Nokia haqida ixcham ma'lumot


Download 0.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana18.06.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1567072
  1   2   3   4
Bog'liq
Hojiakbar mardiyev



Abdulla Qodiriy nomidagi 
Jizzax Davlat Pedegogika Instituti 
Tarix yo`nalishi S0601_20 guruh 
talabasi Mardiyev Hojiakbarning 
“Ta`limda axborot texnologiyalari” 
fanidan bajargan 
M U S T A Q I L I SH I 
Jizzax – 2022  


Mavzu: Algoritmning blok-sxema shaklida berilish usulini tasvirlang va misol keltiring 
Reja: 
1. Algoritmning asosiy xossalari 
2. Algoritmni tasvirlash usullari 
3. Algoritm ijrosini tekshirish 
4.blok-sxemada ishtirok etadigan sxmalar 
Algoritmning tasvirlash usullari bilan tanishishni biz misollar ko'rish bilan boshladik. Hozircha 
asosan algoritmning so'zlar orqali ifoda qilinishi bilan ko'proq tanishdik. Aslida algoritmning 
berilish usullari xilma-xildir, biz shularning eng ko'p uchraydiganlari bilan tanishamiz. 
1.Algoritmning so'zlar orqali ifodalanishi. Biz bu usul bilan yuqoridagi qator misollar 
yordamida batafsil tanishdik. Ushbu holda ijrochi uchun beriladigan har bir ko'rsatma jumlalar 
orqali buyruq mazmunida (shaklida) beriladi. 
2. Algoritmning formulalar yordamida berilishi. Biz bunday misol bilan ham yuqorida tanishib 
o'tdik. Algoritmning formulalar bilan berilish usulidan matematika, fizika, kimyo kabi aniq 
fanlarni o'rganishda ko'plab foydalanamiz. Bu usulni ba'zan analitik ifodalash ham deyiladi. 
3. Algoritmning jadval ko'rinishida berilishi. Algoritmning bu tarzda tasvirlanishidan ham ko'p 
foydalanamiz. Masalan, maktabda qo'llanib kelinayotgan to'rt xonali matematik jadvallar yoki 
turli lolereya, zayomlarning yutuqlar jadvallari. 
Funksiyalarning grafiklarini chizishda ham algoritmlarning qiymatlar jadvali ko'rinishlaridan 
foydalanamiz. Bu kabi jadvallardan foydalanish algoritmlari sodda bo'lgani tufayli ularni 
o'zlashtiirb olish oson. 
4. Algoritmning dastur shaklida ifodalanishi. Algoritmning dastur shaklida ifodalanishi bilan 
kursimizning 
keyingi qismlarida batafsilroq tanishamiz. Bu yerda qisqa ma'lumot bilan 
cheklanamiz. Millionlab kompyuterlarning keng tarqalib ketishi algoritmlarning dastur 
tarzidagi tasvirining keng ommalashib ketishiga katta turtki berdi. Chunki avvalgi 
bo'limlarda takidlaganimizdek kompyuterlar doimo dasturlar yordamida 
boshqariladi.Dasturdagi buyruqlar kompyuter - ijrochiga tushunarli bo'lishi shart. Demak, 
beriladigan buyruqlar tizimi kompyuter uchun tushunarli tilda bo'lishi yoki shu tilga tarjima 
qilib berilishi lozim. Jahonda hozirgi kunda minglab dasturlash tillari mavjud va yangilari 
yaratilmoqda. Biz ham kursimiz davomida keng
tarqalgan va maktabda o'rganish qulay 
bo'lgan Beysik, Paskal kabi dasturlash tillaridan biri bilan tanishishni hamda dasturlashning 
asoslarini o'rganishni rejalashtirganmiz. 
5. Algoritmning algoritmik tilda tasvirlanishi. 


Algoritmik til - algoritmni bir xil va aniq ifodalash, bajarish uchun qo'llaniladigan belgilash va 
qoidalar majmui. 
Algoritmik tillar dasturlash tillariga nisbatan ancha kam ishlatilsa ham, ularning algoritmlash 
asoslarini o'rganish sohasidagi ahamiyatini tan olish zarur. 
Hozirda algoritmik tillardan o'quv, o'rganish tili sifatida foydalanilmoqda, ularning ichida eng 
ko'p tarqalgani E-praktikum yoki E-tili deb ataluvchilaridir. Biz kursimiz davomida algoritm 
ijrochisining algoritmik tili bilan tanishamiz. 
6. Algoritmlarning grafik shaklida tasvirlanishi. Algoritmning bu shakli sizga avvaldan tanish, 
chunki matematika kursida chizilgan grafiklarning ko'pchiligi algoritmning grafik usulda 
berilishiga misol bo'ladi. Bundan tashqari shahar yoki turar joy mavzelarida joylashgan boror uy 
hamda inshootlarni izlash va harakatlanish bo'yicha berilgan karta-sxemalar ham shunga misol 
bo'la oladi. 
Endi algoritmning shu paytgacha tanish bo'lmagan yana bir grafik tasviri bilan tanishtirib 
o'tmoqchimiz. Bu maxsus vositaning nomi blok - sxema deb yuritiladi. Blok - sxemalar turli 
geometrik shakllardagi oddiy elementlardan tashkil topadi. 
Quyida biz blok-sxemalarning asosiy elementlari bilan tanishamiz: 
Blok-sxemalarning yuqorida sanab o'tilmagan elementlari va standartlari ham bor albatta, lekin 
biz bu yerda kursimizni o'rganishda zarur bo'lganlari bilan cheklandik, xolos. 
Biz blok-sxemalar algoritmlarni ifodalashning qulay vositalaridan biri bo'lgani, ko'rgazmalik 
imkoniyati ancha katta ekanligini inobatga olgan holda, ulardan butun kursimiz davomida 
foydalanib boramiz. Shu sababli blok-sxemalar bilan ishlashni boshidanoq yaxshilab o'zlashtirib 
borishimiz zarur bo'ladi. 
O'zgaruvchi va o'zgarmas miqdorlar bilan matematika, fizika fanlari orqali avvaldan tanishsiz. 
Ulardan informatikada ham foydalanamiz, faqat nomlashda imkoniyat ko'payadi, chunki ularni 
biror lotin harfining o'zi bilan emas, balki lotin harflari va zarur bo'lganda lotin harfi hamda 
raqamlar birikmasi bilan ifodalash mumkin. Bundan tashqari miqdorlarning sonli, ramziy 
belgilaridan iborat va boshqa turlari mavjudligini inobatga olishimiz lozim. O'zgaruvchi va 
o'zgarmaslarning nomlanishi, turlari, ularni ifodalash haqida batafsil ma'lumot bilan keyinroq, 
dasturlash asoslari bobida tanishamiz. Hozircha o'quvchilar ular uchun yangi bo'lgan belgili 
turdagi o'zgarmas qo'shtirnoqlar ichiga olib yozilgan istagan belgilar ketma-ketligidan 
iboratligini bilib olishlari lozim. 
MISOLLAR 
a, s, xl, max, alfa, R19 - o'zgaruvchilarning nomlari; 
63, 12. 4, "Yechim", "1-bosqich", "x2", - 41.765 - o'zgarmaslarning yozilishiga misollardir. 
Ifodalar ham har xil ko'rinish va turdagi qiymatlarga ega bo'ladi. Hozircha biz algebraik va 
belgili ko'rinishlar bilan cheklanamiz. 
Qiymat berish ko'rsatmasi bajarilishiga misollar ko'ramiz. 
a) n:q1; n:qnQ1-nq2 bo'ladi, chunki n ning "eski" qiymatiga 1 qo'shilib 2 ga teng "yangi" 
qiymati hosil bo'ladi. Ya'ni qiymat berish ko'rsatmasining o'ng tomonida joylashgan o'zgaruvchi 
qiymati o'zgarib ketishi mumkin ekan, bu esa chap tomondagi ifodaga bog'liq. 
b) r:q"y ning qiymati" - bu ko'rsatma yordamida r o'zgaruvchining qiymati berilgan belgi 


ko'rinishini oladi. 
Shuni aytish lozimki, blok-sxemalardagi yozuvlar odatdagi yozuvlardan katta farq qilmaydi. 
Algoritmning blok-sxema shakliga bir misol quyidagi rasmda keltirilgan. 
1.
Algoritmni tasvirlash shakllaridan asosiylarini aytib bering. 
2.
Algoritmlarning formula bilan ifodalanishiga fizika fanidan misollar keltiring. 
3.
Matematika fanida algoritmlarning jadval shaklidan foydalanishiga misollar keltiring. 
4.
Hayotda uchraydigan jadval bilan ifodalangan algoritmlarga misollar keltiring. 
5.
Dastur bilan ishlaydigan mikrokalkulyatorlar uchun beriladigan dasturlar algoritmning 
dasturli shakliga misol bo'la oladimi? 
6.
Blok-sxema nima? Blok-sxema asosiy elementlarining vazifalari bilan tanishtiring. 
Tartibot (senariy) algoritmni ifodalash shakllaridan biri deyish mumkinmi ? 
Adabiyot, matematika yoki informatikaga bag'ishlangan kecha o'tkazish uchun tartibot tuzishga 
urinib ko'ring. 
"Bilmasvoy"ga yoki kichik yoshdagi uka va singillaringizga kompyuterda ishlash bo'yicha 
saboq bermoqchi bo'lsangiz, mashg'ulotlarni qanday tuzardingiz? Lug'atdan ma'lum so'zni 
topish algoritmini ifodalang. Berilgan musbat sonning kvadrat ildizini to'rt honali matematik 
jadvallar yordamida aniqlash algoritmini keltiring. Galstukni bog'lash sxemasi algoritmning 
grafik shaklida berilishiga misol bo'la oladimi? Ushbu yozuvlarning qaysilari o'zgaruvchiga 
misol bo'la oladi: 
g4, ATR, in45, 3j, b, D2:H, pi, X2, a-c, v, betta? 
Diktant tekshirish algoritimini taklif eting. Uchburchakning yuzini hisoblash algoritimlarini har 
xil shakllarda keltiring. Quyidagi qiymat berish ko'rsatmalari qanday natija beradi: 

x:q2; x:qxQ7, xq? 

a:q3.2; b:q2; b:qab, aq?, bq? 

t:q"TINCHLIK"; zl:qt, tq?, zlq? 

ml:12; m2:q13; ml:qmlQm2; m2:qm2-ml, mlq?, 

m2q? 


Jismni qiya tekislik bo'ylab ko'tarishdagi foydali ish koeffisientini aniqlash algoritmini tuzing. a 
va b o'zgaruvchilarning qiymatlari quyidagi ko'rsatmani berishdan avval qanday qiymatga ega 
bo'lgan: 

a:qa - b dan so'ng, aq13 va bq4 bo'lgan; 

a:qb dan so'ng, aq5 va bq5 bo'lgan? 

Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling