Noelektrolit eritmali. Raul qonuni. Osmotik bosim, Krioskopiya va eblioskopiya
Download 19.63 Kb.
|
noelektrolit eritmali. raul qonuni (1)
Aim.Uz Noelektrolit eritmali. Raul qonuni. Osmotik bosim, Krioskopiya va eblioskopiya Reja: 1. Noelektrolit eritmali 2. Osmotik bosim 3. Raul qonuni 4. Krioskopiya va eblioskopiya Ma`lumki har qanday suyuq modda temperaturaning hohlagan qiymatida doimo o`z bug`i bilan muvozanatda bo`ladi: Syuyqlik→ Bug`. Suyuqlik ustidagi bug` gazsimon modda bo`lgani uchun o`z bosimiga ega. Suyuqlik ustidagi bug`ning bosimi, (har bir temperatura qiymatida )doimiy sondir. Toza suyu1`lik, masalan suv erituvchi bo`lsa, uning aynintemperaturadagi to`yingan bug` bosimi P1 ga teng. Suvda biror modda (shakar, glyukoza, mochevena) eritilsa, hosil bol`gan eritma ustidagi bug` bosimi P2 bol`ladi. Va uning qiymati ayni temperaturadagi suvning bug` bosimidan kam bo`ladi.: P 1>P2 Ikkiala bosim o`rtasidagi farq, ΔP= P1-P2 eritma to`yingan bug` bosimining pasayishi deyiladi. Bu ΔP farqning toza erituvchi (suv) to`yingan bug` bosimiga nisbati ΔP/P1 = P1=P2/P 1 eritma to`yingan bug` bosimining nisbiy pasayishi deyiladi. Fransuz fizigi Raul (1887 yil) eritma to`yingan bug` bosimini o`rganib, o`zining birinchi qonuninin kashf qildi. Bu qonunga binon, eritma to`yingan bug` bosimining nisbiy pasayishi eritmada erigan moddaning milyar qismiga to`g`ri proporsionaldir: ΔP/P1 =P2-P1/P1=N2=n2/n1+n2 Bunda N2- erigan moddaning molyar qismi.n1 va n2- erituvchi va erigan moddaning eritmadagi mollar soni.Buning sababi yuqoridagi suyuqlik-bug` muvozanat holatidan kelib chiqadi. Chunki suvda modda reriganda, suv molikulalari erigan modda molekulalari bilan birikma- gidratlarni hosil qilgani uchun suvdagi suv molekulalari miqdori kamayadi. Bu kamaygan molekulalarni suvli eritmada o`z ustidagi (bug` holatidagilarini) suv molekulalarini suyuqlikka aylanishi ya`ni (H2O ) suv →(H2O ) bug` muvozanatni chapga siljishi tufayli to`ldiradi. Bug` hlatidagi suv molekulalarining soninig kamayishi ayni temperaturadagi bosimning kamayishiga sababn bo`ladi va eritma ustidagiu bug` bosimi toza suvnikidan past bo`ladi. Bu hulosalar har qanday eritmalar uchun o`rinlidir. Bu hulosalar suv va eritmaning holat diagramasi asosida izohlanadi. Bu grafikka asosan toza suvning barcha hoaltlaridagi bug` bosimi (P1) suvli eritmaning bug` bosimi (P2) dan yuqori va eritmaning konsntrasiyasi qanchalik yuqori bo`lsa, grafikdagi suv va eritmani ifodaliovchi egri chiziqlar o`rtasidagi farq shunchalik katta bo`ladi. Download 19.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling