Nizomlarni tasdiqlash haqida
-bob. Test sinovlariga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazish
Download 0.54 Mb. Pdf ko'rish
|
393-сон 20.06.2017. Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish, talabalar o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida
5-bob. Test sinovlariga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazish
Oldingi tahrirga qarang. 14. Test sinovlari kunduzgi va kechki (smenali) ta’lim shakllari uchun har yili iyul — avgust oylarida, qoida tariqasida, kuniga ikki smenada o‘tkaziladi. Davlat komissiyasi tomonidan test sinovlarini o‘tkazishning aniq muddatlari belgilanadi. Abituriyentning test sinovidan to‘plagan ballari haqidagi ma’lumot test sinovi o‘tkazilgan kunning ertasiga, uning talabalikka tavsiya etilgani yoki etilmagani bo‘yicha belgilangan tartibda tasdiqlangan tanlov natijasi test sinovlarini o‘tkazish jarayoni to‘liq yakunlanganidan keyin bir hafta muddat ichida Davlat test markazining rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.
15. Oliy ta’lim muassasasida tanlangan ta’lim yo‘nalishiga qarab abituriyentlar belgilangan tartibda tasdiqlangan fan majmualari bo‘yicha test sinovlaridan o‘tadilar.
Test topshiriqlari umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi umumta’lim fanlari o‘quv dasturlariga muvofiq tuziladi. “Jurnalistika”, “Xalqaro jurnalistika” va “Nutq madaniyati va notiqlik san’ati” ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha test sinovlari bilan bir qatorda (0 bilan 63 ballgacha bo‘lgan oraliqda baholanuvchi) kasbiy (ijodiy) imtihonlar o‘tkaziladi. Oldingi tahrirga qarang. Fanlar majmuasi Ona tili va adabiyoti (o‘zbek tili va adabiyoti, rus tili va adabiyoti, qoraqalpoq tili va adabiyoti), Matematika, Fizika, Kimyo, Biologiya, Tarix, Geografiya, Chet tili (ingliz tili, nemis tili, fransuz tili) fanlari bo‘yicha shakllanadi. (15-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9- iyuldagi 572-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.07.2019-y., 09/19/572/3407-son) Davlat test markazi tomonidan beriladigan chet tilini bilish darajasi to‘g‘risidagi davlat namunasidagi V1 va undan yuqori darajadagi malaka sertifikatga ega bo‘lgan abituriyentlarga ushbu holatni tasdiqlovchi hujjatni qabul jarayonida taqdim etganda oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining kirish test sinovlari fanlar majmuasiga chet tili fani kiritilgan yo‘nalishlarda mos chet tili fanidan belgilangan maksimal ball beriladi va ular chet tili fanidan test sinovi (kasbiy (ijodiy) imtihon) topshirmaydi.
Oldingi tahrirga qarang. Davlat test markazi tomonidan beriladigan umumta’lim fanini (chet tili bundan mustasno) bilish darajasi to‘g‘risidagi sertifikatga ega bo‘lgan abituriyentlarga ushbu holatni tasdiqlovchi hujjatni qabul jarayonida taqdim etganda, sertifikatdagi o‘zlashtirish foiziga mos ravishda oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining kirish test sinovlarida ushbu umumta’lim fanidan belgilangan maksimal ballga nisbatan tabaqalashtirilgan (proporsional) ball beriladi hamda ular ushbu fandan test sinovi (kasbiy (ijodiy) imtihon) topshirmaydi.
16. Test sinovlariga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish uchun kirish test sinovlarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom asosida amalga oshiriladi.
Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling