Nmkt fakulteti oot yo‘nalishi 502-20-guruh talabasi Dangalova Madina Intellektual mulk huquqi Intellektual mulk obyektlari


Download 1.04 Mb.
Sana05.05.2023
Hajmi1.04 Mb.
#1428450
Bog'liq
Dangalova (Intellektual mulk huquqi)

NMKT fakulteti OOT yo‘nalishi 502-20-guruh talabasi Dangalova Madina

Intellektual mulk huquqi

Intellektual mulk obyektlari


Har kuni yuz minglab odam o‘z fikrlarini badiiy yoki musiqiy asar sifatida ifodalash, tadqiqotlari formulalari yoki jadvallarini yozish, ixtirosi namunaviy nusxasining chizmalarini tayyorlash va boshqa maqsadlarda qo‘liga toza qog‘oz oladi.

Dastlab intellektual mulk tushunchasi 1967-yilda Jahon intellektual mulk tashkilotini ta’sis etgan Konvensiyaga binoan joriy qilindi. O‘zbekiston ham mazkur tashkilot a’zosi hisoblanadi.

Xalqaro konvensiyalar va O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq aqliy va ijodiy faoliyat natijalariga nisbatan alohida shaxsiy va mulkiy huquqlar majmuasi intellektual mulk deb nomlanadi.

Mualliflik huquqi


Mualliflik huquqi fuqarolik huquqining bir qismi bo‘lib, aqliy mehnat bilan
shug‘ullanadigan fuqarolar huquqlarini himoya qilishga yo‘naltirilgan.

Mualliflik huquqi maqsadi, badiiy qadr-qimmati va ifodalanish usuli (nasr, nazm, audioyozuv va hokazo)dan qat’i nazar, chop etilgan hamda qo‘lyozma shaklidagi barcha asarlarga taalluqli bo‘ladi.

Mualliflik huquqi vazifalari:


- mualliflarning mulkiy, shaxsiy nomulkiy va qonuniy manfaatlarini muhofaza
qilish;
- huquqiy vositalar yordamida ilmiy va badiiy asarlarni yaratish uchun
eng maqbul sharoitlar yaratish.

Mualliflik huquqi — fan, adabiyot va san’at asarlarini yaratish va ulardan foydalanishda vujudga keladigan munosabatlarni tartibga soladigan fuqarolik huquqi me’yorlari majmuasi.

Mualliflik huquqi manbalari

— rasmiy hujjatlar (qonunlar, qarorlar va shu kabilar),

shuningdek ularning rasmiy tarjimalari;

— rasmiy ramzlar va belgilar (bayroqlar, gerblar, ordenlar,

pul belgilari va shu kabilar);

xalq ijodiyoti asarlari;

— oddiy matbuot axboroti tusidagi kundalik yangiliklarga

doir yoki joriy voqealar haqidagi xabarlar;

— insonning bevosita individual asar yaratishga qaratilgan

ijodiy faoliyati amalga oshirilmasdan, muayyan turdagi

ishlab chiqarish uchun mo‘ljallangan texnika vositalari

yordamida olingan natijalar.


O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi, 1044-modda.
Quyidagilar mualliflik huquqi obyektlari hisoblanmaydi:

Mualliflik huquqining amal qilish muddati


Mualliflik huquqining amal qilish muddati muallifning butun hayoti va u
vafotidan so‘ng 50 yil davomida saqlanadi.
Mualliflik huquqining amal qilish muddati tugaganidan keyin asar ijtimoiy mulkka aylanadi. Ijtimoiy mulk hisoblangan asardan har qanday shaxs mualliflik haqini to‘lamagan holda erkin foydalanishi mumkin.

Mualliflik shartnomasi


Muallif asarini tugatgach, uni keng ommaga tanishtirishga qaror qiladi va uni nashr qilish majburiyatini o‘z zimmasiga oladigan korxona bilan shartnoma tuzadi.

Mualliflik shartnomasi shartlarida noshirga beriladigan aniq huquqlar, shartnomaning amal qilish muddati va to‘lanadigan haq (qalam haqi) miqdori ko‘rsatiladi.


Bu shartlardan tashqari, muallif va nashriyot zarur deb hisoblagan boshqa shartlarni ham shartnomaga kiritishlari mumkin.

O‘zbekiston Respublikasida intellektual mulk sohasidagi munosabatlar xalqaro huquq me’yorlariga asoslangan holda hamda quyidagi hujjatlardan kelib chiqib tartibga solinadi:


Mualliflik huquqlarining xalqaro muhofazasi
- Adabiy va badiiy asarlarni muhofaza qilish to‘g‘risidagi Bern Konvensiyasi bitimlari
(24.07.1971-yil);
- Mualliflik huquqi to‘g‘risida Butunjahon konvensiyasi bitimlari (1952);
- MDH doirasida tuzilgan mualliflik va turdosh huquqlarni himoya qilish haqidagi bitimlar (10.02.1995-yil).

Quyidagi elementlar mualliflik huquqlarini himoya qilish belgilari hisoblanadi:


3) asar birinchi marta e’lon qilingan yil.
Mualliflik huquqlari bo‘yicha agentlik (O‘zRMHA) qonun hujjatlari ijrosi ustidan nazoratni amalga oshiradi.
1) aylana ichiga olingan lotincha «C» harfi — ©;
2) alohida mualliflik huquqlari egasining ismi (nomi);

Savol va topshiriqlar:

1. Intellektual mulk obyektlarining qanday turlari mavjud?

2. Mualliflik huquqi kimning manfaatlarini himoyalaydi? Mualliflik huquqlarini himoya qiladigan qonunlarni sanab o‘ting.

3. Asarning muallifi yoki hammuallifi kim?

4. O‘zbekistonda mualliflik huquqi qanday muddat davomida amal qiladi?

5. Mualliflik shartnomasi nima? U qanday, kim bilan va qanday muddatga tuziladi?

6. Mualliflik shartnomasiga qanday shartlar kiritilishi shart?


Download 1.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling