Nominatsiya +Motivatsiya


Download 17.13 Kb.
Sana05.05.2020
Hajmi17.13 Kb.
#103510
Bog'liq
Nominatsiya (Lotincha)


Nominatsiya +Motivatsiya

Nominatsiya (lot. Nomination — nomlash, nom qo‘yish, atash) (tilshunoslikda) — nomlash xususiyatiga ega bo‘lgan, ya’ni nolisoniy borliq unsurlariga nom berish va ularni ajratib ko‘rsatish, ular haqida tegishli tushunchalarni shakllantirish uchun xizmat qiladigan til birliklari — so‘zlar, so‘z birikmalari, frazeologizmlar va gaplarni tahlil qilish. Nominatsiya jarayonining natijasi hisoblangan ma’noli til birligi xam ayni shu termin orqali ifodalanadi. Ayrim olimlar nominatsiya terminini tilshunoslikning nomlash jarayonlari tarkibini o‘rga nuvchi bo‘limini bildirish uchun ham qo‘llaydilar. Nominatsiyada 3 jihat farqlanadi: nomlanuvchi ob’ekt, nomlovchi sub’ekt, tanlab olinadigan til unsurlari. Alohida tushuncha, predmet, belgi («go‘zallik», «kitob», «aytmoq», «yashil»), muayyan belgilari bo‘lgan predmet («yashil da-raxt») yoki butun bir voqea-hodisa («Ba-hor!», «Qushlar uchdi») kabilar nominatsiyaning ob’ekti bo‘lishi mumkin. Shu jihatdan nominatsiya lug‘aviy va propozitiv (so‘z birikmasi va gap shaklidagi) nominatsiyaga bo‘linadi. Nominatsiya jarayonida nomlash uchun asos sifatida tanlab olinadigan belgi(lar) nomning ichki shaklini tashkil etadi. Demak, ayni bir ob’ekt o‘zining turli belgilari asosida turlicha nomlanishi mumkin (Mas, «bolalar stulchasi» — mo‘ljallanganlik; «katta stul» — hajm, shakl belgisi). Nomning tashqi shakli nomlash jarayonida tanlab olinadigan leksik-grammatik vositalar b-n belgilanadi. Shu sababli ichki shakl jixatidan bir xil bo‘lgan nomlar o‘zlarining tashqi shakli bilan farqlanadilar («nuroniy» — «keksa odam» — «chol»). Nominatsiyani vazifa va kelib chiqish jihatidan tekshirish uni azaliy, avvaldan mavjud bo‘lgan (yoki hozirgi tilda tub deb qaraladigan) nominatsiya va yasama (ma’no va so‘z yasalishiga ko‘ra) nominatsiya deb ikkiga ajratishga asos beradi. Avvaldan mavjud bo‘lgan yoki birlamchi nominatsiyajarayonlari — hozirgi tillarda juda kam uchraydigan hodisa: tilning nominativ boyligi, asosan, o‘zlashmalar yoki ikkilamchi nominatsiya hisobiga — nominatsiyajarayonida oldindan mavjud bo‘lgan birliklarning fonetik shaklidan yangi ifodalanayotgan narsaning nomi sifatida foydalanish hisobiga boyib bormoqda. Birlamchi nominatsiya natijalari muayyan til vakillari tomonidan azaliy, dastlabki nom tarzida idrok qilinadi (Mas, suv, tog‘, ichmoq, qora kabi). Bunday nominatsiyalarning yasama ekanligi faqat etimologik yoki tarixiy tahlil orqaligina aniqlanishi mumkin. Ikkilamchi nominatsiyanatijalari esa morfologik tarkibi yoki ma’nosiga ko‘ra, yasama nom sifatida idrok qilinadi. Tilda tasviriy vositalar, perifraza va idiomalarning hosil bo‘lishi ikkilamchi nominatsiyaning alohida holatidir.

Tilning ichki rivojlanish qonuniyatlariga mos keladigan va muayyan til vakillari ehtiyojlariga javob bera oladigan nominatsiyalar, odatda, umumiste’moldagi lug‘at tarkibidan o‘rin oladi. Lekin maxsus terminologik tushunchalar uchun yaratiladigan yoki tor ijtimoiy guruhlar doirasida (jargonlar), shuningdek, alohida muallif tomonidan so‘z qo‘llashda paydo bo‘ladigan nominatsiyalar haqida bunday deb bo‘lmaydi.

Abduvahob Madvaliev.



Motiv (lot. moveo — harakatlantiraman so‘zidan).

Motiv (psixologiyada) — inson faoliyatida muayyan maqsadni bajarishga sabab bo‘luvchi omil, vaj. Motiv shaxsni harakatga va faoliyatga undovchi, ehtiyojning yuksak shakli sifatida paydo bo‘luvchi ichki turtki hisoblanadi. Ehtiyoj va instinkt, mayl va hissiyot, ideal va b. Motivlar jumlasiga kiradi. Hozirgi zamon psixologiyasida motiv atamasi sub’ektni faollashtiruvchi turli hodisa va holatlarni ifodalash uchun qo‘llanadi. Xatti-harakat va faoliyat motivlarining majmuasi motivatsiya deyiladi. Motiv ehtiyoj negizida vujudga keladi va shakllanadi. Ehtiyojning barqarorlashuvi motivatsiyaning samarali shakllanishini ta’minlaydi. Harakat faoliyatning tarkibi bo‘lganligi tufayli u faoliyatning maqsadi va motivi orqali boshqariladi. Ba’zan «motiv» tu-shunchasini «emotsiya», «maqsad», «ustanovka» atamalari bilan almashtirish hollari uchraydi. Goho turtki, qo‘zg‘ovchi, undovchi tushunchalari bilan aynanlashtiriladi.
Download 17.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling