Nobank kredit tashkilotlari. Nobank kredit tashkilotlarining faoliyati


Mikrokredit tashkilotining tijorat bankidan farqi nima?


Download 74.69 Kb.
bet3/6
Sana19.06.2023
Hajmi74.69 Kb.
#1626705
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Nobank moliya-kredit muassasalari Nurmatov J

Mikrokredit tashkilotining tijorat bankidan farqi nima?


Mikrokredit tashkilotining tijorat bankidan asosiy farqi shundaki, u kredit mahsulotlarini faqat qonun hujjatlarida belgilangan miqdorda taqdim etish huquqiga ega.
Mikrokredit tashkiloti quyidagilarga haqli emas:



  • qarz majburiyatlarini chiqarish hamda yuridik va jismoniy shaxslardan omonatlarni (depozitlarni) qabul qilish;

  • jismoniy shaxslardan qarz mablag‘larini jalb qilish. Ta'sischilar (ishtirokchilar, mulkdorlar) bundan mustasno;

  • mikromoliyaviy xizmatlar ko‘rsatish shartnomalari bo‘yicha yillik qarz miqdorining yarmidan ko‘pini tashkil etadigan summada foizlar hisoblash, komission to‘lovlar va neustoyka (jarima, penya) undirish, javobgarlikning boshqa choralarini qo‘llash;

  • o‘z muassislarining (ishtirokchilarining, mulkdorlarining) majburiyatlari bo‘yicha kafil bo‘lishiga yoki kafolat beruvchi bo‘lishga, shuningdek ularga o‘z majburiyatlari bajarilishini ta'minlashning boshqa usullarini taqdim etishga haqli emas.

Lombard - nima va qaysi hollarda lombarddan foydalanish qulay?


Agar biron-bir sabablarga ko‘ra sizga zudlik bilan pul kerak bo‘lganda hamda biror kimdan qarz olish yoki bir necha soat ichida kredit olish imkoni bo‘lmasa, Siz, lombardda uch oydan oshmaydigan kreditni qimmatbaho ko‘char mol-mulkingiz garovi evaziga olishingiz mumkin.
Lombardda kreditni olish va qaytarish sxemasi quyidagicha:


  • Siz lombardga qimmatbaho mol-mulkni taqdim qilasiz (agar kerak bo‘lsa, lombard garovga qo‘yiladigan mol-mulkka egalik huquqini tasdiqlovchi hujjatlar yoki boshqa dalillarni taqdim etishni talab qilish huquqiga ega), pasport yoki shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjat, shuningdek qarz oluvchining faoliyati va daromadlari haqidagi ma'lumotlarni o’z ichiga olgan hujjatlar;

  • Garovga qo‘yiladigan mol-mulk baholanadi;

  • Sizni kredit shartnomasining umumiy shartlari bilan tanishtirib chiqishlari kerak. Agar siz ular bilan rozi bo‘lsangiz, kredit shartnomasini imzolaysiz va qo‘lingizga pul mablag‘lari va ikkita hujjatni olasiz: kredit shartnomasining o‘zi va garov kartasi (bilet).



Download 74.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling