Nominallik pul nazariyasi esse


Download 12.48 Kb.
Sana08.02.2023
Hajmi12.48 Kb.
#1176917
Bog'liq
Nominallik pul nazariyasi esse


Nominallik pul nazariyasi esse

Hozirgi kundalik hayotimizda pul barcha insonlar tomonidan hayotning asosiy talabi sifatida qaralik, usiz tinch va sog’lom hayotni tasavvur etib bo’lmaydi degan fikrlari ilgari suriladi. Sivilizatsiyaning keskin darajada o’sib borishi va g’arb madaniyatiga ergashib borayotgan zamonaviy davrda hamma narsaning narxi oshib borayotgani sababli insonlarda pulga bo’lgan ehtiyoj tobora ortib bormoqda. Ushbu esseda men pulning nominallik nazariyasi haqida bir qator fikrlarni ilgari surib o’tmoqchiman.


Barchaga ma’lum bo’lganidek, pulning nominallik nazariyasining ilg’or va yetuk asoschilari Angliyada tug’ilib o’sgan ruhoniy hamda faylasuf J. Berkli va iqtisod fanlari nomzodi J. Styuard hisoblanadi. Shu bilan bir qatorda ushbu sohaga katta hissa qo’shgan olim G. Knappdir. Pulning nominallik nazariyasi XVIII asrda paydo bo’lgan. Ushbe nazariyaning namoyondalari pulning tovar xususiyatini inkor etadilar. Ularning ta’kidlashlaricha, pul qiymat va iste’mol qiymatiga ega emas va pulning qiymati unga qo’yilgan nominallik bilan belgilanadi.
Knapp pulning nominallik nazariyasiini rivojlantirar ekan quyidagi fikrlarni aytib o’tadi, ya’ni uning nazariyasi bo’yicha pulni davlat yaratadi, pulning asosiy funksiyasi bu to’lov vositasi funksiyasidir, davlat pulga xarid qobiliyatini beradi hamda pulning xarid qobiliyati davlatning qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
Bundan tashqari pulning 3 asosiy mohiyati haqida sanab o’tiladi; dastlab shuni aytib o’tishadiki: pul barcha tovarlar qiymatini o’zida ifoda etuvchi umumiy ekvivalentdir, so’ngra pul ustaqil almashinuv xususiyatiga ega. Pul tovarlarsiz ham erkin harakatlana oladi va nihoyasida pul buyumlashgan mehnatning tashqi o’lchovi ekanligini aytib o’tishadi.
Shuni ham aytib o’tish joizki, iqtisodchilarning pulning mohiyati, uning funksiyalari va pul muomalasiga bo’lgan qarashlari pul nazariyalarini keltirib chiqardi. Bunday nazariyalarning kelib chiqishiga asosiy sabab ishlab chiqarishning taraqqiy etishi va pul muomalasining taraqqiyotdan ma’lum darajada oqsashini oldini olishs va uni rivojlantirish masalasi hisoblanadi.
Xulosa o’rnida shuni aytib o’tish kerakki, pulning nominallik nazariyasi ko’plab boshqa nazariyalar paydo bo’lishiga qaramasdan eng muhim va ilgariroq paydo bo’lgan nazariyas sifatida qaraladi va uning asoschilari yuqorida sanab o’tilgan bir qator fikr va g’oyalarni ilgari surib kelishgan.
Download 12.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling