Dinamik-muljaldagi artterapiya, psixoanalizdan boshlanib, insoning eng chuqur o`y va hislarini anglashga asoslanadi. Har bir inson o`z muammolarini vizual shakllarda ko`rsatib tura oladi. U shunda gina o`z kechinmalarini tusho`ntirib bera oladi.
AQShda san`atdan davolash maqsadida foydalanishni birinchilardan bo`lib aytib bera olgan tadqiqotchi, ayol kishi M.Xamburg (1986) edi. Uning ishlari Z.Freyd qarashlariga asoslangan edi, uning fikricha birlamchi fikirlar va
kechinmalar
|
(ongsiz
|
holatda paydo bo`lganlari) obraz va simvollar orqali
|
tasvirlangan.
|
Adabiy
|
ijoddagi ichki kechinmadagi o`zgarishlar, qo`rquv, ichki
|
muammolar, bolalik xotiralari, tushlarni qo`shgan xolda psixoanalitik ro`hshunoslar tamonidan tahlil qilinadi.
Dinamik-muljaldagi artterapiya doirasida ijodiy, integral, faol artterapiyalar ajratib ko`rsatiladi. Artterapiya vositalariga uymakorlik, chekanka, mozaika, g`anch, rasm, mato va jundan narsalar yasash, to`qish, tikish, kuydirib yasash kabi kiradi.
Geshtal`t-muljaldagi artterapiya. Bu turdagi artterapiyani ko`rib chiqishdan maqsadlar:
«Men» - funktsiyasini davolash yoki tiklash;
mijozga ramziy obrazlar yordamida shaxsiy kechinmalarni tushinish va uni tushinishga yordam berish;
ijodiy ko`chni, aslini, qobiliyatini ochish, qalb egiluvchanligini uyg`otish. Artterapiyaning geshtal`t-muljaldan yondoshish yo`llari bu - rasm chizish, to`qish, qag`oz, buyoq, yog`och, toshlardan foydalanib yasash, so`hbatlar, hikoyalar yozish, kuylash, kuy tanani ohanga mos tebratish.
Artterapiya mashg`ulotlari 2 xil yo`l bilan o`tkaziladi:
variant. Mijozga tayyor materialdan o`z rasmlaridan aniq mavzuga buyum yasash imkoniyati beriladi. Bunda ajoyib, g`ayrioddiy ranglar uyg`o`nligi, o`ziga xos shakllar va syujetning o`ziga xos tamonlarini ko`rish mumkin. Bularning barchasi mijozning olamni sezish xususiyatlari, uning hislari, kechinmalari bilan bog`liqdir. Artterapiya bu holatlarda qo`shimcha diagnostika materiallarini olishga yordam beradi, bular mijoz muammolari haqida ma`lumotlar beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |