Nomarkaziy yuklangan poydevorlarni hisoblash
Download 0.61 Mb.
|
12-AMALIY MASHG`ULOT
12-AMALIY MASHG`ULOT NOMARKAZIY YUKLANGAN POYDEVORLARNI HISOBLASH Faraz qilaylik, to`g`ri to`rtburchakli tovonga ega bo`lgan va G og`irlikdagi simmetrik poydevor berilgan bo`lib, unga e - ekssentrisiteti bilan ta’sir etuvchi kuch P berilgan. Poydevor chetlaridagi kuchlanishlar quyidagi formuladan aniqlanadi: (2.1) Bu formuladagi (+) ishora σmax ni beradi, (-) ishora esa σmin ni beradi. Bu formulada M = Pe – burovchi momenti, - qarshilik momenti, J-inersiya momenti, F = lb poydevor tovoni yuzasi. 2.1-rasm. Nomarkaziy yuklangan poydevor osti gruntining kuchlanishlar epyuralari Bu belgilarni birinchi formulaga qo`yib va poydevorning o`z og`irligi G ni hisobga olmay quyidagiga ega bo’lamiz: . (2.2) (2.2) formula poydevorlarning o’z og`irligini hisobiga olmagan holda poydevor ostidagi kuchlanish, bu hol uchun poydevor ostida hosil bo`lgan kuchlanishlar epyuralari turlarini aniqlaymiz. P kuchning joylashishiga bog`liq holda poydevor ostidagi gruntda hosil bo`lgan kuchlanishlar epyuralari turli ko`rinishga ega bo`lishi mumkin. Agar ekssentrisitet e< l/6 bo’lsa, u holda epyura trapesiyasimon shaklda bo`ladi; e=l/6 bo`lganda, epyura poydevorning butun eni bo`yicha uchburchak shaklida bo`ladi, agar e>l/6 bo’lsa, kuchlanishlar epyurasi poydevor enining bir qismini quruvchi uchburchak shaklga ega bo`ladi. Mos ravishda chekli kuchlanishlar quyidagiga teng: birinchi holda ; ikkinchi holda ; uchinchi holda . Agar biz poydevor termasida kuchlanishlarni aniqlaganimizda, unda uchunchi holda σmax va σmin lar turli ishoralarga ega bo`lar edi. σmin manfiy (cho`zuvchi) qiymatga ega bo`lsa, σmax musbat (siquvchi) qiymatga ega bo`ladi. Poydevor gruntga cho`ziluvchi kuchlanishlarni uzatmaydi, shuning uchun poydevorning gruntdan uzilishi kuzatiladi va epyura gl ma’lum masofada nolga teng bo`ladi. Bu holda nomarkaziy siqilish formulasi orqali σmax ni aniqlab bo`lmaydi, uni boshqacha yo`l bilan aniqlash mumkin. Reaktiv kuch lmn uchburchak yuzasi orqali aniqlanadi. , chunki R kuch lmn uchburchakning og`irlik markazida ta’sir etadi. Muvozanat sharti bajarilishi uchun R=P bo`lishi kerak, demak, , (2.3) bu yerda . Nomarkaziy yuklangan poydevorlarni hisoblashda kuchlanishlar epyuralarining trapesiya ko`rinishdagi va uchburchak ko`rinishidagi shakllarini olish mumkin. Korxona sexlar poydevorlari uchun unga ta’sir etayotgan yuklar 75T dan ortiq bo`lsa, shuningdek ochiq estakadalar poydevorlarga 15T dan ortiq yuk ta’sir etsa va gruntdagi normal qarshilik RН≤1,75 kG/sm2 bo`lsa, nisbatdagi trapesional epyura olish mumkin. Qolgan barcha nomarkaziy yuklangan poydevorlar uchun kuchlanishlar epyurasi uchburchak shaklida olinadi. Poydevorlarning hisoblash tartibini quyidagicha olib borish tavsiya etiladi: dastavval qurilish me’yori qoidalari QMQ shartlaridan kelib chiqqan holda poydevor balandligi uni armaturalash shuningdek, poydevor eng pastki qismlarining balandligi aniqlanadi. Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling