Nogironligi bor shaxslar bilan ijtimoiy ish amaliyoti
Nogironlar huquqlari to’g’risidagi BMTning Konvensiyasi
Download 1.03 Mb.
|
portal.guldu.uz-Nogironligi bor shaxslar bilan ijtimoiy ish amaliyoti
3. Nogironlar huquqlari to’g’risidagi BMTning Konvensiyasi.
Ushbu Konvensiyaning maqsadi barcha nogironlarning insonning barcha huquqlari va asosiy erkinliklarini rag’batlantirish, himoya qilish hamda to’la va keng amalga oshirilishini ta’minlash, shuningdek ularga xos qadr-qimmatni hurmat qilishni rag’batlantirishdir. Nogironlarga turli to’siqlar bilan o’zaro munosabatda ularning boshqalar bilan teng holda jamiyat hayotida to’la va samarali ishtirok etishiga halaqit beradigan barqaror jismoniy, psixik, intellektual yoki sensor1 buzilishlari bo’lgan shaxslar taalluqlidir. Ushbu Konvensiyaning printsiplari quyidagilardan iborat: a) insonga xos bo’lgan qadr-qimmatni, uning shaxsiy mustaqilligi, shu jumladan mustaqil tanlovi erkinligini hamda mustaqilligini hurmat qilish; b) kamsitmaslik; c) jamiyatga to’la va samarali jalb etish va qo’shish; d) nogironlarning o’ziga xos xususiyatlarini hurmat qilish va buni insoniy turfa xillikning tarkibi va insoniyatning bir qismi sifatida qabul qilish; e) imkoniyatlarning tengligi; f) to’siqsiz foydalanish; g) erkaklar va ayollarning tengligi; h) nogiron bolalarning rivojlanayotgan qobiliyatlarini hurmat qilish va nogiron bolalarning o’z shaxsiy xususiyatlarini saqlab qolish huquqini hurmat qilish. Nogiron ayollar 1. Ishtirok etuvchi davlatlar nogiron ayollar va nogiron qizlar juda ko’p kamsitilishini tan oladi va shu munosabat bilan ular tomonidan barcha inson huquqlari va asosiy erkinliklarini to’la va teng amalga oshirilishini ta’minlash uchun choralar ko’radi. 2. Ishtirok etuvchi davlatlar ayollarga ushbu Konvensiyada mustahkamlab qo’yilgan inson huquqlari va asosiy erkinliklarini amalga oshirishni kafolatlash uchun ayollarning ahvolini yaxshilash, huquq va imkoniyatlarini kengaytirish, har tomonlama rivojlanishini ta’minlash uchun barcha zarur choralarni ko’radi. Nogiron bolalar 1. Ishtirok etuvchi davlatlar nogiron bolalarning barcha inson huquqlari va asosiy erkinliklarini boshqa bolalar bilan teng ravishda to’la amalga oshirilishini ta’minlash uchun barcha zarur choralarni ko’radi. 2. Nogiron bolalarga nisbatan barcha sa’y-harakatlarda bolaning oliy manfaatlariga birinchi darajali e’tibor qaratiladi. 3. Ishtirok etuvchi davlatlar nogiron bolalar yoshlariga va etukligiga muvofiq bo’lgan zarur salmoq oladigan o’z qarashlarini boshqa bolalar bilan teng ravishda erkin ifoda etish huquqiga ega bo’lishlarini hamda ushbu huquqlarni amalga oshirish uchun nogironliklari va yoshiga mos bo’lgan yordamni olishlarini ta’minlaydi. Download 1.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling