Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika
Download 321.92 Kb.
|
Nurmetova
- Bu sahifa navigatsiya:
- II. Asosiy qism
Kurs ishi maqsadi: o`qish darslarida ertak o`qishni tashkil etishning amaliy- nazariy asoslari.
Kurs ishi vazifalari: —mavzuga oid adabiyotlarni o`rganish, uning o`rganilganlik darajasini aniqlash; —kurs ishning nazariy va amaliy asoslarini belgilash; —o`quvchilarining real bilish imkoniyatlarini tahlil qilish; —darslarda mustaqil fikrlash kontseptsiyasini asoslash va o`qish taʼlimi mazmuniga mos biluv topshiriqlari tizimini ishlab chiqish; —biluv topshiriqlari tizimini taʼlimga tatbiq qilish va uning samaradorligini o`rganish. 1-sinf o`qish darslarida ertak o`qitishda biluv topshiriqlari va ijodiy mashqlarni amaliyotga tatbiq qilish tamoyillari, vositalari asoslandi. kurs ishida o’quvchilarning o`qish darslarida ertak o`qishni hamda mustaqil ishlarini tashkil etish muammosi alohida mavzu sifatida ajratilib, uning vositalari, samaradorligi, o`quvchilar o`zlashtirishining sifatini yaxshilashdagi o`rni ilk bor o`rganildi. Kurs ishining predmeti: Mutaxassis fanlarda o’quv va malakaviy, pedagogik amaliyotni tashkil etish va o’tkazish metodikasi. Kurs ishining obyekti: Pedagogik amaliyot jarayonida nazariy bilimlarni mustahkamlash, chuqur o’rganish asosida pedagogik faoliyatga oid amaliy ko’nikma va malakalarini egallashdan iboratdir. Oliy ta’lim muassasalari talabalari nazariy olgan bilimlarini amaliyotda mustahkamlash. Kurs ishining hajmi: Kirish, asosiy qism, 3 ta qismli rejalar, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro`yxatidan tuzilgan. II. Asosiy qismErtakni o`qish metodikasi.Biz bilamiz,ertaklar bolajonlar uchun juda qiziq bo`ladi.Shu sabab biz bu bo`limizda,bunga alohida to`xtalishni xohladik. Ertak kichik hajmli badiiy asar bo`lib, unda kishi hayotidagi ma`lum bir voqea, hayotning muhim tomonlari umumlashtirib tasvirlanadi. “Ertak ko`pincha kishi hayotida bo`lgan bir epizodni tasvir etadi.Uning mazmuni ertakdagidan ortiqroq hayotiydir” Ertak mazmunan boshlang`ich sinf o`quvchilari uchun mos janr hisoblanadi. Kichik yoshdagi o`quvchilarni qahramonlaming xatti harakati, tashqi ko`rinishi, portret tasviri, voqea-hodisalar haqidagi ertaklar ko`proq qiziqtiradi. Shuning uchun bolalami ertak bilan tanishtirish uning sujetini tushuntirishga bog`lab olib boriladi.Boshlang`ich sinflarda ertakni o`qishga bag`ishlangan izohli o`qish darslarida o`qilgan ertak mazmunini ochish, lug`at ustida ishlash, o`qilgan matnni qayta ertaklash kabilar asosiy ish turlaridan hisoblanadi.2 Ertak mazmuni odatda savollar asosida tahlil qilinadi. So`roqlardan ikki maqsadda: ertak mazmunini tahlil qilish hamda dalillar, mulohazalar, xulosalarni taqqoslash, voqea-hodisalar, xattiharakat o`rtasidagi bog`lanishlami aniqlash va umumlashtirish uchun foydalaniladi. Ertakni o`qish darsida o`quvchilar tushunmaydigan so`z va iboralar ma`nosini tushuntirish ham muhim, aks holda ular ertak mazmunini tushuna olmaydilar. Ertakni o`qishda uning mazmunini tahlil qilish va shu asosda o`quvchilar nutqini o`stirish markaziy o`rin egallaydi. Ertak o`qib bo`lingach, o`quvchilar o`ylashi, o`z mulohazalarini aytishi uchun tayyorlanishga vaqt berish kerak.O`qilgan asar yuzasidan beriladigan dastlabki savollardan maqsad ertak bolalarga yoqqan-yoqmaganligi, undagi qaysi qahramonning xarakteri bolaga ta`sir etganini bilishdan iborat.Shundan keyingina ertak sujeti, voqeaning yo`nalishini ochishga, personajlar xarakterini tushunishga, nihoyat, asarning asosiy g`oyasini bilib olishga yordam beradigan savollardan foydalaniladi. Badiiy asarni tahlil qilishda sujetni to`liq tushuntirishga berilib ketib, qahramonlarga tavsif berish, asar qurilishi va tilini tahlil qilish kabi ish turlari e `tibordan chetda qolmasligi lozim. Ertak3 janriga xos matnlar jozibadorligi bilan bolani o`ziga tortadi. Lekin ertak janri ham hayotiyligi bilan o`ziga xos. Ertakda voqealar tez rivojlanib boradi. Unda inson hayoti, u bilan bog`liq hayotiy lavhalar 2 M. Xudoyberganova, M. Muxtorova. 1-sinfda ona tili darslari. —Т.: “O‘qituvchi", 2020. 3 M. Umarova, Sh. Hakimova. O'qish kitobi (1-sinf uchun darslik).— Т.: Cho'lpon, 2017. bayon etiladi. O`quvchilar qahramonlaming xarakteri, ulardagi xususiyatlar bilan qiziqadilar. Download 321.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling