Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti t


Download 495.9 Kb.
Pdf просмотр
bet1/6
Sana08.05.2017
Hajmi495.9 Kb.
  1   2   3   4   5   6

O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA  

MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI 

 

NIZOMIY NOMIDAGI  TOSHKENT DAVLAT  



PEDAGOGIKA UNIVERSITETI 

 

 



 

 

 



 

                                              «Tasdiqlayman» 

                                      Kafedra mudiri: G.Tursunboyeva 

                                      «____»_________2015-y. 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

BITIRUV MALAKAVIY ISHLARNI TAYYORLASH 



BO’YICHA METODIK TAVSIYANOMA 

 

 



 

 

 



TOSHKENT – 2015 

                                                       



 

Bitiruv  malakaviy  ishlarni  tayyorlash  bo’yicha  metodik  tavsiyanoma 



5140400-  Biologiya  o’qitish  metodikasi  bakalavriat  ta`lim  yo’nalishlari  talabalari 

uchun mo’ljallangan. T.: TDPU. 2015. - 60 b. 

Mazkur metodik tavsiyanomada bitiruv malakaviy ishlarni himoya jarayoniga 

tayyorlash  tartibi,  uning  bajarilish  va  taqdim  etish  muddati,  shuningdek,  unga 

tegishli  materiallarni  to’g`ri  bayon  etish  va  rasmiylashtirishning  asosiy  qoidalari 

ko’rib  chiqiladi.  Metodik  tavsiyanomada  bitiruv  malakaviy  ishlarini    bajarish 

jarayonida    ilmiy  tadqiqotlarni  tashkil  etish,  tajribalar  o’tkazish  metodikasi, 

olingan  natijalarga  tahliliy  ishlov  berish  yoritilgan.  Metodik  tavsiyanomadan 

Tabiiyot  fanlari  fakulteti  talabalari,  magistrlar,  aspirantlar,  metodistlar, 

o’qituvchilar  va  malaka  oshirish  va  qayta  tayyorlash  kurslari  tinglovchilari  o’z 

faoliyatlarida foydalanishlari mumkin. 

Metodik  tavsiyanoma  140000-  «O’qituvchilarini  tayyorlashning  samarali 

zamonaviy  o’quv-metodik  majmuasini ishlab  chiqish  va  amaliyotga  tadbiq  etish» 

ilmiy-amaliy loyiha doirasida tayyorlangan. 

 

Mualliflar: 

                     L.A.SHamsuvalieva       

- “Biologiya”kafedrasi b.f.d., professori 

                     G.S.Tursunboeva  



 

- “Biologiya” kafedrasi b.f.n., dotsenti 



Taqrizchilar: 

                     S.S.Fayzullaev 

- “Biologiya va uni o’qitish metodikasi” 

kafedrasi b.f.n., dotsenti 

                     O’Nabiyev  

 “Botanika”  kafedrasi dotsenti,  b.f.n.  



 

 

 



 

 

Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika universiteti  



Ilmiy kengashi tomonidan tasdiqlangan. 

2011 yil  31 martdagi № 11/4.13.- sonli qaror bilan nashrga tavsiya etilgan. 

 

 

 



 

© Nizomiy nomidagi TDPU 



 

 

 



MUNDARIJA 

 

SO’Z BOSHI……………………………………………………………….......…4 

 

OLIY O’QUV YURTLARIDA BAKALAVR BITIRUV MALAKAVIY ISHNI  

BAJARISHGA QO’YILADIGAN TALABLAR (O’zbekiston Respublikasi Oliy 

va o’rta maxsus ta`lim vazirliganing 2010 yil 9 iyundagi 225-sonli

 

buyrug`i.........7 



1. BITIRUV MALAKAVIY ISHNING MAQSAD VA VAZIFALARI...........10 

2. BITIRUV MALAKAVIY ISHLAR MAVZULARINI TANLASH  

   VA TASDIQLASH TARTIBI  

2.1


 

 Umumiy talablar...........................................…............................................  11 

2.2

 

 Bitiruv malakaviy ishlar mavzulariga qo’yiladigan talablar.…..................... 14 



2.3

 

Malakaviy ishlar mavzularini tanlash va tasdiqlash.…................................  .17 



3.  BITIRUV  MALAKAVIY  ISHNI  BAJARISHDA  TASHKILOTLAR 

VAZIFALARI 

3.1 Universitet tayanch kafedralari vazifalari....................................................     18 

3.2   Ilmiy rahbar, ilmiy maslahatchi vazifalari va talaba majburiyatlari…..…..   18 

4. MALAKAVIY ISHNI TAYYORLASH TARTIBI  

4.1.  Bitiruv malakaviy ishni bajarish jarayoniga tayyorgarlik......…... ... ..……23 

4.2. Bitiruv malakaviy ishning mazmuni va tarkibiy tuzilishi…………............  30 

4.3. Ta`lim muassasalarida aniqlangan muammoni bartaraf qilish bo’yicha  

tavsiyalar ishlab chiqish…......………………………………………………..  38 

5. BITIRUV MALAKAVIY ISHNI RASMIYLASHTIRISH QOIDALARI 

5.1. Bitiruv malakaviy ishning rasmiylashtirilishi……….…….…... …...…… 39 

5.2.Matn, jadval va boshqa illyustrativ  

materiallarning rasmiylashtirilishi……………………………..………………42 

5.3. Bitiruv malakaviy ishning varaqlarining sahifalanishi…….………….... . 43 

5.4. Ilovalarning rasmiylashtirilishi…………….…. ………….…………..…  43 



6. BITIRUV MALAKAVIY ISHNING DASTLABKI VA ASOSIY 

HIMOYALARINI O’TKAZISH, SO’NGRA ULARNI SAQLASH VA 

FOYDALANISH TARTIBI 

6.1. Malakaviy ishning dastlabki himoyasini o’tkazish tartibi.….…………… 44 

6.2. Taqrizchilarga taqdim etish..............…..........................……….…..….….45 

6.3. Ma`ruza va taqdimotlarni tayyorlash ..................................................…...46 

6.4. Malakaviy ishning asosiy himoyasini o’tkazish tartibi....................…….. 48 

6.5. Malakaviy ishni baholash mezonlari...............…................................……49 

  6.6. Bitiruv malakaviy ishni chet tilidagi izohli lug`at tuzish.............................52 

  6.7. Bitiruv malakaviy ishni saqlash va undan foydalanish tartibi.…................ 52 



ILOVALAR............................…...........................…..................….....................53 

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR…………………….............................70 

 

 



 

 



SO’Z BOSHI 

Oliy  ta`lim  muassasalarida  bakalavrlarni  tayyorlash  tasniflagichiga  ko’ra 

5140400-  Biologiya  o’qitish  metodikasi  yo’nalishi  bo’yicha  bitiruvchilarning 

yakuniy  davlat  attestatsiyasi  tarkibiga  fanlararo  davlat  imtihonlari,  bitiruv 

malakaviy ishini tayyorlash va himoya qilish jarayonlari kiradi.  

O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta mahsus ta`lim vazirligining 2010 yil 9 

iyundagi 225-sonli

 

buyrug`iga asosan oliy ta`limda tahsil oluvchi talabalar yakuniy 



davlat  attestatsiyasi  talablariga  binoan  bitiruv  malakaviy  ishini  yozadilar  va 

himoya qiladilar. 

Yakuniy  davlat  attestatsiyasini  o’tkazishdan  maqsad  -  5140400-  Biologiya 

o’qitish  metodikasi  yo’nalishi  bo’yicha  bitiruvchilarni  Davlat  ta`lim  standarti 

talablari darajasiga muvofiqligini ta`minlash hamda kasbiy pedagogik masalalarni 

echish  asosida  ularning  amaliy  va  nazariy  tayyorgarlik  darajalarini  aniqlashdan 

iborat. 

Bitiruv  malakaviy  ish  “Oliy  ta`lim  muassasalarida  bitiruv  malakaviy  ishini 

tayyorlash tartibi haqida Nizom” asosida tayyorlanadi. O’quv yili uchun yakuniy 

attestatsiya sinovlarining dasturlari va bitiruv malakaviy ishni baholash mezonlari 

kafedra yig`ilishlarida muhokama qilinadi va oliy ta`lim muassasasi Ilmiy metodik 

Kengashi tomonidan tasdiqlanadi. 

Bitiruv  malakaviy  ishlar  mavzulari  ta`lim  muassasasining  bitiruvchilarni 

tayyorlovchi  kafedralar  tomonidan  mutaxassislarga  talabgorlarning  talablarini, 

shuningdek, zamonaviy  fan, texnika, texnologiya  yutuqlarini  hisobga  olgan  holda 

belgilanadi. 

Bitiruv  malakaviy  ishlar  mavzusi  tahliliy,  ilmiy-tadqiqiy  yoki  amaliy 

yo’nalishida bo’lishi mumkin.  

Bo’lajak pedagoglarning bitiruv malakaviy ishlari bo’yicha muammo echimi 

yuzasidan  tajriba-sinov  ishlarini  amalga  oshirish  va  olingan  natijalarga  ishlov 

berish,  umumlashtirish  va  tahlil  qilish  kabilar  ifoda  etilishi  lozim.  Bitiruv 

malakaviy ishida bakalavr umumkasbiy va mutaxassislik fanlari bo’yicha bilimlar 

qo’llanilishini talab qiladigan tugallangan kasbiy pedagogik topshiriqni echadi. 


 

Bu ishda bakalavr: 



-

 

echilayotgan  topshiriq  bo’yicha  muammo  holatining  sharhi  va  bu 



masalaning tahlilini beradi; 

- kasbiy-pedagogik talablarni ifodalaydi, topshiriqni echish talqinlarini ko’rib 

chiqadi va oqilona yo’lni aniqlaydi; 

- oqilona yo’lning hisob-kitobi, pedagogik va metodik echimini beradi; 

-

 

topshiriq  echimi  bo’yicha  xulosa  va  takliflarni  beradi  hamda  ularni  mos 



sohalarida qo’llash imkoniyatini aniqlaydi. 

Talabaga  bitiruv  malakaviy  ish  topshirig`i  uchinchi  kursda  o’qish  davomida 

beriladi.  Ish  umumkasbiy  va  ixtisoslik  fanlarni  talaba  o’zlashtirib  borgani  sari 

to’rtinchi kurs va pedagogik amaliyot davomida mazkur standartda bajarish uchun 

ajratilgan vaqt mobaynida bajariladi. 

Bitiruv malakaviy ish himoyasini o’tkazish bo’yicha oliy ta`lim muassasasida 

rektor buyrug`i bilan Davlat attestatsiya komissiyalari tashkil etiladi.  

Har kalendar yilida oliy ta`lim  muassasasi rektorining taklifi asosida Oliy va 

o’rta  maxsus  ta`lim  vazirligining  buyrug`i  bilan  ushbu  ta`lim  muassasasida 

ishlamayotgan  olimlar,  ishlab  chiqarishning  etakchi  mutaxassislari  tarkibidan 

Davlat attestatsiya komissiyasi raislari tayinlanadilar.  

Davlat attestatsiya komissiyalari, mutaxassis tayyorlovchi tayanch oliy ta`lim 

muassasasining  ilmiy-pedagogik  kadrlari  tarkibidan,  shuningdek,  mazkur  soha 

kadrlarini  iste`molchilari  bo’lgan  ta`lim  muassasalarning  yuqori  malakali 

mutaxassislari, turdosh oliy ta`lim muassasalarning etakchi professor-o’qituvchi va 

ilmiy xodimlari, O’zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi tizimidagi muvofiq 

sohalar olimlaridan shakllantiriladi. 

Bitiruv  malakaviy  ish  himoyasini  o’tkazish  bo’yicha  Davlat  attestatsiya 

komissiyasining  tarkibi  oliy  ta`lim  muassasasi  rektori  tomonidan  himoya 

boshlanishidan bir oy oldin tasdiqlanadi. 

5140400- Biologiya o’qitish metodikasi yo’nalishi bo’yicha bitiruv malakaviy 

ish himoyasiga ta`lim dasturlarini to’liq tugatgan va o’quv rejasida nazarda tutilgan 

barcha attestatsiya sinovlaridan muvaffaqiyatli o’tgan shaxslar qo’yiladi. 


 

Bitiruv  malakaviy  ishlar  himoyasi  (yopiq  mavzulardagi  ishlardan  tashqari) 



Davlat  attestatsiya  komissiyalarining  ochiq  majlislarida,  a`zolarning  uchdan  ikki 

qismi ishtirok etgan holda o’tkaziladi. 

Bitiruv malakaviy ishlar bo’yicha o’zlashtirish ko’rsatkichi 100 ballik tizimda 

baholanadi  hamda  attestatsiya  komissiyasining  majlis  bayoni  belgilangan  tartibda 

rasmiylashtirilgandan so’ng shu kunning o’zida e`lon qilinadi. 

Davlat  attestatsiya  komissiyasi  bitiruvchilarning  yakuniy  davlat  attestatsiyasi 

natijalari  asosida  ularga  5140400-  Biologiya  o’qitish  metodikasi  yo’nalishi 

bo’yicha  bakalavr  darajasidan  o’rnatilgan  nusxada  diplom  berish  haqida  qaror 

qabul qiladi. 

Davlat  attestatsiya  komissiyalarining  qarorlari  ochiq  ovoz  berish  yo’li  bilan, 

majlisda ishtirok etuvchilarning ko’pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng 

bo’lgan holda, raisning ovozi hal qiluvchi hisoblanadi. 

Ushbu  metodik  tavsiyanoma  O’zbekiston  Respublikasining  «Ta`lim 

to’g`risida»gi  Qonun  va  Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturi,  oliy  ta`lim 

muassasasining  5140400-  Biologiya  o’qitish  metodikasi  yo’nalishi  bo’yicha 

bakalavrlarning tayyorgarlik darajasi va zaruriy bilimlar mazmuniga qo’yiladigan 

talablar  asosidagi  Davlat  ta`lim  standarti  hamda  Nizomiy  nomidagi  Toshkent 

davlat  pedagogika  universitetlarida  yillar  mobaynida  to’plangan  boy  tajribalar 

asosida tuzilgan. 

Mualliflar  tomonidan  taqdim  etilayotgan  mazkur  metodik  tavsiyanoma 

bitiruvchi  talabalarga  malakaviy  ishlarni  tayyorlash  va  ularni  himoya  kilish 

jarayonida zaruriy manba bo’lib xizmat qilishi mumkin. Ushbu qo’llanma asosida 

bitiruvchi  talabalar  malakaviy  ishlar  mavzularini  tanlash  va  tasdiqlash  tartibi 

shuningdek,  bitiruv  malakaviy  ishining  mazmuni  va  tarkibiy  tuzilishi  va 

rasmiylashtirish  hamda  tayyorlash  ketma-ketligi  bo’yicha  ularga  qo’yiladigan 

umumiy talablarni aniqlab oladilar.  

 

 


 



OLIY O’QUV YURTLARIDA BAKALAVR BITIRUV MALAKAVIY 



ISHNI BAJARISHGA QO’YILADIGAN TALABLAR. 

O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirliganing 2010 yil 9 

iyundagi 225-sonli

 

buyrug`i bilan tasdiqlangan. 



1. Bitiruv malakaviy ishni bajarishning maqsad va vazifalari 

Bitiruv  malakaviy  ishni  bajarish  (keyingi  satrlarda  malakaviy  ish)  —  oliy 

o’quv yurti bakalavriatida talabalarni o’qitishning yakuniy bosqichidir. 

Malakaviy ishni bajarish maqsadi: 

Ta`lim bo’yicha nazariy va amaliy bilimlarni mus-tahkamlash va kengaytirish, 

olingan  bilimlarni  mu-ayyan  ilmiy,  ishlab  chiqarish,  madaniy  vazifalarni  hal 

etishda qo’llash; 

Ijodiy  ishlash,  ishlab  chiqilayotgan  masalaning  (muammoning)  qo’yilish 

jarayonidan  boshlab,  uni  to’la  nihoyasiga  etkazish  bo’yicha  qaror  qabul  qilishda 

bo’lgan mas`uliyatni his etishga o’rgatish; 

2. Bitiruv malakaviy ishlarning mavzusi 

Malakaviy  ishlar  mavzusi  muammoning  zamonaviy  holatini  fan,  ta`lim  va 

madaniyatning istiqboliy rivojlanishini aks ettirishi kerak. 

Malakaviy  ishlar  mavzusi  mutaxassis  chiqaruvchi  kafedra  tomonidan 

belgilanadi  va  oliy  o’quv  yurti  yoki  fakultetning  ilmiy  kengashi  tomonidan 

tasdiqlanadi hamda uch yilda bir martadan ortiq qayta ko’rib chiqilmaydi. 

Malakaviy  ishlar  mavzusining  yillik  ro’yxati  bitiruv  amaliyoti  boshlanishiga 

qadar yoki bitiruv kursining boshida e`lon qilinadi. 

Talabalarga  (reytinglari  bo’yicha  kamayish  tartibida)  malakaviy  ishlarning 

mavzularini tanlash huquqi beriladi. Talaba yoki talabaning o’qishi uchun to’lov-

kontrakt  mablag`ini  to’lovchi  buyurtmachi  zaruriy  asoslar  bilan  malakaviy  ishlar 

mavzusi bo’yicha o’z variantlarini taklif etishlari mumkin. 

Malakaviy  ish  mavzusi  va  rahbarni  talabaga  biriktirish  kafedraning 

taqdimnomasi bo’yicha rektorning buyrug`i bilan rasmiylashtiriladi . 

Ish  rahbari,  malakaviy  ishning  mavzusiga  muvofiq  talabaga  malakaviy  ishga 

tegishli  materiallarni  to’plash  bo’yicha  (jumladan,  malakaviy  amaliyot  o’tkazish 



 

davrida  ham)  topshiriq  beradi.  Topshiriqning  shakli  oliy  o’quv  yurtining  o’quv 



bo’limi  tomonidan  belgilanadi.  Topshiriq  malakaviy  ish  bilan  birgaliqda  Davlat 

attestatsiya komissiyasiga taqdim etiladi. 

3. Malakaviy ishni bajarishga rahbarlik qilish 

Malakaviy  ishlarga  rahbarlar  ushbu  oliy  o’quv  yurtining  professor  va 

dotsentlari  yoki  ilmiy  xodimla-ri  boshqa  muassasa  malakali  mutaxasislari  safidan 

tayinlanadi. 

Malakaviy ish rahbari: 

topshiriq beradi; 

malakaviy ishning bajarilish jadvalini rejalashtiradi; 

asosiy  adabiyotlar,  ma`lumot  va  arxiv  materiallarini  hamda  mavzu  bo’yicha 

boshqa manbalarni tavsiya etadi; 

talabalar bilan muntazam ravishda konsultatsiyalar o’tkazadi; 

malakaviy ishning bajarilish jarayonini nazorat etadi; 

talaba  bajargan  malakaviy  ishning  sifati  va  muallifligiga  javob  beradi, 

mavzularining qaytarilishiga yoki ko’chirilishiga yo’l qo’ymaydi. 

Malakaviy ish rahbarining taklifiga binoan, kafedra malakaviy ishga rahbarlik 

qilishga  ajratilgan  vaqt  byudjeti  hisobidan  ishning  ayrim  bo’limlari  bo’yicha 

konsultantlarni taklif etishi mumkin. 

Malakaviy  ishning  bo’limlari  bo’yicha  konsultantlar  etib,  oliy  o’quv 

yurtlarining  professorlari  va  dotsentlari,  ilmiy  xodimlari  hamda  ilmiy  tekshirish 

institutlarining    xodimlari  tayinlanishi  mumkin.  Konsultantlar  talaba  bajargan 

ishning muvofiq qismini tekshiradilar. 

Mutaxassis  chiqaruvchi  kafedra  malakaviy  ishga  qo’yiladigan  majburiy 

talablar  hajmini  belgilagan  holda  malakaviy  ishni  bajarish  bo’yicha  uslubiy 

qo’llanmalarni ishlab chiqadi va talabalarni ta`minlaydi. 

Malakaviy ish berilgan topshiriq asosida shaxsan talaba tomonidan bajariladi. 

Malakaviy ishning har bir bo’limi muvofiq asoslar, qarorlar va xulosalar bilan 

yoritiladi.  Malakaviy  ishda,  ilgari  bajarilgan  mustaqil  ishlarning  natijalari  yoki 

boshqa  mualliflarning  (ilmiy  ma`ruzalar  va  maqolalari,  kurs  ishlari  va  loyihalari, 


 

albatta, nomlari ko’rsatilgan hodda) ishlari aks ettirilishi yoki ulardan foydala-nish 



mumkin. 

Tushuntirish  qismi  (poyasnitel`naya  zapiska)  malakaviy  ishning  mazmunini 

qisqa  va  muayyan  shaklda  ifodalashi  lozim  Zaruriy  hollarda  tushintirish  qism-ga 

rasmlar,  diagrammalar  va  boshqalar,  shuningdek,  zaruriy  qo’shimcha  axborot 

yozilgan disketlar ilova etilishi mumkin. 

Tushuntirish qismi qo’l yozma tarzida rasmiylashtirilgan bo’lishi shart. 

Tushuntirish qismi kamida 10-15 ming so’z hajmida belgilanadi. 

Mavzu  bo’yicha  olingan  natijalar  diagrammalar,  rasmlar  shaklida    DTSlar 

talablariga qat`iy muvofiq kelishi zarur.   

Kafedraning tavsiyasiga binoan malakaviy ish chet tillarning birida bajarilishi 

mumkin.  Chet  tilda  bajarilgan  ishga  davlat  tilidagi  annotatsiya  ilova  etiladi  va 

himoya vaqtida tarjima ta`minlanadi. 

4. Malakaviy ishning bajarilishi 

Malakaviy  ish  oliy  o’quv  yurtining,  odatda,  ushbu  maqsadda  maxsus  ajratilgan 

xonalarida  bajariladi.  Kafedra    tomonidan  tuzilgan  shartonoma  asosida  O’zRFA 

“Botanika”  Ilmiy  ishlab  chiqarish  markazi,  O’zRFA    “Mikrobiologiya”  instituti, 

O’zRFA    “Biokimyo”    instituti,  O’zRFA    Fiziologiya    va  biofizika  institutlarida 

bajarilishi mumkin. 

Malakaviy ishning bajarilishi bo’yicha talabaning hisobot berish muddatlarini 

dekanat  nazorat  etadi.  Dekanat  belgilagan  muddatlarda,  talaba  malakaviy  ishning 

bajarilishi  haqida  rahbar  va  kafedra  mudiri  oldida  hisobot  beradi.  Kafedra  mudiri 

malakaviy ishning tayyorlik holatini belgilaydi. 

Talaba  ish  muallifi,  tanlangan  qarorning  to’g`riligiga  va  uning  topshiriqqa 

muvofiqligiga,  malakaviy  ishda  ko’chirmachilik  holatining  yo’qligiga  javob 

beradi. 

5. Malakaviy ishni himoya qilish 

Belgilangan  tartibda  rasmiylashtirilgan  malakaviy  ish  talaba  tomonidan 

rahbarga  taqdim  etiladi.  Rahbar,  malakaviy  ish  talab  darajasida  bajarilganligiga 

ishonch bildirgandan so’ng, ishni o’z taqrizi bilan birga kafedra mudiriga taqdim 


 

10 


etadi.  Taqrizda  talabaning  faolligi,  qabul  qilingan  qarorlardagi  yangiliklar  va 

malakaviy  ishning  boshqa  ijobiy  tomonlari  tavsiflanadi.  Kafedra  mudiri,  taqdim 

etilgan  materiallar  asosida,  malakaviy  ishni  talaba  tomonidan  DAK  da  himoya 

qilishga  kiritish  haqida  qaror  qabul  qiladi.  Agar,  kafedra  mudiri  talabaning 

malakaviy  ishini  himoyaga  kiritish  mumkin  emas  deb  hisoblasa,  masala  kafedra 

majlisida, rahbar  ishtirokida  muhokama  etiladi. Kafedra  majlisining  bayonnomasi 

fakultet dekani tomonidan tasdiq uchun rektorga taqdim etiladi. 

Himoyaga kiritilgan malakaviy ish taqrizga yuboriladi. 

Taqrizchilar  tarkibi  bitiruvchilarni  ilmiy  yo’nalishi  bo’yicha  mutaxassislari 

tanlanadi

.

  Taqrizchilar  sifatida  oliy  o’quv  yurtlarining  professor  va  o’qituvchilari 



ham jalb etilishi mumkin. 

Fakultet dekani malakaviy ishni taqriz bilan himoya uchun DAK ga yuboradi. 

Bitiruv  malakaviy  ishni  himoya  qilish  tartibi  O’zbekiston  Respublikasi  oliy 

o’quv  yurtlari  bitiruvchilarini  yakuniy  davlat  attestatsiyasi  to’g`risidagi  Nizomda 

belgilangan. 

Malakaviy ish himoyadan so’ng (kamida 10 yil) oliy o’quv yurtida saqlanadi. 

Har xil sabablar bo’yicha malakaviy ishni boshqalarga topshirish zaruriyati mavjud 

bo’lgan holda (tadbiq etish, tanlovlar va hakozo), ishdan nusxa olinadi (ishning asl 

nusxasi oliy o’quv yurtida qoldiriladi). 

 

1. BITIRUV MALAKAVIY ISHINIG MAQSAD VA VAZIFALARI 

Bitiruv malakaviy ish talabaning o’qish davrida egallagan nazariy va amaliy 

bilimlari asosida bajargan ilmiy-tadqiqot ishlarining natijasi hisoblanadi. 

Bitiruv malakaviy ishning maqsadi talabalarning barcha blok fanlari bo’yicha 

olingan nazariy va amaliy bilimlarni mustahkamlash va kengaytirish, bu bilimlarni 

muayyan  ilmiy,  ishlab  chiqarishni  hal  etishda  qo’llashdan  iboratdir.  Talaba 

uzluksiz ta`lim turlari bo’yicha o’quv dasturlari, o’quv rejalari bilan tanish bo’lishi, 

mutaxassislik  fanlarini  o’qitish  metodikasi,  pedagogika  va  psixologiya  fanlari, 

yangi pedagogik texnologiyalarni chuqur bilishi va bilimlarni amalda qo’llay olishi 

kerak. 


 

11 


Bitiruv  malakaviy  ishning  vazifasi  olib  borilgan  tadqiqot  mavzusi  bo’yicha 

olingan  umumiy  axborotni  mustahkamlashni,  manbalardan  to’plangan  ilmiy  va 

amaliy dalillarni tizimli tarzda izchil tartibga solishni nazarda tutadi. 

Bitiruv  malakaviy  ishning  muallifi  ilmiy  tadqiqotni  mustaqil  olib  borishi, 

ta`limiy  muammolarni  topishi  va  ularni  hal  qilishning  umumiy  metod  va 

qoidalarini  amalda  qo’llay  bilishi,  tahlil  qila  olishi,  natijaning  samardorligini 

ko’rsata bilishi kerak.  

Bitiruv  malakaviy  ishning    vazifalari  sifatida  mutaxassislik  va  biror  ixtisos 

bo’yicha  tayyorlash  sohasida  ilmiy-tadqiqot  va  amaliy  ishlarda  bilimlarni 

mustahkamlash,  mustaqil  holda  ma`lumotlarni  izlash  va  muayyan  muammolarni 

echish, tanlangan mavzu bo’yicha kasbiy, pedagogik va psixologik  kategoriyalar, 

xodisalar  va  muammolar  mohiyatini  ochish,  mavjud  materiallarni  tizimlashtirish, 

taxlil  qilish  va  qayta  ishlash,  uzluksiz  ta`lim  tizimida  ta`lim  sifati  va 

samaradorligini  oshirishga  yo’naltirilgan  taklif  va  tavsiyalar  ishlab  chiqish  va 

h.k.lardan iborat. 

Bitiruv  malakaviy  ishning  yozilishi,  tayyorlanishi  va  ochiq  himoya  qilinishi 

talabaning mutaxassisligi bo’yicha tanlagan mavzusi negizida nechog`lik mustaqil 

tadqiqot olib borish tajribasiga ega bo’lganligini aniqlab beradi.  





Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling