- Moliyaviy brokerlar mijozning hisobiga uning topshirig’iga yoki kelishilgan komissiya va topshiriqga ko`ra qimmatli qog’ozlarni sotish-sotib olishda o`rtachilik (agentlik) vazifasini bajaradi.Davlat mulkini keng miqyosda xususiylashtirish paytida ko`plab moliyaviy brokerlar eng katta miqyosdagi investorlar bilan ishlashga erishishadi. Investitsion kolsutantlarning faoliyati qimmatli qog’ozlar chiqarish va u bilan muomala qilishga doir konsultatsiyalar berish bilan chegaralanadi.
- Qonunchilikka ko`ra, investitsion institutlar o`z faolliyatlarini tijorat banklarining qimmatli qog’ozlar chiqarish va muomala qilishga doir bitta turdagi hizmatlari bilan shug’ullanishi mumkin.
-
INVESTITSION KOMPANIYALAR - Investitsion kompaniyalar bir qancha kengroq faoliyat hududiga ega. Uning tarkibiga: qimmatli qog’ozlar chiqarish tashkilotlari va ularni uchinchi shaxsning hisobiga o`tkazishga garant berish, qimmatli qo`g’ozlarni sotish-sotib olish (aniq bir qimmatli qog’ozlari haqida “stuvchi bahosi” va “xaridor bahosi” larni e’lon qilish, qaysikim investitsion kompaniya uni sotish yoki sotib olish haqida o`z zimmasiga olgan.) kiradi.
INVESTITSION FONDLAR - Investitsion fondlar, ya’ni moliyaviy institutlar, aksiya emissiya qilib kichik investorlarni top`laydi va ularni o`zlarining nomidan boshqa emitentlarning qimmatli qog’ozlariga qo`yadi, hamda bank hisoblariga ham joylashtiradi.
- G’arbda xuddi shu kabi institutlar, ikki tomonlama investitsiya fondlari deb nomlanadi, yoki AQSH da 1924 y. paydo bo`lgan qarz fondlari (mutual funds) deyiladi. II jahon urishidan so`ng, ular tez sur’atlarda rivojlanishdi. Hozirda ular AQSH da pension fondlarlar korparatsiyalari va sug’urta kompaniyalaridan keyingi, ammo banklar trast departamentaridan avvalgi 3 – o`rinda turadi. Shuni ko`rsatib o`tish kerakki, sanoati taraqqiy topgan davlatlarda “investitsion fond” tushunchasi va “investitsion kompaniya” tushunchalari ko`pincha sinonim hisoblanadi. Farqi shundaki, investitsion kompaniyalar bir nechta investitsion fondlarni tarkibiga olishi mumkin, qimmatli qog’ozlar yig’imi sifatida (investitsiyalar portfeli), qaysikim alohida menedjerlar jamoasi boshqaradi. Boshqaruv kompaniyasi deb ataluvchi kompaniyada barcha investitsion fondlarning aksiya poketlari boshqaruvi bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |