Nomi: kiberxavfsizlik siyosati
Kriptografiyaning asosiy tushunchalari
Download 0.53 Mb.
|
Mustaqil ish fan nomi kiberxavfsizlik siyosati(1)
Kriptografiyaning asosiy tushunchalariKriptografiya – axborotni aslidan o’zgartirilgan holatga akslantirish uslublarini topish va takomillashtirish bilan shug’ullanadi. Dastlabki kriptografik uslublar eramiz boshida, Yuliy Sezarning ish yuritish yozishmalarida uchraydi. Axborotni himoyalash masalalari bilan kriptologiya (kryptos - mahfiy, logos- ilm) fani shug’ullanadi. Kriptologiya maqsadlari o’zaro qarama-qarshi bo’lgan ikki yo’nalishga ega [17]: – kriptografiya va kriptoanaliz. “Kripto”ning asosiy tushunchalari quyidagilarni o’z ichiga oladi [13]: − Kriptologiya - “maxfiy kodlar”ni yaratish va buzish fani va san’ati; − Kriptografiya – “maxfiy kodlar”ni yaratish bilan shug’ullanadi. − Kriptotahlil – “maxfiy kodlar”ni buzish bilan shug’ullanadi; − Kripto – yuqoridagi tushunchalarga (hattoki bundanda ortig’iga) sinonim bo’lib, kontekst ma’nosiga ko’ra farqlanadi. Shifr yoki kriptotizim ma’lumotni shifrlash uchun ishlatiladi. Haqiqiy, shifrlanmagan ma’lumot ochiq matn deb, shifrlash natijasi esa shifrmatn deb ataladi. Haqiqiy ma’lumotni qayta tiklash uchun shifrmatnni deshifrlash zarur bo’ladi. Kalitdan kriptotizimni shifrlash va deshifrlash uchun sozlashda foydalaniladi. Kriptotizimning “qora quti” sifatidagi ko’rinishi 5 – rasmda keltirilgan. Shifrlash va deshifrlash masalalariga tegishli bo’lgan, ma’lum bir alfavitda tuzilgan ma’lumotlar matnlarni tashkil etadi. Alfavit - axborotni ifodalash uchun foydalaniladigan chekli sondagi belgilar to’plami. Misollar sifatida: − o’ttiz oltita belgidan (harfdan) iborat o’zbek tili alfaviti; − o’ttiz ikkita belgidan (harfdan) iborat rus tili alfaviti; − yigirma sakkizta belgidan (harfdan) iborat lotin alfaviti; − ikki yuzi ellik oltita belgidan iborat ASSII kompyuter belgilarining alfaviti; − binar alfavit, ya’ni 0 va 1 belgilardan iborat alfavit; − sakkizlik va o’n oltilik sanoq sistemalari belgilaridan iborat alfavitlarni keltirish mumkin. Simmetrik shifrlarda ma’lumotni shifrlash va deshifrlash uchun bir xil kalitdan foydalaniladi. Bundan tashqari ochiq kalitli (assimetrik) kriptotizimlar mavjud bo’lib, unda shifrlash va deshifrlash uchun turli kalitlardan foydalaniladi. Turli kalitlardan foydalanilganligi bois, shifrlash kalitini oshkor qilsa bo’ladi va shuni uchun ochiq kalitli kriptotizim deb ataladi. Ochiq kalitli kriptotizimlarda shifrlash kaliti ochiq kalit deb atalsa, deshifrlash kaliti shaxsiy kalit deb ataladi. Simmetrik kalitli kriptotizimlarda esa kalit - simmetrik kalit deb ataladi. Download 0.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling