Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika


Download 321.92 Kb.
bet3/10
Sana31.01.2024
Hajmi321.92 Kb.
#1829727
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Nurmetova

Kichik yoshdagi o`quvchilaming ertakni idrok etishdagi psixologik xususiyatlari.Boshlang`ich sinflarda badiiy asarni tahlil qilish metodikasida kichikyoshdagi o`quvchilaming badiiy asarni idrok qilishidagi psixologik xususiyatlar hisobga olinadi. Ruhshunos olimlaming tekshirishlaridan ma`lum bo`lishicha, asarni idrok qilishga, bilim olishga xizmat qiladigan komponentlar bilan birga, uni emotsional-estetik his etish ham kiradi.Badiiy asami yaxshi idrok etish uchun uni tushunishning o`zigina yetarli emas. Asarni idrok etish murakkab jarayon bo`lib, asarga unda tasvirlangan voqelikka qandaydir munosabatning yuzaga kelishini o`z ichiga oladi.
Psixologik tekshirishlar natijasida kichik yoshdagi o`quvchilaming adabiy qahramonlarni idrok etishi va baholashidagi psixologik xusisiyatlari o`rganilgan va ular adabiy qahramonga ikki xil munosabatda bo`lishlari aniqlangan:

  1. Adabiy qahramonga emotsional munosabat.

  2. Elementar tahlil qilish.

Asarda qatnashuvchi shaxslarga baho berishda o`quvchilar o`z shaxsiy va axloqiy tushunchalaridan foydalanadilar. Bunday axloqiy tushunchalar kichik yoshdagi o`quvchilarda chegaralangan bo`ladi, albatta.Ular axloqiy sifatlardan botirlik, to`g`rilik, mehnatsevarlik, yaxshilik tushunchalarini ko`p ishlatadilar. Qahramonlaming boshqa sifatlarini tasvirlash uchun ulaming so`z boyliklari yetishmaydi. O`qituvchining vazifasi o`quvchilar bilan asarni tahlil qilib, ular nutqiga personajlarning axloqiy, intellektual, emotsional sifatlarini tasvirlovchi so`zlarni kirita borishdan iborat. Bu adabiy qahramonlaming xarakterini yaxshi yoritish shartlaridan biri hisoblanadi. Asardagi qahramonlaming xarakteri ulaming axloqiy sifatlarini anglash asosida tushuniladi.Bunda qahramonning nima qilishi emas, nima uchun shunday qilishi kerakligini bilish muhimdir.Ushbu jarayonda asar qahramonlarining axloqiy sifatlari ustida ko`proq ishlash lozim.O`qish darslarida o`qilayotgan asarning ongli o`zlashtirilishini ta`minlashda o`quvchilaming psixologik xususiyatlarini albatta hisobga olish zarur.Boshlang`ich sinf o`quvchilarida idrok etish, talaffuz qilish va matn mazmunini tushunish o`rtasida puxta sintez yo`q bo`lgani uchun ular o`qishda xatoga yo`l qo`yadilar. Bu esa matn mazmunini tushunishni qiyinlashtiradi.To`g`ri o`qish so`zning uzun-qisqaligiga, o`quvchining so`z boyligiga, ya`ni so`zning leksik ma`nosini qanchalik bilishiga hamda so`zning bo`g`in va morfemik tarkibiga bog`liq.

Download 321.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling