Multipleksor va Demultipleksorlar
Multipleksorlar bir necha manbadan berilayotgan ma’lumotlarni bitta chiqish kanaliga uzatishni boshqarish uchun mo’ljallangan.
Multipleksorda ikki turdagi kirishlar mavjud: ma’lumotlar va adres uchun (boshqaruvchi). U yoki bu Ai kirish liniyasini tanlash berilayotgan S0, S1, … adres kodi bilan belgilanadi. Boshqaruv kirishlari n – ta bo’lsa, Si boshqaruv signallarining M=2n ta kombinasiyasini amalga oshirish mumkin.
Demultipleksor bir kanaldan qabul qilingan ma’lumotlarni bir necha qabul qilgichlarga taqsimlash vazifasini, ya’ni multipleksiyalashga teskari bo’lgan amalni bajaradi. Qabul qilgich raqami uning adres kirishlariga berilgan kod kombinasiyasi bilan aniqlanadi.
Demultipleksor bitta ma’lumot kirishi,
n – ta adres kirishi va M=2n chiqishga ega.
“4 dan 1 ga” multipleksorining haqiqiylik jadvali
“1 dan 4 ga” demultipleksorining haqiqiylik jadvali
Shifrator va Deshifratorlar
O’nlik, sakkizlik yoki o’n oltitalik sanoq tizimidagi raqamlarni ikkilik yoki ikkilik-o’nlik kodga o’zgartiruvchi kombinasion mantiqiy qurilma – shifrator yoki koder deb ataladi.
Ikkilik sanoq tizimidagi raqamlarni o’nlik sanoq tizimidagi kodga o’zgartiruvchi kombinasion mantiqiy qurilma – deshifrator yoki dekoder deb ataladi.
Shifrator m ta kirish va n ta chiqishga ega bo’lib, kirishlardan biriga berilgan signalni chiqishda n – razryadli paral-lel kodga o’zgartiradi. Agar shifrator n ta chiqishga ega bo’lsa, u holda uning kirishlari soni 2ndan kam bo’lmasligi kerak. Agar m=2n munosabat bajarilsa shifrator to’liq, agar m<2n bo’lsa, u to’liq emas deb ataladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |