Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti


 BITIRUV MALAKAVIY ISHLAR MAVZULARINI TANLASH VA


Download 0.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/7
Sana13.11.2017
Hajmi0.57 Mb.
#20026
1   2   3   4   5   6   7

2. BITIRUV MALAKAVIY ISHLAR MAVZULARINI TANLASH VA 

TASDIQLASH TARTIBI 

2.1 Umumiy talablar 

Bitiruv  malakaviy  ish  talabaning  oliy  ta`lim  muassasasidagi  barcha  ta`lim 

olish davrlarida egallagan nazariy bilimlarini tizimlashtirish, tadqiqot, tajriba-sinov 

va loyihalash metodikalarini amaliyotda qo’llay olish ko’nikmasini nazorat qilish, 

shuningdek,  bitiruvchi  talabaning  zamonaviy  kasb-hunar  ta`limi  soxasida  kasbiy 

majburiyatlarni  mutaxassis  sifatida  bajarishga  tayyorgarlik  darajasini  aniqlash  

maqsadida  amalga  oshiriladi.  Bitiruv  malakaviy  ish  mavzulari  Respublikamizda 

o’rta  maxsus  ta`lim  muassasalari  o’quv  dasturlariga  mos  ravishda,  Davlat  ta`lim 

standartlarida belgilangan talablarga asoslangan holda, zamonaviy fan yutuqlari va 

texnologiyalarini xisobga olgan xolda tuziladi.  

Bitiruv malakaviy ishning asosiy vazifalari: 

 



olingan  mutaxassislik  va  biror  ixtisos  boyicha  tayyorlash  sohasida  ilmiy-

tadqiqot va amaliy ishlarda bilimlarni mustahkamlash; 

 

mustaqil  ma`lumotlarni  izlash  va  muayyan  muammolar  yuzaga  kelish 



maqsadlarida vaziyatlarni o’rganishga bo’lgan bilimlarni egallash; 

 



bitiruv  malakaviy  ishda  qoyilgan  vazifalarni  bajarishda  tadqiqot,  tajriba-

sinov va loyihalash metodikalarini o’zlashtirganlik darajasini namoyish etish; 

 

real  sharoitlarda  talabaning  ishga  tayyorgarlik  darajasining  namoyon 



bo’lishi; 

 



tanlangan  mavzu  boyicha  kasbiy,  pedagogik  va  psixologik  kategoriyalar, 

xodisalar va muammolar mohiyatini ochish; 

 

mavjud materiallarni tizimlashtirish, tahlil qilish va qayta ishlash; 



 

kasb-hunar  ta`limini  samaradorligini  oshirishga  yo’naltirilgan  taklif  va 



tavsiyalar ishlab chiqish va h.k.lardan iborat. 

Bitiruv malakaviy ish: 

 

ilmiy  tadqiqotning  dastlabki  ma`lumotlarini  tizimlashtirilgan  holda 



saqlashi; 

 

13 


 

tanlangan  mavzu  boyicha  tadqiqotning  bajarilish  yo’llari  va  natijalarini 



ifodalashi; 

 



olingan mutaxassislik va biror ixtisos boyicha tayyorlash sohasida mustaqil 

ilmiy-tadqiqot va amaliy ishlarni o’z ichiga olishi; 

 

yangi  dalillar  va  hodisalar  yoki  zamonaviy  ilmiy  nuqtai  nazarlar  bilan 



avvaldan  ma`lum  bo’lgan  shartlar  umumlashtirilgan  ma`lumotlarni  o’z  ichiga 

olishi; 


 

munozarali  va  bahsga  sabab  bo’lgan  xarakterdagi  meteriallarni  qamrab 



olishi lozim. 

Bitiruv  malakaviy  ishni  bajarish  jarayonida  talaba  turli  ma`lumotlar 

beradigan  yordamchi  adabiyotlar,  davlat  ta`lim  standartlari,  texnologik  ko’rsatma 

va  me`yoriy  hujjatlardan  foydalanishni  o’rganishi,  mustaqil  ravishda  hisob-kitob 

va  loyihalash  ishlarini  bajara  olishi  va  andozalar  ishlab  chiqa  olishi,  fan  va 

texnikaning ilg`or yutuqlarini xisbga olgan xolda ta`lim jarayonlarini to’g`ri tashkil 

eta  olishi,  yangi  asbob-uskuna  va  jihozlarni  tanlashi  hamda  texnologik  jarayonni 

loyihalay  olishi  lozim.  SHu  bilan  birga  o’rta  maxsus  ta`limi  tizimi,  soha  boyicha 

kasb-hunar  kollejlari  o’quv  dasturlari  va  o’quv  rejalari  bilan  tanish  bo’lishi, 

mutaxassislik  fanlarini  o’qitish  metodikasi,  pedagogika  va  psixologiya  fanlari, 

zamonaviy  pedagogik  va  axborot  texnologiyalarini    chuqur  bilishi  hamda  bu 

bilimlarini amalda qo’llay oladigan bo’lishi  kerak.  

Bitiruv malakaviy ish talabaning: 

 



turli  xil  nuqtai  nazarlarni  hisobga  olgan  holda  kasbiy-pedagogik 

masalalarning ko’prok maqbul variantlarini tanlashi va mantiqiy fikrlashi; 

 

mavzuni aniq ifodalashi va uning dolzarblik darajasini baholashi; 



 

qoyilgan vazifalarni echishda tanlangan metodlarni asoslashi; 



 

manbalar, adabiyotlar va boshqa lug`aviy-axborot materiallari bilan mustaqil 



ishlashi; 

 



ularni nazariy tahlil qilishi; 

 

14 


 

zarur  dalillar,  raqamli  ma`lumotlarni  tanlashi,  ularni  tahlil  qilishi  va 



sharhlashi, shuningdek, ularni jadval yoki boshqa illyustrativ shakllarda namoyish 

etishi; 


 

asoslangan  xulosalar  chiqarishi,  ishning  ilmiy  natijalarini  ifodalashi  va 



amaliy tavsiyalar berishi; 

 



o’z  fikrlarini  xatosiz,  adabiy  tilda  bayon  etishi,  ishni  to’g`ri 

rasmiylashtirishi; 

 

olingan 



natijalar 

taqdimotini 

zamonaviy 

axborot-kommunikatsion 

texnologiyalarni qo’llagan holda o’tkazishi kabi mahorati to’g`risida dalolat berishi 

lozim. 


2.2 Bitiruv malakaviy ishlar mavzulariga qoyiladigan talablar 

Bitiruv  malakaviy  ishning  namunaviy  mavzulari  mutaxassislar  tayyorlovchi 

kafedralar  tomonidan  ishlab  chiqiladi.  Mavzular  alohida  hujjat  sifatida  taqdim 

etilib, davlat va jamiyat talablari asosida davriy yangilab turiladi. 

Namunaviy mavzular asosida shakllangan bitiruv malakaviy ish mavzui ilmiy 

va amaliy jihatdan dolzarb bo’lishi lozim. 

Bitiruv  malakaviy  ish  mavzuining  shakllanishi  kasb-hunar  ta`limi 

samaradorligini  oshirishga  qaratilgan  muayyan  amaliy  masalalarni  hal  etish 

ko’zlanganligi to’g`risida aniq  tasavvur berishi lozim. 

Mavzu tanlashda talabani keyingi ilmiy tadqiqot ishlari olib borishini nazarda 

tutgan  holda  bitiruv  malakaviy  ish  mavzusining  nomzodlik  va  hatto  doktorlik 

dissertatsiyalari yozishda ham dolzarb bo’lishiga erishish lozim. Bitiruv malakaviy 

ish  uchun  tanlangan  mavzu  nomzodlik  va  doktorlik  dissertatsiyalari  tayyorlashda 

ham davom etishini maqsad qilib qoyiladi. 

Tavsiya  qilinayotgan  va  tanlangan  mavzuning  o’quv  jarayonida  albatta 

foydalanishini  nazarda  tutmoq  lozim.  Buning  uchun  o’qilayotgan  ma`ruza  yoki 

olib  borilayotgan  amaliy  mashg`ulot  dasturida  o’z  ifodasini  topishiga  erishish  va 

dars  jarayonida  tanqidiy  fikrlar  bildirilishi  alohida  vazifa  qilib  belgilab  qoyilishi 

lozim. Bitiruv malakaviy ish mavzulari har o’quv  yilida 20 – 30 % yangilanadi.  


 

15 


Bitiruv  malakaviy  ishi  mavzulari  Respublikamizdagi  o’rta  maxsus  ta`lim 

muassasalari  o’quv  dasturiga  mos  ravishda,  Davlat  Ta`lim  standartlarida 

belgilangan talablarga asoslangan holda, zamonaviy fan yutuqlari va texnologiyasi 

hamda servis sohasi korxonalari oldida turgan vazifalarni hisobga olib oliy ta`lim 

muassasasining mutaxassis tayyorlovchi kafedralari tomonidan tuzilishi kerak. 

Bitiruv  malakaviy  ish  mavzusini  ifodalashda  misol  tarzda  Kasb  ta`limi 

“Servis” yo’nalishiga mos bo’lgan mavzuni tahlil qilamiz. Bunda birinchi qismida 

o’rganiladigan muayyan ob`ektni tayyorlashning nazariy asoslari (modellashtirish, 

loyihalashtirish, ishlab chiqarish texnologiyasi) va ikkinchi qismida ta`lim-tarbiya 

masalalari  va  o’qitish  jarayonining  metodik  asoslari  aks  ettirilishi  kerak  (Misol 

uchun:  “Kasb-hunar  kollejlarida  ayollar  kundalik  koylagini  loyihalash  va  tikish 

texnologiyasini o’rgatishda foydalaniladigan muammoli o’qitish usullari”).  

Mavzuni  shakllantirishda  ob`ektni  tayyorlash  texnologiyasi  qismida  kasb-

hunar  kollejlari  o’quv  dasturida  mavjud  bo’lgan  fanlarda  o’rganiladigan  har  bir 

mavzu, ya`ni muayyan tikuv buyumi turini tayyorlash bo’lishi mumkin. Bunda shu 

ob`ektga  ishlov  berish  jarayonini  o’rganishda  mutaxassislikka  tegishli  bo’lgan 

barcha  fanlar  boyicha  olingan  bilimlar  qamrab  olinishi  kerak.  Ob`ekt,  ya`ni 

muayyan  tikuvchilik  buyumini  tayyorlash  uchun  kerak  bo’ladigan  asosiy  va 

qo’shimcha materiallar tanlash va asoslash (ularning turli xususiyatlari - fizikaviy-

mexanik,  gigienik,  ekspluatatsion  va  h.k.),  buyumni  loyihalash  boyicha 

bajariladigan  ishlar,  buyumni  tayyorlash  texnologiyasining  barcha  bosqichlari, 

buyumga  ishlov  berish  uchun  qo’llaniladigan  asbob-uskunalar,  jihozlar  va 

moslamalar  tanlash  va  ularning  tavsiflari,  buyumga  ketadigan  gazlama  sarfi,  uni 

me`yorlash,  mehnatni  me`yorlash,  ishlab  chiqarish  harajatlarini  hisoblash  kabi 

ishlar bajariladi. Bu ishlarni bajarish uchun talabalar umumkasbiy va mutaxassislik 

fanlari  boyicha  ega  bo’lgan  bilimlaridan  foydalanishlari  zarur  bo’ladi  hamda  shu 

buyumni  tayyorlash  texnologiyasi  mavzusining  mazmuniga  mos  ravishda  ta`lim-

tarbiya  masalalari  va  o’qitish  metodikasi  tanlanadi  hamda  amalga  tatbiq  qilinadi. 

Qolgan  yo’nalishlar  boyicha  ham  mazularni  ifodalashda  xuddi  shu  tarzda 

yondoshuv talab qilinadi. 



 

16 


Bitiruv 

malakaviy 

ish 

mavzulari 



bankini 

yaratishda 

mavzularni 

shakllantirishni  ob`ektni  tayyorlash  texnologiyasi  orqali  kompleks  yondashuv  va 

ta`lim-tarbiya  masalalari  va  o’qitish  metodikasini  uyg`unlashtirish  tamoyilida 

amalga oshirishni maqbul deb hisoblaymiz. 

Bitiruv  malakaviy  ish  mavzuini  aniq  ifodalash  jarayonida  ilmiy  izlanish 

yo’nalishi  va  metodlari,  tadqiqot  maqsadi  va  vazifalari,  ob`ekti  va  predmeti 

hisobga olinishi lozim. 

Bitiruv  malakaviy  ishlarning  sifatini  yaxshilash,  mavzularning  qaytarilishi 

yoki ko’chirmachilik holatlarining oldini olish maqsadida keng qamrovli mavzular 

bankini  yaratish  muhim.  Bunda  bitiruv  malakaviy  ish  mavzusini  shakllantirishga 

ta`lim  mazmuni,  metodlar,  ta`lim  vositalari  va  shakllari,  tarbiyalash,  shaxsiy  va 

individual  sifatlarini  rivojlantirish  hamda  texnik  ob`ektlar  asosida  yondoshish 

mumkin.  Kasb  ta`limi  yo’nalishi  boyicha  ta`lim  olayotgan  talabalarning  bitiruv 

malakaviy  ishlari  mazmunida  soha  ixtisosligi  boyicha  hamda  pedagogika, 

psixologiya  va  kasbga  oid  fanlarni  o’qitish  metodikasi  boyicha    olgan  bilim  va 

ko’nikmalari  namoyon  bo’lishi  kerak.  Bitiruv  malakaviy  ish  mavzusi  texnik 

ob`ektlarga ishlov berish texnologiyasi va buni kasb-hunar kollejlari o’quvchilariga 

o’rgatish  jarayonida  ta`lim  va  tarbiya  berishning  mazmuni,  metodlari,  shakl  va 

vositalari,  o’quvchining  shaxsiy  va  indidual  sifatlarini  rivojlantirish  masalalarini 

o’zida aks ettirishi kerak.   

Tadqiqot  maqsadi  va  vazifalari  qoyidagi  so’zlar  bilan  yakunlanishi  lozim: 

«…tadqiq  qilish»,  «….  shakllantirish  (rivojlantirish)»,  «…  loyihalash  (ishlab 

chiqish)»,  «…tahlil qilish (baholash)», «…kuchaytirish (susaytirish)», «…sifatini 

yaxshilash  (samaradorligini  oshirish)»    va  h.k.  SHuningdek,  bunda  maqsad  va 

vazifalar uyg`unligiga erishish joiz. Masalan: «…tahlil qilish va yuzaga keltirish», 

«…loyihalash va baholash». 

Bitiruv malakaviy ish mavzularini tanlash tamoyillari ta`lim mazmuni asosida, 

shakl,  metod  va  vositalari  asosida  hamda  texnik  obektlar,  tarbiyalash,  shaxsiy  va 

individual sifatlarini rivojlantirish asosida tanlanishi mumkin(1-jadval).  

 


 

17 


1-jadval 

 

 Ob`ektni tayyorlash texnologiyasi orqali kompleks yondashuv  

Bitiruv  malakaviy  ish  bajarishda  ob`ektni  tayyorlash  texnologiyasi  orqali 

kompleks  yondashuv  asosida  amalga  oshiriladi.  Quyidagi  jadvalda  tanlanadigan 

ob`ektlarning tasnifi berilgan. 



2-jadval 

T/R 

Kiyim 

assortimenti 

Ob`ekt nomlari 

Kompleksning 

tarkibiy 

elementlari 

I. 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Bolalar kiyimi  

(yosh 

guruhlari 

boyicha): 

 

1. YAsli yoshidagi;  

 

2. Maktabgacha 



yoshdagi; 

 

3. Kichik maktab 



yoshidagi; 

 

 Har bir (1-5) guruh ichida: 

A) Bolalar engil kiyimlari; 

- Qiz engil kiyimlari (koylak, sarafan, kombinizon, 

yubka, bluzka va h.k.);  

-O’g`il bolalar engil kiyimlari (koylak, shim, 

kombinizon va h.k.); 

B) Bolalar ustki kiyimlari: 

- Qiz ustki kiyimlari  (palto, kurtka, poncho va 

h.k.); 


-O’g`il bolalar ustki kiyimlari (palto, kurtka, pidjak 

va h.k.). 

V) Bolalar sport uslubidagi kiyimlari: 

 

1.Model tanlash; 



2. Asoslash; 

3. Loyihalash; 

4.Material  tanlash 

va asoslash; 

5. Texnologiya; 

6.Material  sarfini 

hisoblash; 

7. Jihoz tanlash; 



 

BMI mavzularini tanlash tamoyillari 

Ta`lim 


mazmuni 

asosida 


Metodlar 

asosida 


Texnik ob`ektlar 

asosida 


Tarbiya 

lash asosida 

SHaxsiy va individual 

sifatlarini rivojlantirish 

asosida 

Ta`lim 


shakl 

lari 


asosida 

Ta`lim 


vosita 

lari 


asosida 

T

ak



o

m

illas



h

tirish


; U

zv

iy



lig

in



ta`

m

in



lash

Uzlu



k

sizlig


in

ta`



m

in

lash



In

teg



ratsi

y

alash



Dif


fer

en

ts



iallash

Mu



am

m

o



li

Aq



liy

 h

u



ju

m



R

o

lli



 

oy

in



lar

Is



h

b

ilar



m

o

n



lik


 oy

in

lar



i;

 

 



 I.

B

o



lalar

 k

iy



im

(y



o

sh

 g



u

ru

h



la

ri

 



b

oy

ich



a)

 

-YAsli



 y

o

sh



id

ag

i;  



-Ma

k

tab



g

ach


a

 

y



o

sh

d



ag

i;

 



Kich


ik

 m

ak



tab

 y

o



sh

id

ag



i; 

O’



rta

 m

ak



tab

 y

o



sh

id

ag



i;

 



O’

sm

ir



lar

II



.A

y

o



llar

 k

iy



im

i; 


III.

E

rk



ak

lar


 k

iy

im



i:

 

 



Aq

liy


Ax

lo



q

iy



E

stetik


Me

h



n

at



Iq

tis


o

d

iy



;  

Hu

q



u

q

iy



E

k



o

lo

g



ik

Jis



m

o

n



iy

  Qiziq



is

h



Mo

tiv


atsi

y

a



Qo

b



iliy

at



Xo

tira


Diq


q

at



Jam

o

av



iy

Gu



ru

h

li



YAk


k

a; 


Ko

rx

o



n

ad

a



 o

’q

itis



h;  

Is

h



ch

ig



b

ir

ik



tirib

 o

’q



itis

h; 


E

k

sk



u

rs

iy



a

Did



ak

tik


 v

o

sitalar



Ko

m



p

y

u



ter

 

v



o

sitalar


i; 

Vir


tu

al

 s



ten

d

lar



 


 

18 


 

 

 

 

 

II. 

 

 

 

 

 

 

III. 

4. O’rta maktab 

yoshidagi; 

 

5. O’smirlar. 



 

Ayollar kiyimi: 

 

 

 

 

 

 

Erkaklar kiyimi: 

 

Qiz bolalar sport uslubidagi kiyimlari; 



O’g`il bolalar sport uslubidagi kiyimlari. 

-Ayollar engil kiyimlari (koylak, bluzka, yubka, 

sarafan, jaket, shim va h.k.); 

-Ayollar uy kiyimlari (koylak, xalat, milliy kiyim, 

tungi koylak va h.k.); 

-Ayollar kundalik kiyimlari (koylak, bluzka, yubka, 

sarafan, jaket, shim va h.k.); 

-Ayollar bashang kiyimlari (koylak, bluzka, yubka, 

sarafan, jaket, shim va h.k.); 

-Ayollar ustki kiyimlari (palto, plashch, kurtka va 

h.k.). 

-Erkaklar engil kiyimlari (koylak, shim); 



-erkaklar  ustki  kiyimlari  (palto,  plashch,  kurtka, 

chopon va h.k.). 



 

3-jadval 

2.  Ta`lim-tarbiya masalalari va o’qitish metodikasi boyicha 

Psixologik 



jihatlari boyicha 

O’quvchilarning -  

-kasbiy qiziqishlarini shakllantirish; 

-faolligini oshirish; 

-kasbga moyilligi kuchaytirish; 

-qobiliyatini rivojlantirish; 

-xotirasini mustahkamlash. 

 


 

19 


SHaxsni 


tarbiyalash 

boyicha 


-Tarbiya metodlari tanlash; 

-Tarbiya usullari tanlash; 

-Tarbiya shakllari tanlash; 

-Tarbiya vositalari tanlash; 

-Nutq madaniyatini rivojlantirish; 

-O’quvchilar faoliyatini rag`batlantirish yo’llari; 

-YAngi pedagogik texnologiyalardan foydalanish; 

-Axborot texnologiyalaridan foydalanish; 

O’quvchilarni –        -umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash;        -

milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash;        -estetik tarbiyalash

-O’quvchilarda mehnat va kasbiy tarbiya sifatlarini shaklantirish; 

-O’quvchilarda iqtisodiy tarbiya; 

-Ekologik tarbiya; 

-Axloqiy tarbiya; 

-O’qitish  jarayonida  ulug`  mutaffakirlarning  pedagogik  merosini 

o’rganish. 

O’qitish 



metodikasi 

boyicha 


-O’quvchilarning bilim, ko’nikma va malakalarini shakllantirish; 

-O’qitishning muammoli metodlaridan foydalanish; 

-Hikoya, suhbat usullaridan foydalanish; 

-Aqliy hujum metodidan foydalanish; 

-Rolli oyinlar metodidan foydalanish; 

-Ishbilarmonlik oyinlari metodidan foydalanish; 

-O’quv adabiyotlari bilan ishlash malakalarini shakllantirish; 

-Mashqlar bajarishni o’rgatish; 

-Laboratoriya mashg`ulotlarini o’tkazish metodikasi; 

-O’quvchilar o’zlashtirishini nazorat qilishning optimal variantlari; 

-Dars turlaridan to’g`ri foydalanish; 

-Ishlab chiqarish korxonalariga ekskursiyalar tashkil etish metodikasi; 

-O’quvchilar faoliyati natijalarini nazorat qilish va baholash metodikasi; 

-O’qitish metodlarining optimal variantlarini tanlash. 

 

Bitiruv  malakaviy  ishni  bajarish  jarayonida  tadqiqot ob`ekti sifatida uzluksiz 



ta`lim  tizimining  barcha  ta`lim  muassasalaridagi  ta`lim  tarbiya  jarayoni  bo’lishi 

mumkin: 


 

20 


Tadqiqot predmeti sifatida esa quyidagilar ishtirok etishi mumkin: 

 



 ta`lim tizimi; 

 



 o’quv-biluv faoliyati; 

 



 ta`lim-tarbiya jarayoni; 

 



 o’qitishning samaradorlik tavsifi va x.k. 

Bitiruv malakaviy ish mavzulari bankini mavzular mazmuni boyicha muayyan 

tartibga  solish  va  tasniflash  uchun  bitiruv  malakaviy  ishni  kodlash  tizimini 

shakllantirish  maqsadga  muvofiq  bo’ladi.  Bunda  bitiruv  malakaviy  ishlari 

mavzusining kodi soha yo’nalishi va tayanch hamda fundamental bilimlar asosida 

shakllanganligining ketma-ketligi belgilanadi. 



4 - jadval 

Bitiruv malakaviy ish mavzularini kodlash tizimini shakllantirish tasnifi 

algoritmi 

Mutaxassisislikning 

soha yo’nalishi 

Mavzuning ketma-ketlikda shakllanilganligi 











01-08 

UM 

UM 

UM 

PP 

PP 

PP 

FM 

FM 

FM 

 

Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling