Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika unversiteti
Maktabgacha yosh davri bolalarida qo`rquv va xavotirlanish xolatlarini paydo qiladigan muammolar
Download 294.21 Kb.
|
Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika unversiteti
Maktabgacha yosh davri bolalarida qo`rquv va xavotirlanish xolatlarini paydo qiladigan muammolarBola faoliyati, atrof olamni va o`zini bilishi, kattalar va tengdoshlar bilan bo`lgan munosabat jarayonida hilma-hil emotsiyalar hamda xissiyotlarni o`zidan utkazadi. Emotsiya va xissiyotlarning ontogenezdagi rivoji muayyan o`z qonunlariga ega. Dastlab, ontogenezda oddiy kechinmalarni ifodalovchi emotsiyalar paydo bo`ladi. Bu kechinmalar tabiyi extiyojlarning qondirilishiga bog`liq ravishda vujudga keladi (qondirilsa – ijobiy, qondirilmasa – salbiy emotsiyalar vujudga keladi). Bunday emotsiyalar hayvonlarda ham mavjud. Biroq bolalardagi eng oddiy emotsiyalarni hayvonlardagi eng oddiy emotsiyalaridan farqlash kerak. Chunki emotsiyalarning namoyon bo`lish shakli insonda ijtimoyi xarakterga ega. Ikki yoshdan boshlab bola uchun bolalarning shodlik, hursandchilik, umuman ijobiy emotsiyalarni ifodalovchi reaktsiyalarni eng informativ (ko`p axborot beradigan) bo`lib hisoblanadi. Shubhasiz, ijobiy emotsiyalar maktabgacha yoshdagi bolaning psixik va jismoniy taraqqiyotiga ijobiy tasir ko`rsatadi. Emotsiyalarning rivojlanishi ularning differentsiatsiyasi, kechinmalarning boyib borishi singari ro`y beradi. Maktabgacha yoshdagi bolada salbiy kechinmalar - qo`rquv, xavotirlanish, jahl, jirkanish; ijobiy kechinmalar - shodlik, bola mehrining atrofdagilarga tovlanib ketishi, ota-onasiga qalban, yakinlashishi ko`rinishlarida namoyon bo`lishi mumkin. Bolalar xissiyotlarini rivojlanishi muayyan ob`ektga yo`naltirilgan emotsiyalarning umumlashgan sifatida ro`y beradi. Maktabgacha yoshdagi bolalar emotsional sohasining rivojlanishi davomida emotsional kechinmalarni uyg`otuvchi ob`ektdan munosabattagi sub`ektgacha ajralib boradi. Maktabgacha yoshdagi bolada emotsiya va xissiyotlarning dinamik va mazmuniy tomonlari rivoj topadi. Bola emotsiyalarining rivojlanishi muayyan ijtimoyi vaziyatlar bilan bog`liq. Bolaning vaziyatni tushunishi, vaziyatni va undagi o`zgarishlarni boshidan kechirishi muayyan emotsional xolatni xosil qiladi. Maktabgacha (bog`cha) yoshidagi bolalarning keng tarqalgan muammolari ko`yidagilardir: Bola psixik taraqqiyoti darajasining yosh normasiga mosligi, ya`ni nutqta rivojlanishidagi qiyinchiliklar, xotira, diqqatining yomonligi va boshqalar; Maktabda o`qishga tayyorgarlik. Bu erda muammo ota - onaning bolani 6- yoshdan o`qitishga qaror qilinganligi va bu bilan bog`liq bola maktabda yaxshi o`qib, keta oladimi yoki yo`qmi; Shaxsiy rivojlanishning salbiy ko`rinishlari va odamlarga kirishib, ketishlik muammolari; Bolaning o`z harakatlarini rejalashtira, boshqara va baholay olmasligi. Ota - onaning bola bilan nizolashishi; Bolaning bolalar muassasasiga ko`nikishi. Yuqoridagi keng tarqalgan muammolarni tuzatish masalalariga to`htalsak agar, unda bog`cha yoshidagi shaxsni mukammal o`rganishimiz kerak. Chunki bog`cha yoshidagi bolalarning aqliy taraqqiyotini korrektsiya qilish sezgi va idrok qobiliyatlarini rivojlantirish vazifalarini o`z ichiga oladi. Bolalarning sezish qobiliyatlarini tuzatishda idrok operatsiyalarini rivojlantirish va sezgi namunalarini o`zlashtirish sifatida amalga oshiriladi. Barcha bolalar uchun rasm chizish, plastilindan har hil narsalar yasash, applikatsiya va qo`rilish faoliyatlari keng qo`llaniladi. Bog`cha yoshidagi bolalarning tafakkurini tuzatishda bilish motivlarini rivojlantirish, obrazli tafakkurini rivojlantirishda esa syujetli, rolli o`yinlar, qoidali o`yinlar muhim rol` o`ynaydi. Download 294.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling