Nizomni tasdiqlash haqida


B. XO‘JALIK YuRITUVChI SUBYEKTNING MOLIYA-XO‘JALIK FAOLIYATI BILAN BOG‘LIQ


Download 200.46 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/17
Sana02.06.2024
Hajmi200.46 Kb.
#1833997
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
 54-сон 05.02.1999. Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xa

B. XO‘JALIK YuRITUVChI SUBYEKTNING MOLIYA-XO‘JALIK FAOLIYATI BILAN BOG‘LIQ
XARAJATLAR RO‘YXATI
Mazkur Nizomga muvofiq mahsulot (ishlar, xizmatlar) tannarxiga kiritiladigan xarajatlar
va davr xarajatlari ro‘yxati:
xo‘jalik yurituvchi subyekt faoliyatining rentabelligini va bozor raqobatbardoshliligini
aniqlash uchun mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish davomida xo‘jalik
yurituvchi subyektda paydo bo‘ladigan barcha xarajatlar to‘g‘risida buxgalteriya hisobi
schyotlarida to‘liq va aniq axborot shakllantirilishi;
soliq solinadigan bazani to‘g‘ri aniqlash maqsadida belgilanadi.
Mazkur Nizomga muvofiq barcha xarajatlar quyidagilarga guruhlanadi:
mahsulotning ishlab chiqarish tannarxiga kiritiladigan xarajatlar:
a) bevosita va bilvosita moddiy xarajatlar;
b) bevosita va bilvosita mehnat xarajatlari;
04/10/23, 12:18
Стр. 3 из 19


v) boshqa bevosita va bilvosita xarajatlar, shu jumladan ishlab chiqarish xususiyatiga ega
bo‘lgan ustama xarajatlar;
ishlab chiqarish tannarxiga kiritilmaydigan, biroq asosiy faoliyatdan olingan foydada
hisobga olinadigan hamda davr xarajatlariga kiritiladigan xarajatlar:
a) sotish xarajatlari;
b) boshqarish xarajatlari (ma’muriy sarf-xarajatlar);
v) boshqa operatsion xarajatlar va zararlar;
xo‘jalik yurituvchi subyektning umumxo‘jalik faoliyatidan olingan foyda yoki zararlarni
hisoblab chiqishda hisobga olinadigan xo‘jalik yurituvchi subyektning moliyaviy faoliyati
bo‘yicha xarajatlari:
a) foizlar bo‘yicha xarajatlar;
b) xorijiy valyuta bilan operatsiya bo‘yicha salbiy kurs tafovutlari;
v) qimmatli qog‘ozlarga qo‘yilgan mablag‘larni qayta baholash;
g) moliyaviy faoliyat bo‘yicha boshqa xarajatlar;
Oldingi
 tahrirga qarang.
favqulodda zararlar, u foydadan olinadigan soliq to‘langunga qadar foyda yoki zararlarni
hisoblab chiqishda hisobga olinadi.
(xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 11-martdagi 63-sonli 
qarori
tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 10-11-son, 115-modda)

Download 200.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling