Nobel mukofoti to‘g‘risida ba’zi faktlar
Download 49.34 Kb.
|
Nobel mukofoti
Nobel mukofoti – bu, har yili buyuk ishlar, katta ixtirolar, jamiyat taraqqiyoti yoxud madaniyatiga salmoqli hissa qo‘shgan kishilarga beriladigan xalqaro mukofotdir. Ushbu mukofotni shvetsiyalik olim, dinamit ixtirochisi Alfred Nobel ta’sis etgan. A.Nobelning 1895-yili 27-noyabrda qoldirgan vasiyatiga ko‘ra, vafotidan keyin undan qolgan mablag‘ asosida 1900-yili Nobel jamg‘armasi tashkil etilgan. 1969-yildan boshlab Shved bankining tashabbusi bilan iqtisodiyot sohasida bajarilgan yirik tadqiqotlar uchun ham Nobel mukofoti beriladigan bo‘ldi. Mukofot topshirilishidan avval butun jahondagi yirik tashkilotlar tomonidan mukofot uchun nomzodlarni ko‘rsatish ishlari amalga oshiriladi. Oktabr oyida nomzodlar o‘z mamlakatlarida e’lon qilinadi. Ularning yakuniy tanlovi bilan Shved Qirolligi Fanlar akademiyasi, Karolina instituting Nobel assambleyasi va Norvegiya Nobel qo‘mitasi shug‘ullanadi. Nobel mukofotini topshirish tantanasi Shvetsiya poytaxti Stokgolm va Norvegiya poytaxti Osloda Alfred Nobel vafot etgan kun, ya’ni 10-dekabrda o‘tkaziladi. Stokgolm shahrida fizika, kimyo, fiziologiya va tibbiyot, adabiyot va iqtisodiyot sohalari bo‘yicha mukofotlarni Shvetsiya qiroli topshiradi. Jahonda tinchlikni mustahkamlash ishlari uchun beriladigan Nobel mukofotni esa Oslo shahrida Norvegiya qiroli topshiradi. Birinchi bor ayni mukofot 1901-yilda topshirilgan. Hozirgi vaqtda Nobel mukofotining qiymati 10 million shved kronasiga (1,3 million dollar atrofida) teng. Nobel mukofoti to‘g‘risida ba’zi faktlar 1901-yildan 2010-yilgacha Nobel mukofoti jami 543 marta berilgan. Bu yil Nobelning iqtisodiyot bo'yicha sovrindorlari Amerikaning uch olimi bo'lib, ular banklar va moliyaviy zaifliklarni tadqiq qilganligi uchun taqdirlanmoqda. Ular - AQSh markaziy bankining sobiq raisi Ben Bernanke, Chikago universitetidan Daglas Daymond va Vashington universitetidan Filip Dibvig. Stokgolmda Shvetsiya Fanlar akademiyasi e'lonida qayd etilishicha, laureatlar "banklarning roli xususidagi izchil izlanishlari, xususan moliyaviy inqirozlarda ularning qadamlari borasidagi tahlili bilan dunyo ahliga bebaho bilim va tushuncha taqdim etgan". Nobelning iqtisodiy yo'nalishida bosh hakam Tore Ellingsen deydiki, bu mutaxassislar insoniyatga moliyaviy inqirozlardan saqlanish va ulardan chiqish yo'llarini ochib bergan. Bernanke, Daymond va Dibvigning ilmiy faoliyati 1980-yillarga borib taqaladi va Nobel ularning shu paytgacha qo'shgan hissasi uchun berilmoqda. Ben Bernanke, AQSh markaziy bankining sobiq raisi, bu yil iqtisodiy yo'nalishda Nobel mukofotini qo'lga kiritgan mutaxassislardan biri Moliya bozorlarni o'rgangan Daymond va Dibvig iqtisodiy muammolarga yechimni kuchli banklarda ko'radi. Ularning sog'lom ishlashi, bu olimlarga ko'ra, har qanday tizimni mustahkamlaydi. Daymond yozgan ilmiy maqolalarda banklarning ijtimoiy ahamiyatiga ham urg'u berilib, pulni saqlagan va qarz olgan tomonlar orasidagi bog'liqlik yoritiladi. Kredit aslida jamiyat uchun sarmoya, degan argument ham olg'a suriladi, chunki pirovardida bu qarz inson manfaatlari uchun xizmat qilishi kerak. Ben Bernanke 1930-yillardagi global inqiroz sabablarini tahlil qilib, banklarning salbiy va ijobiy rollarini xatlagan. Bernanke yozadiki, banklarda nafaqat pul, balki cheksiz informatsiya saqlanadi. Ularning qulashi shu bois ham jamiyatga cheksiz zarar keltiradi. Nobel sovrindorlari birgalikda 900 ming dollar oladi. Iqtisodiyot uchun mukofot 1969-yildan beri beriladi va uning homiysi Shvetsiya markaziy bankidir. Download 49.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling