Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti


Download 471.98 Kb.

bet1/4
Sana11.03.2018
Hajmi471.98 Kb.
  1   2   3   4

 



O’ZBEKISTON  RESPUBLIKASI  



OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI 

 

NIZOMIY NOMIDAGI  

TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI 

 

Royhatga olindi                                                                         “TASDIQLAYMAN” 

 № _____________                                                   O‘quv ishlari bo‘yicha rorektor   

“___”_______2014-y                                                         ________     D.U.Ergashev  

                                                                                    “____” _______2014-y 

 

 

 



 

                                                                   

 

O’ZBEKISTON XALQLARI MADANIYATI TARIXI 

fanining ishchi o‘quv dasturi 

 

 



 

 

 

 

 

Bilim sohasi:                          100000 – Ta’lim 

Ta’lim sohasi:                          140000 –O’qituvchilar tayyorlash va pedagogika fani 

Ta’lim yo’nalishi:                       5110600 –Tarix o’qitish metodikasi 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

TOSHKENT – 2014  

 

 

 


 

Fanning  ishchi  o‘quv  dasturi  o‘quv,  ishchi  o‘quv  reja  va  o‘quv  dasturiga 



muvofiq ishlab chiqildi.  

 

 

Tuzuvchi:       R.Mulladjanova, pedagogika fanlari nomzodi,  

                                   dotsent, Nizomiy nomidagi TDPU  “Tarix”  kafedrasi 



  

 

Taqrizchilar:  

 

S.Tillaboev –    tarix fanlari nomzodi, O’zbekiston Respublikasi    

                        Fanlar Akademiyasi Tarix instituti ilmiy xodimi  

M.Esonov –      tarix fanlari nomzodi, Nizomiy nomidagi TDPU  

                        “Tarix” kafedrasi 

 

       



Fanning  ishchi  o‘quv  dasturi  “Tarix”  kafedrasining  2014  yil  4  iyundagi  10-sonli 

yig’ilishida  muhokamadan  o‘tgan  va  fakultet  kengashida  muhokama  qilish  uchun 

tavsiya etilgan. 

 

Kafedra mudiri ____________dots. Z.A.Ilhomov 

 

 

Fanning  ishchi  o‘quv  dasturi  “Tarix”  fakul’teti  kengashida  muhokama  etilgan va 



foydalanishga tavsiya qilingan (2014 yil 25 iyundagi 10-sonli bayonnoma). 

 

Fakultet kengashi raisi ____________V.T.Ishquvvatov 



 

Kelishildi: O‘quv uslubiy boshqarma boshlig’i 

__________________F. Piroxunova 

 

Fanning  ishchi  o`quv  dasturi  Nizomiy  nomidagi  Toshkent  davlat  pedagogika 

universiteti kengashida ko‘rib chiqilgan va tasdiqlangan. 

 

2014-yil “__” _______ dagi __ -sonli majlis bayoni. 



 

 

 

 

 

 

 



I. KIRISH 

 

“O’zbekiston    xalqlari    madaniyati    tarixi”  fani    5110600-  Tarix  o’qitish 



metodikasi    ta’lim  yo’nalishi  talabalari  uchun  madaniyat  tarixi  masalalari  va  uning 

taraqqiyot  bosqichlarining      eng    qadimgi  davrlaridan  boshlab  bugungi  kungacha 

bo’lgan jarayonlarini yoritib berishga mo’ljallangan.  

«O’zbekiston  xalqlari  madaniyati  tarixi”  fanining ta’limdagi o’rni talabalarning 

o’zbekiston xalqlari  madaniyati tarixining turli davrlariga oid o’zlashtirilgan bilim va 

malakalariga  asoslangan  holda  madaniyatshunoslik    va  uning  kelib  chiqishi, 

vazifalari  va  funksiyalari,  madaniyatshunoslik    asoslari  va  uning  taraqqiyot 

jarayonlari,  madaniyat  tarixi  bosqichlari  va  ularning  xususiyatlari      va    ularning 

asosiy  jihatlari  haqida  tushuncha  hosil  qilish  hamda  yetarli  ma’lumotga  ega  bo’lish  

bilan belgilanadi.  

O’zbek  xalqining qadimiy  madaniyati  tarixi  Vatan  tarixini  о‘rganishda     o’rni 

beqiyos. O’zbekiston Respublikasi prezidenti I.A.Karimovning nutqlari va asarlarida 

madaniy  qadriyatlar  haqidagi  ilmiy-nazariy  g‘oyalari,  ayniqsa  uning  din  bilan 

dunyoviylik  о‘rtasida  mо‘tadil  munosabat  bо‘lishi  haqidagi  kо‘rsatmasi    masalalari, 

qonunchilik  xamda  vatanimiz  tarixini  o’rganishga  oid  nazariy  xulosalar      va 

ko’rsatmalari   ushbu   fanning metodologik asosini tashkil etadi.  



I.1.  Fanning  maqsadi:  Shundan  kelib  chiqib,  O’zbek    xalqlari    madaniyati  

tarixini  xolisona,  xaqqoniy,  tarixiylik      an’analari  va  tarixiy  dalillar  asosida 

manbalarga      suyangan  holda  chiqarilgan  ilmiy  xulosalar  asosida  yoritib  berish 

mazkur fanning asosiy maqsadi etib belgilangan.  



Fanning  vazifasi:  Tarixan  Vatanimiz  О‘zbekiston  nafaqat  Markaziy  Osiyoda 

balki,  butun  Yer  yuzidagi  qadimdan  taraqqiy  etgan  madaniyat  va  sivilizatsiya 

makonlaridan  biridir.  Bu  yerda  millatimiz  va  xalqimizning  yaratuvchanlik  mehnati,  aql-

zakovati  va  tafakkurining  mahsuli  bо‘lmish  moddiy  va  ma’naviy  madaniyat  tadrijiy 

ravishda rivoj topib kelmokda. Albatta bu rivojlanish tarix taqozosiga kо‘ra ma’lum bir 

davrlarda yuksak darajaga kо‘tarilib, dunyo madaniyatiga о‘z ta’sirini о‘tkazgan bо‘lsa, 

bu boshqa bir davrlarda boshqa mamalakatlar bosqini, о‘zaro nizo va urushlar sababli, 

dunyo taraqqiyotidan orqada qoldi. Ammo shunga qaramay, ajdodlarimiz yaratib ketgan 

moddiy va ma’naviy madaniy boylik hamda qadriyatlar hozir ham jahonni lol qoldirgan. 

Bu  jarayonda  ayniqsa,  janubiy  O’zbekiston,  Xorazm,  Toshkent  va  Farg’onaning 

qadimgi  aholisi katta  o’rin  tutgan.  Bu  jarayon  aynan  shu  aholi  tomonidan  yuqorida 

aytib o’tilgan hududlarda  O’zbekiston  xalqlari       madaniyat   tarixi tamal toshini 

qoyganligidan   dalolat beradi. Mazkur masalalarning tugal ilmiy yechimini aniqlash 

ham o’zbek  xalqlari  madaniyati  tarixi fanining muhim masalalaridan biri sanaladi. 

Ma’lumki, fanda tan olinganidek    insoniyat tarixida, eradan oldin va keyin jami 

beshta tammaddun (sivilizatsiya, ya’ni eng yirik beshta uyg‘onish - renessans davrlari 

bо‘lib  о‘tgan  uchtasi  bevosita  bizning  Vatanimiz  tarixida  tо‘la  qaror  topib,  jahon 

madaniyati tarqqiyotiga katta hissa qо‘shgani ma’lum. Bunday manbalarning o’rganilishi 

o’zbek  xalqi  madaniyati tarixi fanining muhim masalalaridan biridir. 

O’zbekiston  xalqlari      madaniyat   tarixi fanining yana bir muhim vazifasi  

1X-XP  asrlarda  yuz  bergan  ilk  madaniy  uyg‘onish  ya’ni  islom  renessansi  bо‘lib, 

Yevropada X1U-XU1 asrlarda paydo bо‘lgan dastlabki uyg‘onishga turtki bо‘lib, uning 



 

xozirgi global taraqqiyoti uchun asosiy zamin bо‘lgani ham tarixiy haqiqatdir. Darhaqiqat, 



buyuk о‘tmishimizdagi buyuk uch Uyg‘onish -renesansslar davri bevosita Islom dini 

va  islomiy  ma’naviyat  bilan  bog‘liq  bо‘lishida  madaniyat  xal  etuvchi  omil 

bo’lganligini ko’rsatib berishdan iborat.  

 

I.2.  Fanni o’zlashtirishga qoyiladigan talablar. 

  

 

«O’zbekiston  xalqlari  madaniyati  tarixi”  fani  tarixchi talabalarni tayyorlash 



tizimida muhim o’rinni egallaydi.  

 

Kursning  asosiy  vazifalariga  «O’zbekiston    xalqlari    madaniyati    tarixi”    



fanining barcha bo’limlarini mazkur fan bilan bog’liq bo’lgan fanlardagi yangi ilmiy 

bilimlar xisobga olingan holda umumiy va maxsus bilimlarni egallash kiradi. 

«O’zbekiston    xalqlari    madaniyati    tarixi”    fanini      o’zlashtirish  jarayonida 

amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr: 

-»O’zbekiston  xalqlari  madaniyati  tarixi”  fanidan olingan nazariy bilimlarni 

amaliy qo’llay olishlari; 

-tarixiy taxlil ma’lumotlarni jamlash va tasniflash, ularni davrlashtirish, qiyosiy 

va ilmiy tahliliy taqqoslash, solishtirish olingan xulosalarni  ilmiy ravishda bayon eta 

olish,  tarixni  o’rganishga  tarixiylik  va  ob’ektivlik  hamda  ilmiylik  nuqtai  nazaridan 

yondashib  milliy  istiqlol  mafkurasi  tamoyillarini  chuqur  anglagan  xolda  xulosalash 

ko’nikma va malakasiga ega bo’lish kerak. 

 

I.3.  Fanining boshqa fanlar bilan bog’liqligi  



 

«O’zbekiston  xalqlari  madaniyati  tarixi”  fani   tarix fanining tarkibiy qismi 

bo’lib,  talabalar  bu  fanni  o’qish  va  o’zlashtirish  jarayonida  “O’zbekiston  tarixi”, 

Jahon  tarixining  barcha  davrlari,  “Tarixshunoslik”,  “Etnologiya”,  “Yordamchi  tarix 

fanlari”, “Arxeologiya”, “Tarixiy o’lkashunoslik va turizm”, “Muzeyshunoslik” kabi 

fanlardan olgan bilimlariga suyanishlari ko’zda tutilgan 

 

I.4. Fanning hajmi. 

                         

№ 

Mashg’ulot turi 



Ajratilgan soat 

Semestr 


Nazariy (ma’ruza)   

36 



 





Seminar  

36 




Mustaqil ta`lim 

46 


Kurs ishi 

 

Jami 



118 

 

 

 



II. ASOSIY QISM 



 

II.1. Nazariy  mashg’ulotlar mavzulari va ularga ajratilgan soat 

 

№ 

Ma’ruza 

mashg’ulotl

ar mavzusi 

Mashg’ulotlar   maqsadi 

Ajra

tilga



soat 

 

Kirish 



 

«О‘zbekiston  madaniyati  tarixi»  maxsus  о‘quv  kursi.  Uning  hozir  oliy 

о‘quv  yurtlarida  raqobatbardoshli,  yuqori  malakali  tarixchi-pedagoglarni 

tayyorlashda tarixan zaruriyatga aylanganligi. Rossiya mustamalkachiligi davrida 

Uzbekiston  madaniyatiga  bо‘lgan  munosabat,  uning  maqsadi      va    mohiyati.

 

Milliy    istiqlol tufayli  tarixiiy madaniy qadriyatlarni    tiklansh 



imkoniyatining  paydo  bо‘lishi,  rivojlantirish  utmish  madaniyati  tarixiga  bо‘lgan 

talab  va  extiyojning  yuksalishi.  I.A.Karimovning  milliy  madaniy-ma’naviy 

tiklanish  konsepsiyasi  va  uning-  Vatan  madaniyati  tarixini  о‘rganishda  tutgan 

о‘rni.  Shuningdek,  I.A.Karimov  tomonidan  tarix  va  о‘tmish  madaniyati  milliy 

о‘zlikni anglash, milliy g‘oya va mafkura takomil topishining asosi degan nazariy 

tamoyilni  olg‘a  surilishi.  «Tarix  -  xalq  ma’naviyatining asosi», «Tarixiy xotirasiz 

kelajak yо‘q» ekanligi. 

«О‘zbekiston madaniyati tarixi»ning umumiy mazmuni, xarakteri, yо‘nalishi va 

rivojlanishi  bosqichlarini  davrlashtirish  tamoyillari.  Kursni  о‘rganish  obyekti 

va predmeti, vazifasi. 



“О‘zbekiston  



madaniyati  

tarixi”kursinin

g metodologik 

ilmiy-nazariy 

asoslari, 

tamoyil 


va 

usullari 

 

Umuman  fan,  shuningdek,  tarix  fanida  va  madaniyat  tarixini 



о‘rganishda 

metodologiyaning 

ahamiyati 

hamda 


tutgan 

о‘rni. 


Metodologiyaning  xozirgi  zamon  tarix  fani  uchun  zaruriyat  ekanligi.  Xozirgi 

kundagi  metodologik  muammo  va  masalalar.  I.A.Karimovning  «yangi  tarix» 

ta’limoti  va  tarix  fani  metodologiyasiga  oid  ilmiy-nazariy  dunyoqarashlari. 

Uning  hozirgi  о‘tish  davriga  oid  besh  tamoyili  -  tarix  fanining  metodologik 

tamoyili  bо‘lishi  masalasi.  Vatan  tarixi  faninint:  asosiy  metodologik  ilmiy-

nazariy  asoslari,  tamoyil  va  usullari  ishlab  chiqilishi  hozirda  о‘ta  dolzarb 

masala bо‘lib turganligi. Tarix fani uchun hozir yagona metodologik ilmiy-

nazariy  asos,  tamoyil  va  usullar  bо‘lishi  mumkin  bо‘lgan  asosiy  omil  hamda 

dunyoqarashlar tizimi. 



Madaniyat 

nazariyasi    va 

tushunchasi 

 

Madaniyat  tushunchasi  va  uning  paydo  bо‘lishi.  Nemis  mutafakkiri 



Iogann Gotfrid Gerder (1744 - 1803) ning insoniyat tarixini madaniyat tarixi 

sifatida  bayon  etishi  («Idei  k  filosofii  istorii  chelovechestva»).  Ingliz  faylasufi 

Mark  Blokning  «Apologiya  istorii  chelovechestva  ili  remeslo  istorika» 

asarida  «Tarix  fanmi  yo  san’at?»  degan  g‘oyaning  olg‘a  surilishi.  Hozirgi 

madaniyatshunoslik  fanida  madaniyat  nazariyasi  va  tushunchasi  bir 

tomonlama  tarif-tavsuf  etishi.  Ilohiy  madaniyat  e’tiboridan  chetda  qolganligi. 

Madaniyatning ijtimoiy vazifasi. Madaniyat va tamaddun (sivilizatsiya). Sharq va 

G‘arb madaniyati tushunchasi.  



«О‘zbekiston    



madaniyati    

tarixi»ga    

oid        manba    

va  biblografik 

kо‘rsatgichlar. 

 

Birlamchi  va  ikkilamchi  ilmiy  manbalar,  ularning  turlari:  1) 



Arxeologik  qazilma  topilmalari,  eradan  oldingi  antik  va  eradan  keyingi 

davrlardagi  toshlardagi  bitik  va  yozuvning  turlari.  Moddiy  va  ma’naviy 

madaniyat  yodgorliklari,  madaniy jarayonga  oid  xujjatlarning  asl  nushalari,  arxiv 

xujjatlari va boshqalar. 2) Madaniyat va madaniy taraqqiyotga oid qо‘lyozma, 

toshbosma, litografiya va xozirgi zamon texnikasida chop etilgan asar (kitob) 

lar,  shuningdek,  madaniyat  tarixiga  doir  zamonaviy  bibliografik 

kо‘rsatkichlar,  internetdagi  ma’lumotlar.Madaniyat  tarixiga  boshqa  mustaqil 

quyidagi fanlar va ularga oid chop etilgan asar hamda darsliklar ham manba 

bо‘lib xizmat qilishi: Arxeologiya, etnografiya, falsafa, tarix (Vatan tarixi), 

din,  san’at,  adabiyot  va  til,  texnika  va  boshqa  soha  (kitob,  kutubxona,  teatr, 



 

numizmatika) tarixlari, hamda istiqlol yillarida shakllangan madaniyatshunoslik, 



ma’naviyatshunoslik, ahloqshunoslik fanlari. 

«О‘zbekiston    



xalqlarining  

Qadimgi  va  

Ilk  О‘rta  

asrlar  davri 

madaniyati  

tarixi. 


(Miloddan  

avvalgi. VI  

asrdan -  

milodiy  IV 

asrgacha).    

 

О‘zbekiston  tarixining  qadimgi  davri  miloddan  avvalgi VI  asrdan -  



milodiy    IV  asrgacha    davom    etganligi.    Bu    davrida    О‘zbekistonning  

madaniyat    tarixi    rivojiga    axamoniylar,  yunon-makedonlar,  kushonlar  

madaniyati  sezilarli  ta’sir  kо‘rsatganligi.  О‘zbekistonning  madaniyat  tarixi  

davri  ikki bosqichga  bо‘linganligi.  1-bosqich:  miloddan  avvalgi VI  -   IV 

asrgacha,    2-bosqich:  miloddan    avvalgi  IV    asrdan    milodiy    IV    asrgacha. 

Arxeologik  madaniy  yodgorliklar: Qovunchi  madaniyati.  Tuproqqal’a:  ushbu  

yodgorlikdagi devoriy   rasm  va  haykaltaroshlik  na’munalari.  Qadimgi  davr  

me’moriy  obidalarida  tasviriy  san’at:  Dalvarzintepa, Fayoztepa,  Qoratepa, 

Tuproqqal’a    va    Yerqо‘rg‘on    devoriy      rasmlari.    Tohariston    va  Xorazm   

madaniyatiga xos haykaltaroshlikning  asl  na’munalari. Ayritom  ibodatxonasi: 

budda    diniga    oid    ohaktoshlardan    yasalgan  haykallarning    topilishi, 

haykallarda  soz  chalayotgan  ayollar tasviri. 



«О‘zbekiston    



madaniyati    

tarixi»ga    

oid   о‘rta  

asrlar  davri 

madaniyati. 

(Milodiy  V – 

IX  asrgacha)

 

«О‘zbekiston        madaniyati        tarixi»da        ilk    о‘rta    asrlar    davri 



madaniyatining  1-bosqichi  milodiy    V  –  IX    asrgacha    davom    etganligi. 

Bolaliktepa,    Varaxsha,  Afrosiyob,    Panjikent    devoriy    suratlari.  Ilk    о‘rta  

asrlardagi  tarixiy  voqealar,  ajdodlarimizning urf-odatlari, axloq normalari va  

о‘sha  davr  madaniy  hayoti  aks  etishi.  Varaxsha  devoriy suratlari ( VII-VIII  

asrlar). Samarqand, Panjmkent  rasmlari ilk  va  о‘rta  asrlarda  О‘rta  Osiyoda  

tasviriy  san’at  yuqori  darajada rivojlanganligi. 



О‘rta 



Osiyodagi  ilk 

madaniy 


islom  

uyg‘onishi – 

Islom 

renesansi 



davrida  

madaniyat 

ravnaqi (IX-

XII  asrlar) 

 «Uyg‘onish  -  Renesans»  tushunchalari  va  uning  ilmiy-amaliy  iste’molga 

kiritilishi. Har bir mintaqa va mamlakatlarda tarixiy taraqqiyotning ma’lum 

bir  о‘ziga  xos  bosqichi  (davri)  va  tadrijiy  (evolyusion)  rivojlanish 

qonuniyati asosida albatta «Uyg‘onish - Renesans» davrlari paydo bо‘lishi. 

Vatanimiz  (Mavoraunnaxr,  Turon  zamin,  Turkiston)  tarixida  butun 

insoniyat  (kishilik)  tarixida  yuz  bergan  besh  uyg‘onish  davrining  uchtasi 

voqe  bо‘lganligi.  Islomiy  madaniyat  bilan  ungacha  shakllangan 

otashparastlik  va  buddaviylik  madaniyati  о‘rtasidagi  qarama-qarshiliklar. 

Xalifalik  tasarrufida  bо‘lgan  Mavoraunnahrda  Islom  madaniyatining  qaror 

topib rivojlanishi. Markazlashgan somoniylar (875 -999), G‘aznaviylar (962 

-  1187),  Qorahoniylar  (927  -  1212),  Xorazmshohlar  davlatlari  shakllanishi 

va  ularning  madaniy  markazlarga  aylanishi.О‘rta  Osiyoda  diniy  va 

dunyoviy  ilm-fan  hamda  ma’rifatning  rivoj  topishi.  Arab  xalifali  davrida 

islom  madaniyati  bilan  mahalliy  madaniyatuyg‘unlashuvi  asosida  yangi 

ilg‘or va о‘ziga xos islom madaniyatining shakllanib, ravnaq topishi. Arab 

yozuvi,  arab  fani,  arab  falsafasi,  turkiy  va  forsiy,  forsiy-arab  adabiyoti  va 

arab  xalifaligi  -  davlatchiligi  bilan  bog‘liq  umum  islomiy  moddiy  va 

ma’naviy madaniyat yuksalib, Islom renesansi davrining paydo bо‘lishi  va 

rivojlanishi  Dunyoviy, diniy, ijtimoiy va tabiiy ilm-fanlar yuksak darajada 

rivojlanishi ya’ni hozirgi zamon dunyo ijtimoiy va tabiiy fanlarining asosida 

yaratilganligi.  Bog‘doddagi  «Donishmandlar  uyi»  -  Bog‘dod  akademiyasi 

(IX  asr).  Xorazm  Ma’mun  akademiyasi  va  unga  uyushgan  buyuk  mumtoz 

olimlar:  Al-Xorazmiy,  Farobiy,  Ahmad  Farg‘oniy,  Abu  Rayhon  Beruniy, 

Ibn Sino, Rudakiy, Firdavsiy, Mahmud Qoshg‘ariy, Yusuf Ismoil Buxoriy, 

Iso  Termiziy,  Ahmad  Yassaviy,  Najmiddin  Kubro  va  boshqalarning  jahon 

ilm-fani  hamda  ma’naviyati  tarqqiyotiga  qо‘shgan  hissalari.  Me’morchilik 

va  tasviriy  san’at  rivojlanishi.  Madrasa,  masjid,  maqbara,  xonaqohlar, 

karvonsaroy,  rabotlar  qurilishi.  1X-XP  asrlardagi  me’moriy  yodgorliklar. 

Buxorodagi  sosoniylar  maqbarasi,  Karmana  shahri  yaqinidagi  Roboti 

Malik,  Termizdagi  Xakim  at-Termiziy,  Sulton  Saodat,  Samarqanddagi 

Shohi  Zinda  ansambli.  Amaliy  san’at,  kulolchilik  va  boshqalarning 

rivojlanishi.  Islom  dini  va  sufiylik  madaniyati.  Islom  uyg‘onishi-

renesansining  g‘arbga  ta’siri  va  uning  olamshumul  ahamiyati.  gullar 



 

bosqinchiligi va birinchi Islom renesansining zavol topishi.  



Mо‘g‘ullar 

istilosi 

davrida  

madaniyatnin

g topatalishi  

va  asta  sekin  

jonlanishi 

XSH asr - 

XIV asrning 

birinchi 

yarmi 


Mо‘g‘ul bosqinchilari tomonidan Markaziy Osiyoda ilk madaniy uyg‘onish 

-  Islom  renessansi  davrida  gullab  yashnagan  moddiy  va  ma’naviy 

madaniyatning  toptalishi.  Islom  madaniy  uyg‘onishining  Vatan  tarixida 

vaqtincha barham topishi. Tarixan ijtimoiy-siyosiy  va  madaniy-ma’rifiy hayotda 

turg‘unlik, ya’ni majoziy ma’nodagi «uyqu» davri qaror topishi. 

XIII  asrning  ikkinchi  choraklaridan  boshlab,  Chingizxon  saltanatida  siyosiy 

nizo  va  parchalanish  yuz  berishi.  Chingiziy  xukmdorlar  orasida  о‘troq-

madaniylashish  jarayoni  kuchayishi.  XIV  asrning  birinchi  yarmiga  kelib 

Chig‘atoy  ulusi  mо‘g‘ullarining  mahalliy  islomiy  madaniyat  ta’siriga  berilishi. 

Bosqinchi  mо‘g‘ullarda  qorishish  (assimilyatsiya)ning  tezlashishi.  Mо‘g‘ul 

zodagonlarining  savdo  bilan  mashg‘ul  bо‘lishi.  Kebekxon  va  uning 

ma’muriy  va  moliyaviy  islohotlari.  «Dinor»  va  «Dirxam»  (yirik  va  mayda) 

kumush  tangalarining  zarb  etilishi.  1204  yilda  Chingizxon  tomonidan 

uyg‘ur  alifbosi  mо‘g‘ul  yozuvi  sifatida  qabul  qilingani  va  «Yasoq» 

qonunlarida  xammaga  diniy  erkinlik  berilgani.  Kebekxonning  ukasi  Olovuddin 

Tarmashirin  (1326-1334)  davrida  Islom  dini  Chig‘atoy  ulusining  rasmiy 

davlat dini sifatida qabul qilinishi. Mо‘g‘ullar istilosi davrida toptalgan, tanazzul 

topgan  islomiy-turkiy  madaniyatning  qayta  jonlanishi.  Qurilish-me’morchilik 

madaniyatining asta-sekin yuksalib borishi. Maqbara, masjid, madrasa, saroy 

va minoralar qurilishi. Qurilishda ganchkorlik, g‘isht о‘ymakorligi, me’moriy, 

xattotlik qayta tiklanishi. Buxorodagi Sayfiddin Baharziy, Qusam  ibn  Abbos, 

Xо‘ja  Axmad,  Kо‘xna  Urganchdagi  Najmiddin  Qubro  va  Turabekxon, 

Xо‘janddagi  Duvaxon  maqbaralari.  Buxorodagi  «Ma’sudiya»  va  «Xoniya» 

madrasalari.  XIII  asrning  oxiri  -  XIV  asrning  birinchi  yarmidan 

Movorounnahr  va  Hurosonda  fors-tojik  va  turkiy  adabiyotning  rivoj 

topishi.  Tasavvuf  madaniyati.  Jaloliddin  Rumiy  (1207-1272),  Sa’diy 

Sheroziy (1219-1293), Amir Xusrav Dehlaviy (1253-1325), Pahlavon Mahmud 

(1247-1326), 

Baxovuddin 

Naqshband 

(1318-13 

89). 


Tarixnavislikning     

rivojlanishi.     Abu     Umar     Minhojiddin Juzjoniyning    «Tabaqoti    Nosiriy»    

(Nosiriyga    atalgan    tabaqalar), Shahobiddin an-Nasaviyning «Siyrat as-sulton 

Jaloliddin  Mankburni»  («Sulton  Jaloliddin  Mankburning  hayoti)  nomlik  tarixiy 

asarlar.   



Markaziy    

Osiyodagi    

ikkinchi   

madaniy    

uyg‘onish    

temuriylar 

renesansi 

davrida 


madaniyat 

taraqqiyoti 

(XIV    asrning 

ikkinchi yarmi 

- XV asr) 

 

Buyuk 



Amir 

Temur 


(1336-1405) 

Samarqand 

taxtini 

egallab, 

mustamlakachiligiga  (1370)  barham  berishi.  Madaniy  yuksalishning    otasi 

Temur  saltanati  -  milliy  davlatchilikning  yuqori  darajaga  kо‘tarilishida 

bо‘lganligi.  Mо‘g‘ullar  istilosi  davrida  barham  topgan  Islom  madaniy 

uyg‘onishining  tadrijiy  davomi  sifatida  ikkinchi  Islom  uyg‘onishi  -        

temuriylar  renesansi  davrining  paydo  bо‘lishi.  «Temuriylar  renesansi»     

atamasi  va  tushunchasi,  uning  iste’molga  kiritilishi.Amir  Temur  yangi  madaniy 

uyg‘onish davrining asoschisi.  

«Temur  tuzuklari»va  uning  madaniy  hayotda  tutgan  о‘rni.  Sohibqiron  davrida 

yaratilgan  moddiy  madaniyatning  yuksak  namunasi  me’morchilik  ravnaqi. 

Toshkent yaqinidagi Zangiota maqbarasi. Samarqanddagi Kо‘ksaroy, Bibixonim 

jome  masjidi  (1399-1404)  va  madrasasi,  «Shohizinda»  (Tirik  shoh) 

ansamblidagi  «Qusam  ibn  Abbos»  (Muhammad  sallolohu  alayhivassalamning 

amakisi),  Turkon  oqa  Temurning  opasi,  Shirinbeka  oqa  (Temurning  singlisi), 

Turkistondagi  Ahmad  Yassaviy  maqbarsi,  Shaxrisabzdagi  Oqsaroy  (1385-1400), 

Dor us-siyosat (Shaxshsabz yaqinida). 

Amir  Temur  Samarqand  atrofida  yaratgan  bog‘lar  ularga  dunyoning  yirik 

shahar manzilgohlarining nomlari berilishi: Parij, Madrid, Damashq, Qoxira, Sheroz, 

Sultoniya;  Bog‘i  Bihisht,  Bog‘i  Chinor,  Bog‘i  Dilkusho,  Bog‘i  Buldi  (Shodu 

Xurram),  Bog‘i  Zog‘on,  Bog‘i  jahonnoma,  Bog‘i  amirzoda Shohrux, Bog‘i Nav, 

Bog‘i Davlatobod. 

Amir Temurdan sо‘ng temuriylar davrida me’moryailik va qurilish ishlari rivoj 

topishi. Sohibqironning nabirasi Mirzo Ulug‘bek (1394-1449) davrida qurilgan 



 

minora.  Samaraqand  (1417-1420),  Buxoro  va  G‘ijduvon  (1432-1433)  dagi 



Ulug‘bek  madrasalari,  Ulug‘bek  rasadxonasi  (1428-1429)-Ulug‘bek 

akademiyasi.  Ulug‘bekning  olim  va  adiblarga  xomiyligi.  Temuriylar  davrida 

Movaraunnahrda  ilm-fan,  adabiyot,  tasviriy  san’at  rivoji.  Xattotlik  va  kitobat 

ishlari.  Naqshbandiylik  tariqati  sulikatlarining  madaniy  va  ma’rifiy 

hayotdagi  о‘rni.  Xо‘ja  Ahror  Valiy.  Alisher  Navoiy  va  uning  mumtoz 

adabiyot  taraqqiyotiga  asos  solishi.  Navoiy  madaniyat  va  bunyodkorlik  xomiysi 

ekanligi. Temur va temuriylar davrida tarix ilmi rivoji va tarixchilar. Ikkinchi 

buyuk madaniy uyg‘onish - temuriylar renesansining jahoniy ahamiyati. 

10 

Shayboniy 



lar 

va 


ashtarxoniy 

lar 


davrida 

madaniyat 

(XVI  asr oxiri 

XVIII 



asrning 

birinchi  yarmi 

 

Dashti  qipchoqdan  kelgan  Muhammad  Shayboniyxon  (1451-1510) 



boshchiligidagi  о‘zbeklar  Movaraunnahr  va  Xurosonda  о‘z  hukmronligini 

о‘rnatishi.  Buxoro  shahri  Shayboniylar  davlati  poytaxtiga  aylanishi. 

Shayboniy  hukmdor  Abdullaxon  II  (1557-1598)  davrida  madaniy  hayot. 

Qurilish-me’morchilikning  jonlanishi.  Karvonsaroy,  rabot,  tim,  bozor 

rastalari  qurilishi.  Masjidi  Kalon  (1514),  Mir  arab  madrasasi  (1535-1536), 

Qosim  shayx  xonoqoxi  (1558-1559),  Chor  Bakr  xonoqoxi  va  masjidi  (1560-

1563),  Modarixon (1566-1567),  Abdullaxon  II  (1557-1590),  Kо‘kaldosh  (1568-

1569) madrasalari qurilishi. Islom oliy ta’limi rivoji. Temuriylar davridagi madaniy 

an’ana va ijodkorliklarning davom   etishi.    о‘nlab     badiiy     va    tarixiy     

asarlarning        dunyoga        kelishi.      Tarjimachilikning  rivoji.  Sharafiddin  Ali 

Yazdiyning «Zafarnoma»si, «Kalila va Dimna» о‘zbekchaga tarjima qilinishi. 

Muhammda  Solihning  (1455-1535)  «Shayboniynoma»,  Hofiz  Tanish 

Buxoriyning  «Abdullanoma»,  Mir      Muhammad      Amin      Buxoriyning   

«Ubaydullanoma»      nomli      tarixiy  asarlari.  Xattotlik,  kitobat  san’ati.  Behzod 

an’analari  bilan  bog‘liq  qalam-  tasvir  va  me’moriy  tasvir  san’atining 

rivojlanishi. 

Suv 

inshootlari 



qurilishi  va  dehqonchilik  madaniyatining  yuqori  pog‘onaga  kо‘tarilishi. 

Zarafshon  daryosi  (1502),  Qashqadaryo  (1556-1585).  Amudaryo,  Murg‘ob  va 

Vaxsh 

daryolarida qurilgan suv ayirg‘ich va kanallar.  XVII  asr  oxiri  va  XVIII  asr 



boshlarida  MovarounnaxrdatOayboniylar    о‘rnida  ashtarxoniylar  xukmronligi 

о‘rnatilishi  va  madaniy  hayotda  yangi  davrning  boshlanishi.  Ashtarxoniylar 

davri madaniyati ham asosan Islom dini bilan bog‘liq ravishda rivojlanishi. Bu 

davrda  ham  shayboniylar  davridagi  me’morchilik,  masjid  va  madrasalar, 

karvonsaroylar,  suv  inshootlari  qurilishi  sezilarlik  darajada  bо‘lgani.  Arab 

Muhammad  (1616),  Sherg‘ozixon  (1718-1719),  Abdulazizxon  (1651-1652), 

Sherdor (1635-1636), Tillaqori (1660) madrasalari qurilib, Ulug‘bek madrasasi bilan 

Samarqandsa dunyoga mashhur ansamblning tarkib topishi. 

Buxoro  va  Samarqandda  paydo  bо‘lgan  yangi  madaniy  muhit.  Shoir  va 

boshqa  ijodkorlarning  soni  320  dan  ziyod  bо‘lgani.  Mutribiyning  «Tazkrat  ut-

shuaro»  (1604-1605),  «Tarixiy  Jahongiriy»  asarlari.  Abulg‘oziy  Bahodirxonning 

(1603-1664) 

«Shajarayi  Turk»  (1660-1661),  «Shajaraiy  tarokima» 

(tugallanmagan)  tarixiy  asarlari.  Badiiy  ijod  nisbatan  yuksalgani.  Maliho 

Samarqandiyning «Muzakkir ul-as’hob» («Suhbatdoshlar zikiri») asari va unda shu 

davrda  yashagan  203  ta  shoirning  ijodi  va  hayoti  haqida  ma’lumot  berilishi. 

Sо‘fi Olloyor va Boborahim Mashrablarning asarlari. Ularning madaniy hayotda 

tutgan о‘rni. 

Shayboniy va ashtarxoniylar davri hamda о‘zbek xonliklari paydo bо‘lishi 

bilan  xalq  san’ati,  ayniqsa  miniatyura,  rassomchilik  hamda  musiqani  rivoj 

topishi.  «Shoshmaqom»ning  Buzruq,  Rost,  Navo/\PugoXg  Segoh,  Iroq  va 

boshqa  turlari  mukaamal  shakllanishi.  Farg‘ona,  Marg‘ilon,  Qо‘qon,  Andijon, 

Namangan, Toshkent va boshqa shaharlarda mumtoz katta ashulaning takomil 

topishi. 

11 


Uzbek 

xonliklari 

davrida 

Sohibqiron  Amir  Temur  barpo  etgan  buyuk  saltanat  temuriylardan 

boshlanib,  to  mustaqil  о‘zbek  xonliklari  paydo  bо‘lishigacha  birin-ketin 

tо‘rt  marta  parchalanishi.  Yuz  bergan  о‘zaro  uzlkusiz  urush  va  notinchliklar 



 

madaniyat 



(XVII  asr  - 

XIX  asrning 

birinchi yarmi) 

 

jamiyat  taraqqiyotiga  о‘ta  salbiy  ta’sir  etganligi  sabali  ijtimoiy-madaniny  hayot 



darajasi  jahon  (aniqrog‘i,  Yevropa)  taraqqiyotidan  orqada  qolishi.  Bu  jarayon 

esa Islom dinida emas, balki uning peshvolari orasida mutaasiblik kuchayishi bilan 

yanada  murakkablashishi.  Ammo  shunga  qaramay,  jafokash  ajdodlarimizning 

jasoratli  ijodiy  mexnati  doimo  yuksak  darajada  bо‘lganligi  evaziga  an’anaviy 

moddiy va ma’naviy madaniyat uzluksiz tadrijiy ravishda rivojlangan bо‘lsa-da, 

dunyoviy  ilm-fan,  texnika  sohasida  siljish  bо‘lmagani.  XVIII  asr  boshlaridan 

boshlab,  Xiva,  Qо‘qon  va  Buxorodan  iborat  uchta  xonlik  tashkil  topgach, 

ularda  madaniyat  tarmoqlari  о‘zlariga  xos  va  mos  ravishda  rivoj  topgani. 

Shuning  bilan  birga bu xonliklar Dunyo madaniyati, ilm-fani, texnikasi, sanoati 

va ishlab  chiqarishidan orqada olishi. 

Xonliklarning  hammasida  ham  asosan  me’moriy  qurilish  rivojlanishi. 

Xivadagi  Sherg‘ozixon  madrasasi  (1718-1720)  va  Jome’  masjidi  (1788-

1799), Bog‘bonli masjid (1809), Paxlavon Maxmud maqbarasi majmuasi (1810-

1835),  Olloqulixon  timi,  va  karvon  saroyi  (1835),  Muhammad  Aminxon 

madrasasi (1851-1852) va boshqalar. 

Buxorodagi  Bolahovuz  (1712)  va  Xalifa  Xudoydod  (1777)  masjidlari 

Xalifa 

Niyozqul 



madrasasi 

(1807), 


amir 

Chorbog‘i  va  boshqalar. 

Qо‘qondagi      Xо‘ja      Amin      maqbashsiXXP!      asrning      50-yillari), 

   Norbо‘tabiy  madrasasi  (XVIII  asrning  oxiri)  Shohon  va  Madalixon    

dahmalari  (1825)  va  boshqalar.      Xalq  dostonlari  va  dostonchilik 

xonliklarninng har uchalasida ham rivojlanishi: «Gо‘rо‘g‘li», «Toxir va Zuxra», 

«Oshiq  g‘arib  va  Shohsanam»,  «Yusuf  va  Zulayho»,  «Layli  va  Majnun»  va 

boshqalar.  Fazliy  Namangoniyning  «Majmuai  shoiron»  tazkirasi  va  unda  63  ta 

Qо‘qonda yashab ijod qilgan shoirlar tasnif etilishi. 

Davlat  boshliqlari-xonlar  orasida  adabiy  ijodkorlik  an’analirining  rivoj 

topishi. Qо‘qon xoni amir Umarxon «Amiriy» va «Amir» tahallusida she’rlar 

yozishi, uning xotini Nodirabegim (1792 -1842) talantli shoira bо‘lgani. 

 

12 


Rossiya 

imperiyasi 

mustamlakac

hiligi  davrida 

madaniyat 

(XIX  asrning 

birinchi  yarmi 

-  XX  asrning 

boshlari) 

 

Rossiyaning  1850  yilda  Qо‘qon  xonligining  Ili  daryosi  yaqinidagi 



Qо‘shqо‘rg‘on  harbiy  istexqomiga  xujumidan  boshlangan  salkam  о‘ttiz 

yillik  bosqinchilik  urushlari  va  yarim  asrlik  mustamlakasi  davrida  milliy 

moddiy hamda ma’naviy madaniyat boyliklari talab-toptalishi, shahar va harbiy 

istexqomlar  vayronaga  aylantirilishi  Rossiya  imperiyasining  67yildagi  

bosqini va mustamlakachiligi davrida madaniyat asosan   qarama-qarshi maqsad 

va  manfaatlar  mahsuli  sifatida  ikki  yо‘nalish  va  xarakterga  ega  bо‘lganligi. 

Bularning  biri  milliy  madaniyat  bо‘lib,  millatni  о‘zligini  saqlab  qolish  uchun 

mudofaa  va  muxofaza  vazifasini  bajargan    ikkinchisi  -  rus  bosqinchilari 

madaniyati  bо‘lib,  mustamlakachilik  “madaniyati”ni  qaror  toptirish  va 

maxalliy  millatlarni  madaniy  qaram  qilish  va  ruslashtirishga  harakat  qilganligi. 

Milliy  va  mustamlakachilik  madaniyatlari  о‘rtasidagi  tо‘qnashuv  hamda 

kurashlarning natijasi о‘laroq Turkiston general-gubernatorligi, Xiva xonligi va 

Buxoro amirligida yangi milliy madaniyat - jadid madaniyati paydo bо‘lishi. 

Har  qanday  madaniyatda  qanday  bо‘lishi,  kimlar  tomonidan  qachon,  qaysi 

maqsadda  yaratilishi  va  muomalaga  kiritilishidan  qat’iy  nazar  milliy, 

shuningdek, keng va- ilg‘or umummilliy (umuminsoniy) xarakter, xususiyat va 

manfaatdorlik  mavjud  bо‘lishi  qonuniyat  ekanligi.  Vatanimizga  rus  bosqinchilari 

tomonida olib kirilgan. Yevropa madaniyati aniqrog‘i yevro-rus madaniyati: 1) 

Rus  me’morchiligi  -  xar  bir  musulmon  shaharlarida  “Yangi  shahar”  (rus 

shaxar)lari paydo bо‘lishi. Rus qishloq (xutor) va posyolka (katta qishloq)lari 

tashkil topishi. Harbiy istehqomlar, ma’muriy binolar, general-gubernator, uezd 

boshliqlarining qarorgohlari. 2)  Rus shaharlari. Boshlang‘ich rus maktablari va 

har hil о‘quv kurslari, maxsus rus-tuzem maktablari, gimnaziyalar. 3) Ma’lum bir 

texnikaviy qurollarga ega bо‘lgan rus dehqonchiligi madaniyati. 4) Dunyoviy ilm-

fan  va  texnik  tarmoqlari  rivojlanishi.  О‘lka  tabiati  va  iqlimi,  hayvonot  va 

о‘simliklar dunyosi (fiorasi)ning rus olimlari tomonidan о‘rganilishi. Har xil 

ilmiy  tо‘garak  va  tashkilotlar.  Metrologiya  stansiyasi,  astronomiya  va  fizika 



 

10 


observotoriyasi,  qishloq  xо‘jalik  tajriba,  entomologiya  va  seysmik  stansiyalar. 

Tabiatshunos va trixchi olimlar: A.P. Fedchenko, I.V. Mushketov, N.A. Seversov, 

N.I. Veselovskiy, V.V. Bartold, V.L.Vyatkin va boshqalar. 5) Rus matbuoti va 

kitobati:  “Turkestanskiye  vedomosti”  (1870-1917)  “Turkiston  viloyatining 

gazeti” (1883) va boshqalar. 

13 


Turkistondag

i    uchinchi 

madaniy  

uyg‘onish    -  

jadidlar 

renesansi  

davrida  

milliy  


madaniyatnin

g yangilanishi 

(XIX  asr  oxiri 

-  XX  asrning 

boshlari) 

 

Birinchi va ikkinchi Islom madaniy uyg‘onishlarining tadrijiy davomi 



sifatida  jadidchilik  xarakati-milliy  uyg‘onish-jadidlar  renessansi  davri  paydo 

bо‘lishining tarixiy shart sharoitlari. “Jadid madaniyati” tushunchasi va uning 

asoslari.  Milliy  uyg‘onish  xodisasining  yuzaga  keltirgan  jadid  ziyoliy  va 

arboblari.  I.Gasprali  (Gasprinskiy),  M.Bexbudiy,  M.Abdurashidxonov, 

A.Avloniy, 

A.Fitrat, 

H.Hakimzoda, 

A.Qodiriy, 

I.Ibrat, 

Tavallo, 

U.Asadulloxо‘jayev,  M.Burxonov,  A.Muhiddinov,  P.Yusupov, J.Sultonmurodov 

va  boshqalar.  Jadidchilik  harakati  davrida  asosan  ma’naviy-marifiy  madaniyatning 

yuksalishi.Milliy  uyg‘onish  davrini  yuzaga  keltirgan  jadid  madaniyati  va  uning 

diniy-dunyoviylikka asoslangan tarmoq (tur) lari«Jadid milliy halq maorifi: 

Boshlang‘ich va yetti yillik jadid ta’limi. Jadidchilikda dunyoviy ta’lim. Jadidlar 

tomonidan  iqtidorli  jadid  maktablarini  tugatgan  yoshlarni  Turkiya,  Rossiya  va 

Germaniyadagi dunyoviy oliy о‘quv yurtlariga о‘qishga yuborilyshi. Musulmon 

xayriya  jamiyati  “Kо‘mak”  (Toshkent,  1909-4922),  Buxorodagi  xayriya  jamiyati 

“Tarbiyai  atfol”  (Buxoro,  1910).  Xozirgi  Mirzo  Ulug‘bek  nomidagi  О‘zbekiston 

Milliy  Universitetining  tashkil  topishi.II.  Jadid  milliy  adabiyoti  va  san’ati. 

Mumtoz  adabiyotdan  farqli    jadid      milliy      adabiyoti      paydo      bо‘lib,   

adabiyotning  yangilanishi.Adabiy  tanqidchilik  va  tarjimachilik.  Yozma 

drama va teatr, roman, esse, hikoya   va  publitsistika  kabi  yangi  adabiy  

janrlar.      Barmoq    vaznidagi  sheriyatning  qaror  topishi.  Jadid  adib  va 

shoirlari: Mahmudxо‘ja Behbudiy   (1875   1919),   Saidahmad   Siddiqiy   

Ajziy      (1864      1927),      Munavvarqori  Abdurashidxonov    (1878      1931),   

Abdulla    Avloniy    (1878      1934),      Tо‘lagan  Xо‘jamyorov-Tavallo  (1882 

1939),  Siddiqiy  Xondaylig‘iy  (1884  1934),  Avaz  О‘tar  (1884  1919), 

Muxammadsharif  Sо‘fizoda  (1869  1937),  Abdurauf  Fitrat  (1886-1938), 

Sadriddin  Ayniy  (1878  1954),  Xamza  Xakimzoda  (18894929),  Abdulla 

Qodiriy (1894-4 938), Abdulxamid CHо‘lpon (1897-4 938) va boshqalar. 

III. Jadid  milliy  matbuoti  va  jurnalistikasi  tarixda  birinchi  bor  paydo  bо‘lishi. 

Toshkent,  Samarqand,  Qо‘qon,  Farg‘ona,  Buxoro  va  boshqa  shaxarlarda 

о‘nlab gazeta va jurnallar chop etilishi “Taraqqiy” (1906 y 27 iyun), “Xurshid” 

(1906), “Tujjor” (1907), “Sadoi Turkiston” (1914), «Samarqand» (1913), “Sadoi 

Farg‘on” (1914), Buxoroi Sharif (1912 - 1913) va boshqa gazetalar. «Al-Isloh» 

(1915  - 1918),  «Izhorul haq» (1918),  «Al-Izoh» (1917 - 1918), «Oyna» (1913-

1945), «El bayrog‘i» (1917), «Tirik sо‘z», «Kengash» (1917),  «Yurt» (1917) 

jurnallari IV.  Jadid  madaniy-ma’rifiy  tashkilotlari  va  uyushmalari: 

«Jadidlar tо‘dasi» (1904), «Turon» teatr gruppasi (1913 - 1917), «Turon» 

kutubxonasi  va  nashriyoti  (1913  -  1923),  «Kutubxonai  ishoqiya»  (1908), 

«Chig‘atoy gurungi» (1918-1919), «Nashri maorif» (1922-1924). 

V.  Jadid  ijtimoiy-siyosiy  tashkiloti  va  partiyalari:  «Ittixodi  taraqqiy»  (1917  - 

1920), «Ittixodiy milliy yoki milliy ittihod» (1920 -1925), «Milliy istiqlol» 

(1926  - 1929),  «Turkiston milliy birligi»  -«Markazlar markazi» (1920 - 1923), 

«Turkiston sotsialistik erk» partiyasi (1919 - 1926), «Jadid partiyasi» (1920 - 1923). 

VI. Jadidi  milliy  hukumati  -  Turkiston  muxtoriyati.  Uning  milliy-madaniy  hayotda 

tutgan  о‘rgi.  Jadidchilik  maqsad  va  mohiyatan  ijtimoiy-siyosiy,  madaniy-

ma’rifiy, g‘oyaviy-mafkuraviy harakat ekanligi. 

Jadidchilik  harakatining  bosh  shiori  «Ozodlik,  Tenglik  va  Adolat»ning 

ijtimoiy-siyosiy  va  madaniy-ma’rifiy  ahamiyati.  Jadidchilik  harakatining  tarixiy 

xizmati  haqida  I.A.Karimov.  Xozirgi  zamon  jadidshunosligining  ilm-fan  va 

madaniy  hayot  rivoji  hamda  milliy  istiqlol  mafkurasi  takomil  topishida  tutgan 

о‘rni. 




 

11 



Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling