Nomi Oliy Majlis deyiladi


Download 15.96 Kb.
Sana09.04.2023
Hajmi15.96 Kb.
#1346657
Bog'liq
kerakli


rur, degan xulosaga kelindi. 2002 yil 27 yanvar kuni «Siz kelgusi chaqiriq O’zbekiston Respublikasi parlamentini ikki palatali qilib saylanishiga rozimisiz?» degan masalada referendum bo’lib o’tdi. Referendumda qatnashganlarning 93,65 foizi rozi ekanligini bildirib ovoz berdilar. 2002 yil 4-5 aprel kunlari bo’lib o’tgan Oliy Majlisning sakkizinchi sessiyasida «Referendum yakunlari va davlat hokimiyati tashkil etishning asosiy printsiplari to’g’risida» Konstitutsiyaviy qonun qabul qilindi. Mazkur qonunda respublika parlamentining nomi Oliy Majlis deyiladi, u ikki palatali - quyi va yuqori palatalardan Ikki palatali parlamentning shakllantirilishi iborat etib tashkil etiladi, deb belgilab qo’yildi. Quyi palata - Qonunchilik palatasi, yuqori palata – Senat deb ataladi, ularning vakolat muddati 5 yil deb belgilangan. Ikki palatali parlament tuzishning huquqiy asoslarini belgilab beruvchi yangi qonun loyihalarini tayyorlsh ishiga kirishildi. 2002 yil dekabrda bo’lib o’tgan ikkinchi chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining o’ninchi sessiyasida «O’zbekiston Respublikasining Qonunchilik palatasi to’g’risida», «O’zbekiston Respublikasining Senati to’g’risida» Konstitutsiyaviy qonunlar qabul qilindi. Qonunchilik palatasi 120 nafar deputatdan, Senat 100 nafar senatordan iborat etib shakllantiriladi. Bu o’zgarishlar 2003 yil aprelda O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga kiritilgan o’zgartirishlarda ham o’z ifodasini topdi. 2003 yil 29 avgustda «O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylovlar to’g’risida»gi Qonunga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritib, mazkur qonun yangi tahrirda qabul qilindi. Shu tariqa ikki palatali professional parlamentni shakllantirishning konstitutsiyaviy-huquqiy asoslari yaratildi. 2004 yil dekabr – 2005 yil yanvar oylarida mamlakatimizda ilk bor ikki palatali parlamentga saylovlar bo’lib o’tdi. Qonunchilik palatasiga 120 nafar deputat saylandi. Senatga respublikamizning har bir hududidan 6 nafardan, jami 84 senator saylandi. Konstitutsiyamizning 77- moddasiga muvofiq 16 nafar senator O’zbeksiton Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlandi. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2005 yil 27 yanvar kuni bo’lib o’tgan birinchi majlisida deputatlar Oqsoqollar Kengas
Download 15.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling