor qilishi lozim. U o‘z navbatida o‘qituvchi ham bolaning o‘qishi, odobi, xulqi, maktabda o‘zini tuti bilishi haqidagi ma’lumotlarni ota-onaga еtkazishi, zaruriyat tug‘ilganda hosil bo‘lgan 22 muammolarni birgalikda hal etishi zarur. Shundagina o‘quvchi oldiga bir hil talab qilishiga erishiladi. Bolasi maktabga borgan ota-ona shu jamoaniig a’zosiga aylanadi. Shu sababli ota-onalar maktabning ijtimoiy hayotida faol qatnashishlari shart. Xullas, qadriyatlar nafaqat insonning shaxs sifatida shakllanishiga, milliy va umuminsoniy fazilatlarni saqlab qolishgagina emas, ta’lim tizimida еtuk mutaxassis tayyorlashga ham katta ta’sir ko‘rsatuvchi o‘ta muhim omil sanaladi.Manbalarni o‘rganish natijalari o‘tmishda yoshlar ta’lim- tarbiyasida foydalanilgan ta’lim-tarbiya usullari, shakllari va vositalarini hozirgi davr darajasida qo‘llash, yosh avlodga o‘rgatish pedagogik aksiologiyaning muhim vazifalaridan hisoblanadi. Download 0.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling