Nogironligi bor shaxslar bilan ijtimoiy ish amaliyoti


Download 1.03 Mb.
bet42/74
Sana14.12.2022
Hajmi1.03 Mb.
#1005116
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   74
Bog'liq
portal.guldu.uz-Nogironligi bor shaxslar bilan ijtimoiy ish amaliyoti

Inklyuziv ta’lim (ingliz tilidan olingan bo’lib, inclusive, inclusion–uyg’unlashmoq, uyg’unlashtirish, qamrab olmoq, qamrab olish ma’nolarini bildiradi) bu davlat siyosati bo’lib, normal rivojlanishdagi va maxsus ehtiyojli bolalar o’rtasidagi to’siqlarni bartaraf etish, maxsus ta’limga muhtoj bolalar va o’smirlarni rivojlanishidagi nuqsonlar yoki iqtisodiy qiyinchiliklardan qat’iy nazar oilaning faol ishtirokida umumta’lim tizimiga to’liq qo’shishni va ijtimoiy hayotga moslashtirishni ifodalovchi ta’lim tizmidir.
Yuqorida keltirlgan me’yoriy hujjatlar asosida imkoniyati cheklangan bolalar va o’smirlarni ham umumta’lim muassasalarida tenghuquqlilik asosida o’qitish va tarbiyalash masalasi huquqiy jihatdan kafolatlandi.
Chunki alohida ehtiyojli bolalar inklyuziv ta’limining samarali tashkil etilishi natijasida

  • imkoniyati cheklangan farzandlari mavjud bo’lgan oilalarning moddiy va ma’naviy muammolariga barham beriladi va mahallarda ajratish iskanjasidan qutulishga imkon yaratiladi;

  • imknoniyati cheklangan bolalarni maktablar va jamoatchilik orasida kamsitishlarning oldi olinadi, bolalar o’rtasida

tenghuquqlilik ta’minlanadi, do’stona munosabatlar shakllanadi;

  • maxsus ehtiyojli bolaning o’z oilasi va jamiyat davrasida bo’lishdek ulkan imkoniyat yaratiladi;

  • jamiyatning yanada inklyuzivlashuviga olib keladi;

  • barcha uchun ta’lim sifati yanada yaxshilanadi;

  • imkoniyati cheklangan bolalar sog’lom tengdoshlari orasida tabiiy sharoitlarda yashash va mehnat qilishga moslashadilar;

  • imkoniyati cheklangan bolalarning ijtimoiy jamiyatga erta va samarali moslashishlari ta’minlanadi, ya’ni jamiyatda boshqalar ko’magiga qaramlar soni kamayadi.

  • Hamma bolalarning ehtiyojlarini hisobga olgan, huquq va qobiliyatlarini hurmat qiladigan, ijtimoiy adolat hamda tenglikka erishishni maqsad qilib olgan ta’lim tizimi inklyuziv ta’lim deyiladi.

Inklyuziv ta’lim nogiron bolalarni ta’lim jarayoniga integratsiya qilish hamda umumta’lim maktablarini nogiron bolalarga moslashtirishni ko’zda tutadigan, ijtimoiy adolat va tenglikni bosh maqsad qilib olgan jarayondir.
Inklyuziv ta’lim ijtimoiy modelga asoslanadi va u muammoni bolada emas, balki dastur va metodologiyada deb hisoblaydi. Bunday ta’lim tizimiga ba’zi bir o’zgartirishlar kiritishni taqazo etadi. Bunda har bir bolaning ehtiyojini hisobga olgan holda o’quv rejalari tayyorlanadi, uslubiyotning psixologik muammolari bilan bog’liq tomonlari to’g’ri yo’lga qo’yiladi. Inklyuziv ta’lim hamma bolalarni, shu jumladan, nogiron bolalarni ham o’zlari xohlagan maktabda o’qishi mumkin, deb xulosa chiqaradi.
Bolaning nogiron bo’lib qolishiga jamiyat, undagi muhit, tushunmovchiliklar, yo’l qo’yilgan xatolar sababchi bo’lgan. Demak, uning o’qishi uchun ham shu jamiyatning o’zi jon kuydirishi shart.
Bola huquqlari xalqaro Konvensiyadan kelib chiqib, yaxshi maktab ta’limini uch xil ibora bilan ta’riflash mumkin, ya’ni:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling