Nometall keramik materiallar deb yuqori temperaturalargacha


Download 155.36 Kb.
bet2/5
Sana24.12.2022
Hajmi155.36 Kb.
#1052093
1   2   3   4   5
Bog'liq
KERAMIKA MAHSULOTLARI

Tayanch so’z va iboralar: nafis keramika, nafis keramika, klassifikatsiyasi , sopolagi yumshok nafis keramika, sopolagi qattiq nafis keramika, nafis keramika buyumlari, nafis tosh,


5.1. Nafis keramika tushunchasi.

Keramika mahsulotlarining dastlabkisi idish bo’lgan. Unda oziq – ovqat pishirilgan va ortiqchasi saqlangan. Jumladan, neolit davridagi tuxumsimon qilib ishlangan dastlabki idishlardan ovqat saqlash va pishirishda foydalanilgan.


Markaziy Osiyoda miloddan avvalgi 3-2 ming yillarda dexqonchilik bilan shug’ullanib boshlangan. Xalqlarning o’troqlashuvi esa o’z navbatida kulol­chilikning vujudga kelishiga sabab bo’lgan.
Xitoyda miloddan avvalgi 3-ming yillikdagi Yanshao davrida kerami­kaning rivojlanishi boshlangan va chinni ishlab chiqarish yo’lga qo’yilgan. XII-XIII asrlarda esa ularning shuxrati butun dunyoga tarqalgan. CHinni nomi bilan atalgan bunday mahsulotlar Markaziy Osiyo va Eronga ham keltirilgan.
Markaziy Osiyo VIII-XII asrlarda sopol idishlar chiqarish yuqori pog’onaga ko’tarilgan. Bu yerlarda yashil, kulrang buyumlar olish odat tusiga kirgan. Ismoil Somoniy maqbarasi shu davrda yaratilgan noyob inshoatlardan namunadir.
Keramika chinnisi ishlab chiqarish Yevropada 1700-yillarningboshiga to’g’ri keladi. Birinchi chinni zavodi 1710-yili Meysenda, ikkinchi 1717-1718 yillarda Venada ishga tushirilgan. Rossiyada birinchi chinni zavodi Peteburgda 1744-yilda qurilgan. XIX-XX asrlarda keramika sanoati Markaziy Osiyoda jadal sur’atlar bilan rivojlandi. 
O’zbekiston hududida sopol buyumlar uy-ro’zg’or asboblari, me’mor­chi­lik, dekorativ qismlar sifatida ishlatilganligi ma’lum. Asrlar davomida sopol buyumlar asosiy qurilish materiali bo’lishi bilan birga, uning sifati va shakli, ishlab chiqarish texnologiyasi yildan-yilga mukammal­lashib borgan. XX asrning ikkinchi yarmida Toshkent, Samarqand, Quvasoy, Xiva, Regar kabi o’lkan chinni korxonalari qurildi va ishga tushirildi. Farg’ona viloyatining Rishton qishlog’ida 1970-yili keramika zavodining ishga tushirilishi sopol idish va badiiy buyumlar assorti­mentini ko’paytirish imkonini berdi.
Maishiy–xo’jalik buyumi turlari ko’p. Lekin barcha talablarga javob beradigani oz. Ana shunday noyob buyumlar qatoriga sopol va chinni kiradi.
Mayda donador tuzilishga ega bo’lgan, zich pishgan va sirti shishasimon sirning yupqa qavati bilan qoplangan buyumlar nafis keramika buyumlari deb ataladi. Hozirgi zamonda keramika buyumlari asosan ishlab chiqarish sohalariga va tavsiyalanishiga ko’ra turli guruhlarga turkumlanadilar. Nafis keramika buyumlari materialning pishish darajasiga qarab 2 ta guruhga bo’linadi:

    1. zich pishgan sopolakka ega buyumlar;

    2. g’ovakli, qisman pishgan sopolakka ega buyumlar.

Birinchi guruhga kirgan buyumlarning siniqlari chig’anoqsimon yaltiroq bo’lib, suyuqlik va gazlarni o’tkazmaydilar, oq yoki barobar tarzda bo’yalgan bo’lib, chertilganda uzoq vaqt so’nmay turadigan jarangdor tovush chiqara­dilar. Ularning suv yutuvchanligi 5 % dan yuqori bo’lmaydi. Ular sirlangan va sirlanmagan bo’lishi mumkin.
Ikkinchi guruhga kirgan buyumlar sinig’i mayda donador tuzilishga ega bo’lib, bo’zargan ko’rinishga ega bo’ladi hamda suyuqlik va gazlarni o’tkazib yuboradi. Ularning suv yutuvchanligi 5 % dan ortiq bo’ladi. Bunday buyumlarni chertganda tezda so’nuvchi past tovush chiqadi. Buyumlar yupqa bo’lishi mumkin. Zich pishgan buyumlar tarkibiga chinni, nafis tosh buyumlari va issiqlikka bardoshli buyumlar kiradi.
G’ovakli qisman pishgan buyumlar qatoriga yarimchinni, fayans va sopol kiradi.


Download 155.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling