Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti sh. R. Komilova


Download 7.21 Kb.
Pdf просмотр
bet1/13
Sana08.07.2018
Hajmi7.21 Kb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13

 

О‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA О‘RTA  
MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI 
 
 
NIZOMIY NOMIDAGI  TOSHKENT DAVLAT  
PEDAGOGIKA UNIVERSITETI 
 
 
                  
 
 
 
 
 SH. R. KOMILOVA  
 
 
 
TA’LIMDA  INNOVATSION  
TEXNOLOGIYALAR  
 
   
 
 
 «BOTANIKA (о‘simliklar morfologiyasi va anatomiyasi)» 
fanidan laboratoriya mashg‘ulotlarini о‘qitish texnologiyasi 
 
 
 
 
 
                        
 
 
 
 
 
 
 
Toshkent – 2014  
 
 
 
 

 

 

 
 
 
 
 
1.1. Laboratoriya mashg‘ulotini о‘qitish texnologiyasi 
 
Mashg‘ulot vaqti-2 soat 
Talabalar soni: 12 – 18 gacha 
Mashg‘ulot shakli 
Mavzu  bо‘yicha  bilimlarni  kengaytirish  va  mustahkamlash 
yuzasidan laboratoriya mashg‘uloti 
 
Laboratoriya 
mashg‘ulot 
rejasi 
1.
 
Mikroskop xaqida tushuncha. 
2.
 
Mikroskop qismlari bilan tanishish  
3.
 
Mikroskop bilan ishlash qoidalarini о‘rganish 
О‘quv  mashg‘ulotining  maqsadi:  Talabalarga  mikroskop  tuzilishini,  optik  va  mexanik 
qismlari  bilan  tanishtirish,  ishlash  qoidalari  bilan  tanishish,  vaqtinchalik  preparat  tayyorlashni 
о‘rgatish.  
Pedagogik vazifalar

 
Mikroskop bilan tanishtirish; 

 
Mikroskopning 
optik 
va 
mexanik 
qismlarini о‘rgatish; 

 
Mikroskop 
bilan 
ishlash 
qoidalarini 
о‘rgatish 
О‘quv faoliyati natijalari: 

 
Mikroskop xaqidagi tasavvurga ega bо‘ladi; 

 
Mikroskopning  optik  va  mexanik  qismlari 
bilan tanishadi; 

 
Mikroskop bilan ishlash qoidalarini о‘rganish 
Ta’lim berish usullari 
Bayon qilish , aqliy xujum  
Ta’lim berish shakllari 
Ommaviy, guruhlarda ishlash 
Ta’lim berish vositalari 
Kompyuter texnologiyasi ( “Botanika ”  fanidan  
elektron  shiuv – uslubiy majmua), slaydlar. 
Ta’lim berish sharoiti 
Texnik vositalar bilan  ta’minlangan  о‘qitish  
usullarini  qо‘llash  mumkin bо‘lgan о‘quv  xona.   
Monitoring va baholash 
Kuzatish, og‘zaki nazorat, savol – javobli 
sо‘rov, о‘quv topshiriq. 
 
 
1.2. “Mikroskop bilan tanishish va ishlash qoidalarini о‘rganish. Vaqtinchalik preparat tayyorlash  
laboratoriya mashg‘ulotining texnologik xaritasi 
 
Ish 
bosqichlari va 
vaqti 
Faoliyat mazmuni 
Ta’lim beruvchi 
Ta’lim oluvchilar 
Tayyorlov 
bosqichi 
Mavzuni  aniqlaydi,  ta’limiy  maqsadni 
belgilaydi 
va 
kutilayotgan 
natijalarni 
shakllantiradi. 
Belgilangan  ta’limiy  maqsadlarga  mos 
о‘quv bilish muammoli vazifalarni ishlab chiqadi. 
Samarali  ichki  guruhlar  ishini  ta’minlovchi 
guruhlar 
uchun 
yozma 
yо‘riqnomalarni 
tayyorlaydi.  
Ekspert 
guruhlar 
ish 
natijalarini 
baholash 
mezonlarini ishlab chiqadi 
 
 
 
 
 
1-mashg‘ulot 
MIKROSKOP BILAN TANISHISH VA ISHLASH 
QOIDALARINI О‘RGANISH. VAQTINCHALIK PREPARAT 
TAYYORLASH 
LABORATORIYA  MASHG‘ULOTLARNING TA’LIM TEXNOLOGIYASI 
 

 

1. О‘quv 
mashg‘ulotiga 
kirish bosqichi 
      (10 daq) 
1.1.  Mashg‘ulot  mavzusi,  uning  maqsadi  va 
kutilayotgan  natijalar  bilan  tanishtiradi,  ularning 
axamiyatliligi  va  dolzarlabligini  asoslaydi.  (1-
ilova) 
  
Tinglaydilar va lab 
mashg‘ulotiga 
tayyorgarlik kо‘radilar 
2. Asosiy 
bosqich 
(50 daqiqa) 
 
 
 
2.1.  Mikroskop    xaqida  tushuncha    beriladi  va 
savol -  javob  о‘tkaziladi. (2,3 - ilova ) 
2.2.  Mikroskop  qismlari  bilan  tanishtiriladi  va 
savol -  javob  о‘tkaziladi. (4,5 - ilova ) 
2.4. 
Mikroskop 
bilan 
ishlash 
qoidalarini 
о‘rgatiladi  va savol -  javob  о‘tkaziladi. 
 (6,7 - ilova ) 
 
2.1. 
Talabalar 
savollarga 
javob 
beradilar.  
2.2. Talaba tarqatma 
materiallar bilan 
tanishadi  
2.3 Tarqatma material 
bilan ishlaydi va xulosa 
qiladi 
3–Yakuniy 
bosqich 
(20 daqiqa) 
 
 
3.1.О‘quv faoliyati yuzasidan xulosa bildiradi. (8-
ilova) 
3.2.  Talabalar  faoliyatiniga  baho  beradi  (9-ilova) 
va о‘zlashtira olmagan qismlarini tushuntiradi. 
3.3. Uyga vazifa beradi 
 
Tinglaydilar. 
Yozib oladilar  
 
 
1-ilova 
 
  
2-ilova 
MIKROSKOP XAQIDA TUSHUNCHA.
 
 
Mikroskop kichik obyektlarni kattalashtirib kо‘rsatadigan optik asbobdir.О‘simliklarning hujayra 
va  tо‘qimalarini  о‘rganishda  MBR-1,MBI-3,  “Biolam”  kabi  yorug‘lik  mikroskoplaridan  foydalaniladi.Bu 
mikroskoplar,obyektlarni  1400-1800  martagacha  kattalashtirib  kо‘rsatadi.Mikroskop  asosan  optik  va 
mexanik qismlardan tashkil topgan  
 
3- ilova 
 
 
4-ilova 
MIKROSKOP QISMLARI BILAN TANISHISH 
Mavzu: Mikroskop bilan tanishish va ishlash qoidalarini о‘rganish. Vaqtinchalik 
preparat tayyorlash 
Reja  
1. Mikroskop xaqida tushuncha. 
2.Mikroskop qismlari bilan tanishish 
3.Mikroskop bilan ishlash qoidalarini о‘rganish 
Savollar  
1. Mikroskopni  kim kashf qilgan ? 
2. Mikroskopning  vazifasi  

 

 
Mikroskopning optik qismi 3ta yoritqich apparati, obyektivlar va okulyarlardan iborat. Obyektiv 
va  okulyarlar  о‘rtasida  tubus  joylashgan.  Bu  qisimlarning  barchasi  juda  tо‘g‘ri  markazlashgan  bо‘lib, 
mikroskopning  mexanik  qismi  bо‘lgan shtativga  о‘rnashtirilgan.Yoritqich  apparati  diafragmali kondensor 
va  kо‘zgudan  iborat.  kondensor  mikroskop  stolining  tagidagi  xalqada  joylashgan  bо‘lib,  qisqa  naysimon 
ustunchaga о‘rnashtirilgan ikki  yoki  uchta  linzadan  tashkil  topgan.  Kondensor  о‘rganilayotgan preparatni 
yaxshiroq  yoritib berish uchun xizmat qiladi. Kondensarning linzalari mikroskop stoli bilan bir tekislikda 
yoki bir- oz pastroqda joylashgan bо‘lishi kerak. 
Kondensordan  pastda    bir  tomoni  botiq,  bir  tomoni  tekis  о‘z  о‘qida  xarakatchan  kо‘zgu 
о‘rnashtirilgan.  Oyna  yorug‘likni  kondensor  orqali    mikroskopning  stolchasidagi  preparatga    yetkazib 
beradi.  Oynaning  tekis  tomoni  preparatni  60
x
  ,90
x
  obyektivlarida  qaralganda  botiq  tomoni  8
x
,10
x
,20
x
,40
x
 
obyektivlarda qaralganda foydalaniladi. 
Obyektiv metall ustunchaga о‘rnatilgan bir necha linzalardan tashkil topgan. Eng kuchli obyektiv 
obyektlarini  120 marotaba kattalashtirib  kо‘rsatadi. Laboratoriya darslarida kо‘proq 8
x
,20
x
,40
x
 ba’zida 90 
marotaba  kattalashtirib kо‘rsatiladigan obyektivlar foydalaniladi. 
Okulyar obyektivga nisbatan ancha soddaroq tuzilgan bо‘lib, metal ustunchaga о‘rnatilgan ikkita 
linza  va  diafragmadan  tashkil  topgan.  Tubus  ichi  bо‘sh  naydan  iborat  bо‘lib,yuqorgi  tomoniga  okulyar 
joylashtiriladi  uning  tubusning  ikkinchi  tomoni    obyektivlar  о‘rnatiladigan  uyachalari  bо‘lgan  aylanma 
xarakatli - revolverga о‘rnatilgan. 
 
     5- ilova 
 
6- ilova  
MIKROSKOP BILAN ISHLASH QOIDALARINI О‘RGANISH 
 
1. Mikroskopning optik va mexanik qismlarini ishga tayyorligini tekshiriladi. 
2. Mikroskopni  ish stolining  ustiga chekkasidan 6-7 sm ichkariroq  joyga shtativi  chap yelkaga 
tо‘g‘rilab siljimaydigan etib qо‘yiladi. 
3. Ish stolining о‘ng tomoniga kerakli jixozlar ( predmet va qoplag‘ich oynachalar, preparal nina, 
chо‘tka,  penset,  skalpel,  kichikroq  qilib  qirqilgan  filtr  qog‘oz,  yumshoq  latta,  chо‘tka,  suv  va  turli 
bо‘yoqlar, reaktivlar, rasm albomi, qalamlar, ishlash uchun kerak bо‘lgan ob’ktlar qо‘yiladi. 
4. Mikroskopning optik  qisimlari ( okulyar, ob’ktiv va kondensor) toza latta bilan artiladi. Agar 
juda iflos bо‘lsa lattani benzin yoki spirt efir aralashmasi bilan xо‘llab artiladi. 
5. Kondensor yuqoriga qо‘tarilib, diafragma  ochiladi. 
6.  Mikroskopning    kichik  obyektivi  (8)  buyum  stolchasining  teshigi  rо‘parasiga  keltirilib, 
stolchadan 1 sm balandlikda tutiladi. 
7.Mikroskop bir tubusli bо‘lsa chap kо‘z bilan ikki tubusli (MBI-3)  bо‘lsa ikki kо‘z bilan qarab, 
oynani  yorug‘lik  kelayotgan  deraza  tomonga  burib  yorug‘lik    kо‘rish  maydonchasiga  tо‘liq  tekis 
tо‘planilanadi. 
8.  Yorug‘lik  yoritqich  asbobi  (OI-19,OI-24)  yoki  elektr  lampasidan  foydalanilganda  yorug‘lik 
tekis tarqalishi uchun xira  matoviy  filtrdan  foydalanish kerak bо‘ladi. 
9. Tayyor yoki tayyorlangan preparat buyum stolchasiga qisqichlar yordamida joylashtiriladi. 
 
Savollar 
 
1.Mikroskopning  qanday optik  qismlari bor ? 
2.  Mikroskopning  qanday  mexanik  qismlari bor? 

 

10.Tubus  obyektivi  bilan  makrovint  yordamida  bir  –  oz  kо‘tariladi.  sо‘ngra  chap  kо‘z  bilan 
okulyarga qarab turib preparatlardagi tasvir aniq kо‘ringuncha makrovintlar sekin xarakatlantiriladi. 
11.Agar kо‘rilayotgan jismni bir qismini katta obyektivda (20
x
,40
x
) kо‘rish zarur bо‘lsa, tubusni 
kо‘tarmasdan    turib,  revolverni  katta  obyektiv  tomon  sekin  –asta  aylantiriladi.  Obyektiv  stolga  tо‘g‘ri 
vertikal  turish  kerak,  obyektivning  tо‘g‘ri  joylashganligini  yana  sekin  chiq  etib  tovush  chiqarib 
tо‘xtaganidan  xam  bilish  mumkin. Revolverni  katta  obyektivga  о‘tkazilganda  predmet  oynasidagi  jismni 
tasviri yо‘qoladi.Bu vaqtda mikrovintni tasvir aniq kо‘ringunga qadar  sekin yarim aylanma xarakat qilish 
kerak bо‘ladi. 
12.  Tasvirni  aniq  kо‘rinishini  yana  diafragma  yordamida  uni  kattaroq  ochib  yoki  yopib  ham 
tо‘g‘rilash kerak bо‘ladi. 
 
  
 
7 - ilova  
 
  
8-ilova 
 
Bilimlarni faollashtirish uchun savollar 
 
Savollar 
 
1. Mikroskop bilan  ishlash qoidalarini  tushuntiring ? 
2. Katta  obyektivdan  foydalanish uchun  nima  qilinadi ? 

 

 
1. Qanday kattalashtirib kо‘rsatuvchi asboblarni bilasiz? 
2. Qanday laboratoriya anjomlari bilan tanishsiz? 
3.
 
Laboratoriyada qanday xolatda ishlash kerak?  
4.
 
Mikroskop bilan ishlash qoidalari bilan tanishmisiz? 
9-ilova 
Guruhlarning bilim va kо‘nikmalarini baholash mezonlari 
 
Kichik guruxlarda ishlash natijasida ish hisobot tarzida о‘qituvchiga topshiriladi. Bunda talaba 
vazifani tо‘liq bajarib, topshiriqdagi test va jadvallarni tо‘ldirgach mashg‘ulotni bajargan sanaladi. 
Natijalar joriy baholashdagi 30ball hisobidan mashg‘ulotlar soniga qarab, ballarda aks ettiriladi. Bu 
mashg‘ulotda maksimal ball 1.6 hisoblanadi va quyidagi mezonlarda inobatga olinadi: 
1,4 – 1,6 ball    -     «a’lo» 
1,2 – 1,3 ball   -   «yaxshi» 
        0,9 – 1 ball  -   «konikarli» 
         0  -  0,8 ball   -   «konikarsiz» 
 
 
 
 
 
 
 
2.1. Laboratoriya mashg‘ulotini о‘qitish texnologiyasi 
 
Mashg‘ulot vaqti-2 soat 
Talabalar soni: 12 – 18 gacha 
Mashg‘ulot shakli 
Mavzu  bо‘yicha  bilimlarni  kengaytirish  va  mustahkamlash 
yuzasidan laboratoriya mashg‘uloti 
 
Laboratoriya 
mashg‘ulot 
rejasi 
1.
 
О‘simlik hujayrasi xaqida tushuncha. 
2.
 
О‘simlik hujayrasidagi organoidlar  
3.
 
О‘simlik 
hujayrasi 
vaqtinchalik 
preparat 
tayyorlab, 
mikroskopda kо‘rish  
О‘quv  mashg‘ulotining  maqsadi:  Talabalarda  hujayra  xaqida  tushuncha  hosil  qilish, 
vaqtinchalik preparat tayyorlashni о‘rgatish, hujayra haqidagi bilimlarini kengaytirish 
Pedagogik vazifalar
1.
 
О‘simlik hujayrasi xaqida tushuncha 
berish. 
2.
 
О‘simlik  hujayrasidagi  organoidlar 
vazifasini tushuntirish  
3.
 
О‘simlik  hujayrasidan  vaqtinchalik 
preparat tayyorlashni tushuntirish 
О‘quv faoliyati natijalari: 

 
О‘simlik  hujayrasi  xaqida  tushunchaga  ega 
bо‘ladi  

 
О‘simlik  hujayrasidagi  organoidlar  vazifasini 
о‘rganadi  

 
О‘simlik  hujayrasidan  vaqtinchalik  preparat 
tayyorlaydi kuzatadi 

 
Kerakli rasmlarini chizib olish 
Ta’lim berish usullari 
Bayon  qilish,  tarqatma  materiallar  bilan  mustaqil 
ishlash texnologiyasi  
Ta’lim berish shakllari 
Ommaviy, guruhlarda ishlash 
Ta’lim berish vositalari 
О‘quv  qо‘llanma,  tarqatma  materiallar  va  jadvallar, 
laboratoriya mashg‘uloti asbob anjomlari 
Ta’lim berish sharoiti 
Texnik  ta’minlangan,  guruhlarda  ishlash  uchun 
mо‘ljallangan auditoriya 
Monitoring va baholash 
Og‘zaki nazorat: savol-javob  
2-mashg‘ulot 
О‘SIMLIK HUJAYRASINING TUZILISHINI О‘RGANISH 

 

 
 
2.2. “О‘simlik hujayrasining tuzilishini о‘rganish”  laboratoriya mashg‘ulotining texnologik xaritasi 
 
Ish 
bosqichlari va 
vaqti 
Faoliyat mazmuni 
Ta’lim beruvchi 
Ta’lim oluvchilar 
Tayyorlov 
bosqichi 
Mavzuni  aniqlaydi,  ta’limiy  maqsadni 
belgilaydi 
va 
kutilayotgan 
natijalarni 
shakllantiradi. 
Belgilangan  ta’limiy  maqsadlarga  mos 
о‘quv bilish muammoli vazifalarni ishlab chiqadi. 
Samarali  ichki  guruhlar  ishini  ta’minlovchi 
guruhlar 
uchun 
yozma 
yо‘riqnomalarni 
tayyorlaydi.  
Ekspert 
guruhlar 
ish 
natijalarini 
baholash 
mezonlarini ishlab chiqadi 
 
 
 
 
 
1. О‘quv 
mashg‘ulotiga 
kirish bosqichi 
      (10 daq) 
1.1.  Mashg‘ulot  mavzusi,  uning  maqsadi  va 
kutilayotgan  natijalar  bilan  tanishtiradi,  ularning 
axamiyatliligi  va  dolzarlabligini  asoslaydi.  (1-
ilova) 
  
Tinglaydilar va lab 
mashg‘ulotiga 
tayyorgarlik kо‘radilar 
2. Asosiy 
bosqich 
(50 daqiqa) 
 
 
 
2.1.  Talabalarning  dastlabki  bilimini  tekshirish 
maqsadida talabalar bilan savol- javob о‘tkaziladi  
2.2.  Jadvallardan  foydalangan  xolda  mavzuni 
tushuntiradi va tarqatma materiallarni tarqatadi (2-
3-4-7-ilova).  
2.3. Preparat tayyorlashni о‘rgatadi va organoidlar 
vazifasini tushuntiradi 
2.4  Kichik  guruhlarda  test  savollarini  yechadi  (5-
ilova)  
2.1. 
Talabalar 
savollarga 
javob 
beradilar.  
2.2. Talaba tarqatma 
materiallar bilan 
tanishadi  
2.3 Mustaqil ravishda 
preparat tayyorlaydi va 
mikroskopda kо‘radi. 
3–Yakuniy 
bosqich 
(20 daqiqa) 
 
 
3.1.О‘quv faoliyati yuzasidan xulosa bildiradi.  
3.2.  Talabalar  faoliyatiniga  baho  beradi  (6-ilova) 
va о‘zlashtira olmagan qismlarini tushuntiradi. 
3.3. Uyga vazifa beradi 
 
Tinglaydilar. 
Yozib oladilar  
 
 
1-ilova 
Mavzu: О‘simlik hujayrasining tuzilishini о‘rganish 
 
1. О‘simlik hujayrasi xaqida tushuncha. 
2.О‘simlik hujayrasidagi organoidlar  
3.О‘simlik hujayrasi vaqtinchalik preparat tayyorlab, mikroskopda kо‘rish  
2-ilova 
 
Hujayra tirik mavjudotlarning eng kichik tuzilishiga ega bо‘lgan biologik qismdir. Hujayra organik 
olamning  ma’lum  taraqqiyoti  bosqichi  davrida,  tirik  materiyaning  asta-sekin  takomillashishi  natijasida 
paydo bо‘lgan. Hujayraga tirik materiyaning barcha jarayonlari: о‘sish, oziqlanish, nafas olish ta’sirchanlik 
va kо‘payish xosdir. 
О‘simlik  hujayrasining  shakli,  о‘lchami,  о‘simlik  tanasida  joylashgan  joyiga,  bajaradigan 
vazifasiga qarab turli tuman bо‘ladi. 

 

Masalan,  organlarning  ustini  qoplab  turadigan  epiderma  hujayralari  tekis,  yupqa  bо‘lsa, 
о‘simlikka  qattiqlik  beruvchi  mexanik  tо‘qima  hujayralari  ingichka,  uzun  devorlari  qalin  birlamchi  va 
ikkilamchi qobiqni hosil qiladi. Jamg‘aruvchi va assimlyatsiya jarayonini bajaradigan hujayralar  yumaloq 
ovalsimon  kо‘pqirrali  yupqa  qobiqli  bо‘ladi.  О‘tkazuvchi  ksilema  naylarining  hujayralari  uzun,  qalin 
qobiqli  bо‘ladi.  Demak  hujayralar  morfologik  jihatidan  2  tipga  bо‘linadi.  Parenxima  va  prozenxima. 
Parenxima  hujayralarning  qobiqlari  har  tomonga  baravar  о‘sadi.  Prozenxima  hujayralarini  qobiqlari  bir 
tomonga о‘sadi va chо‘ziq shaklga ega bо‘lib bо‘yi enidan bir necha marotaba uzunroq bо‘ladi. 
3-ilova 
 
О‘simlik hujayrasi qalin qobiq, protaplast va vakuoladan tashkil topgan.  Protoplast hujayraning 
tirik  qsmi  bо‘lib,  qobiq  tagida  yupqa  qavat  hosil  qilib  joylashgan.  Unda  ribosomalar,  mikronaychalar,. 
Mitoxondriyalar,  plastidalar  kabi  organoidlar  va  membrana  sistemasidan  eendoplazmatik  tо‘r  va 
diktiosomalar joylashgan. 
Sitoplazma  protapllastning  bir  qismi  bо‘lib,  hujayra  qobig‘idan    pllazmalemma,  vakuoladan  
tonoplast kabi membranalar bilan chegaralangan. 
Sitoplazmaning asosiy moddasi gialoplazma bо‘lib, barcha organoidlarni о‘zaro bog‘lanishini va 
ta’sirini ta’minlaydi. 
Plazmolemma.  Plazmolemma  (lot.  lemma  –  meva  pо‘sti)  sitoplazma  membranasining  tashqi 
yuzasi bо‘lib, hujayra pо‘stiga mahkam yopishib turadi va tashqi muhit bilan hujayra о‘rtasidagi moddalar 
almashinishida qatnashadi.  
Sitoplazmaning  asosiy  xususiyatlaridan  biri  uning  doimiy  harakatda  bо‘lishidir.  Voyaga  yetgan 
hujayralarning  sitoplazmasi  vakuola  atrofida  organoidlar  bilan  birgalikda  bir  yо‘nalishda  harakat  qiladi. 
Sitoplazma  harakatning  tezligi  bir  qancha  faktorlarga  (yorug‘lik,  harorat,  kislorod  bilan  tо‘yinishiga  va 
boshqalar) bog‘liq. 
Gialoplazma. Sitoplazmaning asosiy moddasi gialoplazma ( yunon. gialos - oyna) bо‘lib, barcha 
organoidlarni bir-birlari bilan bog‘lanishini va о‘zaro ta’sirini ta’minlaydi. 
Ribosomalar. Ribosomalar asosan gialoplazmada har doim uchrab turadigan baravar miqdordagi 
oqsil  va  RNK  dan  tashkil  topgan  17-23  nm  diametrga  ega  bо‘lgan  mayda  donachalardir.  Ular  hujayra 
yadrosida,  mitoxondriyalarda  va  plastidlarida  ham  uchrab,  о‘lchami  jihatidan  ancha  kichikroq  bо‘ladi. 
Ribosomalar  hujayrada  alohida  joylashsa  –  monosoma,    guruh  bо‘lib  joylashsa  –  polisomalar  deyiladi. 
Polisomalarda ribosomalar о‘zaro ipsimon RNK molekulalari orqali bog‘lanadi. Eukariot organizmlarning 
hujayralarida  ribosomalar  oqsilni  sintez  qiluvchi  markaz  hisoblanadi.  Ribosomasiz  hujayra  uzoq  yashay 
olmaydi. 
Endoplazmatik  tо‘r.  Endoplazmatik  tо‘r  –  (yunon.  endo  -  ichki)  sitoplazmaning  ichkariroq 
qismida  joylashgan  bо‘lib,  bitta  membrana  bilan  chegeralangan  vakuollar  va  kanalchalar  sistemasidan 
tashkil  topgan  organoiddir.  Endoplazmatik  tо‘r  morfologik  tuzilishiga  va  bajaradigan  vazifasiga  kо‘ra 
donador  va  silliq  shakllarga  bо‘linadi.  Donador  endoplazmatik  tо‘rning  membranasiga  ribosomalar 
birikkan  bо‘lib  oqsil  va    fermentlar    sintezida  qatnashadi,    hujayra  membranasining  hosil  bо‘lishi  va  
о‘sishining markazidir. U  organoidlarni  о‘zaro  aloqasini  ta’minlaydi. Silliq endoplazmatik tо‘r, donador 
endoplazmatik tо‘rga nisbatan sustroq rivojlangan bо‘lib, bо‘linayotgan va ba’zi differensiatsiyalanayotgan 
yetilgan  hujayralarda  kam  miqdorda  ingichka  shoxlangan  naychalar  shaklida  uchraydi.  Silliq 
endoplazmatik  tо‘r  lipofil  (efir  moylari,  smola,  kauchuk)  moddalarni  sintezlovchi  va  ajratuvchi 
hujayralarda yaxshi rivojlangan bо‘ladi.  
Mitoxondriyalar  Sitoplazmada  mitoxondriyalarning  shakli,    о‘lchami,  soni  hujayralar  tipiga  va 
rivojlanish fazasiga qarab doimo о‘zgarib turadi. (4-rasm) Ularning о‘lchami 1 mkm dan oshmasdan shakli 
donador,  tayoqcha  va  ipsimon  bо‘lib,  tinimsiz  harakatda  bо‘ladi.  Mitoxondriyalar  ikki  membranali 
organoiddir. Ichki membrana mitoxondriya bо‘shlig‘iga krista deb nomlangan plastinkalar yoki naychalar 
shaklidagi  о‘simtalar  hosil  qiladi.  Kristalar  orasidagi  bо‘shliq  tiniq  modda  -  mitoxondriya  matriksi  bilan 
tо‘lgan  bо‘lgan.  Matriksning  ichida  esa  ribosomalar  bilan  birgalikda  mitoxondriya  DNK  sining  fibrillari 
joylashadi.  Mitoxondriyalarning  asosiy  vazifasi  ATF  va  ADF  sintez  qilish  va  hujayrani  energiya  bilan 
taminlashdir.  Mitoxondriya  hujayraning  doimiy  organoidlaridan  bо‘lib,  hujayra  bо‘linganda  yosh 

 

hujayralar  orasida  bir  tekisda  taqsimlanadi.  Hujayrada  mitoxondriyalarning  soni  bо‘linishi  natijasida 
ortadi.(5-rasm)  
Plastidalar.  Bu  organoidlar  faqat  о‘simliklar  hujayralari  uchun  gina  xos  bо‘lib,  rangiga  va 
bajaradigan  vazifalarga  qarab  uch  tipga  bо‘linadi:  xloroplastlar  -  yashil,  xromoplastlar  -  qizil,  tо‘q  sariq, 
sariq.  Leykoplastlar –  rangsiz.  Odatda hujayrada  plastidlarning  bir turi  uchraydi,  lekin  ular kelib chiqishi 
jihatdan bir-birlariga bog‘liq bо‘lib, о‘simlik ontogenezi davomida biri ikkinchisiga aylanish xususiyatiga 
egadirlar.  Plastidlar  hujayrada  yirik  organeoidlar  bо‘lib,  ular  ichida  eng  yirigi  xloroplastlardir,  ularning 
uzunligi 4-10 mkm. gacha bо‘ladi. 



Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling