Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika


GAPNING PRESUPPOZITSIYA ASPEKTI


Download 415.06 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/8
Sana22.04.2020
Hajmi415.06 Kb.
#100839
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
obek tilining nazariy grammatikasi


GAPNING PRESUPPOZITSIYA ASPEKTI 

Ma'lum propozitsiya turli darajadagi sintaktik struktura orqali ifodalanadi: gap 

orqali,  oborotlar  orqali,  hatto  sodda  gap  tarkibidagi  ayrim  so'zlar  va  grammatik 

shakllar  ham  alohida  presuppozitsiya  ifodalab,  shu  sodda  gapni  semantik 

murakkablashtirishi mumkin. Bunday vaqtda ayrim so'z yoki grammatik shakl orqali 

ifodalangan  propozitsiya  o'zining  eng  ixcham  shakliga  ega  bo'ladi.  So'zlovchi  va 

tinglovchi  uchun  uning  tushunarli  bo'lishida  presuppozitsiya  yordamga  keladi. 

Shuning  uchun  ham  keyingi  davrlarda  gapning  presuppozitsiya  tomoni  lingvistlar 

diqqatini  ko'proq  jalb  etmoqda  .  Shunday  bo'lishiga  qaramasdan,  presuppozitsiya 

turlicha talqin qilinadi. 

Presuppozitsiya  (presumpsiya)  tushunchasi  nemis  mantiqshunosi  G.Frege 

g'oyalari  bilan  bog'liqdir.  Uning  ta'kidlashicha,  presuppozitsiya  hukmning  tabiiy 

asosidir.  Masalan,  "Kepler  bechoralikdan  olamdan  o'tdi",  "Kepler  bechoralikdan 

olamdan o'tmadi" gaplarida "Kepler" degan odamning yashaganligi haqidagi hukmga 

tabiiy  asos  mavjud.  G.Frege  fikricha,  asosiy  hukm  ko'pincha  boshqa  yashirin  hukm 

bilan  birga  keladi.  U  mavjudlik  bildiruvchi  ikkinchi  darajali  yashirin  hukmnigina 

presuppozitsiya hisoblaydi . 

E.Kinen  amaliy  va  mantiqiy  presuppozitsiyalarga  ajratishni  tavsiya  etadi. 

Birinchisi  so'zlovchining  individual  bilimi  strukturasi,  ikkinchisi  esa  gaplar 

o'rtasidagi semantik munosabatda aks etadi . 

L.M.Vasil'ev  ma'no  komponentlarini  ma'lum  ma'noga  bog'lanish  darajasiga 

ko'ra  majburiy  va  fakul'tativ  (potensial)  ma'no  komponentlariga  bo'ladi.  Ulardan 

birinchisi ma'noning signifikativ (semantik) aspektiga oid va uning til birligi sifatida 

mavjud  bo'lishi  uchun,  albatta,  zarur  bo'lsa,  ikkinchisi  denotativ  aspektga 

presuppozitsiya  planiga  oidligini  va  bu  komponent  faqat  nutqda  presuppozitsiya 


 

83

orqali anglashilishini ko'rsatadi . Uning  fikricha, fakul'tativ  komponentlar  ma'noning 



semiotik imkoniyatlarini kengaytiradi. Masalan: xabar qildi konstruksiyasi ma'nosida 

habar qilish usullari aytmoq, yozmoq, telefon qilmoq, telegramma bermoq kabi fe'llar 

orqali  ifodalanishi  mumkin  bo'lgan  fakul'tativ  komponentlar  mavjud.  Yuqoridagi 

konstruksiyada xabar qilishning qaysi usulidan foydalanganligi faqat presuppozitsiya 

plani til egalarining til haqidagi amaliy bilimlari orqali ma'lum bo'ladi. 

V.Gumbol'dtning  "har  qanday  tushunish  bir  vaqtning  o'zida  tushunmaslikdir" 

antinomiyasi, A.Potebnyaning so'zlarning "obraz markazi" ("yaqin  ma'no") va "uzoq 

ma'no"lari  kabi  individual  psixologik  qarashlari  ham  hozirgi  tilshunoslikdagi 

presuppozitsiya tushunchasi bilan bevosita bog'liqdir. 

Tilshunoslikda "presuppozitsiya" terminining qo'llanilishi P.Stroson nomi bilan 

bog'langan.  U  tilda  implikatsiyaning  alohida  turi  bor  ekanligini  ko'rsatadi. 

Implikatsiyaning  bu  turi  G.Fregening  "tabiiy  asos"iga  juda  yaqin  talqin  etiladi.  Har 

ikki muallif presuppozitsiyani ham gaplar o'rtasidagi semantik munosabatdan keltirib 

chiqaradi.  Bu  munosabat  "X  Uni  taqozo  etadi"  formulasi  orqali  ko'rsatiladi.  "Meri 

komnatani tozaladi" konstruksiyasida  "komnataning  iflos ekanligi" presuppozitsiyasi 

mavjud.  "Meri  komnatani  tozalamadi"  konstruksiyasida  ham  shu  presuppozitsiya 

saqlanadi . 

Hozirgi  kunda  presuppozitsiyani  ma'lum  jumla  va  u  ifodalayotgan 

propozitsiyani  to'g'ri  tushunilishiga  imkon  beradigan  so'zlozchilar  o'rtasidagi 

"bilishning umumiy fondi", "oldindan bilishning jami" sifatida belgilash kengroq tus 

olmokda . 

Shuning  uchun  ham  tilshunoslikda  presuppozitsiya  termini  ostida  muayyan 

jumla tarkibida bevosita ifodalanmagan, yashirin holda aks etgan ma'no tushuniladi. 

Presuppozitsiya tushunchasi kontekst (ushbu til birligining lingvistik qurshovi) 

va  vaziyat  (ushbu  jumlaning  ekstralingvistik  substrati,  yuzaga  chiqish  shart-sharoiti) 

tushunchalarini  o'z  ichiga  oladi  .  Masalan,  Bugun  instruktorimizni  qoldirdim,  dada 

(A.Qahhor)    jumlasidagi  axborot  kontekst  bilan    bog'liq.  Axborot  temasi  bo'lgan 

"shaxmat"  kontekstdan    ma'lum.  Oldingi  jumlada  gap  shaxmat  haqida  boradi, 



 

84

Shuning  uchun  yuqoridagi  gap  "instruktorimiz  bilan  shaxmat  o'ynadim" 



presuppozitsiyasiga ega. Kontekstdan tashqarida presuppozitsiya uchun yo'l yopiladi. 

Kishilarning  o'zi  qurshab  turgan  olam  haqidagi  universal  bilimlari  va  til 

haqidagi  ko'nikmalari  natijasida  ayrim  so'zlarning  leksik  ma'nolarida  ham 

presuppozitsiyaga  o'rin  ochilishi  mumkin.  Masalan,  Men  Toshkentdan  Moskvaga 

uchdim  jumlasida  "Samolyotda  keldim"  presuppozitsiyasi  mavjud.  "Uchmoq" 

so'zining  leksik  ma'nosi  va  til  haqidagi  umumiy  bilish  fondi  so'zlozchilar  uchun 

presuppozitsiyani tushunarli qiladi. 

Lingvistik presuppozitsiya mantiqiy presuppozitsiyadan farqli ravishda ma'lum 

ifodalanish  shakliga  -  moddiy  vositasiga,  tashqi  signallariga  ega,  Masalan,  o'zbek 

tilidagi  "Karim  ham  keldi"  jumlasida  yana  boshqa  kimdir  keldi  presuppozitsiyasi 

anglashiladi".  Bu  presuppozitsiyaning  moddiy  substrati  -  tashqi  signali  "ham" 

yuklamasidir.  Chunki  shu  yuklama  presuppozitsiya  uchun  yo'l  ochadi.  Shuningdek, 

kelish harakatining yuzaga chiqish vositasi (piyoda, mashinada, otda va boshq,.) ham 

presuppozitsiya  orqali  ma'lum  bo'ladi.  O'zbek  tilida  presuppozitsiyaning  moddiy 

substrati  sifatida  xilma-xil  vositalar  ishtirok  etishi  mumkin:  1)  leksik  vositalarning 

fakul'tativ  ma'no  komponentlari;  2)  hatto,  faqat,  yolg'iz,  -gina,  (-gina  emas),  ham, 

tag'in, yana yuklamalari; 3) bo'lsa, esa bog'lovchi vositalari; 4) tashqari, boshqa, o'zga 

(Sendan  tashqari  Karim  ham  keldi),  bilan  birga  (Chiroyli  bo'lish  bilan  birga,  aqlli 

ham edi), o'rniga (O'qish o'rniga; o'ynadi) ko'makchilari va boshqalar. 

Presuppozitsiya  sintaktik  konstruksiyalarning  ma'no  aspekti  bilan  uzviy 

bog'liq. 

V.V.Bogdanov presuppozitsiyani gap semantikasi aspekti ekanligini ta'kidlaydi 

.  N.D.Arutyunova  ham  presuppozitsiya  "so'zlovchilarning  umumiy  bilish  fondi", 

"ularning oldindan kelishuvi" sifatida gap semantikasiga kirishini ko'rsatadi . Keyingi 

tadqiqotlarda  semantikadan  pragmatika  ajratilmoqda.  Presuppozitsiya  pragmatika 

tarkibiga kiritilmoqda. 



 

85

Tadqiqotchilar  presuppozitsiyani  turlicha  tasniflaydilar.  Jumladan,  V.G.Gak 



presuppozitsiyaning  quyidagi  tiplarini  ko'rsatadi.  1)  keng  presuppozitsiya,  2)  tor 

presuppozitsiya, 3) lingvistik presuppozitsiya. 

Keng  presuppozitsiya  ostida  kishilarning  uni  qamrab  turgan  ob'ektiv  reallik 

haqida  universal  bilimi  tushuniladi.  Ob'ektiv  borliqda  har  bir  predmetning  tipik, 

xarakterli  xususiyati,  ma'lum  narsaga  moslanishi  mavjud.  Predmetlarning  ana 

shunday  xususiyatlarini  tavsiflashda  konkret  ma'noli  so'z  umumiyroq  so'z  bilan 

almashinishi  yoki  butunlay    tushib  qolishi  mumkin.  Ammo  so'zlovchi  va  tinglovchi 

bir-birlarini  to'g'ri  tushunishlari  uchun  uning  tushib  qolishi  hech  qanday  rol' 

o'ynamaydi.  Masalan,  shofer  haqida  gap  ketganda,  so'zlovchi  va  tinglovchi,  eng 

avvalo, uni mashina haydovchisi deb biladi. Shuning uchun ham shofer mashinani tez 

haydadi jumlasida mashina so'zi tushib qolsa ham ma'noga putur yetkazmaydi. 

Tor  presuppozitsiya  ostida  esa  faqat  ma'lum  vaziyat  doirasidagina  ro'y 

beradigan  presuppozitsiya  tushuniladi.  So'zlovchilarning  shu  tilni  bilish  tajribasi 

natijasida kelib chiqadigan presuppozitsiya lingvistik presuppozitsiya hisoblanadi . 

E.V.Paducheva  presuppozitsiyaning  (prezumpsiyaning)  ikki  turini  ko'rsatadi: 

1) semantik prezumpsiya - bu yolg'onligi gapning semantik chalaligiga olib keladigan 

semantik komponent; 2) pragmatik prezumpsiya - bu gapning shunday komponentiki, 

so'zlovchi uning normal ko'llanilishida tinglovchi uchun ma'lum, deb hisoblaydi . 

N.A.Toropova  ham  presuppozitsiyani  ikki  guruhga  bo'ladi:  1)  zidlanuvchi 

a'zolar presuppozitsiyasi; 2) kutilgan presuppozitsiya. 

Shunday  qilib,  shu  kunga  qadar  presuppozitsiyaning  bir  belgiga  asoslangan, 

hamma  e'tirof  etuvchi  aniq  tasnifi  mavjud  emas.  Presuppozitsiya  tushunchasi 

assersiya  (tasdiq)  tushunchasi  bilan  bog'liq.  N.A.Toropova  presuppozitsiya  va 

assersiya  tushunchalari  o'zaro  "aniqlik  noaniqlik"  belgisiga  ko'ra  farqlanishini 

ko'rsatadi. Presuppozitsiya - bu gapning kontekstga xoslangan ma'nosi, assersiya esa 

unga  bog'liq  bo'lmagan  ma'nosidir.  Masalan,  predikat  ot  artist  so'zining 

presuppozitsiyasi  sub'ektiv  semantik  belgisiga  muvofiq  keladi.  Qiyoslang:  Bu  yerda 

bir  "artist"  bor  jumlasidan  mantiqan  ikki  tasdiq  kelib  chiqadi:  1)  bu  yerda  bir  odam 



 

86

bor;  2)  bu  odam  ustamon  (yolg'onchi).  Tahlil  qilinayotgan  gap  tarkibidagi  ot 



semantikasi  tasniflovchi  va  xarakterlovchi  belgilarni  o'z  ichiga  oladi.  "Artist" 

(yolg'onchi,  ustamon  ma'nosida)  so'zida  "odam",  "yoshi  kattaroq",  "erkak  kishi" 

belgilari uning tasniflovchi belgilari hisoblanadi. Bu odam-"artist" jumlasida "odam" 

ma'nosi  "artist"  so'zining  taksonomik  belgisida  mavjud.  Shuning  uchun  uning 

bevosita qo'llanishi presuppozitiv funksiya emas, balki assertiv funksiya bajaradi. Bu 

yerda  "artist"  bor  tipidagi  mavjudlik  bildiruvchi  gaplardagi  otning  barcha  semantik 

komponentlari  butun  jumla  uchun  xarakterlidir.  Shunday  qilib,  tasniflovchi  belgilar 

ekzistensional  ma'lumot  uchun  ahamiyatlidir.  Uning  xarakterlovchi  belgilari  esa 

sub'ektga xarakteristika beruvchi axborot uchun qimmatlidir. 

Presuppozitsnya  gapniig  aktual  bo'linishi  bilan  ham  ma'lum  darajada 

bog'lanadi.  Ayniqsa,  ularning aloqasi sintaktik konstruksiya tarkibida  mantiqiy  urg'u 

stilidagi fokus orqali namoyon bo'ladi. 

V.V.Bogdanovning  ta'kidlashiga  ko'ra,  agar  gapda  fokus  bo'lsa  u  bir  vaqtning  o'zida  rema  hisoblanadi. 

Odatdagi  sharoitda rema  o'z ichiga  bir  va  bir necha  so'z-larni  birlashtirishi  mumkin,  fokus  esa  ularni minimumgacha 

qisqartiradi . Masalan, Men qiziq. kitoblarni o'qiyman jumlasida qiziq so'zi fokus bo'lsa, u rema, boshqa so'zlar esa tema 

hisoblanadi.  Shu  bilan 

birga  fokus  doimo  presuppozitsiya  ta'sir  doirasida  turadi.  Xususan, 

mantiqiy  urg'u  qiziq  so'zagi  tushgan  yuqoridagi  jumladan  boshqa  kitoblarni 

o'qimayman presuppozitsiyasi kelib chiqadi. 

Aktuallashishning  boshqa  vositalari:  so'z  tartibining  o'zgarishi  yordamida 

aktuallashish,  leksik  va  grammatik  vositalar  yordamida  aktuallashish  va  boshqalar 

ham  presuppozitsiya  bilan  chambarchas  bog'liqdir.  Bularning  hammasi  aktual 

bo'linishi  bilan  "presuppozitsiya  tushunchalarining  bir-biri  bilan  murakkab  aloqasi 

haqnda guvohlik beradi. 

Shunday bo'lishiga qaramasdan, aktual bo'linish  va presuppozitsiya shakliy  va 

mazmuniy  jihatdan  o'zaro  farqli  belgilarga  ega.  V.V.Bogdanov  fikricha,  ularning 

shakliy  farqlari  shundan  iboratki,  presuppozitsiya  uchun  minimum  ikki  predikat 

ifodaning  bo'lishi,  ulariing  biri  ikkinchisi  ichida  yashirin  holda  mavjud  bo'lishi 

xar.akterlidir.  Masalan,  Qarim  uy  quryapti  predikat  ifodasi  ichida  yashirin  holda  uy 

qurilyapti predikat ifodasi mavjud. Ikkinchi ifoda birinchisining presuppozitsiyasidir. 



 

87

Aktual  bo'linish  komponentlari  esa  bir  predikat  ifoda  doirasida  ajratiladi.  Ular 



o'rtasndagi  mazmuniy  farq  shundan  iboratki,  aktual  bo'linish  ma'lum  va  yangilarni 

jumla  tarkibidan  ajratishga  mo'ljallangan.  Ma'lum  shu  jumlani  oldingi  jumlaga 

bog'lab, tekst hosil qilish uchun xizmat qilsa, yangi shu jumla ma'nosini olg'a siljitadi. 

Presuppozitsiya  esa  gapning  funksional  prespektivasi  bilan  bog'lanmaydi.  Aktual 

struktura  gapning  shakliy  tomonini  ham  qamrab  olsa,  presuppozitsiya  bunday 

xususiyatga  ega  emas  (masalan,  L.Shcherbaning  "Glakaya  kuzdra  shteks 

budlanula..."  "jumlasi"da  "sintaktik  elementlarnn  aktual  jihatdan  ajratish  mumkin, 

ammo "pesuppozitsiya bunga ta'sir qilmaydi). 

Demak,  gapning  aktual  bo'linishi  va  presuppozitsiya  bog'liq  xodisalar  bo'lsa 

ham, ammo ular o'rtasida mazmuniy va shakliy tomondan muhim     farqlari bor. 

Ko'pincha  o'zaro  semantik  yaqin  bo'lgan,  bir  sinfga  kiruvchi,  bir-biriga 

nisbatlanuvchi  tushunchalar  presuppozitsiyaga  yo'l  ochadi.  Masalan,  "Ahmad  ham 

keldi"  jumlasida  "Ahmad"  tushunchasiga  shu  tushunchaga  yaqin  bo'lgan  boshqa 

shaxslar (Qarim,  Halim, Salim) tushunchasi  qo'shilmoqda. Nisbatlanayotgan  Ahmad 

va boshqa shaxslar (Karim, Halim, Salim) shaxs bildiruvchi so'zlar sifatida bir sinfga 

kiradi  "Faqat  Ahmad  keldi"  jumlasida  esa  faqat  yuklamasi  yordamida  Ahmad 

tushunchasi u mansub bo'lgan boshqa shaxslar sinfidan ajratiladi. 

So'zlovchi  va  tinglovchi  uchun  boshqa  kishilar  (bu  kishilar  kim  ekanligi  ham 

suhbatdoshlar  uchun  ma'lum)  kslmaganligi  faqat  yuklamasining  ma'nosi  va  zid 

a'zolar  (Ahmad  -  boshqa  kishilar)  orqali  ma'lum  bo'ladi.  Uzaro  nisbatlanayotgan 

a'zolar zid a'zolar hisoblanadi. 

Zid  a'zolar  turli  moddiy  ifodalanish  xususiyatiga  ega.  1.Zid  a'zolardan  faqat 

bittasi  moddiy  jihatdan  ifodalanib,  boshqa  zid  a'zoni  assotsiativ  ravishda  taqozo 

qiladi. Masalan: 

1. Ko'prikni biz qurdik. 2. Biz faqat ko'prik qo'rdik. 3. Byaz ko'prikkina qurdik. 

4.  Biz  ko'prik  ham  qurdik.  5.  Biz  yana  ko'prik  qurdik.  6.  Biz  hatto  ko'prik  qurdik. 

Yuqoridagi jumlalar quyidagi presuppozitsiyalarga yo'l ochadi: 


 

88

1.  Boshqalari  kurmadi,  2.  3.  Boshqa  narsa  qurmadik.  4.  Boshqa  narsa  ham 



qurdik.  5.  Ilgari  ham  ko'prik  qurganmiz.  6.  Boshqa  narsa  ham  qurdik.  Ostiga 

chizilgan  bo'laklar  bir-birini  taqozo  qiluvchi,  o'zaro  assotsiativ  bog'langan  zid 

a'zolardir. Uzaro zidlanuvchi a'zolar o'rtasida quyidagicha  munosabat mavjud:  1-, 2-

, 3-gaplarda ayirish, 4-, 5- gaplarda  qo'shish, 6- gapda Darajalash munosabati bor. 

2.  Zid  a'zolarning  har  ikkisi  ham  moddiy  jihatdan  ifodalanadi,  lekin  ularning 

biri  predikat  ifodaning  nominallashgan  transformasi  hisoblanadi  va  tishqari,  boshqa, 

bilan,  birga,  o'rniga  ko'makchilari  va  emas,  tugul  yuklamalari  bilan  birga  keladi.  Bu 

ko'makchi  va  yuklamalar  presuppozitsiyaga  yo'l  ochadi.  Shuninr  uchun  ham  ular 

presuppozitsiya  signallari  sanaladi  Masalan:  1.  Sendan  tashqari  hamma  keldi.  2. 

O'qish o' r n i g a ishladi. 3. O'qish b i l a n b i r g a ishladi. 4. Karim e m a s, Halim 

keldi. 5. Karim t u g u l h a t-t o Halim keldi. 6. N a f a q a t Karim, h a t t o Halim 

keldi.  7.  Bu  qovun  emas,  asal.  Ostiga  chizilgan  bo'laklar  zid  a'zolar  sanaladi.  Kontr 

chiziq  esa  presuppozitsiya  signallarini  ko'rsatadi.  Yuqoridagi  jumlalar  quyidagi 

presuppozitsiyalarga  yo'l  ochadi:  1.  Sen  kelmading.  2.  o'qimadi.  3.  o'qidi.  4.  Karim 

(keliish kerak edi) kelmadi. 5-, -6. Karim keldi. 7. Qovun shirinligi asalga o'xshaydi. 

Shunday  qilib,  presuppozitsiya  gap  semantikasi  bilan  uzviy  bog'liq  bo'lgan 

pragmatikaning  o'rgannsh  ob'ektidir.  Nutq  vaziyati  bnlan  kontekst  pragmatik 

tadqiqotlarning  asosiki  tashkil  qiladi.  Shuning  uchun  ham  sintaktik  qurilma 

ifodalagan propozitsiyaning so'zlashuvchilarga tushunarli bo'lishi uchun nutq vaziyati 

yokk kontekst zarur bo'lgan joyda pragmatikaga ehtiyoj ortadi. 

 

 

 



 

 

 



M U N D A R I J A 

Gapning mazmuniy tuzilishi.....................................................................  2 



 

89

Gap semantikasining propozitiv aspekti...............................................  7 



Vaziyat elementlari....................................................................................   10 

Relyasion struktura....................................................................................   12 

Sintagmatika..............................................................................................   15 

Predikat......................................................................................................   20 

Fe'l predikatlar.......................................................................................   27 

Argumentlar................................................................................................   29 

Bir predikatli qurilmalar......................................................................   30 

Sub'ektlilik mikromaydoni....................................................................  30 

Sodda gapning predikat xarakteriga ko'ra tiplari................................  34 

Fe'l asosli gaplar.....................................................................................  34 

Nisbat shakllari va gap semantikasi.......................................................  37 

Ot asosli gaplar.........................................................................................   39 

Mavjudlik bildiruvchi (ekzistensional) gaplar..................................   40 

Ko'p predikatli qurilmalar......................................................................   49 

Qo'shilma predikatlar................................................................................   49 

Ko'p predikatli qurilmalarda  predikativlik.......................................   52 

Qo'shuvchi predikatlar................................................................................    56 

Gapning modal aspekti...............................................................................   57 

Predikativlik va modallik......................................................................   63 

Mantiqiy va grammatik modallik............................................................   64 

To'ldiruvchili yoyiq gaplar semantikasi..................................................   67 

Holli yoyiq gaplar semantikasi................................................................   70 

Predmetning murakkab nomlari (deskripsiya) va ularning   

tuzilishi.....................................................................................................    71 

Gapning kommunikativ aspekti...............................................................    72 

Aktual tuzilishi.........................................................................................  72  

Jumla padigmatikasi va sintagmatikasining aktual bo'linish bilan  

munosabati..................................................................................................    78 



 

90

Aktuallashish..............................................................................................   84  



Yoyiq jumlalarda ikkinchi darajali bo'laklarning o'rni.....................    87 

Gapning presuppozitsiya aspekti...............................................................   93 



 

Download 415.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling