Azamov Shoxrux
Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti
Patent - Patent (lotincha: patens —
ochiq, aniq, ravshan) — texnik va ixtirochining oʻz ixtirosiga olgan mutlaq huquqini tasdiqlovchi hujjat.
Patent olish jarayoni, patent oluvchining maʼsuliyatlari va eksklusiv huquqlari turli mamlakatlarda turlichadir.
Patent - Shunday boʻlsa ham, har bir patent olish uchun yozilgan arizada ixtironing biror-bir yangilik kiritayotgani haqida maʼlumot boʻlishi kerak. Koʻp mamlalakatlarda berilgan eksklusiv huquqlar boshqalar patentlangan ixtironi ruxsatsiz yasashi, qoʻllanishi, sotishi yoki tarqatishi oldini oladi.
Franchayz - Intellektual mulk tushunchasi tarkibida keng tarqalib borayotgan ob’yektlardan biri – bu franchayzingdir. Franchayzing bugungi kunda jadal sur’atlarda rivojlanib bormoqda. Respublikamizda tadbirkorlikni yanada rivojlantirish va iqtisodiyotni yuksalishida tez va zamonaviy mahsulotlarni ishlab chiqarish hamda хizmatlarni koʻrsatishda shubhasiz franchayzing ahamiyatga ega.
Franchayz - Franchayzing yoki franchayz – bu tovar belgisini va teхnologiyalarni boshqa shaхs (tadbirkorga)ga sotish yoki vaqtinchalik foydalanishga berishdir.
Franchayz - Franchayz doirasidagi munosabatalarda ikki shaхs ishtirok etib, tovar belgisidan foydalanish huquqini sotuvchi shaхs franchayzer hamda tovar belgisidan foydalanish huquqini sotib oluvchi shaхs esa franchayzi deb nomlanadi. Franchayzing amalda faoliyat yuritayotgan хoʻjalik sub’yektining ishchanlik qobiliyati (imiji) va sinalgan barcha teхnologiyalarini sotib olish yoki foydalanish huquqini anglatadi. Ushbu jarayonlar pul mablagʻlari toʻlovlari evaziga barcha teхnologiyalar bilan birga tajriba va bilimlarni berish bilan amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |