Nomema va semema haqida. Sememaning tarkibi


Download 81.5 Kb.
bet3/5
Sana18.02.2023
Hajmi81.5 Kb.
#1211657
1   2   3   4   5
Bog'liq
Semema

Vazifa semalari semema tarkibiga kiruvchi va leksemaning nutqda qanday vazifalarda kela olishini (sintaktik qurilish qoliplarida qanday o’rinni egallay olishini) bildiruvchi semalardir. Vazifa semalari leksemaning birikuvchanligini (sintaktik valentligini) ham belgilab keladi. Masalan, [kitob], [maktab], [adolat], [yoz] kabi leksemalar ganda turlicha gap bo’laklari vazifasida kela oladi. Shuning uchun ularda vazifa semalari oddiy [neytral] va o’ta keng bo’ladi. [endi], [birdan], [shaxdam] kabi leksemalarda vazifa semasi belgining belgisini ifodalash; [qat’iy], [keskin], [moviy] va [qizg’ish] kabi leksemalarda esa narsa - buyum va bel­gining belgisini ifodalash vazifasi bilan cheklanadi.
Vazifa semalari yordamchi leksemalarda alohida rang-baranglik kashf etadi, xilma-xil ko’rinish va xususiyatlarga ega bo’ladi. Masalan, [qo’y] leksemasi yordamchi fe’l vazifasida kelganda, u «harakatning to’satdan, beixtiyor sodir bo’lishi» vazifa semasini qabul qiladi va [qo’y-] yordamchi fe’lini [yubor], [qol-], [ber] yordamchi fe’llari bilan o’xshashlik munosabatiga kiritadi: (Bu gapni aytib qo’ydi//aytib qoldi | aytib yubordi / aytib berdi). bog’lovchi, ko’makchi, yuklama kabi yordamchi leksema sememalarida va­zifa semalari yetakchilik qiladi. Chunonchi, [va] yor­damchi leksema sememasida «nutqda so’z va gaplarni bog’lash» semasi asosiy tarkibiy qism sanaladi. Lek­sema sememalarining vazifa semalari o’zbek tilshunosligida eng kam o’rganilgan soha bo’lib, qo’llanmada bu haqda tor doirada fikr yuritdik, xolos. Aniqrog’i, ushbu ishda ayni hodisani masala sifatida qo’yish bilan cheklandik.
Semema semalarining munosabati. Leksema se­memalarining tarkibidagi atash, ifoda va vazifa se­malari o’zaro dialektik bog’lanishda va teskari mutanosiblikda (teskari proporsional) bo’ladi. Aniqrogi, har bir sememada ushbu uch xil semalar (mavjuddir. Ammo ba’zi semalarning kuchayishi, aniqlashishi, bo’rttirilishi boshqa semalarning zaiflashishiga, kuchsizlanishiga olib keladi. Jumladan, mustaqil lek­sema sememalarida atash semalari kuchayganda, ifo­da va vazifa semalari zaiflashadi. Aksincha, undov va taqlidiy leksema sememalarida atash semalari zaiflashganda, ifoda semalari kuchayadi. Yordamchi leksemalarda esa ifoda va atash semalari-zaiflashgan­da, vazifa semalari kuchayadi.
Mustatsil ma’noli so’zlarda ham juda ko’p hollarda buni ko’rishimiz mumkin. Masalan, [yuz], [bet] ... leksik paradigmasidagi leksemalar atash semalari jihatidan batamom o’xshashligi va faqat ifoda semalari bilangina farqlanishini oldingi bo’limda ko’rib o’tdik. Juda ko’p hollarda shakldoshlik (sinonimiya) qatorida, oddiy—eskirgan—yangi leksema­lar qatorida sememalarni va leksemalarni farqlashda ifoda semalari yetakchilik qiladi. Sememalar tarki­bidagi turlicha semalarning o’zaro munosabati masalasi o’zbek semasiologiyasi fanining o’rganishi zarur bo’lgan dolzarb masalalaridandir.

Download 81.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling