Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti ‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti
Download 1.2 Mb.
|
БЖТ 22-23 умк (2)
Tarbiyaviy vazifalar jismoniy tarbiya jarayonida bolalarda kun tartibiga rioya qilish, jismoniy mashqlar bilan har kuni shug‘ullanish ehtiyojini hosil qilish bu mashqlar bilan maktabgacha tarbiya tashkilotlarida va oilada mustaqil shug‘ullanish malakalarini rivojlantirish, ularni o‘z tengdoshlari va kichik yoshdagi bolalar bilan o‘tkazish.
Jismoniy tarbiya jarayonida axloqiy, aqliy, estetik va mehnat tarbiyasini amalga oshirishning katta imkoniyatlari mavjud. Jismoniy mashqlarni bajarishda harakterning ijobiy xususiyatlari (uyushganlik, intizomlilik, kamtarlik, ko‘ngilchanlik va h.k.) va axloqiy (halollik, o‘rtoqlik hissi, o‘zaro yordam, topshiriqni ma’suliyat bilan bajarish) fazilatlarni tarbiyalash, irodaviy fazilatlar (botirlik, qat’iylik, o‘z kuchiga ishonch, chidamlilik)ni namoyon qilish uchun sharoit yaratadi. Jismoniy tarbiya bolalarning aqliy o‘sishiga yordam beradi, bunda nerv tizimi va boshqa organ hamda tizimlarning normal faoliyati uchun qulay sharoit yaratiladi, bu esa yaxshiroq idrok etish va eslab qolishga yordam beradi. Bolalarda barcha psixik jarayonlar (idrok, tafakkur, xotira, xayol h.k.) shuningdek, tafakkur operatsiyalari (kuzatish, taqqoslash, analiz, sintez, umumlashtirish h.k.) rivojlanadi. Bolalarda ijobiy hislar, tetik, xushchaqchaq kayfiyatni tarbiyalash juda muhimdir, chunki ijobiy emotsiyalar barcha organlar va organizm tizimlarining ishiga yaxshi ta’sir qiladi. Jismoniy tarbiya estetik tarbiyani amalga oshirish uchun qulaylik yaratadi. Jismoniy mashqlarni bajarish jarayonida estetik zavqni xis qilish va idrok etish, go‘zallikni, haraklarning ifodaliligini, qaddi-qomatning nafisligini, kiyim-bosh, sport jihozlari, tevarak-atrofning go‘zalligini tushunish va to‘g‘ri baholay olish qobiliyatini rivojlantirish; estetik jihatdan ma’qul xulqqa intilishni, faoliyat, so‘z va xatti-harakatda qo‘pollikka murosasiz bo‘lishni tarbiyalash lozim. Jismoniy tarbiya jarayonida mehnat tarbiyasi ham amalga oshiriladi. Bolalar sog‘ligi mustahkamlanadi, harakat ko‘nikmalari shakllanadi, mehnat qilish uchun zarur bo‘lgan jismoniy fazilatlar rivojlanadi. Bolalar binoni, uchastkani jihozlash (sakrash uchun qum to‘ldirilgan o‘ralar, qor uyumlari, sirg‘anish uchun muz yo‘lkalar h.k.) qurish, jismoniy tarbiya jihozlarini yasash va ularni tuzatish (uloqtirish uchun qopchalar yasash, nishonlarni bo‘yash h.k.), sport kiyimlari, poyabzalni saqlash, ularga qarash, jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarida jismoniy jihozlarni, atributlarni, o‘yinchoqlarni joy-joyiga qo‘yish va yig‘ib olish bilan bog‘liq mehnat ko‘nikmalarini egallaydilar. Maktabgacha yoshdagi bolalarni jismoniy tarbiyalash jarayoni sog‘lomlashtirish, ta’limiy va tarbiyaviy vazifalardan birgalikda, mujassam holda foydalanishni talab etadi. Download 1.2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling