Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti


 – jadval  Mutaxassisislikning soha yo’nalishi kodlari


Download 0.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/7
Sana13.11.2017
Hajmi0.57 Mb.
#20026
1   2   3   4   5   6   7

5 – jadval 

Mutaxassisislikning soha yo’nalishi kodlari 

 

Mutaxassislik soha  yo’nalishi 

Kod raqami 

Ta`lim  


01 

Fan 


02 

Gumanitar fanlar va san`at 

03 

Ijtimoiy fanlar, biznes va huquq 



04 

Muhandislik, ishlov berish va qurilish  

05 


 

21 


Qishloq va suv xo’jaligi 

06 


Sog`liqni saqlash va ijtimoiy ta`minot 

07 


Servis xizmatlari 

08 


 

6 - jadval 

Mavzuning ketma-ketligining shakllanish kodlari 

 

Mavzuning tayanch va fundamental bilimlar  

Kodlari 

Umumkasbiy va mutaxassislik bilimlar  

UM 

Pedagogik va psixologik bilimlar 



RP 

Fan va texnologiyalar 

FT 

 

  Bitiruv  malakaviy  ish  quydagicha  kodlangan  bo’lishi  mumkin  (4-jadvalga 

qarang):    jadvaldagi  agar  mavzu  ta`lim  sohasiga  oid  bo’lsa  mutaxassisislikning 

soha  yo’nalishiga  01  qoyiladi,    mavzuning  asosiy  mazmuni  yo’nalishining 

ahamiyatlilik darajasiga qarab kodlar joylashtiriladi.  

Masalan:  mavzuning  kodi:  01  RR  UM  FT  bo’lsa,  mavzu  ta`lim  soha 

yo’nalishiga  oid  bo’lib,  uning  asosiy  mazmuni  tarbiyaviy  ahamiyatga  ega, 

umumkasbiy  va  mutaxassislik  tayanch  bilimlar  aks  ettirilgan  hamda  unda  fan  va 

texnologiyalarga  oid  tushunchalar  berilgan    yoki    08  UM  FT  PP  kodi  bilan 

belgilangan  mavzu  servis  xizmatlari  sohasi  yo’nalishiga  tegishli  bo’lib,  uning 

asosiy  mazmunida  umumkasbiy  va  mutaxassislik  bilimlar  o’z  ifodasini  topgan 

bo’lib,  fan  va  texnologiyalar  boyicha  tayanch  bilimlar  aks  ettirilgan  va  tarbiya  

masalalariga oid tushunchalar berilgan.  

Xulosa sifatida shuni ta`kidlash mumkinki,  mavzularni loyihalashga ob`ektni 

tayyorlash  texnologiyasi  orqali  kompleks  yondashuvda  texnologik  va  pedagogik 

tizimlarni  uyg`unlashtirish  asosida  bitiruv  malakaviy  ish  mavzulari  bankini 

shakllantirishda  bir-birini  takrorlamagan  holda  mavzularning  juda  ko’plab 

variantlarini  yaratish  mumkin.  Bunda  talabalarning  bitiruv  malakaviy  ish 

mazmunida  pedagogik  turkum  fanlari  hamda  umummuhandislik  va    ixtisoslik 


 

22 


fanlar  boyicha  olgan  bilim  va  ko’nikmalari  aks  ettiriladi.  SHu  bilan  birga 

mavzularni  kodlash  tizimini  shakllantirish  orqali  bitiruv  malakaviy  ish  mavzulari 

bankini  mavzularning  mazmuni  boyicha  muayyan  tartibga  solish  va  tasniflash 

imkoniyati yaratiladi.  

 Bunda ular pedagogika, psixologiya, kasb ta`limi metodikasi fanlaridan olgan 

bilim  va  ko’nikmalarini  qo’llaydilar  va  pedagogik  amaliyot  davomida  bajargan 

ishlari natijalarini tajriba-sinov ishlari sifatida aks ettiradilar.  

 

2.3 Malakaviy ishlar mavzularini tanlash va tasdiqlash 



 

Bitiruv  malakaviy  ish  uchun  materiallar  to’plashga  talabaning  pedagogik 

amaliyotini o’tagan ta`lim muassasasi tadqiqot bazasi bo’lishi mumkin. Talabaning 

bitiruv  malakaviy  ish  ximoyasiga  tayyorgarlik  jarayoni  tanlagan  mavzu  va 

yo’nalishi boyicha xal etilayotgan masala xususiyatiga muvofiq bo’lgan majburiy 

shartlardan biri xisoblanadi.  

Bitiruv  malakaviy  ish  mavzuini  tanlash  va  tasdiqlash  jarayoni  talaba  mavzu 

va  ilmiy  rahbar  tanlaganidan  boshlanadi.  Talaba  bitiruv  malakaviy  ish  mavzuini 

tanlashi  bilan  darhol  uni  tasdiqlash  uchun  1-ilovada  ko’rsatilgan  shaklda  tayanch 

kafedra mudiri nomiga ariza berishi lozim. Bitiruv malakaviy ish mavzui va ilmiy 

rahbarlari    oliy  ta`lim  muassasasi  rektori  buyrug`i  asosida  bitiruvchi  kurs  o’quv 

yilining birinchi yarimida tasdiqlanadi. 

 

3. BITIRUV MALAKAVIY ISHNI BAJARISHDA TASHKILOTLAR 

VAZIFALARI 

 

3.1 Universitet tayanch kafedralari vazifalari 

Universitet tayanch kafedralari bitiruv malakaviy ishning bajarilish jarayoniga 

ilmiy rahbarni, fakultet dekanlari esa ma`muriy rahbarlikni ta`minlaydi. 

Talaba  tayanch  kafedralaridan  biriga  ariza  yozgandan  keyin  u  yoki  bu 

kafedraga berkitiladi. Ariza kafedra yig`ilishida ko’rib chiqilish jarayonida bitiruv 


 

23 


malakaviy  ish  yoki  loyiha  mavzui  ilk  bor  aniq  ifoda  etiladi.  Bitiruv  malakaviy 

ishga  rahbarlik  qilish  tartibiga  ko’ra  boshqa  tashkilot  va  muassasalardan  yuqori 

malakali  amaliyotchi-mutaxassislar,  shuningdek,  kafedraning  ko’proq  tajribali 

o’qituvchilari belgilanishi mumkin. 

Kafedra  mudiri  talabalarning  pedagogik  amaliyotini  o’tash  jarayoni  va  ular 

tomonidan bitiruv malakaviy ishning bajarilishini doimiy nazorat qilib boradi. 

Talaba pedagogik  amaliyotini o’tab bo’lishi bilan kafedraga amaliyot o’tagan 

joyidan  o’z  faoliyati  boyicha  yozma  tavsifnoma  va  olingan  tadqiqot  natijalari 

xaqida qisqacha hisobot topshiradi.  

 

3.2. Ilmiy rahbar, ilmiy maslahatchi vazifalari va talaba majburiyatlari 

 

Bitiruv malakaviy ish ilmiy rahbari: 

 



talabaga  bitiruv  malakaviy  ishni  tayyorlash  jarayonida  ilmiy,  metodik  va 

amaliy yordam ko’rsatishi; 

 

talabaga mavzuni tanlash, ishni bajarishda bitiruv malakaviy ish mavzui va 



tarkibiy  tuzilmasi  tasdiqlangan  so’ng  belgilangan  vazifalarni  ishlab  chiqish(2-

ilova)ga ko’maklashishi; 

 

talabani  mavzu  boyicha  ilmiy  izlanishda  zarur  bo’ladigan  manba  va 



adabiyotlarni    izlashga  yo’naltirishi  hamda  tadqiqotni  amalga  oshirishda 

qo’llaniladigan metodikalarni tanlashga yordam berishi; 

 

talabaga  muntazam  maslahat  berib  borishi,  «Bitiruv  malakaviy  ishni 



tayyorlash  jadvali»ni  nazorat  qilishi  (3-ilova),  talabaga  DAK  yig`ilishida  himoya 

qilish  jarayoniga  kirish  so’zi  va  taqdimotlarni  tayyorlash  uchun  zarur  bo’lgan 

yordamni ko’rsatishi; 

 



belgilangan  vaqt  davomida  bitiruv  malakaviy  ishning  bajarilishini 

ta`minlash maqsadida ba`zi bir qismlari uchun maslahatchilarni biriktirish boyicha 

kafedraga taklif kiritishi; 

 



bitiruv  malakaviy  ish  xaqida  10-ilovada  keltirilgan  shaklda  yozma  xulosa 

berishi lozim. 



 

24 


Talaba  muntazam  ilmiy  rahbar  tomonidan  belgilangan  hamda  «Bitiruv 

malakaviy  ishni  tayyorlash  jadvali»  qayd  qilingan  vaqtlarda  olingan  natijalar 

haqida hisobot berib borishi lozim. 

Talabaning  ilmiy  rahbar  ko’rsatmalarini  bajarmasligi  yoki  besabab 

maslahatlarga kelmasligi bitiruv malakaviy ishga rahbarlikdan voz kechishga asos 

bo’ladi. 

Talaba  tadqiqotni  amalga  oshirish  jarayonida  olingan  natijalarning  ilmiy 

ishonchlilik darajasi uchun to’liq javobgarlikni oladi. Ilmiy rahbar olingan natijalar 

ishonchliligini baholashda ishtirok etadi.  

Talaba bitiruv malakaviy ishni o’z muddatida bajara olmasa, o’quv kurslarini 

yakunlagandan  so’ng  uch  yil  davomida  himoya  qilish  xuquqi  beriladi.  Berilgan 

vaqt mobaynida u ilmiy rahbari va ilmiy maslahatchisini almashtirish, shuningdek, 

unga  bitiruv  malakaviy  ishni  tayyorlashda  ilmiy  va  metodik  yordam  ko’rsatuvchi 

boshqa bir kafedrani tanlash xuquqiga ega. 



 

Bitiruv malakaviy ish ilmiy maslahatchisi: 

Bitiruv  malakaviy  ish  maslahatchisi  kafedrada  faoliyat  ko’rsatayotgan  ilmiy 

darajasi  bo’lmagan  o’qituvchiga  ilmiy  rahbarlik  qilishi  uchun  biriktirilgan  ilmiy 

darajaga yoki ilmiy unvonga ega professor-o’qituvchilardan tayinlanadi. 

 

talabaga bitiruv  malakaviy  ishni  tayyorlash  jarayonida o’z  mutaxassisligiga 



mos qismini tayyorlashga ilmiy, metodik va amaliy yordam ko’rsatishi; 

 



talabani  mavzu boyicha  ma`lum  qismini  yoritishda  zarur bo’ladigan  manba 

va  adabiyotlarni    izlashga  yo’naltirishi  hamda  tadqiqotni  amalga  oshirishda 

qo’llaniladigan metodikalarni tanlashga yordam berishi; 

 



talabaga  muntazam  umumkasbiy,  ixtisoslik  va  metodik  jihatdan  maslahat 

berib borishi, «Bitiruv malakaviy ishni tayyorlash jadvali»ni nazorat qilishi; 

 

belgilangan  vaqt  davomida  bitiruv  malakaviy  ishning  bajarilishini 



ta`minlash  maqsadida  ba`zi  bir  qismlari  uchun  maslahatlarini  kafedradagi  bitiruv 

malakaviy ishlarni muhokama qilish jarayonida bayon qilish; 



 

25 


 

bitiruv  malakaviy  ish  xaqida  10-ilovada  keltirilgan  shaklda  yozma  taqriz 



berishi lozim. 

Talabaning  ilmiy  maslahatchi  ko’rsatmalarini  bajarmasligi  yoki  besabab 

maslahatlarga kelmasligi bitiruv malakaviy ishga maslahatchilikdan voz kechishga 

asos bo’ladi. 



 

Bitiruv 

malakaviy 

ishni 

tayyorlash 

jarayonida 

talabaning 

majburiyatlari:  

Bitiruv  malakaviy  ishni  bajarish  jarayonida  talaba  butun  o’quv  faoliyatida 

olgan  bilimlari,  egallagan  ko’nikmalari  asosida  quyidagi  kasbiy  malakaviy 

talablarga ega bo’lishi lozim: 

 

Vazirlar mahkamasining ta`lim to’g`risidagi me`yoriy hujjatlari bilan ishlay 



olishi; 

 



Davlat  ta`lim  standartlarida  ko’rsatilgan  me`yoriy  talablarga  to’liq  amal 

qilishi; 

 

o’quv rejasiga muvofiq tarzda faoliyat yurita olishi; 



 

ijodiy izlanish asosida ta`lim mazmuniga tegishli o’zgartirishlar kirita olishi; 



 

elektron darsliklar uchun animatsiyali taqdimotlar yarata olishi; 



 

ko’rgazmali qurollar va tarqatma materiallar tayyorlay olishi; 



 

zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalari asosda dars o’ta olishi; 



 

muammoli  ta`limni  amalga  oshirish  va  uning  o’ziga  xos  xususiyatlarini 



takomillashtirib borishi; 

 



o’quvchi-talabalar bilan do’stona munosabatlarni shakllantira olishi; 

 



pedagogik madaniyat va kasbiy mahoratga ega bo’lishi; 

 



o’quvchi-talabalar  bilan  individual  va  tabaqalashtirilgan  holda  ta`limni 

amalga oshira olishi; 

 

iqtidorli  o’quvchilarni  izlash  va  ular  bilan  individual  ishlash  rejasini  tuza 



olishi; 

 



o’quvchi-talabalarning mustaqil faoliyat ko’rsatishini ta`minlay olishi; 

 

26 


 

o’quvchi-talabalar  uchun  pedagogik,  psixologik  va  kasbiy  yo’nalishlarda 



qo’shimcha  mashg`ulotlar tashkil etishi; 

 



mustaqil  ta`lim  jarayonida  o’quvchilarning  ilmiy-ijodiy  qobiliyatlarini 

shakllantirishi; 

 

o’quv  jarayonida  o’quvchi-talabalarga  modellashtirish  va  avtomatlashtirish 



metodlarini qo’llay olishlariga imkoniyat yarata olishi; 

 



darsni  rejalashtirish  jarayonida  vaqtdan  samarali  foydalanish  uchun 

auditoriyaga beriladigan axborotni to’g`ri taqsimlay olishi;  

 

darsda  beriladigan  axborot  hajmi  va  o’quvchini  o’zlashtirish  darajasini 



inobatga olgan holda metodika qonuniyatlarini ishlab chiqishi va ulardan eng qulay 

metodlar va usullarni tanlab tadbiq eta olishi; 

 

darsda qoyilgan aniq maqsadga erishish uchun belgilangan vazifalar echimi 



asosida kafolatli natijani qo’lga kiritish; 

 



erishilgan  yutuq  va  kamchiliklar  yuzasidan  o’z-o’zini  tahlil  etish  va  o’z 

faoliyatiga tanqidiy baho berishi;  

 

o’qitish  jarayonida  pedagogik-psixologik  usullarni  to’g`ri  tanlay  olishi  va 



ularni qo’llash uchun yangi tavsiyalar berib borishi;  

 



zamonaviy 

pedagogik 

texnologiyalar 

(interfaol 

metodlar, 

Blum 


taksonomiyasi, motivatsiya va turli xil strategiyalar)ni  tahlil etib, ularni ta`lim va 

tarbiya jarayonida qo’llash metodikasini ishlab chiqish;     

 

texnologik  jarayonlarni  o’qitish  tamoyillari    va  metodlari  asosida  estetik 



hamda iqtisodiy samaradorlik tomonlarini o’rganish;  

 



kasbiy  fanlarni  o’qitishning  umumiy  tamoyillari  va  metodlarini  ishlab 

chiqish;   

 

elektron  darsliklar  asosida  ta`lim  bera  olishi  (mavzuni  yoritish  jarayonida 



elektron darsliklar imkoniyatlari yordamida taqdimotlar namoyish etishi); 

 



ta`lim  jarayonida  masofadan  o’qitishni  tashkil  eta  olishi  (ushbu  holatda 

masofadan  o’qitish  metodlari  taxlil  qilishi  va  ularni  qo’llash  uchun  tavsiyalar 

ishlab chiqishi);  


 

27 


 

o’quvchilarda  tanqidiy  fikrlashni  yuzaga  keltira  olishi  (auditoriyaga 



berilayotgan  axborotni  turli  usullar,  tarqatma  materiallar  asosida  mavzu  boyicha 

muammoli vaziyatlarni yarata olishi hamda o’tilayotgan mavzuga o’quvchilarning 

tanqidiy fikrini shakllantirish boyicha tavsiyalar ishlab chiqishi); 

 



interfaol metodlardan foydalanib o’qitishni tashkil etishi; 

 



auditoriyani psixologik jihatdan boshqara olishi; 

 



o’quvchilarda mavzu boyicha savollar, bahslar sharoitini yaratishi; 

 



darsning  yutuq  va  kamchiliklarini  aniqlab,  barcha  o’z  fikrini  ifodalash 

imkonini beruvchi usullarni tavsiya etishi; 

 

o’quvchilarning ijodiy imkoniyatlarini faollashtirish maqsadida auditoriyada 



psixologik muloqot o’rnatish uchun kichik guruhlarni shakllantira olish; 

 



darsda  belgilangan  vazifa  va  muammodan  kelib  chiqadigan  maqsadlarni 

ifodalay olishi; 

 

auditoriyada  tashkil  etilgan  guruhlarda  pedagogik  g`oyalar  tizimini 



shakllantira olishi; 

 



guruh  a`zolari  tomonidan  tashlangan  pedagogik  g`oyalarni  tizim  holiga 

keltirib tasniflashi; 

 

keltirilgan  g`oyalarni  destruktivlashi,  ya`ni  amalga  oshish  imkoniyatiga 



qarab baholashi; 

 



o’quvchilar  tomonidan  bildirilgan  tanqidiy  mulohazalarga  ob`ektiv  baho 

bera olishi; 

 

o’quvchilarning tanqidiy, tahliliy va aniq mantiqiy fikrlashlarini rivojlatirish 



uchun  ularga  o’z  fikrini  yozma  yoki  og`zaki  shaklda  ixcham  bayon  etish  va 

himoya qilishga tegishli shart-sharoitlar yaratishi; 

 

ta`lim  berish  jarayonida  zamonaviy  pedagogik  texnologiyalarni  qanday 



qo’llash va o’qitish uchun lozim bo’ladigan me`yoriy hujjatlarni tuza olishi; 

 



mavzu  boyicha  dastur,  yordamchi  chizmalar,  tarqatma  materiallar  va  o’z 

fikrini o’zgalarga etkaza olishi hamda himoya qila olishi; 



 

28 


 

dars  yakunida  o’quvchilar  tomonidan  o’zlashtirilgan  bilimlarni  tartibga 



solishi va ularni umumlashtira olishi; 

 



ob`ektlar  miqdoriy  va  sifat  munosabatlarini  ifodalash  uchun  matematik 

metodlarni qo’llashi; 

 

eksperiment  ma`lumotlarini  ishlab  chiqishning  asosiy  usul  va  yo’riqlaridan 



foydalanishi; 

 



olingan  natijalarning  foydalanish  chegarasini  baholab  va  ular  ierarxik 

tuzilishini hisobga olib modellarni tadqiq etishi; 

 

kompyuter  grafikasi  vositalarini  qo’llash  boyicha  ko’nikmalariga  ega 



bo’lishi;  

 



texnologik  jarayonlarni  boshqarish,  ishlab  chikarish  xom-ashyosiga  ishlov 

berish,  jarayonlarning  omillarini  tanlash  va  o’rnatish,  texnologik  jarayonlarni 

loyihasini tuzish va amalga oshirishni bilishi; 

 



ishlab  chiqarish  texnologik  uskunalardan  foydalanish  va  ularga  texnika 

xizmati ko’rsatishini tashkil etishi; 

 

boshlang`ich  texnologik  bo’g`inni  tashkil  etish  va  boshqarish  haqida 



tushunchaga ega bo’lishi; 

 



pedagogik  va  soha  tarmoqlarining  rivojlanish  qonuniyatlarini  mukammal 

bilishi 


va 

ularni 


texnikaviy-iqtisodiy 

tahlil 


qilish, 

texnikaviy-iqtisodiy 

ko’rsatkichlarni aniqlashni bilishi; 

 



psixologiya  va  pedagogikaning  dolzarb  muammolarini  o’rganish  boyicha 

namunaviy usullarda ilmiy-amaliy tadqiqot o’tkazishi;  

 

uzluksiz  ta`lim  muassasalarida  o’quv  jarayonini  tashkil  etishi  va 



o’tkazilishiga ko’maklashishi; 

 



tadqiqotlarda  ishtirok  etishi,  ma`lumotlarni  to’plashi,  umumlashtirishi  va 

tahlil etishi va x.k. 



 

 

 

 

 

29 


4. MALAKAVIY ISHNI TAYYORLASH TARTIBI 

 

4.1 Bitiruv malakaviy ishni bajarish jarayoniga tayyorgarlik 

Bitiruv  malakaviy  ishni  bajarishga  tayyorgarlik  jarayoni  talabaga  tanlangan 

mavzuning  o’rganilganlik  darajasini  baholashga  yordam  beruvchi  adabiyotlar, 

monografiya  va  o’quv  qo’llanmalar,  ilmiy  maqolalar  bilan  tanishishdan 

boshlanadi. 

Manba  va  adabiyotlar  bilan  ishlash  jarayonida  tadqiq  etilayotgan  u  yoki  bu 

muammoga taalluqli bo’lgan dalil va voqealarni yozib olish tavsiya etiladi. 

YOzib  olingan  ma`lumotlar  ko’pchilik  hollarda  materialni  qayta  ishlash  va 

guruhlashda  qiyinchilik  tug`dirmasligi  uchun  bitta  varaqqa  joylashtirilishi 

maqsadga  muvofiqdir.  Buning  uchun  ma`lumotlar  chiqqan  manba  va 

adabiyotlarning qaeridan yozib olinganligini aniq ko’rsatish talab etiladi. 

Manba va adabiyotlar o’rganilib bo’lgach esa, bitiruv malakaviy ishning to’liq 

rejasini tuzishi va uni ilmiy rahbar bilan, zarur hollarda esa ilmiy maslahatchi bilan 

kelishishi lozim. Ushbu rejaga ish jarayonida aniqlik kiritish mumkin. Uning oxirgi 

varianti  asosiy  manba  va  adabiyotlar  bilan  ishlab  bo’lgach  tuziladi  va  u  ilmiy 

rahbar  tomonidan  tasdiqlanib,  muhim  hujjatga  aylanadi,  unga  kiritiladigan 

o’zgarishlarni faqat rahbar roziligi bilan amalga oshirish mumkin. 

Bitiruv malakaviy ishni o’z vaqtida va sifatli bajarish talabaning o’z mustaqil 

ishini  tashkil  etish  qobilyatiga bevosita bog`liq.  Malakaviy  ishni  bajarishni  talaba 

bitiruv  malakaviy  ish  rejasini  tuzishdan  boshlaydi.  Reja  asosida  boblar  va 

paragraflar bajarilish ketma-ketligi va muddatlari ko’rsatiladi. 



 

 

 

 

 

 

 

 

30 


1-chizma 

Bitiruv malakaviy ishni bajarishning asosiy vazifalari  

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

Talaba  bitiruv  malakaviy  ishning  kirish  va  boshqa  bo’limlari  hamda 

xulosalarini tayyorlashi bilan uni ilmiy rahbar va ilmiy maslahatchiga taqdim etadi. 

Ular  ko’rsatgan  kamchilik  va  takliflarni  bitiruv  malakaviy  ishni  tayyorlash 

jadvalida ko’rsatilgan muddatgacha qayta ishlab chiqadi (3-ilova).  

 

 

Bitiruv malakaviy ishni bajarishda rejalashtirilayotgan asosiy 

natijalar 

Ilmiy tadqiqot olib borishda faolligini namoyon etish 

Sabab-oqibat aloqalarini aniqlash 

Har xil sohalar bilimlarini jalb qilgan holda muammolarni echimini topish 

Mustaqil va ijodiy fikrlash ko’nikmalarini ifodalash 

Mustaqil qaror qabul qilish va faoliyati natijalari bo’yicha mas`uliyatni uz zimmasiga 

olish 

O’z bilimiga baho berish va ko’p xajmdagi  axborot muhitida o’zini yo’qotmaslik 



Gurux bilan ishlash ko’nikmalarini olish 

Tadqiqotlar, tajribalar va tahlillarni mustaqil o’tkazish 

Yo’l qo’ygan kamchiliklari uchun javob berish 

Ilmiy izlanish faoliyati natijalarini tahlil qilib, o’z yutuqlari va kamchiliklarini aniqlash, 

vujudga kelgan qiyinchiliklar sabablarini topish, xatolarni tuzatish yo’llarini aniqlash 

Mustaqil faoliyat olib borish huquqidan foydalangan holda o’z fikrlari va muloxazalarini 

himoya qilish 

Izlanish natijalarining variantlari va ularning sodir bo’lish ehtimollarini bashorat qilish 

Jamoa bo’lib muhokama qilishda o’z nuqtai nazarini baholash hamda himoya qilish 

Bularning barchasi malakaviy ishni bajarishda qo’llaniladi!  


 

31 


2-chizma 

Talabalar mustaqil faoliyatini tashkil etish natijalari sifatida bitiruv 

malakaviy ishni bajarish va tayyorlashning pedagogik modeli 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 


Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling