Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti q
O‘zbek xalqining jahon sivilizatsiyasiga munosib hissa qo‘shgan vakillari
Download 0.99 Mb. Pdf ko'rish
|
Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti q
O‘zbek xalqining jahon sivilizatsiyasiga munosib hissa qo‘shgan vakillari № Jahon sivilizatsiyasiga munosib hissa qo‘shgan olimlar Ularning muhim xizmatlari (eng mashhur asarlari, buyuk kashfiyotlari) 1. Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy (783-850 yillar) Ilm-fan rivojiga qo‘shgan hissasi: algebra fani asoslari – sonli kvadrat va chiziqli tenglamalar, ularni еchish yo‘llarini bayon etdi, matematika fanida abstraksiya (mavhumiylik) tushunchasini kengaytirdi, turli matematik masalalarni induksiya yo‘li bilan еchishni inkor etib, deduksiya yo‘li bilan еchish taklifini ilgari surdi, o‘nlik tizimni takomillashtirdi, arifmetik algoritm qoidalari (qo‘shish, ayirish, ko‘paytirish va bo‘lish)ni yaratdi. Asarlari: «Aljabr va al-muqobala hisobi haqida qisqacha kitob», Vasiyatlar kitobi», «Hind arifmetikasi haqida kitob», «Qisqartirilgan sindihind» («Algoritm hind hisobi haqida», «Sinus zijlari», «Yerning surati kitobi» va «Xorazmiy ziji» nomli astronomik jadval 78 2. Ahmad al-Farg‘oniy (797-865 yillar) Ilm-fan rivojiga qo‘shgan hissasi: arab ilmiy atamashunosligini boyitgan, еrning shar shaklida ekanligini ilmiy dalillar bilan isbotladi, astronomiyaga oid bilimlarni tizimlashtirdi, Nil daryosi suvini o‘lchaydigan asbob (Nilometr)ni yaratdi Asarlari: «Falakiyotga kirish», «Sayyoralar ilmi» («Samoviy harakatlar va yulduzlar fanining majmuasi haqida kitob»), «Astrolyabiya haqida mukammal kitob», «Astrolyabiya san’ati haqida», «Majistiyga kirish fasllari risolasi», «Oy еr ustida yoki uning ostida bo‘lgan paytdagi vaqtlarni o‘rganish haqida risola», «Yetti iqlim hisobi», «Marmarning xizmati haqida kitob» 3. Imom Ismoil al- Buxoriy (810-870 yillar) Ilm-fan rivojiga qo‘shgan hissasi: ishonchli hadislarni to‘plagan Asarlari: «Al-jome’ as-sahih» («Ishonchli to‘plam»), «Al- adab al-mufrad» («Adab durdonalari»), «At-tarix al- kibor» («Katta tarix»), «At-tarix as-sag‘iyr» («Kichik tarix»), «At-qiroatu xalfa-l-Imom» («Imom ortida turib o‘qish»), «Vaf’ul-yadini fi-s- Saloti» («Namozda ikki qo‘lni ko‘tarish» 4. Imom Iso at- Termiziy (824-892 yillar) Ilm-fan rivojiga qo‘shgan hissasi: ishonchli hadislarni to‘plagan Asarlari: «Al-jome’ as-sahih» («Ishonchli to‘plam»), «Ash- Shamoil an-nabaviya» («Payg‘ambarning alohida fazilatlari»), «Al-ilal fi-l-hadiys» («Hadislardagi illatlar va og‘ishlar haqida») 5. Abu Nasr Forobiy (873-950 yillar) Ilm-fan rivojiga qo‘shgan hissasi: falsafa fanining ilmiy asoslarini yaratdi, fanlar tasnifini ishlab chiqdi Asarlari: «Fozil odamlar shahri», «Baxt-saodatga erishuv to‘g‘risida», «Ixso al-ulum», «Fanlarning kelib chiqishi», «Mantiqqa kirish», «Ilmlarning kelib chiqishi», «Aql ma’nolari to‘g‘risida» Ilm-fan rivojiga qo‘shgan hissasi: tibbiyot, dorishunoslik, ruhshunoslik va fiziologiya fanlari asoslarini yaratdi 79 6. Abu Ali ibn Sino (980-1037 yillar) Asarlari: «Al-qonun at-tib», «Tadbiri manzil», «Hay ibn Yaqzon», «Risolat at-tayr», «Ishq haqida risola», «Donishnoma», «An-Najot», «Ash-shifo», «Ziyorat qilishning ma’nosi haqida», «O‘limdan keladigan g‘amni daf qilish haqida risola» 7. Abu Rayhon Beruniy (973-1048 yillar) Ilm-fan rivojiga qo‘shgan hissasi: astronomiya, geografiya, minerologiya, geodeziya asoslarini boyitdi, Sharqda birinchi bo‘lib Yer va Osmon globusini yaratdi Asarlari: «Hindiston», «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar», «Minerologiya», «Kartografiya», «Geodeziya», «Globus yasash kitobi», «Yerdagi joylarning uzunlama va kenglamalarini aniqlash haqida maqola», «Xorazmning mashhur kishilari», «Mas’ud qonuni», «Saydona», «Dorivor o‘simliklar haqida kitob» 8. Mahmud ibn Umar az-Zamaxshariy (1075-1144 yillar) Ilm-fan rivojiga qo‘shgan hissasi: Qur’on g‘oyalarini sharhlangan Asarlari: «Al-mufassal», «Ayon qiluvchi», «So‘zga ustalik asoslari», «Arab tili mag‘zi», «Eng yaxshi lug‘atlar», «Grammatika hojatlari». «Nafis adabiyotga muqaddima», «Ugit va nasihatlarning oltin shodalari», «Qofiya» 9. Burxoniddin al- Marg‘inoniy (1123-1197 yillar) Ilm-fan rivojiga qo‘shgan hissasi: Qur’on g‘oyalarini sharhlangan, shariat qoidalarini tizimga solgan Asarlari: «Hidoya», «Qonunni o‘qishga kirish», «Mazhablarning yoyilishi», «Fuqarolarning huquqlari to‘g‘risidagi tasavvurlar kitobi», «Majburiyatlar kitobi», «Fiqhda boshlovchilar uchun ko‘rsatmalar» 10. Amir Temur Ko‘ragoniy (1336-1405 yillar) Ilm-fan rivojiga qo‘shgan hissasi: harbiy bilimlarni boyitdi, harbiy yurishlar strategiyasi va taktikalarini ishlab chiqdi, davlat boshqaruvi tarkibiy tuzilmasi va huquqiy asoslarini yaratdi Asarlari: «Temur tuzuklari» 80 11. Muhammad Tarag‘ay Ulug‘bek Ilm-fan rivojiga qo‘shgan hissasi: astronomiya fanining ilmiy asoslarini yaratdi, 1018 yulduz holatini bexato o‘rganib, yulduzlar jadvalini tuzdi, rasadxona (observatoriya) bunyod etdi Asarlari: «Ziji Ulug‘bek», «Bir daraja sinusini aniqlash haqida risola», «Risolai Ulug‘bek» 12. Zahiriddin Muhammad Bobur (1483-1530 yillar) Ilm-fan rivojiga qo‘shgan hissasi: geografiya, tarix fanlarini ilmiy asoslar bilan boyitdi, «Xatti Boburiy» yozuviga asos soldi Asarlari: «Boburnoma» Yuqorida ko‘rsatilgan mavzularda Boshlang‘ich sinflarda tarbiyaviy soatlar, davra suhbati, bahs-munozaralarni tashkil etish ularda so‘z yuritilgan jarayonlarga nisbatan shaxsiy munosabatni shakllantiradi. Milliy-madaniy meros. Milliy qadriyatlar (urf-odat, marosim va an’analar), xalq og‘zaki ijodi, adabiyot, ilm-fan hamda san’at (xalq hunarmandchiligi, milliy me’morchilik, rassomlik, qo‘shiqchilik, raqs san’ati va san’atning boshqa turlari (kino, teatr, sirk, milliy dorbozlik) kabi milliy-madaniy meros namunalari bilan boshlang‘ich sinf o‘quvchilarni tanishtirish ular tomonidan milliylik, milliy turmush tarzi va milliy o‘zlik xususiyatlarining anglanishiga xizmat qiladi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini milliy-madaniy meros namunalari bilan tanishtirish ularda xalq ijodkorligi, bunyodkorligiga nisbatan hurmat uyg‘otadi. Madaniy meros namunalari o‘z mazmunida eng ezgu insoniy qarashlarni, ya’ni, tinchlik uchun kurash, urushning, nizolarning har qanday holatlarini qoralash, yurt ozodligi va xalq farovonligi yo‘lida mehnat qilish, insonlarga, tabiatga bo‘lgan cheksiz muhabbat, tabiat va insonning o‘zaro uyg‘unligi g‘oyalarini aks ettira olganligi bilan ham asrlar davomida qadrlanib kelinadi. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari millatning tipik vakili sifatida milliy- madaniy merosning quyidagi namunalari to‘g‘risida muayyan ma’lumotga ega 81 bo‘lishlari va amaliyot jarayonida o‘quvchilarga milliy qadriyatlarimiz to‘g‘risida bilimlar berib borishlari zarur. № Milliy-madaniy meros turlari Milliy-madaniy meros Namunalari 1. Milliy urf-odat, marosim va an’analar Oilaviy munosabatlar mazmuni, mehmon kutish va salomlashishning o‘ziga xos jihatlari, to‘y va aza marosimlari, milliy an’analar (hashar, Navro‘z, Mehrjon, Hosil to‘yi), milliy bayramlar (Ramazon va Qurbon Hayitlari, Mustaqillik bayrami, Xotira va qadrlash kuni) 2. Xalq og‘zaki ijodi «Alpomish», «Go‘ro‘g‘li», «Rustamxon» dostonlari, o‘zbek xalq ertaklari, marosim qo‘shiqlari va maqollari 3. Adabiyot «Avesto», «Urxun-Yenisey» yozma yodgorligi, Abulqosim Firdavsiyning «Shohnoma», Mahmud Qoshg‘ariyning «Devoni lug‘ati turk», Yusuf Xos Hojibning «Qutadg‘u bilig», Unsurul-Maoliy Kaykovusning «Qobusnoma», Ahmad Yugnakiyning «Hibbat ul-haqoyiq», Husayn Voiz Koshifiyning «Futuvvatnomai Sultoniy», shuningdek, Umar Xayyom, Muslihiddin Sa’diy, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Mirzo Bobur, Jahon Otin Uvaysiy, Nodirabegim, Mahmudxo‘ja Behbudiy, Abdulla Avloniy, Abdurauf Fitrat, Abdulhamid Cho‘lpon, Usmon Nosir va zamonaviy o‘zbek 82 yozuvchi hamda shoirlarining asarlari 4. Ilm-fan Qomusiy olimlar – Muhammad al-Xorazmiy, Ahmad al-Farg‘oniy, Imom al-Buxoriy, Imom at-Termiziy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Burhoniddin Marg‘inoniy, Mahmud az- Zamaxshariy, shuningdek, zamonaviy o‘zbek olimlari – Hamza Hakimzoda Niyoziy, T.N. Qori Niyoziy, Habib Abdullayev, Hamid Sulaymon, Ibrohim Mo‘minov, Vosit Sodiqov, Bo‘riboy Ahmedov, Fozila Sulaymonova va boshqalarning ilm-fan rivojiga qo‘shgan hissasi 5.1. Xalq hunarmandchiligi Naqqoshlik, ganch-o‘ymakorligi, kashtachilik, zardo‘zlik, chilangarlik, beshiksozlik, kulollik va xalq amaliy san’ati mazmunida ilgari surilgan ma’naviy-axloqiy g‘oyalar 5.2. Milliy me’morchilik «Ismoil Somoniy» (Buxoro), «Shohi Zinda», «Go‘ri Amir» (Samarqand), Ahmad Yassaviy (Turkiston) maqbaralari, «Bibixonim», «Tillakori», «Sherdor», «Ulug‘bek» madrasalari (Samarqand, Registon), «Kalta Minor», «Ichan qal’a» (Xiva), «Minorai Kalon», «Labi hovuz» (Buxoro) ansambillari va boshqalar 5.3. Rassomlik Kamoliddin Behzod miniatyuralari, zamonaviy o‘zbek rassomlarining milliy ruhda (milliy turmush tarzi, ijtimoiy-milliy munosabatlar, milliy urf-odat, marosim va an’analarni o‘zida aks ettirgan) yaratilgan asarlari 5.4. Milliy musiqa va «Shoshmaqom» («Buzruk», «Rost», «Navo», 83 qo‘shiqchilik «Dugoh», «Segoh», «Iroq»), mumtoz kuylar - «Cho‘li iroq», «Munojot», «Savti munojot», «Ifori munojot», «Ilg‘or», «Rohat», «Jonon», «Rajabiy», «Lazgi», mumtoz ashula –«Qo‘qon Ushshog‘i», «Toshkent Ushshog‘i», «Samarqand Ushshog‘i», «Gulizorim», «Dilxiroj», «Ey Sabo», «Ko‘cha bog‘i I-II», «Bayot I», «Chorgoh I-II», «Aylagach», «Fig‘on», «Ufori Suvora», «Tanovor», «Lazgi»), «Qashqarcha», «Norim-norim», dostonlar – «Alpomish», «Go‘ro‘g‘li», «Oshiq /arib va Shohsanam», «Avazxon», «Ravshan va Zulxumor», folklor qo‘shiqlar – «Yor-yor», «Kelin salom», «To‘ylar muborak», shuningdek, o‘zida eng ezgu qarashlarni ifodalagan, badiiy jihatdan yuksak saviyada yaratilgan zamonaviy estrada yo‘nalishidagi qo‘shiqlar, «Dutorchilar ansambli», «Yalla» ansamblining faoliyati 5.5. Raqs san’ati Mukarrama Turg‘unboyeva, Tamaraxonim, Qodir Mo‘minov, Yulduz Ismatova, Isoxor Oqilov, Gavhar Matyoqubova, Qizlarxon Do‘stmuhammedova, Malika Ahmedova, Ma’mura Ergasheva kabi еtuk raqqosalar, shuningdek, «Bahor», «Lazgi», «Shodlik» ansambllari tomonidan ijro etilgan milliy raqslar 5.6. Kino «Tohir va Zuhra», «Maftuningman», «Sen еtim 84 emassan», «Mahallada duv-duv gap», «To‘ylar muborak», «Armon», «Suyunchi», «Amir Temur», «Chinor ostidagi duel» va boshqalar 5.7. Teatr «Navoiy», «Mirzo Ulug‘bek», «Abu Rayhon Beruniy», «Iymon», «Qiyomat qarz», «Abulfayzxon», «Chimildiq» nomli spektakllar, «Bobur» videofilmi 5.8. Sirk, milliy dorbozlik Toshkanboyev va Zaripovlar sulolalari, shuningdek, «Vodil chinori» ommaviy xalq sirk guruhi (rahbari: polvon Tursun Ali Muhammad)ning faoliyati, O‘zbek xalqi o‘ziga xos milliy urf-odat, an’analari, jasur, qahramon farzandlari, ilm-fan va san’at, davlat va jamoa buyuk namoyandalari, ona-Vatani bilan faxrlanadi. Zero, o‘tmishda bu buyuk ajdodlarimiz ko‘rsatgan qahramonlik, fidoyilik, O‘zbekiston go‘zalligi bugungi yoshlarimizda milliy aksiologiyamizga nisbatan iftixor tuyg‘usining shakllanishi va barqaror bo‘lishiga xizmat qilishi tabiiydir. Shu sababli ham iftixor ramzi bo‘lgan millat, xalqning o‘zligini anglashi, o‘zining milliy qadriyatlari, urf- odatlarini unutmasdan, ularni tiklab, avaylab, boyitib o‘sib kelayotgan avlodga еtkazish lozim. 85 2. Pedagogik aksiologiya va undan boshlang‘ich ta’lim tizimida foydalanish oid tajriba-sinov ishlarining samaradorlik darajasi Oliy ta’lim muassasalari Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida milliy aksiologiya va undan boshlang‘ich ta’lim tizimida foydalanish jarayonida bir qator ta’limiy va tarbiyaviy vositalardan o‘rinli, maqsadga muvofiq va samarali foydalanishga alohida e’tibor berildi. Mazkur o‘rinda quyidagi vositalarning samaradorligi aniqlandi: 1. Texnik qurilmalar – kompyuter, video va audeo magnitofonlar, nusxa ko‘paytirish qurilmasi, radio, televizor va boshqalar. 2. Yozma manbalar – ilmiy, ilmiy-ommabop, ommabop va badiiy adabiyotlar, xalq og‘zaki ijodi namunalari, tarixiy hujjatlar, lug‘atlar. 3. Moddiy ashyolar – ish yuritish qurollari (ish qog‘ozi, ruchka, yozuv taxtasi, flomasterlar, skotch). Yordamchi materiallar – kartochkalar, jadvallar, sxemalar, tasvirlar, maketlar va boshqalar. "Ajdodlarimiz boshidan ne-ne suronlar, fojialar, talon-tarojlar kechmadi. Ammo insoniyat taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shgan buyuk allomalar, donishmandlar, sarkardalarni еtishtirgan, bebaho ma’naviy qadriyatlarni yaratgan ham ana shu xalqimizning dahosidir. Asrlar davomida aqlu zakovati ila bun yod etgan boy ma’naviyati tufayli xalqimiz mag‘rur yashadi, mehnat qildi, doimo hurriyat va erk sari intildi. Ana shu milliy ong, ana shu milliy g‘urur bugungi istiqlolimizning oltin poydevoridir. Bu poydevorga Shiroq, To‘maris, Beruniy, Forobiy, Abu Ali ibn Sino, al -Xorazmiy, Amir Temur, Bobur, Navoiy va Ulug‘bek kabi yuzlab ulug‘ zotlar asos solganlar... Xalqimiz faqat jisman emas, ruhan ham uyg‘oq bo‘lmog‘i darkor. Ruh bedorligiga uning rahbar rahnamolari, olimu ziyolilari, barcha farzandlari mas’uldir. 86 O‘zbek xalqi o‘ziga xos milliy urf-odat, an’analari, jasur, qahramon farzandlari, ilm-fan va san’at, davlat va jamoa buyuk namoyandalari, ona-Vatani bilan faxrlanadi. Zero, o‘tmishda bu buyuk ajdodlarimiz ko‘rsatgan qahramonlik, fidoyilik, O‘zbekiston go‘zalligi bugungi yoshlarimizda iftixor tuyg‘usining shakllanishi va barqaror bo‘lishiga xizmat qilishi tabiiydir. Shu sababli ham iftixor ramzi bo‘lgan millat, xalqning o‘zligini anglashi, o‘zining milliy qadriyatlari, urf-odatlarini unutmasdan, ularni tiklab, avaylab, boyitib o‘sib kelayotgan avlodga еtkazish lozim. Tarixga nazar solar ekanmiz, xalq baxt-saodati, tinchligi, ozodligi yo‘lida o‘z hayotini baxshida etgan vatandoshlarimiz ko‘rsatgan qahramonlik, insonparvarlikni ko‘ramiz, u bilan faxrlanamiz. Masalan, miloddan avvalgi birinchi ming yillikda O‘rta Osiyoning shimoliy-sharqiy hududlarida yashab chorvachilik, dehqonchilik bilan shug‘ullangan Sak qabilasi a’zosi podachi Shiroq o‘z boshliqlarining huzuriga kelib, qabilaga hujum qilib kelgan Eron shohi Doro qo‘shinlarini hiyla bilan halok etajagini aytadi va shu еrning o‘zida quloq-burnini kesib, boshqa a’zolarini jarohatlaydi. Eron shohi oldiga kelib, Sak qabilalaridan "jabr" ko‘rganini, shoh qo‘shiniga ko‘maklashish niyatida kelganligini aytadi. Doro qo‘shinlarini suvsiz quruq sahroga boshlab boradi. Dushman: "Bizni qayerga boshlab kelding, ablah.!" - deganda, Shiroq: "Men еngdim, Doro qo‘shinini bir o‘zim еngdim!... Istagan tomoningizga boravering! Mening go‘rim shu еrda" - deb oyog‘i ostini ko‘rsatadi. Eron sarkardasi: "Agar sen sahro quduqlari va chashmalarini bizga ko‘rsatsang, gunohingdan kechib, So‘g‘diyadagi istagan qishloqlardan birini senga in’om qilamiz" deganda, Shiroq unga: "Men o‘z elimning dushmanlariga yordam uchun cho‘zadigan qo‘limni kesib tashlaganim ma’qul", - deb javob beradi. Halokat yoqasida qolgan eroniylar chiday olmay Shiroqni o‘ldiradilar. Shiroq o‘z jonini qurbon qilib, Sak qabilasini dushman hujumidan xalos qiladi. 87 Amudaryo va Sirdaryoning quyi oqimida miloddan avvalgi VII-IV asrlarda yashagan Massaget qabilalariga boshchilik qilgan. To‘maris Eron shohi Kayhisravning qabila ahlini o‘ziga qaram qilib olish niyatida ishlatgan hiylasini u yuborgan elchilar so‘zidan bilib olib Kayhisravni yovuz niyatlaridan qaytib o‘z yurtiga ketishga da’vat etadi. Elchiga: "Boshimizdan zar sochganlaringda ham biz erkinlikni qullikka almashtirmaymiz", - deydi. Dasturxon atrofida o‘tirganlar: "Rost gan", "Vatandosh ayollarimizning gapi bunday bo‘ladi", - deb To‘maris so‘zini ma’qullaydilar. Kayhisrav hiyla bilan To‘marisning o‘g‘lini va u bosh bo‘lgan qo‘shinlarni ichkilik bilan mast qilib asir olib, ko‘pini o‘ldirganidan xabardor bo‘lganda, u Kayhisrav qo‘shinlariga qarshi urushib jangda g‘alaba qozonadi, Kayxisrav halok bo‘ladi. Kallasini tanasidan judo qilib keltirganlarida, T o‘maris nafrat bilan unga qarab: "Ey Kayhisrav, umr bo‘yi jang qilib odam qoniga to‘ymading, mana endi to‘yguningcha ich!" - deb uni qon to‘ldirilgan meshga solib, mesh og‘zini chilvir bilan mahkam bog‘lab qo‘yadi . Alpomish odil, haqguy, mard, jasur, or -nomusli, insonparvar qahramon sifatida elda shuhrat qozonadi. U o‘z yurtini chetdan bo‘lgan hujumlardan mardona himoya qiladi. Qalmoqlar yurtida Barchin qo‘ygan barcha shartlarni mardona bajarib, urush-janjalsiz Barchinoyni Boysun-Qo‘ng‘irot yurtiga olib keladi. Yurtda adolat o‘rnatib, Boysari bo shliq qo‘ng‘irotliklarni o‘z yurtiga qaytarib, Boysun-Qo‘ng‘irot urug‘ini birlashtiradi, ularni inqirozdan qutqaradi . Millat sha’ni fidoyilaridan biri Spitamen Iskandar qo‘shiniga qarshi xalq qo‘zg‘oloniga boshchilik qiladi. U Zarafshon daryosi bo‘yidagi bir joyda pistirmadan chiqib Iskandar qo‘shiniga tashlanadi. Dushman atroflarini qurshab olib, ikki ming nafardan ko‘proq yunon harbiylarini qirib tashlaydi. Shunda Iskandar o‘zi lashkarga bosh bo‘lib, Sirdaryo sohillaridan Spitamen ustiga otlanadi. Biroq Spitamen kuchlar nisbatini hisobga olib, quyi Qashqadaryo va Buxoro tomonga chekinadi. Iskandar uni izlab Marokanda 88 va Buxoro shaharlari oralig‘idagi еrlarni qarichma-qarich titkilab chiqadi. 120 ming tinch aholi qirib tashlandi. Bu xabarni eshitgan Spitamen yana kurashni kuchaytiradi. Iskandar ayyorlik yo‘liga o‘tib, unga murosa qilishni taklif etadi, katta So‘g‘d o‘lkasiga uni boshliq qilishni va’da qiladi. Spita men unga munosib javo b berib, kelgindi dushmanning muruvvatiga zor emasligini aytadi. Bu xabar Iskandarning yuragiga xanjarday botadi. Spitamenni tor-mor etishga ahd kiladi. Bu orada Spitamen Baktriya va quyi Zarafshonda makedoniyaliklarga karshi yana hujum uyushtiradi. Ammo bu tengsiz janglarda u muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Toqati toq bo‘lgan Iskandar Spitamenni hamma joydan izlay boshlaydi. Vahimaga tushgan shaklar o‘z boshlarida tug‘ilayotgan ofatni bartaraf qilish uchun Spitamenni yuqotishga ahd qiladilar, uni o‘ldiradilar . Respublika uzluksiz ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy maqsadi va bosh vazifasi mazkur tizimni texnologiyalashtirishdan iboratdir. Tajriba-sinov ishlari jarayonida tadbirlarni muayyan loyiha asosida tashkil etishga alohida e’tibor qaratildi. Tadbirlarni o‘tkazish chog‘ida «Kichik guruhlarda ishlash», «Qarorlar shajarasi», «Tafakkur cho‘qqisi», «Yumaloqlangan qor o‘yini» hamda «Klaster» metodlaridan foydalanildi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ta’lim- tarbiyasida milliy aksiologiyadan foydalanish va ular ongida milliy aksiologiyaizga hurmat hissini, tuyg‘usini shakllantirish jarayonida bir qator ta’limiy va tarbiyaviy vositalardan o‘rinli, maqsadga muvofiq va samarali foydalanishga alohida e’tibor berildi. Mazkur o‘rinda quyidagi vositalarning samaradorligi aniqlandi: texnik qurilmalar – kompyuter, video va audio magnitafonlar, nusxa ko‘paytirish qurilmasi, radio, televizor va boshqalar; yozma manbalar – ilmiy, ilmiy-ommabop, ommabop va badiiy adabiyotlar, xalq og‘zaki ijodi namunalari, tarixiy hujjatlar, lug‘atlar; moddiy ashyolar – ish yuritish qurollari (ish qog‘ozi, ruchka, yozuv taxtasi, flomasterlar, skotch); yordamchi materiallar – kartochkalar, jadvallar, sxemalar, tasvirlar, maketlar va boshqalar. 89 Tajriba-sinov ishlarini olib borish jarayonida quyidagi metodlardan foydalanish boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ta’lim- tarbiyasida milliy aksiologiyani shakllantirishda samarali ekanligi aniqlandi: 1.Suhbat metodi – Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarning milliy qadriyatlar to‘g‘risida tushunchaga egaliklarini anglash, ularning yoshlarda ushbu tuyg‘uni shakllantirish borasidagi fikrlarini o‘rganish hamda muammo yuzasidan erkin, mustaqil fikr yuritishlarini ta’minlashga yordam beradi. 2.Savol-javob metodi – boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ta’lim- tarbiyasida milliy aksiologiyadan foydalanish milliy qadriyatlarimiz haqidagi shaxsiy mulohaza va qarashlarini aniqlashga xizmat qiladi. Savollarning aniq, qisqa bo‘lishi va to‘g‘ri ifodalanishi Boshlang‘ich sinf o‘quvchilar uchun mantiqiy fikrlashga imkon beradi. Ma’ruza metodi – tajriba-sinov ishtirokchilariga milliy qadriyatlarmiz mohiyatini anglatish, uning lug‘aviy ma’nosini to‘g‘ri tushuntirish, shaxsda so‘z yuritilayotgan tuyg‘uni shakllantirish omillari, shart-sharoitlar va pedagogik imkoniyatlari to‘g‘risida ma’lumotlar berishga yo‘naltiriladi. 3.Tushuntirish metodi –bsinf o‘quvchilarida milliy qadriyatlar tushunchasining nazariy mohiyati va unga ega bo‘lishning ijtimoiy ahamiyati, millat ravnaqi, yurt ozodligini ta’minlashdagi roli haqidagi tushunchalar hosil qilinadi. 4.Faoliyatda mashqlantirish (amaliy mashqlar) metodi – intellektual treninglar asosida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida milliy qadriyatlarmizni shakllanishi uchun sharoit yuzaga keladi. 5.Interfaol metodlar – boshlang‘ich sinf o‘quvchilar tomonidan milliy aksiologiyaning ahamiyati yuzasidan erkin, mustaqil fikr yuritish, bahs- munozarani tashkil etish ko‘nikma va malakasining tarbiyalanishi, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarning standart fikr yuritishdan ozod etish, shuningdek, muhokama etilayotgan muammoning еchimiga oid rang-barang g‘oyalarni to‘plashga imkon beradi. 90 6.Hikoya qilish metodi –milliy qadriyatlarmizning ijtimoiy ahamiyati, ana shunday tuyg‘uga ega bo‘lgan tarixiy shaxslar, bugungi kun qahramonlarining faoliyati, yoshlarda so‘z yuritilayotgan tuyg‘uni tarbiyalash yuzasidan jonli nutq yordamida tushuntirishlarni olib borish hisoblanadi. Tushuntirish boshlang‘ich sinf o‘quvchilar tomonidan muammoning mohiyatini to‘g‘ri anglanishiga imkon yaratadi. Ma’lumki, pedagogik yo‘nalishlarda tashkil etiladigan tadqiqotlarning asosida o‘rganilayotgan muammoning amaliyotdagi mavjud holatini o‘rganish, qo‘lga kiritilgan dalillarni tahlil etish, muayyan xulosalarga kelish, shuningdek, chiqarilgan xulosalar asosida yagona muammoning umumiy holatiga baho berishga yo‘naltirilgan amaliy faoliyat alohida o‘rin tutadi. Tajriba-sinov ishlarini tashkil etish jarayonida ana shu yondashuvga ko‘ra amaliy harakatni yo‘lga qo‘yish maqsadga muvofiq deb topildi va tajriba-sinov maydonlarida amalga oshiriluvchi dastlabki amaliy faoliyat, istiqboldagi harakatlarning muhim qismi sifatida namoyon bo‘lishini nazarda tutgan holda uni samarali tashkil etish yo‘lida harakat olib borildi. Dastlabki - asoslovchi tajriba ishlarining muayyan loyiha asosida olib borilishi ushbu urinish samarasini ta’minladi. Quyida asoslovchi tajriba ishlari hamda ushbu tajriba ishi uchun nazariy asos bo‘lgan loyihaning mohiyati xususida to‘xtalamiz. Asoslovchi tajriba ishining samarasini kafolatlaydigan loyiha quyidagi mazmunga ega bo‘ldi: 1.Tashkiliy-tayyorgarlik bosqichi. Ushbu bosqichda asoslovchi tajriba ishlarining o‘tkazilishiga imkon beradigan quyidagi obektiv va subektiv omillarning mavjudligi aniqlandi: a) tajriba-sinov ishlarini yo‘lga qo‘yish uchun imkon beruvchi tajriba maydonlari tanlandi; b) tajriba-sinov ishlarining amalga oshirilishida asosiy subekt sifatida namoyon bo‘luvchi respondent-boshlang‘ich sinf o‘quvchilar hamda o‘qituvchilarning soni aniqlab olindi, respondentlar tajriba va nazorat guruhlariga ajratildi; 91 g) Maktablarda muammo bo‘yicha tashkil etiladigan tajriba-sinov ishlarining bevosita, izchil, uzluksiz ravishda hamda maqsadga muvofiq holda olib borilishini ta’minlash uchun mas’ul shaxslar belgilandi. 2.Tajriba-sinov ishlarini bevosita tashkil etish jarayoni. Mazkur jarayonda quyidagi vazifalar belgilab olindi: a) dastlabki tajriba ishlari uchun asos bo‘ladigan ishlanmalar tayyorlandi va ularning mazmuni muhokamadan o‘tkazildi, muhokama jarayonida bildirilgan fikrlar asosida ishlanmalar mazmunan to‘ldirildi; b) respondent-o‘quvchi va o‘qituvchilar ishtirokida muloqot tashkil etilib, ushbu jarayonda amalga oshirilishi zarur bo‘lgan vazifalarning mohiyati, tajriba-sinov ishlarini olib borilishidan ko‘zlangan maqsad, kutilayotgan natijalar, shuningdek, respondentlarning amaliy faoliyat doirasidagi ishtiroklari borasida tushunchalar berildi; 3. Asoslovchi tajriba-sinov ishlarining yakuniy bosqichi. Ushbu bosqichda quyidagi vazifalar bajarildi: a) amaliy jarayonda aniqlangan boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ta’lim- trbiyasida milliy aksiologiyaning shakllanganlik darajasini ifodalovchi ma’lumotlar umumlashtirildi; b) umumlashtirilgan ko‘rsatgichlar matematik-statistik metod yordamida qayta tahlil etildi; v) matematik-statistik tahlil natijalariga muvofiq umumiy xulosaga kelindi. Respondent-o‘qituvchilarning Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ta’lim-tarbiyasida pedagogik aksiologiyadan foydalanish texnologiyasi masalalariga munosabatlari № Omillar Respondentlar soni 50 Javoblar Ijobiy Qisman Salbiy 1. Ta’kidlovchi tajriba jarayonida pedagogik aksiologiyadan boshlang‘ich ta’lim jarayonida foydalanish imkoniyatning mavjudligi 5 10 15 92 2. Milliy-madaniy meros, me’moriy yodgorliklarni asrash borasidagi mashg‘ulotlarning samarali tashkil etilishiga munosabatlari 7 15 8 3. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ta’lim- tarbiyasida pedagogik aksiologiyaning roli qanday ahamiyatga ega ekanligi. 15 7 8 4. O‘zlari faoliyat yuritayotgan maktabning boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida pedagogik aksiologiyani shakllantirish masalariga e’tibor qaratilishi 8 15 7 5. Ta’lim jarayonida Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ta’lim- tarbiyasida pedagogik aksiologiyadan foydalanish texnologiyasiga yo‘naltirilgan mashg‘ulotlarning o‘tkazilishi 8 15 7 6. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ta’lim- tarbiyasida pedagogik aksiologiyadan foydalanish jarayonida fanlararo aloqadorlikdan foydalanish 5 20 5 7. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ta’lim- tarbiyasida pedagogik aksiologiyadan foydalanish jarayonida jamoatchilik ishtirokiga tayanish 6 18 10 Tajriba- sinov jarayonida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ta’lim- tarbiyasida pedgogik aksiologiyadan foydalanish texnologiyasini joriy etilishi o‘quvchilar shaxsida milliy qadriyatlarmizga nisbatan iftixor tuyg‘usini rivojlantirib bordi. Ushbu holatlar mashg‘ulotlar davomida xalq milliy .merosi, qadriyatlari va zamonaviy ilm-fan, texnika va texnologiya, shuningdek, madaniyat yo‘nalishlarida millat vakillari tomonidan qo‘lga kiritilayotgan yutuqlar xususida fikr yuritilganda, ularning faxr bilan so‘zlashlari, milliy-madaniy meros, xususan, me’moriy yodgorliklarni asrash borasidagi tashabbuslarni ilgari surayotganliklarida ko‘zga tashlanayotganligiga alohida ypg‘y berib o‘tadilar. 93 Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ta’lim- tarbiyasida pedagogik aksiologiyadan foydalanish texnologiyasini aniqlash mezonlari № Mezonlar 1. Milliy iftixor tushunchasining lug‘aviy ma’nosi va mantiqiy mohiyatini chuqur anglaydilar 2. Milliy qadriyatlarimizni o‘rganishga xohishi vujudga kelgan 3. Pedagogik aksiologiyaning bolalar tarbiyasidagi ahamiyatini o‘rganishga ehtiyojni oshganligi 4. Bu borada faollik ko‘rsatadilar Download 0.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling