Nizomova muhayyo tilavoldiyevna
Download 0.8 Mb. Pdf ko'rish
|
JAMIYAT RAVNAQI NAZARIYASI
kompyuterlashtirish;
axborot qidirish va unga ishlov berish vositalarini takomillashtirish jarayoni; intellektualizatsiya–axborot yaratish va uni idrok etish qobiliyatini rivojlantirish, ya‟ni jamiyatning intellektual salohiyatini oshirish, shu jumladan sun‟iy intellektdan foydalanish jarayonidir.Umuman olganda, jamiyatni axborotlashtirishni zamonaviy axborot–texnika vositalari yordamida ijtimoiy tuzilmalar va jarayonlarni takomillashtirish deb talqin qilish lozim. Axborotlashtirish ijtimoiy intellektualizatsiya jarayonlari bilan uyg'un bog'liq bo'lishi kerak. Axborotlashgan jamiyat tushunchasi 1960 yillarning ikkinchi yarmida paydo bo'lib, uni Tokio texnologik universitetining professori yu.Xayash birinchi bo'lib fanga kiritgan. Muallifning fikricha, moddiy mahsulot emas, axborotlashuv mahsuloti jamiyatning shakllantiruvchi va rivojlantiruvchi kuchiga aylanadi. Axborotlashgan jamiyat tushunchasining rivojida amerikalik jamiyatshunos olim D.Bellning “Industrial jamiyat davrining kelajagi. Ijtimoiy bashorat qilish tajribalari” (1973) nomidagi kitobida insoniyat jamiyati tarixini uch asosiy bosqichga: agrar, industrial va postindustrial (industrial davrdan so'nggi) davrlarga bo'lib chiqadi. Industrial jamiyatning asosiy rivojlanish manbai – energetik manbalar va energiyani ishlab chiqarish, tarqatish imkoniyatlari mavjudligidir. Axborotlashgan jamiyatda esa ishlab chiqarishning manbai bilimni to'plash texnologiyalari,axborotni qayta ishlash va axborot kommunikatsiyalariga bog'liq. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling