Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti


Download 24 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/30
Sana05.02.2018
Hajmi24 Kb.
#26036
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
26036

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA 0 ‘RTA MAXSUS 
TA’LIM VAZIRLIGI
NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA 
UNIVERSITETI
I.A z im o v ,  M .  S a p a m iy o z o v a
ONA TILIDAN MA’RUZALAR УА 
TESTLAR MAJMUASI
(oily o ‘quv yurtlariga kiruvchilar uchun)
T oshkent  —  2008

Mazkur metodik qo‘llanma  oily o‘quv yurtlariga kiruvchilar uchun 
umumiy o‘rta ta’lim va o‘rta maxsus ta’lim ona tili dasturlari va darsliklari 
asosida  tayyorlangan.  Q o‘llanm a  “Ona  tili”  kursining  fonetika, 
leksikologiya,  frazeologiya,  so‘z  tarkibi,  so‘z  yasalishi,  morfologiya, 
sintaksis, punktuatsiya, uslubiyat bo‘ limlari haqida normativ ma’ lumotlami 
o‘z ichiga olgan.
“Ona tili” fanining har bir bo' limi bo'yicha keng hajmda testlar majmui 
ham berilgan.
Mas’ul muharrir: 
Taqrizchilar:
Texnik muharrir:
N.M.Mahmudov f.f.d., professor
H. A. Jamolxonov Nizomiy nomidagi 
TDPU professori, filologiya fanlari 
nomzodi.
N.Mahkamov 0 ‘zFATil va adabiyot 
instituti terminologiya bo‘limi mudiri, 
filologiya fanlari nomzodi.
Y. Azimova
Mazkur metodik qo ‘ lanma Nizomiy nomidagi TDPU Ilmiy kengashning 
2008 yil 29 may 10/5.20. sonli qarori bilan nashrga tavsiya etilgan.
© Nizomiy nomidagi Toshkent davlat 
pedagogika universiteti, 2008 y.

KIRISH
0 ‘zbek  tili  O lto y   tilla ri  o ilasinin g  turk iy   tilla r  gu ruhiga 
m ansub.Turkiy  tillar  guruhi  o ‘zbek,  qozoq,  qorachoy,  yoqut, 
gagauz,  turk,  ozarbayjon,  qirg‘iz,  turkm an,  uyg‘ur,  ta ta r kabi  24 
ta tilni o ‘z ichiga oladi.
0 ‘zbek adabiy tili milliy tilning bir qismi b o ‘lib fonetik, leksik, 
gram m atik jihatdan sayqallashtirilgan,  m e ’yorlashtirilgan tildir. 
Adabiy til ikkita: og‘zaki va yozm a shaklga ega.
-o g ‘zaki shakl  —  orfoepiyada. —
-yozm a shakl —  orfografiyada o ‘rganiladi:
Adabiy til ikki m anba asosida boyiydi:
-ichki manba 
-tdshqirnanba.
Ichki manba asosida tilning boyishiga: a)shevalar;  b )o ‘zbek tili 
so‘z  yasash  im koniyatlari  asosida  yangi  so‘zlam i  yasash  usullari 
kiradi.  M asalan:  gxAchi,  kitobxo/i,  kayanchak,  о ‘yin goh,  о ‘t x o ‘r, 
qo ’Iqop
Ja sh q i  manba  asosida  tilning  boyishiga  qardosh  bo 'lm agan 
tillardan so‘zlam ing o ‘zlashishi va iste’molda bo‘lish hodisasi kiradi: 
fa k u l’tet,  kollej,  stol,  stul,  menejer,  broker va  h.к .
Til jam iyat taraqqiyoti bilan birgalikda rivojlanib boradi.  Tilda 
eng  k o ‘p  o ‘zgarish  tilning  leksik  sathida,  y a’ni  leksikologiyada 
yuz beradi.
Shevalar adabiy tilning  ichki  asosidir.  Y aqin  shevalar birligi 
lahja deyiladi. 0 ‘zbek tilifla 3ta lahja mavjud:
1. Oarluq lahjasi 
27TJipchoq lahjasi
3 .0  ‘g ‘uz lahjasi:
Oarluq  lahiasi:  adabiy tilning tayanch  lahjasi b o ‘lib T oshkent 
va Farg‘ona shahar shevalarini o ‘z ichiga oladi.
Farg‘ona shevasi -  m orfologik (gram m atik) jihatdan;
T oshkent  shevasi  -  fonetik  jih atd an   adabiy tilning  tayanchi 
b o ‘lib hisoblanadi.
O ip cho q lahiasi -  b arch a-j-lo v c h i shevalam i o ‘z ichiga oladi.
3

Q ‘g‘uz lahiasi:- ianubiv Xorazm  shevalarini o ‘z ichiga oladi.
0 ‘zbek tilining  tarixiy taraqqiyot bosqichlari:
J f. Qadimgi turkiy til (V -V III asr);  m anbalari:  “ O 'rx u n  Enasoy” 
yozma yodgorliklari.  Bu yodgorliklar XVIII asrda topib o'rganilgan.
2. Turkiy  til X -X II  asrda  ijod  qilingan  yozm a  m anbalarni  o ‘z 
ichiga  oladi:  Y usuf Xos  Hojibning  —  “Q utadg‘u  bilig” ,  A hm ad 
Yugnakiyning —  “ H ibat-ul  haqoyiq”  asarlari.
.Eski о ‘zbek adabiy tili XIV-XIX asrlardagi yozm a manbalarini 
o ‘z ichiga oladi.
4. Yangi о ‘zbek adabiy tili XX asm ing 20-yillaridan  mustaqillik 
yillarigacha b o lg a n  yozma m anbalarni o ‘z ichiga oladi.
5.M ustaqillik  davri  о ‘zbek  adabiy  tili  1991  yildan  hozirgi 
kungacha b o lg a n   davr adabiy m anbalari shular sirasidandir.
FONETIKA
Tilshunoslikning  fonetika  b o lim i  tilning  tovush  to m on ini  - 
nutq tovushlarini  o ‘rganuvchi b o ‘liindir.
N u tq   tovushlari—nutq  a ’zolari  y o rdam ida  hosil  b o ‘luvchi 
tovushlardir.  Tarkibidagi  shovqin  va  ovoz  miqdoriga  k o ‘ra  nutq 
tovushlari unli va  undoshlarga  b o ‘linadi.
Unli tovushlar  faqat ovozdan iborat b o iib   , talaffuzda to ‘siqqa 
uchramaydi.
Ular:  А:  О:  I:  E:  U:  0 ‘:
Old  q ato r  unlilar  -  A:  I:  E:
O rqa  q ato r  unlilar  -  O:  U:  O ':
Undosh tovushlaming tarkibi ovoz va shovqindan iborat b o iib , 
talaffuzda to ‘siqqa uchraydi.
0 ‘zbek  tilid a  24  ta   u n d o sh   tovush  bor:  В:  B:  G :  D:  J 
(portlovchi):J:(sirg‘aluvchi):  Z:  Y:  K:  L:  M:  N:  N G :  P:  R:  S:  T: 
F:  X:  Sh:  Ch:  Q:  G ‘:  H:
Undoshlar  tasnifi.
U n dosh tovushlar uch tom onlam a tasn if qilinadi:
1.Hosil  b o lish  o ‘rniga ko‘ra;
2.Hosil b o lish  usuliga kola;.-..,
3.0voz va shovqin  (un paychalari)  ishtirokiga ko‘ra.
Hosil  b o lis h   o ‘m iga  ko‘ra  tasnifda  undosh  tovushning  qaysi 
nutq a’zosida hosil bolishi nazarda tutiladi. Unga ko‘ralab undoshlari, 
til undoshlari va b o ‘g‘iz undoshlarifarqlanadi.
1.  Lab  undoshlari:  В,  P,  M , y ,   F  tovushlari.  Shundan  :  B,
4

Р ,  М   tovushlari  lablarda  hosil  b o ig an lig i  uchu n  lab-lab;  V,  F 
tovushlari lab va tishda hosil b o ‘lganligi uchun  lab-tish undoshlari 
deyiladi.
2.  Til  oldi  undoshlari:  D ,  J   (portlovchi),  J   (sirg ‘aluvchi),  Z, 
L,  N ,  R ,  S ,  T ,  S h,  Ch.
3.Til o ‘rta undoshi: Y
4.Sayoz til  orqa undoshlari:  K,  N g,  G.
5.C h uqur til  orqa  undoshlari:  Q ,  G ‘,  X.
6.B o‘g‘iz  undoshi:  H:
Hosil b o ‘lish usuliea k o ‘ra.  B unda o ‘pkadan kelayotgan havo 
oqim ining to ‘siqdan qay tarzda o ‘tishi nazarda tutiladi va quyidagi 
turkumlarga ajraladi:
l.Sofportlovchilar.  Bunda og‘iz bo ‘shlig‘idagi nutq a ’zolarining 
juftlashishi asosida to ‘siq hosil bo ‘ladi va  to ‘siq zich yopiladi.  Havo 
oqimi ushbu to ‘siqqa urilib,  portlashi natijasida tovush hosil b o iad i. 
Ularga  B ,  G ,  D,  К ,  P ,  Q  tovushlari  kiradi.
2. 
Q orishiq  portlovchilar.  B unday  tovushlarning  tarkibi  bitta 
portlovchi va bitta sirg‘aluvchi tovush qorishishidan  iborat b o ‘ladi. 
Unga J , Ch undoshlari kiradi. J qorishiq portlovchi undoshi tarkibida 
D (portlovchi) va  J (sirg'aluvchi) tovushlari, Ch qorishiq portlovchi 
undoshi  tarkibida  T   (portlovchi)  va  Sh  (sirg‘aluvchi)  tovushlari 
qorishgan.
3.Sirg‘aluvchi undoshlar.  Bunda nutq a ’zolari juftlashadi,  lekin 
jipslashm aydi,  to ‘siq zich  yopilm aydi.H avo oqim i to r  oraliqdan 
sirg‘alib chiqadi.  Ularga  J(sirg ‘aluvchi), Y, F, Z ,  S , L, R  tovushlari 
kiradi.  B ulardan  L  -  yon  tovush,  R   -  titroq  tovush  deb  ham  
yuritiladi.
4.Portlovchi  - sirg‘aluvchilar (burun tovushlari).  Bu tovushlar 
hosil  b o ‘lishida  og‘iz  b o ‘shlig‘i  a ’zolarida  to ‘siq zich  yopiladi va 
undosh tovush og‘izdan portlab, burundan sirg‘alib chiqadi.  Bularga 
M ,  N ,  NG  undoshlari  kiradi.
U n  paychalarining ishtirokiga ko‘ra nutq tovushlarining jarangli 
va jarangsiz turlari farqlanadi.
Jarangli  -   B,  G ,  D,  Z,  G ‘,  J,  J,V,  L,  M ,  N ,  Ng,  R,  Y.
Jarangsiz  -  P,  К,  T,  S,  X ,C h ,  Sh,  F ,  P ,  Q,  H.
L,  M ,  N ,  N g,  R,  Y  tovushlari  sonorlar  deb  ham   yuritiladi. 
S onor tovushlar tarkibida ovoz m iqdori kuchli b o ‘ladi.
5

BO‘G‘IN
B o‘g‘in  - bir havo zarbi bilan aytiluvchi tovush yoki tovushlar 
yig'indisidir.  B o‘g‘in  k o ‘chirish va b o ‘g ‘inga ajratish  hodisalarini 
farqlash lozim.  Bo‘g‘inga ajratish fonetik hodisa b o ‘lib, unda so‘z 
talaffuzidagi  havo  zarblari  asosida  ajratiladi.  B o‘g‘inning  asosini 
unli tovush tashkil qiladi. 0 ‘zbek tilida bo‘g‘inning quyidagi shakllari 
mavjud:
-b ir unlidan  iborat  b o ‘g‘in:  o-ta,  a-na;
-b ir  unli  va  bir  undoshdan  iborat  b o ‘g ‘in:  bo-la,  ti-la:
-ikki  undosh va bir unlidan  iborat  b o ‘g‘in:  tas-diq,  m ak-tab; 
-uch  undosh va bir unlidan  iborat b o ‘g‘in:  port-lash, g ‘isht-ni; 
- to ‘rt  undosh  va  bir  unlidan  iborat  b o ‘g‘in :  trans-port,  sport-
chi.
BQ ‘G ‘IN  TU R L A R I.  So‘zning qanday tovush bilan tugashiga 
ko‘ra bo‘g‘inlaming  ochiq bo‘g‘in va yopiq bo‘g‘in turlari farqlanadi.
Ochiq  bo ‘g ‘in -  bir  unlidan  iborat  yoki  unli  bilan  tugagan 
b o ‘g ‘indir:  a-ra-va,  m u-o-m a-la,  m a-na,  Bu-xo-ro.
Yopiq  bo‘g ‘in -  undosh bilan  tugagan b o ‘g‘indir:  ach-chiq,  is- 
siq,  mak-tab.
S o‘zlaming qanday tovush bilan boshlanishiga ko‘ra  berkitilgan 
va berkitilmagan b o ‘g‘in turlari farqlanadi.
B erkitilean b o 'tfin   -  undosh bilan  boshlangan b o ‘g‘indir:  pi- 
choq.
B erkitilm asan bo'& iit-  unli bilan boshlanuvchi b o ‘g‘indir:  E ’- 
zo-za",  m a-o-rif.
B o ’g ’inga ajratish va b o ’g ’in k o ’chirish qoidalari quyidagicha 
farqlanadi. Bo’g’inga ajratish fonetik hodisa bo’lib, unga ko’ra so’zlar 
tarkibidagi unli tovushlarga va havo zarblariga ko’ra bo’g’inga ajratiladi. 
B o ’g ’in  k o ’chirish  -   so ’zni  satrdan   satrga  k o ’chirish  -  im lo 
qoidasi b o ’lib,  orfografiyada o ’rganiladi.
Bo‘g‘inga ajratish:  Zul-fi-ya 
B o‘g‘in  k o ‘chirish:  Zul-fiya
B O ‘G ‘IN   K O ‘C H IR IS H   Q O ID A L A M  
B O ‘G ‘IN   K O ‘C H IR IS H   Q O ID A L A R I  im lo  qoidasi  b o ‘lib, 
tilshunoslikning orfografiya b o iim id a  o ‘rganiladi.  Test sinovlarida 
b o ‘g ‘in  k o ‘chirish  va  b o ‘g ‘inga  ajratish  hodisalarini  farqlash 
lozimligini nazarda tutgan holda biz bu ikki hodisani qiyosan berishni 
maqsadga muvofiq deb hisobladik. Quyidagi holatlarda so‘z satrdan 
satrga ko‘chiriladi:
6

-so ‘z b o ‘g‘inlar asosida k o ‘chiriladi:  tez-da, sah-ro;
-y o lg ‘iz  h arfdan  iborat  b o ‘g ‘in  keyingi  b o ‘g ‘in  tark ib id a 
ko ‘chiriladi:  ota,  m at-baa,  ona,  a ka -u ka
-ng  h a rf  birikm asi  bir  tovushn i  ifodalagand a  b o ‘lm asd an 
k o ‘chiriladi:  k o ‘-ngil,  ing-ra,  si-ngil.  Lekin 
-n  va  -g  alohida 
tovushlam i ifodalaganda ham da ruscha baynalmilal so‘zlarda b o ‘lib 
ko‘chiriladi:  kon-gress,  so ‘n-gan,  ton-gach,  in-gliz,  tan-gens.
-S h ,c h   h a rf birikm asi  b o 'lm asd an   k o ‘chiriladi:  me-shchan, 
pome-shchik.
-q isq artm a so ‘z la rd a b o ‘g‘in k o ‘chirilm aydi:  0 ‘zM U,  ToshMI, 
0 ‘zJTU.
URG'U
S o‘z  tarkibidagi  biro r  b o ‘g‘inning  yoki  gapdagi  so ‘zlardan 
birining boshqalariga nisbatan kuchliroq, cho‘ziqroq aytilishiga urg‘u 
deyiladi:  B ola“  ,  bolala“ r.
U rg ‘u  ikki xil b o ‘ladi:  gap urg ‘usi va so ‘z urg‘usi.
Gap u rs'u si- m a’no urg‘usi yoki m antiqiy urg‘u ham  deyiladi. 
G ap d a  so'zlovchining  e ’tibori  qaratilgan  b o ‘lak  kesim  oldida 
joylashadi va m antiqiy urg‘u oladi:
Kecha  Samarqanddan  Toshkentga  samolyotda  m en  keldim 
ega- m antiqiy urg‘u olgan.
M en  Samarqanddan  Maskvaga  samolyotda  kecha  keldim  -  
payt holi  m antiqiy urg‘u  olgan.
Men  Samarqanddan samolyotda keldim  — to ‘ldiruvchi mantiqiy 
urg‘u olgan.
S o 'z urefusi- so‘zdaai b o ‘g‘inlardan biriga tushadi. O 'zbek tilida 
asosan so‘z urg‘usi  oxirgi b o ‘g‘inda bo'ladi:  qalam  — qalamdon  — 
qalamdonda.
Quyidagi hollarda urg‘u so‘z oxiriga tushmaydi:
1.—m a - fe’lning bo'lishsiz shakli q o ‘shimchasi:  borma, qarama. 
Lekin  -  m a so‘z  yasovchi  q o ‘shim chasi  urg‘u  oladi:  olma  (fe’l), 
olma (ot):  yig'm a (fe’U, yig'm a (sifat).
2 .—man,  -san,  -miz,  -siz  -  fe’lning  shaxs-son  q o ‘shim chalari 
urg‘u  olm aydi:  b o ram an ,  borm aym an.  Lekin  —siz so‘z  yasovchi 
q o ‘shim chasi  urg‘u  oladi  (asosdan  anglashilgan  narsaga  ega 
bo'lm aganlik m a ’nosida):  mevasiz,  odobsiz, gulsiz.
Ъ.- c h a ,  -day,  -dek  -  ravish  yasovchi  qo'shim chalari  u rg ‘u 
olm aydi:  qishloqcha,  m uzday,  birdek.  Lekin  ~ c h a   -  o tlard a
7

kichraytirish,  erkalash  q o ‘shim chasi  urg‘u oladi:  qishloqcha  (ot), 
qishloqcha (ravish).
4 .Q o ‘shim cha  —  yuklam alar  u rg‘u  olm aydi:  bugunoq,  senmi, 
sen-chi.  J u m la d a n ,  —k u ,  -d a ,  -gina,  -oq,  —yoq,  -m i,  -ch i 
yuklam alari  u rg ‘u  olm aydi.  Lekin  —gina  otlardagi  erkalatish 
q o ‘shim chasi  u rg ‘u  oladi:  F aq at  shu  qizgina  keldi.(yuklam a) 
Qizginam,  quvonchim mening.  (ot).
5.Sonlardagi  m a ’no  turlarin i  yasovchi  q o ‘shim chalar  u rg‘u 
olm aydi:  beshta,  ikko v ,  ikkovlon,  o‘ninchi,  beshtacha,  to'rttadan, 
oltita.
6.A yrim  o lm oshlarda u rg ‘u  oxiriga tushm aydi:  ham m a,  jam i, 
yalpi,  ban,  allakim ,  ba ’zi.
7.A yrim   ravishlarda  urg‘u  oxiriga  tushm aydi:  hamisha,  aslo, 
tezda,  qahramonlarcha,  asosan,  taxm inan,  vijdonan.
8.Ayrim bog‘lovchilarda:  ammo,  chunki, toki, zero,  lekin, garchi.
9 .II-III-sh a x s buyruq -  istak mayli fe’llarida ham  urg‘u oxiriga
tushm aydi:  olqi,  qara,  kelsin,  o ‘qisin.
S o‘z u rg ‘usining ikki xil vazifasi bor:
l .S o ‘zdagi  b o ‘g ‘in la rd a n   biriga  tu sh a d i, 
u rg ‘u li  b o ‘g ‘in 
boshqalariga nisbatan kuchliroq, ch o'ziq ro q  talaffuz qilinadi.
2.Shakldosh so'zlarda m a ’no farqlash vazifasini bajaradi, bunda 
shakldosh (om onim )  so'zlarda urg‘u yordam ida m a ’no farqlanadi: 
H o 'zir keldi (payt m a ’nosida qach o n  keldi?)  H ozir bo ‘Idi (tayyor, 
shay  m a ’n o sid a),  b og‘la r  (o t) 
bo'g lar  (fe’l),  ku n d a   kelm oq 
('ravish),  kunda  toblanmoq  (ot).
ORFOEPIYA
Adabiy  tilning  og ‘zaki  shaklini,  adabiy  talaffuz  m e ’yorlarini 
o ‘rganuvchi bo‘limdir. Orfoepiyada so‘zlar, ular tarkibidagi tovushlar, 
so 'zn in g   asos va q o ‘sh im chalarin i to ‘g‘ri talaffuz  qilish  qoidalari 
o ‘rganiladi. Tilshunoslikning bu b o ‘lim i ayrim  unlilar orfoepiyasi, 
a y rim   u n d o s h la r   o rf o e p iy a s i,  a y rim   g ra m m a tik   fo r m a la r 
(qo'shim chalar)  orfoepiyasi qism lariga bo/linadi.
U nd o sh   tovushlar orfoepiyasi k o ‘pro q  yon tovushlar t a ’sirida 
yuz beradigan fonetik hodisalarga bog‘liq b o ‘ladi. Ayrim undoshlar 
talaffuzida  adabiy til m e’yorlariga m os ravishda tovush moslashishi 
kuzatiladi.
• 
keyingi tovush oldingi tovushni o ‘ziga m oslashtiradi:  shanba 
=   shamba,  t o ‘n ka  =   to ‘ngka,  yigitcha  =   yigichcha,  ijtimoiy  =

ishtimoiy kabi. U shbu m isollam ing uchtasida hosil b o lish  o'rniga 
ko‘ra  m oslashuv,  bittasida  esa  ovoz  va  shovqin  ishtirokiga  k o ‘ra 
m oslashuv  yuz  bergan.
• oldingi tovush keyingi tovushni o ‘ziga moslashtiradi:  ketdi = 
ketti,  ishga  =  ishka.
 b a’zan so‘z oxirida jarangli tovushlar jarangsiz tovush tarzida 
talaffuz  qilinadi  (b,  d,  g,  v  kabi  tovushlar):  barg  =   bark,  girdob 
=  girdop,  obod  =   obot.
• b a ’zan  bir  tovush  boshqa  n o o ‘xshash  tovushga  almashadi: 
zarur  =  zaril,  koridor  =   kalidor.
 b a’zan talaffuzda tovushlar o ‘m i almashadi:  tuproq =  turpoq, 
yom g‘ir  =  y o g ‘mir.
GRAFIKA
Yozuv  va  yozuv  vositalarini,  tovush  va  h a rf m unosabatlarini 
o ‘rganuvchi b o ‘limdir. Tovush fonetikada, harfgrafikada o ‘rganiladi, 
Tovushlar talaffuz  qilinadi,  harflar yozuv vositasi  sanaladi.  H a rf 
tovushning yozuvdagi  ifodasidir.  Lekin h a r doim  h am  tovush va 
harf bir-biriga muvofiq kelavermaydi.  Masalan:  tingla, ong, singmoq, 
achchiq,  shu ’la kabi so ‘zlarda tovush va harflar soni bir xil emas. 
Yozuv vositalariga  harflar va tinish  belgilari  kiradi.  H arflam ing 
m a’lum  tartibdagi tizim i alifbo (alfavit)  deyiladi.
Yangi 
0
‘zbek-yozuvi alifbosida 29ta harf bor:
• ^ B b   D d E e > f  G g ^ h l i > j   Kk U   M m   N n  O o P p  Qq  R r Ss 
Tt(UU  Vv Xx  Yy  Z z Ь У   G ’g ’  Sh  sh  Ch  ch  Ng  ng
O'ZBEK  YOZUVI  XARIXI
Eng  qacfimgi  yozuvlaf  sifatida  so‘e‘d.  orom iv.  runiv  (runik) 
yozuvlari  sanaladi.  Eng  k o ‘p  iste’m olda  uzoq  m uddat  b o ‘lgan 
yozuv  arab  yozuvidir.  Arab  yozuvi  bilan  birga  eng  k o ‘p  davom 
etgan turkiy xalqlar yozuvi sifatida uyg‘u r yozuvi ko‘rsatOadi.  1929- 
yilgacha arab yozuvi iste’m olda b o ig a n .  1929-1940 villarda lotin 
yozuvi,  1940 yil 8-m ay qarori bilan rus alifbosi negtztdagi o ‘zbek 
yozuviga  (kirillisa)ga o ‘tilgan.  U  o ‘z ichiga 33  ta h a rfv a  2ta belgi 
(ayirish va yum shatish)ni olgan.  0 ‘zbek tilining  xos tovushlarini 
ifodalovchi tovushlari sifatida 0 ‘,  Q,  G ‘,  H harflari kiritilgan.
1993- yil 2-sentabr qarori bilan lotin yozuviga asoslangan yangi 
o ‘zbek yozuviga  o ‘tildi.  Yangi o ‘zbek yozuvining im lo qoidalari 
1995- yil 24- avgustda tasdiqlangan.
9

ORFOGRAFIYA
Bu  b o ’lim   adabiy  tiln in g   yo zm a  shaklini,  t o ‘g ‘ri  yozuv 
qoidalarini  (im lo  qoidalarini)  o ‘rganadi.  Im lo  qodalari quyidagi 
tamoyillarga  asoslanadi:
Fonetik vozuv-  bu  yozuv qoidasiga k o 'ra so ‘z  o ‘zak-negizida 
birorta fonetik hodisa kuzatiladi. Fonetik hodisalaiga asosga qo‘shimcha 
q o ‘shilishi bilan yuz beradigan  tovush tushishi, tovush almashishi, 
tovush  orttirilishi hodisalari  kiradi.
Tovush tushishi - bunga ko‘ra asosga qo‘shimcha qo‘shilishi natijasida 
asosda unli yoki undosh tovush tushib qoladi.  Masalan:
• past, sust asoslariga —ay fe’l yasovchi qo‘shim chasi qo‘shilsa 
tovush tushadi:  pasay, susay.
• ikki,  olti,  yetti  kabi  sonlarga  jam lovchi  son  q o ‘shim chasi 
q o ‘shilsa (-ov,  -ala,  -ovlon)  asosdagi  / unlisi tushib qoladi:  ikkov, 
yettalasi,  oltovlon.
• men,  sen  kabi olm oshlarga qaratqich va tushu m   kelishiklari 
q o ‘shim chasi  (—ni,-ning)   q o ‘shilsa bitta  n  tovushi tushib qoladi: 
meni,  seni,  mening,  sening.
• bag‘ir,  k o ‘ngil,  shahar  kabi  so'zlarga  egalik  q o ‘shim chasi 
q o ‘shilsa  ikkinchi  b o ‘g‘indagi  a,  i,  u  kabi  unlilar  tushib  qoladi: 
shahri,  ko'ngli,  bag'rim,  b u m i kabi.
Tovush orttirilishi - bunda asosga q o ‘shim cha q o ‘shilishi bilan 
asos tarkibida undosh tovushlar orttiriladi:
• a chi,  isi, sasi so'zlariga —q so‘z yasovchi qo‘shimchasi qo‘shilsa 
tovush  orttiriladi:  achchiq,  issiq,  sassiq.
• u, bu, shu ko'rsatish olmoshlariga jo ‘nalish, o ‘rin-payt, chiqish 
kelishiklari  ( - g a ,  -da,  -dan )  ham da  —day,  -cha  qo'shim chalari 
qo‘shilsa —n tovushi orttiriladi:  unga, bunga, shunga, unda, bundan, 
shundan, shuncha,  bunday.
Tovush  alm ashishi  (o 'zsa rish i)-  b unda  asosga  q o ‘shim cha 
qo'shilganda bir tovush boshqa tovushga almashadi:
• b o ‘ya,  tara,  sana,  sayla,  tanla  kabi  asoslarga  —q  yoki  — v 
qo'shimchalari qo'shilsa, asosdagi -a tovushi  -o tovushiga almashadi: 
b o ‘yoq,  sanoq,  taroq,  saylov,  tanlov.
• yosh,  son,  ot  kabi  so'zlarga  ~a  qo'shim chasi  qo'shilsa: 
son+a  —  sana,  ot+a  =   ata.
•  -ga,  -gani,  -guncha  kabi  — g  tovushi  bilan  boshlanuvchi 
q o 'sh im ch ala r  oxiri  —k,  q  tovushlari  bilan  tugagan  so'zlarga 
qo'shilsa,  asos  yoki  q o 'sh im ch a  tarkibida  tovush  alm ashadi: 
ekkuncha,  terakka,chiqqani,  buloqqa,  oqquncha.
10

• oxiri  —k ,-q   tovushlari  bilan  tugaydigan  so ‘zlarga  egalik 
q o ‘shimchasi q o ‘shilganda asos tarkibidagi jarangsiz tovush jarangli 
tovushga almashadi:  buloq+i-bulog‘i, yurak+i-yuragi,  tilak+i-tilagi, 
bilak+i-bilagi.  Lekin  idrok,  huquq,  mashq,  park,  kabi  so'zlarga 
egalik  qo'shim chasi  qo'shilsa  tovush  alm ashishi  yuz  berm aydi: 
idroki,  mashqi, huquqi, parki kabi.
2.  Morfologik  vozav  -  so 'z  asosi va  q o 'sh im chalarini  aynan 
yozish dem akdir.  B unga k o 'ra so'z va uning qism lari talaffuzidan 
qat’i nazar asliga ko'ra yoziladi, ya’ni asosga qo'shim cha qo'shilishi 
bilan so'z tarkibida tovush o'zgarishi kuzatilmaydi. So'z va qo'shimcha 
aslan qanday bo'lsa, shunday yoziladi.  M asalan:
• fe’lning  zam o n  va shaxs  qo'shim chasi  qanday  eshitilishi va 
talaffuz qilinishidan q at’i nazar, doim  —di shaklida yoziladi:  ket+di 
=   ketdi, borib +di  =  boribdi.
•  -dan,  -da  q o 'sh im ch ala ri  talaffuzidan  q a t’i  n az ar  doim  
o'zgarishsiz  yoziladi:  ish+da  =   ishda,  baland+dan  =   balandda 
kabi.
•  -iston  (s o ‘z yasovchi),  -inchi(tartib  son),  —ib(ravishdosh),  - 
in,  -il  ( f e ’l  nisbatlari)  qo'shim chalari  asos  qism ida  —u  tovushi 
bo'lgan so'zlarga qo'shilganda u tovushiga moyil aytilsa ham  asliga 
k o 'ra   yoziladi:  kul+ ib  =  kulib,  tu g ‘+il  =  tug'ildi,  uch+inchi  = 
uchinchi,  kul+ish  =  kulish,  gul+iston  =  guliston
• qo'shm a va juft so'zlar ham  morfologik yozuv qoidasi bo'yicha 
yoziladi:  qip-qizil,  h a rva q t,  baxt-saodat,  atirgul kabi.
3.  Shakliv vozuv tam oyiliga k o 'ra boshqa tillardan  o'zlashgan 
so 'z la r  o 'sh a   tildagi  shaklini  saqlagan  holda  yoziladi:  tramvay, 
institut,  teatr,  drama,  kongress.O 'zbekch a so 'zlam in g boshida va 
oxirida  ikki  u n d o sh   yo n m a-y o n   kelm aydi,  ular  orasida  qisqa  / 
unlisi yoziladi:  qizil,  bilan,  sir,  shimol.  A m m o  o'zlashgan  so 'zlar 
tarkibida ikki undosh yonm a-yon keladi va shakliy yozuv qoidasiga 
m uvofiq yoziladi:  stol,  klub, prokuror, fik r,  zikr.
Yangi o'zbek yozuvining imlo qoidalari O'zbekiston Respublikasi 
Vazirlar M ahkam asining 339-sonli qarori bilan tasdiqlangan.  Im lo 
qoidalari 7 b o 'lim d an  iborat:
1.H arflar  imlosi.  U  ikki  qism dan  iborat:  unlilar  im losi  va 
u ndoshlar  imlosi.
2.Asos va q o 'sh im ch alar imlosi.
3.Q o‘shib  yozish.
4.C hiziqcha bilan yozish.
11

5.Ajratib yozish.
6 .Bosh  harflar  imlosi.
7.Ko‘chirish qoidalari. 
1

Download 24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling