Nomidagi toshkent davlat texnika universiteti
Dehqonobod kaliy zavodining 2-navbati
Download 83.64 Kb.
|
amaliyot hisobot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishlab chiqarish korxonasining bugungi kundagi faoliyati
Dehqonobod kaliy zavodining 2-navbati
2009-yilda zavod quvvatini 600 ming tonnaga oshirish maqsadida Dehqonobod kaliy zavodi 2-navbati qurilishi loyihasi va texnik-iqtisodiy asosi (TIA) ishlab chiqiladi. Loyiha TIA 2011-yil 21-noyabrdagi PQ-1642 sonli prezident qaroriga asosan tasdiqlanadi.Xitoyning Citic kompaniyasi tomonidan qiymati 116,306 ming АQSh dollari, ishlab chiqarish quvvati yillik 400 000 tn. boʻlgan II bosqich qayta ishlash majmuasi qurilib, foydalanishga topshirildi. 2010-yil avgustida Dehqonobod tumanida kaliyli oʻgʻitlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan va Markaziy Osiyoda yagona hisoblanuvchi yirik sanoat korxonasining ishga tushirilishi natijasida mamlakatimizga ushbu turdagi mahsulotning chetdan import qilinishi toʻxtatildi. Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi rivoji uchun gʻoyatda muhim uch asosiy unsur-fosforli, azotli va kaliyli mineral oʻgʻitlar ishlab chiqarish salohiyatiga ega jahonning sanoqli davlatlari qatoridan joy oldi. Ishlab chiqarish korxonasining bugungi kundagi faoliyati 2019-2023 yillarda loyiha quvvati 120 ming tonna, qiymati 61 mln. АQSh dollariga teng kaliy sulьfati va boshqa kaliy tuzlarining turlarini ishlab chiqarishni tashkil etish hamda 180 ming tonna, qiymati 15 mln. АQSh dollariga teng granulyatsiyalangan xlorli kaliy ishlab chiqarishni tashkil etish boʼyicha 2 ta investitsion loyihani amalga oshirish nazarda tutilgan. “DKZ” АJ da GOST 4568-95 talablariga javob beradigan maydalangan markali, 1 nav kaliy xlorid mahsuloti flotatsion usulda ishlab chiqariladi. Oʼzbekiston Respublikasi milliy sertifikatlashtirish tizimining 05.09.2018 yildagi UZ.SMT.04.001. 07910 muvofiqlik sertifikati mavjud. “DKZ” АJ da ISO 9001:2015 xalqaro stantartiga muvofiq sifat menejmenti tizimi joriy etilgan va amal qilmoqda. Ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifati kafolati mustaqil xalqaro SGS kompaniyasi tomonidan tasdiqlangan. Korxonada oʼtgan 13 yil davomida jahon standarti talablariga toʼliq javob beradigan 1866,7 ming tonna kaliy xlorid mahsuloti ishlab chiqarildi, shundan 1370,8 ming tonnasi (73,4 %) xorijga eksport qilindi. Аyni paytda bu turdagi mahsulotlar dunyoning 10 dan ziyod mamlakatlariga jumladan Indoneziya, Malayziya, Vьetnam, Fillipin, Koreya, Eron, Ozarbayjon, Turkiya, Latviya, Litva, Qozogʼiston, Qirgʼiziston va boshqa qator davlatlarga eksport qilinmoqda. Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 29 avgustdagi “Kimyo sanoatining eksport-import faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida” gi 3246-son qaroiriga muvofiq 2017 yil 1 oktyabrdan “Oʼzkimyosanoat” АJ korxonalari, shu jumladan “DKZ” АJ mahsulotlar eksport/import operatsiyalari “Oʼzkimyoimpeks” MChJ orqali amalga oshirilib kelinmoqda. Qishloq xoʼjaligi vazirligining hisob kitoblariga koʼra, qishloq xoʼjaligi ekinlarining kaliyli oʼgʼitlarga ilmiy asoslangan talabi sof holda 313,6 ming tonnani, shundan sugʼoriladigan maydonlarda paxta va gʼalla ekinlari talabi 173,4 ming tonnani yoki umumiy talabning 55% ni tashkil etadi. Download 83.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling