Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti q
Download 0.99 Mb. Pdf ko'rish
|
Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti q
- Bu sahifa navigatsiya:
- I-bob.Boshlang‘ich ta’lim tizimida pedagogik aksiologiyadan foydalanishning nazariy pedagogik asoslari
- III-bob.Pedagogik aksiologiya va undan boshlang‘ich ta’lim tizimida foydalanish texnologiyasi
- UMUMIY XULOSA
- Tadqiqot obekti
- Tadqiqot vazifalari
- Tadqiqotning ilmiy farazi
- Muammoning ishlanganlik darajasi.
- Tadqiqotning nazariy ahamiyati
- Tadqiqotning amaliy ahamiyati
- Tadqiqotning ilmiy yangiligi
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI Qo‘lyozma huquqida UDK (372.2) TOJIYEVA GULBAHOR SHUHRATOVNANING “Pedagogik aksiologiya va undan boshlang‘ich ta’lim tizimida foydalanish texnologiyasi” Mutaxassislik: 5A111701-Boshlang‘ich ta’lim Magistr akademik darajasini olish uchun yozilgan DISSERTATSIYА Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi Himoya qilishga ruxsat va tarbiyaviy ishlar metodikasi Magistratura bo‘limi boshlig‘i kafedrasi mudiri, p.f.n., dos ____________M.Esоnov _____________ X.R.Sanaqulov 2014 y «____»iyun Ilmiy rahbar: p.f.n.,dos __________Abdurahimova D.A. TOSHKENT 2014-yil 2 M U N D A R I J A KIRISH............................................................................................................ 3 I-bob.Boshlang‘ich ta’lim tizimida pedagogik aksiologiyadan foydalanishning nazariy pedagogik asoslari.................................................. 12 1.Boshlang‘ich ta’lim tizimida pedagogik aksiologiyadan foydalanish pedagogik muammo sifatida.................................................................. 12 2.Pedagogik aksiologiya – pedagogikaning mustaqil sohasi sifatida......... 23 3.Pedagogik aksiologiya rivojida tasavuf va uyg‘onish davri mutafakkirlarining aksiologik qarashlari.......................................................... 28 Bob bo‘yicha xulosa.......................................................................................... 39 II-bob. Pedagogik aksiologik muammolar va ulardan boshlang‘ich ta’lim tizimida foydalanishning pedagogik shart- sharoitlari.................... 41 1.Ta’lim-tarbiya jarayonida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida qadriyatlarga munosabatni shakllantirish......................................................... 41 2.Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida milliy iftixor tuyg‘usini shaklantirishning aksiologik ahamiyati.......................................................................................... 48 3.Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ta’lim- tarbiyasida milliy- ma’naviy qadriyatlardan foydalanish imkoniyatlari.......................................................... 66 Bob bo‘yicha xulosa......................................................................................... 69 III-bob.Pedagogik aksiologiya va undan boshlang‘ich ta’lim tizimida foydalanish texnologiyasi 72 1.Pedagogik aksiologiya va undan boshlang‘ich ta’lim tizimida foydalanishga oid tajriba-sinov ishlarini tashkil etish va uni o‘tkazish metodikasi........................................................................................................... 72 2.Pedagogik aksiologiya va undan boshlang‘ich ta’lim tizimida foydalanish oid tajriba-sinov ishlarining samaradorlik darajasi............................................ 85 Bob bo’yicha xulosa……………………………………………...................... 94 UMUMIY XULOSA ....................................................................................... 97 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YHATI……………………... 99 3 KIRISH Mavzuning dolzarbligi. Bizning davrimizda ta’limiy qadriyatlar, ularning tabiati, funksiyalari, o‘zaro aloqadorligi haqidagi pedagogikaning yangi sohasi - pedagogik aksiologiya rivojlanib bormoqda. Chunki zamonaviy jamiyat ta’limni o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarni egallashining maqsadga yo‘naltirilgan jarayoni va natijasi sifatida tushunishdan uzoqlashdi. Ta’lim bu insonda insoniylikni tarkib toptirishdir. Uning asl mohiyati ham ana shunda. Ta’limning ma’naviyatni tarkib toptirishdagi ahamiyati uni qadriyatli bilimlarni uzatish va uning asosida insonda qadriyatli munosabat, qadriyatli xulq-atvorni shakllantirishda ekanligini o‘z vaqtida Aflotun ham ta’kidlab o‘tgan edi. U davlatning asosini qolgan barchasi unga bog‘liq bo‘lgan yagona birlik aks ettiradi, deb hisoblagan. Bunday asos - olijanoblikdir. Olim yuksak olijanoblik sifatida hech narsa yaxshilik va yomonlik haqida unday ma’lumot bera olmaydigai bilimni e’tirof etadi. Bilimda qanchalik olijanoblik o‘z ifodasini topganligini esa ta’lim jarayonida o‘rganish mumkin. Pedagogik aksiologiya inson va ta’limni qadriyat deb e’tirof etgan holda, ta’limiy qadriyatlarni muhokama etuvchi hamda ta’limga qadriyatli yondashuvni amalga oshiruvchi pedagogik bilimlar sohasidir. Pedagogik aksiologiyaning predmeti, maqsad va vazifalari. Pedagogik aksiologiyaning predmetini shaxsning qadriyatli ongi, qadriyatli munosabati, qadriyatli xulq-atvorini shakllantirish tashkil etadi. Aksiologik muammolarga doir nazariy manbalardagi qadriyat tushunchasining mohiyatini taxdil etish asosida pedagogik aksiologiya qadriyat tushunchasiga shaxs va jamiyat faoliyatida ideal namuna va yo‘nalishlarni aks ettiruvchi individual va ijtimoiy ongni tashkil etuvchi maxsus ta’lim sifatida qaraydi. Alohida shaxs yoki jamiyat yaxlitlikda qadriyatlarni uzatuvchisi sifatida qaraladi, nihoyasi esa, insonning xulq-atvori va xatti-harakatini rag‘batlaydi. Xulq-atvor va xatti- harakatlarning tavsifi shaxsning atrof-muhitga, o‘z-o‘ziga munosabati haqida guvoxlik beradi. 4 Turli xalq, millat hamda elatlarning o‘zligini anglashi ularning mustaqilligi, erkini kafolatlovchi muhim shart sanaladi. Binobarin, milliy o‘zlikni anglash ana shu xalq, millat va elatlarning kishilik jamiyatidagi o‘rni va mavqeining belgilanishini ta’minlaydi. Millat vakillarining milliy g‘urur va iftixor tuyg‘usiga ega bo‘lishlari ularning milliy o‘zliklarini anglashlariga boshlang‘ich asosdir. Mustaqillik yillarida respublika ijtimoiy-siyosiy mustaqilligini mustahkamlashga bo‘lgan ehtiyoj sezildi. Bu ehtiyojni qondirish omillaridan biri aholi, shu jumladan, yoshlarda milliy iftixor tuyg‘usini shakllantirishdir. Zero, milliy iftixor tuyg‘usiga ega bo‘lgan inson yurt mustaqilligi, xalq ozodligi yo‘lida kurasha oldi. Shu bois so‘nggi yillarda ta’lim muassasalari, shuningdek, boshlang‘ich ta’lim tizimida ham kichik yoshdagi maktab o‘quvchilarida milliy iftixor tuyg‘usini shakllantirishga alohida e’tibor qaratilishi maqsadga muvofiq deb topildi. Milliy tuyg‘uning yoshlarni Vatan uchun fidoiy insonlar etib tarbiyalashdagi beqiyos ahamiyatiga to‘xtalib o‘tar ekan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov quyidagilarni ta’kidlaydi: “Milliy tuyg‘u inson uchun tabiiydir, chunki u ota-onalardan meros qilib olingan va bola o‘z ota-onasiga, butun dunyoga aytgan birinchi so‘zida ifodalanadi. O‘z xalqiga, uning an’anlariga, tili va madaniyatiga muhabbat va hurmatni tarbiyalamasdan turib, o‘z xalqini, millatlarning butun jahon hamjamiyatida tenglardan biri sifatida idrok qiluvchi haqiqiy insonni, o‘z Vatanining jonkuyarini tarbiyalash mumkin emas” 1 Yoshlar, shuningdek, kichik yoshdagi maktab o‘quvchilarini milliy iftixor tuyg‘usiga ega bo‘lishlari ularning xalq, millat va vatan tarixini chuqur bilishlari, ajdodlarga munosib avlod bo‘lib voyaga еtishlarini ta’minlash bilan birga, vatanparvar insonga xos muhim ma’naviy-axloqiy sifatlarni namoyon eta olishlari uchun ham sharoit yaratadi. Zero, vatanparvar insonni tarbiyalab voyaga еtkazish respublikada amalga oshirilayotgan ijtimoiy tarbiyaning asosiy maqsadi etib belgilangan. Vatanparvarlik milliy o‘zlikni anglash negizida shakllanuvchi 1 Karimov I.A. Adolat, Vatan va xalq manfaati har narsadan ulug‘. - T.: О‘zbekiston, 1998 5 ma’naviy-axloqiy sifatlardan biri ekanligiga e’tiborni qaratgan holda Respublika Prezidenti I.A.Karimov quyidagi fikrlarni ilgari suradi: “O‘zbekiston fuqarosining vatanparvarligi bu qayta o‘zgarishlar yo‘lini ko‘rsatuvchi, ko‘zlangan maqsaddan chetga chiqmaydigan yo‘lchi yulduz, ishonchli kompasdir. O‘zbekistonga, o‘z еriga, tabiatga, bu еrda yashayotgan xalqlarga muhabbat, o‘lkaning tarixi, madaniyati, an’analarini teran bilib olishga intilish, respublikaning qudrati va yutuqlaridan faxrlanish, xalqimiz qismatiga tushgan qiyinchiliklar uchun qayg‘urish ko‘p millatli O‘zbekiston jamiyatining muhim jipslashtiruvchi asosi hisoblanadi” 2 “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” da ta’lim sohasini tubdan isloh qilish, uni o‘tmish mafkuraviy qarashlaridan to‘la xalos etish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasidagi yuksak ma’naviy-axloqiy talablarga javob beradigan, yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini yaratish asosiy maqsad qilib qo‘yilgan. Kadrlar tayyorlash sohasidagi davlat siyosati uzluksiz ta’lim tizimining insonni intellektual va ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash imkoniyatlariga tayanish maqsadga muvofiqligini ifoda etib, har tomonlama barkamol shaxs – fuqaroni shakllantirishni nazarda tutadi. Dasturda kadrlar tayyorlash milliy modelining asosiy tarkibiy qismlaridan biri shaxs ekanligiga urg‘u berilib, “shaxs-kadrlar tayyorlash tizimining bosh subekti va obekti, ta’lim sohasidagi xizmatlarning iste’molchisi va ularni amalga oshiruvchi” ekanligi va davlat tomonidan shaxsni tarbiyalash, uni har tomonlama kamol toptirishning ustuvorligi ta’minlanishi ko‘rsatilgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov «Milliy istiqlol mafkurasi – xalq e’tiqodi va buyuk kelajakka ishonch» nomli asarida keng jamoatchilik, olim, shoir va yozuvchilardan mafkura masalasiga jiddiy ahamiyat berishni talab etib, jamiyat oldida turgan eng muhim masala, bu milliy istiqlol mafkurasini yaratish va 2 Karimov I.A. Adolat, Vatan va xalq manfaati har narsadan ulug‘. - T.: О‘zbekiston, 1998 6 hayotimizga tatbiq etish ekanligini ta’kidladi. Milliy istiqlol g‘oyasi va mafkurasi negizida yoshlar, jumladan, kichik yoshdagi maktab o‘quvchilarini ajdodlarga, ularning turmush tarzi, e’tiqodlari va hayotiy yondashuvlariga munosib etib tarbiyalash g‘oyalari yotadi. Boshlang‘ich ta’lim oldiga qo‘yilayotgan ijtimoiy talablar o‘quvchilarni xalqning boy ma’naviy va intellektual merosi hamda umumbashariy qadriyatlar asosida tarbiyalashni taqozo qiladi. Istiqlol mafkurasi milliy g‘urur, milliy qadriyat, birdamlik va hamjihatlik tuyg‘usi zaminida shakllangan vatanparvarlikni ham o‘z ichiga oladi. Yoshlarda Vatanga bo‘lgan muhabbat, u bilan faxrlanish qanchalik kuchli bo‘lsa, uni sevish, yuksak darajada e’zozlash hissi kuchaysa, har bir inson o‘z vatani tarixi, milliy til, madaniyat, urf-odatlar, an’analar hamda qadriyatlarning mohiyatini chuqur anglasa, millat taqdiri va istiqboli haqida qayg‘urish tuyg‘usiga ega bo‘lsa, mustaqillik shunchalik mustahkam va barqaror bo‘ladi. Hozirgi davrda mustaqillikni mustahkamlash, istiqlol sari ishonch bilan borishda shaxs ma’naviyatini shakllantirish masalasi asosiy yo‘nalishlardan hisoblanadi. Yetuk madaniyatli insongina istiqlol mafkurasi g‘oyalarini o‘zlashtirib, ularga qat’iy amal qilgan holda ijtimoiy faoliyatni amalga oshiradi. Millat ma’naviyatini tiklash va rivojlantirishda milliy ong, til va madaniyat еtakchi o‘rin tutadi. Ulardan samarali foydalanish Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida milliy his-tuyg‘u, g‘urur va iftixorni o‘stirish, shuningdek, milliy o‘zlikni anglash tuyg‘usini shakllantirishga xizmat qiladi. Markaziy Osiyoda yashab ijod etgan buyuk allomalarning shaxs kamoloti va uni ta’minlash to‘g‘risidagi qarashlari zamonaviy bosqichda jahon ta’limi uchun muhim asosdir. Milliy pedagogik qadriyatlarni mavjud sharoitda demokratik qadriyatlar bilan uyg‘unlashtirish, ta’lim mazmuniga insonparvarlik va demokratik g‘oyalarni singdirish, o‘quv jarayoniga ilg‘or texnologiyalarni tatbiq etish, ta’lim- tarbiya samaradorligini oshirish - davr talabidir. Shu sababli, O‘zbekiston Respublikasi mustaqil davlat maqomiga ega bo‘lgandan keyin istiqlol talablari, 7 qurilajak huquqiy demokratik davlat, adolatli, insonparvar jamiyatga mos kadrlar tayyorlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. O‘zbek xalqi mustaqillikka erishgani tufayli o‘tmish avlodlar qoldirgan boy ma’naviy-madaniy merosni o‘rganish va qayta tiklashga musharraf bo‘lmoqda. Fan va madaniyat namoyandalarining asarlarida ifodalangan ma’naviy-axloqiy g‘oyalar ham insonlar ruhiyati va ma’naviyati taraqqiyotida, yoshlarda ezgulik va iftixor tuyg‘usining rivoj topishida muhim vosita bo‘la oladi. Boshlang‘ich ta’lim tizimida o‘quvchilarga ajdodlar, shuningdek, bugungi davr qahramonlarining faoliyati, jahon sivilizatsiyasiga qo‘shgan hissasi, madaniyati, san’ati, fan-texnika, ishlab chiqarish sohalarida erishilayotgan yutuqlari bilan faxrlanish, g‘ururlanish, iftixor etish tuyg‘usini qaror toptirish uzluksiz ta’lim tizimi oldiga qo‘yilayotgan muhim ijtimoiy vazifalardandir. “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”ning kadrlar tayyorlash tizimini tubdan isloh qilishning muhim omillari ko‘rsatib berilgan uchinchi bandida milliy o‘zlikni anglashning o‘sib borishi, vatanparvarlik, o‘z vatani uchun iftixor tuyg‘usining shakllanayotganligi, boy milliy-madaniy va tarixiy an’analarga, xalqimizning intellektual merosiga hurmatni qaror toptirish lozimligi alohida ta’kidlangan. Mazkur dasturni hayotga izchil tatbiq etish - Pedagogik aksiologiya va undan boshlang‘ich ta’lim tizimida foydalanish texnologiyasi o‘z еchimini kutayotgan dolzarb muammo ekanligini ko‘rsatmoqda. Tadqiqot obekti: pedagogik aksiologiya va undan boshlang‘ich ta’limda foydalanish jarayoni. Tadqiqot predmeti: pedagogik aksiologiya va undan boshlang‘ich ta’lim tizimida foydalanish texnologiyasining mazmuni, o‘ziga xos xususiyatlari, muhim bosqichlari, shakl, metod va vositalari. Tadqiqot maqsadi: Pe dagogik aksiologiya va undan boshlang‘ich ta’lim tizimida foydalanish texnologiyasining pedagogik shart-sharoitlarini o‘rganish 8 orqali nazariy asoslarini yaratish hamda ilmiy-metodik tavsiyalarni ishlab chiqish. Tadqiqot vazifalari: 1.Tadqiqot mavzusiga oid ilmiy-pedagogik, falsafiy, psixologik manbalarni tahlil qilish orqali muammoning dolzarb pedagogik ahamiyatga ega ekanligini asoslash. 2.Pedagogik aksiologiya va undan boshlang‘ich ta’lim tizimida foydalanish texnologiyasining mavjud ahvolini pedagogik nuqtai nazardan baholash. 3.Pe dagogik aksiologiya va undan boshlang‘ich ta’lim tizimida foydalanish texnologiyasining mazmunini tahlili qilish negizida asosida boshlang‘ich ta’lim o‘quvchilarida shaxs xulq-atvorini o‘rganishning aksiologik imkoniyatlarini aniqlash. 4.Pe dagogik aksiologiya va undan boshlang‘ich ta’lim tizimida foydalanish texnologiyasiga oid metodikaning samaradorlik darajasini aniqlash negizida ilmiy-metodik tavsiyalarni ishlab chiqish. Tadqiqotning ilmiy farazi: agar mavzuga oid ilmiy-pedagogik, falsafiy, psixologik manbalar va boshlang‘ich ta’lim tizimini tahlil qilish orqali muammoning dolzarb pedagogik ahamiyatga ega ekanligi asoslansa; pedagogik aksiologiya va undan boshlang‘ich ta’lim tizimida foydalanish texnologiyasiga tarixiy yondashuv mazmuni o‘rganilib, jarayon samaradorligini ta’milovchi imkoniyatlar aniqlansa; pedagogik aksiologiya va undan boshlang‘ich ta’lim tizimida foydalanish texnologiyasining shakllanganlik darajasini aniqlovchi mezonlar shlab chiqilsa; pedagogik aksiologiya va undan boshlang‘ich ta’lim tizimida foydalanish texnologiyasining mazmuni, shakl, metod va vositalarini asoslash, 9 shuningdek, tavsiya etilgan maxsus metodikaning samaradorlik darajasini aniqlash orqali ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqilsa. Muammoning ishlanganlik darajasi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov asarlarida milliy-ma’naviy qadriyatlar va ularning ijtimoiy-ma’naviy ahamiyati, ularga nisbatan tarixiy yondashuv, mustaqillik yillarida milliy qadriyatlarni qayta tiklash yo‘lida olib borilgan amaliy harakatlar mazmuni hamda shaxsda milliy g‘urur tuyg‘ularining namoyon bo‘lishi kabi masalalar o‘z ifodasini topgan. A.Azizxo‘jayev, A.Aliyev, B.Aminov, T.Rasulov, S.Atamuratov SH.Baxranov, Taylanova A.Jalolov, N.Jo‘rayev, J.Tulenov, Z.G‘ofurov, K.Yusupov ,O‘.Yusupovlarning ishlarida shaxs kamoloti, unda ma’naviy-axloqiy sifatlarni tarbiyalashning ijtimoiy-falsafiy jihatlari, shaxsda milliy o‘zlikni anglash, milliy g‘urur va iftixor tuyg‘ularining shakllanishi, bu jarayonga aksiologik yondoshuv masalalari tahlil etilgan. Yoshlarda milliy iftixor tuyg‘usini shakllantirishda milliy-ma’naviy meros, xususan, xalq og‘zaki ijodi, milliy urf-odat, marosim va an’analar, shuningdek, milliy tarbiya o‘ziga xos ta’sirchan kuchga ega. M.Abrorov , S.Bulatov, O.Bo‘riyev, I.Jabborov , T.Javliyev, M.Inomova, N.Ortiqov, M.Quronov kabi bir qator pedagog olimlarning ishlarida xalq og‘zaki ijodi namunalari, milliy urf-odat, marosim va an’analarning mohiyati, ularda ilgari surilgan g‘oyalar, milliy madaniyat asoslari hamda ularning shaxs ma’naviyatini shakllantirishdagi o‘rni va roli ochib berilgan. Mavjud adabiyotlar bilan tanishish uzluksiz ta’lim tizimi muassasalari, jumladan, boshlang‘ich ta’lim tizimida o‘quvchilarni ta’lim- tarbiyasida pedgogik aksiologiyadan foydalanish muammosining maxsus tadqiq etilmaganligini ko‘rsatdi. Shu sababli tadqiqot mavzusi «Pedagogik aksiologiya va undan boshlang‘ich ta’lim tizimida foydalanish texnologiyasi » deb belgilandi. Tadqiqot metodlari: Ilmiy-nazariy tahlil. 10 Tarixiy-qiyosiy tahlil. Anketa, savol-javob, suhbat, interv. Kuzatish. Modellashtirish. Pedagogik tajriba. Matematik statistika. Tadqiqotning nazariy ahamiyati: Tadqiqotda ilgari surilgan muhim nazariy g‘oyalar «Pedagogika», “Ma’naviyat asoslari” hamda “Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar” kurslari mazmunini g‘oyaviy jihatdan rivojlantiradi; “aksiologiya”, “iftixor”, “milliy g‘urur”, “milliy iftixor”, milliy iftixor tuyg‘usini shakllantirish” kabi tushunchalarga berilgan pedagogik ta’riflar “Pedagogika” fani terminologiyasini yangi tushunchalar bilan boyitadi; boshlang‘ich ta’lim tizimida dars va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarning ishlanmalari mazkur jarayonni tashkiliy-texnologik jihatdan samarali kechishini ta’minlaydi; maxsus metodika negizida ilgari surilayotgan ayrim g‘oyalar boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida mustaqil fikrlash va o‘z qarashlarini erkin namoyon etish ko‘nikmalarining shakllanishiga xizmat qiladi. Tadqiqotning amaliy ahamiyati: ilgari surilgan ilmiy-metodik tavsiyalar, boshlang‘ich ta’lim tizimiga oid dars va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarning ishlanmalari «Pedagogika», “Ma’naviyat asoslari” hamda “Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar” kurslari o‘qituvchilarini metodik manbalar bilan qurollantiradi; ta’lim-tarbiya jarayonining texnologik loyihalar asosida tashkil etilishiga imkon beradi; nazariy g‘oyalari va amaliy natijalaridan boshlang‘ich ta’lim tizimi uchun pedagogik turkum fanlari bo‘yicha o‘quv dasturlari, darsliklar hamda metodik qo‘llanma yaratishda, ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etishda, samarali foydalanish mumkin. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 11 1.Pedagogik aksiologiya va undan boshlang‘ich ta’lim tizimida foydalanish texnologiyasining qo‘llanilish muammosi pedagogik yo‘nalishda ilk bor tadqiq etildi. 2.Pedagogik aksiologiya va undan boshlang‘ich ta’lim tizimida foydalanish texnologiyasining ilmiy-nazariy asoslari yaratildi. 3.Pedagogik aksiologiya va undan boshlang‘ich ta’lim tizimida foydalanish texnologiyasiga xizmat qiluvchi vosita va omillari aniqlandi. 4.Pedagogik aksiologiya va undan boshlang‘ich ta’lim tizimida foydalanish texnologiyasiga oid ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqildi. Download 0.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling