Nomoddiy madaniy meros obyektlarining ro‘yxatini yuritish to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga


Download 59.37 Kb.
bet1/8
Sana05.05.2023
Hajmi59.37 Kb.
#1431599
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
47 23.02.2011




[OKOZ:

1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.03.00 Milliy madaniy meros]

[TSZ:

1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Madaniyat]

PDF-faylidagi rasmiy manba
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
NOMODDIY MADANIY MEROS MUHOFAZASIGA OID NORMATIV-HUQUQIY HUJJATLARNI TASDIQLASh TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasining “Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risida”gi Qonuniga o‘zgartishlar kiritish haqida”gi 2009-yil 9-oktabrdagi O‘RQ-228-son Qonunini amalga tatbiq etish hamda Vazirlar Mahkamasining “2010 — 2020-yillarda nomoddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish, asrash, targ‘ib qilish va ulardan foydalanish Davlat dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 2010-yil 7-oktabrdagi 222-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Nomoddiy madaniy meros obyektlarining ro‘yxatini yuritish to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga;
Nomoddiy madaniy meros obyektlarini tarixiy-madaniy ekspertizadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Vazirlar Mahkamasining “Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2002-yil 29-iyuldagi 269-son qaroriga 3-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A. Aripov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2011-yil 23-fevral,
47-son
Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 23-fevraldagi 47-son qaroriga
1-ILOVA
Nomoddiy madaniy meros obyektlarining ro‘yxatini yuritish to‘g‘risidagi
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom nomoddiy madaniy meros obyektlarining ro‘yxatini yuritish qoidalarini belgilaydi.
2. Nomoddiy madaniy meros obyektlarining ro‘yxati nomoddiy madaniy meros obyektlari to‘g‘risidagi yangilanib turiladigan ma’lumotlar ko‘rsatilgan hisobga olish hujjatidan iborat bo‘ladi.
3. Nomoddiy madaniy meros obyektlarining ro‘yxatini yuritishga quyidagilar kiradi:
nomoddiy madaniy meros obyektini identifikatsiya qilish;
tegishli nomoddiy madaniy meros obyektlarining tarmoqlari, yo‘nalishlari, janrlari va uslublarini tasniflash;
nomoddiy madaniy meros obyektlarini doimiy ravishda tiklovchi shaxslarni, guruhlarni ko‘rsatish;
ma’lumotlarni tizimga solish, saqlash va yangilab borish;
nomoddiy madaniy meros obyektlarining sifat holatini aniqlash va uning natijalari bo‘yicha hisobotlar tuzish.
Oldingi tahrirga qarang.
4. Tarixiy-madaniy qimmatga ega bo‘lgan obyektlarni Nomoddiy madaniy meros obyektlarining ro‘yxatiga kiritish O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek yuridik va jismoniy shaxslarning takliflari asosida amalga oshiriladi.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11-maydagi 270-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 19-son, 345-modda)
II. Ro‘yxatga olish obyektlari
5. Quyidagi nomoddiy madaniy meros obyektlari ro‘yxatga olish obyektlari hisoblanadi:
o‘zlikni namoyon qilishning og‘zaki shakl va an’analari (shu jumladan, til — nomoddiy madaniy merosni ifodalash faktori sifatida);
ijrochilik san’ati;
jamiyatning urf-odat, marosim va bayramlari;
tabiat va koinot bilan bog‘liq bilim va urf-odatlar;
an’anaviy hunarmandchilik bilan bog‘liq bilim va ko‘nikmalar;
nomoddiy madaniy merosni namoyon etish bilan bog‘liq jihozlar, predmetlar, artefaktlar va madaniy makonlar.
III. Nomoddiy madaniy meros obyektlarining ro‘yxati
Oldingi tahrirga qarang.
6. Nomoddiy madaniy meros obyektlarining ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining Respublika madaniyat muassasalari faoliyatini tashkil etish ilmiy-metodika markazi (keyingi o‘rinlarda “Markaz” deb ataladi) tomonidan yuritiladi.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11-maydagi 270-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 19-son, 345-modda)
7. Nomoddiy madaniy meros obyektlarining ro‘yxati nomoddiy madaniy meros obyektlarini davlat tomonidan muhofaza qilish maqsadida yuritiladi.
8. Obyektlar tarixiy-madaniy ekspertiza xulosasiga asosan ro‘yxatga kiritiladi.
9. Nomoddiy madaniy meros obyektlarining ro‘yxati doimiy ravishda to‘ldirilib, yangilanib boriladi.
10. Nomoddiy madaniy meros obyektlarining ro‘yxati tarkibiga:
insoniyat nomoddiy madaniy merosining Reprezentativ ro‘yxatiga tavsiya etilayotgan obyektlar ro‘yxati;
zudlik bilan muhofaza ostiga olinishi lozim bo‘lgan nomoddiy madaniy meros obyektlarining ro‘yxati;
nomoddiy madaniy meros obyektlarining milliy ro‘yxati;
nomoddiy madaniy meros obyektlarining mahalliy ro‘yxati kiradi.
11. Nomoddiy madaniy meros obyektlarining mahalliy ro‘yxati Nomoddiy madaniy meros obyektlarining milliy ro‘yxatini, Nomoddiy madaniy meros obyektlarining milliy ro‘yxati o‘z navbatida, Insoniyat nomoddiy madaniy merosining Reprezentativ ro‘yxatiga tavsiya etilayotgan obyektlar ro‘yxatining to‘ldirilib, yangilanib borishi uchun xizmat qiladi.
12. Nomoddiy madaniy meros obyektlarining ro‘yxatiga quyidagi ma’lumotlar kiritiladi:
obyektning ro‘yxatdagi tartib raqami;
obyektning nomi;
obyektni ro‘yxatga kiritish bo‘yicha taklif kiritgan yuridik va jismoniy shaxslar;
obyekt mavjud hudud (yoki hududlar)ning nomlanishi;
obyekt namoyon etayotgan soha;
obyektni o‘zida saqlovchilarning nomi va manzili;
obyektning maqsadli vazifasi;
obyekt yuzasidan tarixiy ma’lumotlar;
obyektning hozirgi kundagi ahvoli;
obyekt xususiyatidan kelib chiqib boshqa ma’lumotlar.
IV. Nomoddiy madaniy meros obyektlarini hujjatlashtirish
13. Nomoddiy madaniy meros obyektlarining ro‘yxatiga kiritiladigan nomoddiy madaniy meros obyektini o‘rganish va hujjatlashtirish ishlari, aksariyat hollarda, obyekt joylashgan joyda tashkil etiladi. Bu ishga davlat organlari, ilmiy institut va muassasalar hamda nodavlat notijorat tashkilotlarining vakillari, nomoddiy madaniy merosni asrash va ulardan foydalanish yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan va tadqiqot ishlarini olib borayotgan alohida tadqiqotchilar va mutaxassislar mustaqil ekspertlar sifatida jalb etilishi mumkin. Bunda, Markaz belgilangan tartibda mustaqil ekspertlar bilan shartnomalar tuzadi.
14. Nomoddiy madaniy meros obyektlarini Nomoddiy madaniy meros obyektlarining ro‘yxatiga kiritilishini asoslovchi materiallar ushbu Nizomning 1, 2 va 3-ilovalarida keltirilgan namunalarga muvofiq rasmiylashtiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
15. Nomoddiy madaniy meros obyektlarining ro‘yxatiga kiritilgan obyektga tegishli barcha hujjatlar Markaz va uning hududiy bo‘linmalarida qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda saqlanadi.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
V. Yakuniy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
16. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, mahalliy davlat hokimiyati organlari Nomoddiy madaniy meros obyektlarining ro‘yxatiga kiritilgan nomoddiy madaniy meros obyektlari holatini nazorat qilib turadi.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11-maydagi 270-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 19-son, 345-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
17. Muhofaza ostiga olinishi lozim bo‘lgan nomoddiy madaniy meros obyektlarni o‘rganish, ularning tarixiy-madaniy ekspertizasini tashkil etish hamda Nomoddiy madaniy meros obyektlari ro‘yxatiga kiritish bilan bog‘liq xarajatlar Madaniyat vazirligiga moliya yilida davlat budjetidan ajratilgan mablag‘lar doirasida amalga oshiriladi.
(17-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11-maydagi 270-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 19-son, 345-modda)
18. Nomoddiy madaniy meros obyektlarining ro‘yxatiga kiritilgan obyektlar va ular to‘g‘risidagi ma’lumotlar maxsus tashkil etilgan internet veb-saytida e’lon qilib boriladi.
Nomoddiy madaniy meros obyektlarining ro‘yxatini yuritish to‘g‘risidagi nizomga
1-ILOVA
Nomoddiy madaniy meros obyektlarini Insoniyat nomoddiy madaniy merosining Reprezentativ ro‘yxatiga tavsiya etuvchi materiallarni rasmiylashtirish

Download 59.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling