Nomukammal bozorlarda firmalar faoliyati
Download 0.82 Mb. Pdf ko'rish
|
Nomukammal bozorlarda firmalar faoliyati ilashov suxrob
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sof monopoliya
- Raqobat quyidagilarga ko’maklashadi
- Raqobat modellarining tasnilanishi.
Raqobat tushunchasi . Mukammal va nomukammal bozorlar. Oligopoliya bozori va uning xususiyatlari. Raqobat - bozor subʼektlari iqtisodiy manfaatlarining toʻqnashuvidan iborat boʻlib, ular oʻrtasidagi yuqori foyda va koʻproq naflilikka ega boʻlish uchun kurashni anglatadi . Sof monopoliya – bu bitta sotuvchi va ko’p xaridorlar qatnashgan bozor , yoki o’rnini bosuvchi tovarni sotadigan yagona sotuvchi bo’lgan bozor vaziyati , yoki tarmoqda yagona firma bo’lib , firmaning ishlach chiqarish va sotish chegarasi tarmoq chegarasiga teng bo’lgan bozor . Sof monopoliya va raqobatdosh bozor bir-biriga teskari bozorlar hisoblanadi . Raqobat quyidagilarga ko’maklashadi : Ishlab chiqarishni kengaytirish va ixchamlashtirish Ilg’or yangiliklarni joriy etishga Resurs xarajatlarini tejashga Iqtisodiyotning umumiy samaradorligini oshirish Talabning qulay qondirilishiga Narxlarni tenglashtirish va pasaytirishga Raqobatning ajralib turadigan 4 ta modeli mavjud: 1.Mukammal raqobat 2.Monopolistik raqobat 3.Sof monopoliya 4.Oligopoliya Raqobat modellarining tasnilanishi. Mukammal raqobat Monopol- lashgan raqobat Oligopoliya Sof monopoliya Firmalar soni Cheklanmag an miqdor Ko’p Bir qancha Bitta Mahsulot turi Bir turdagi Differensial- lashgan Bir turdagi Yagona , unikal Bozordagi hokimlik Yo’q Uncha katta emas Yuqori Maksimal darajada Bozorga kirish chiqishdagi to’siqlar Yo’q Uncha ko’p emas Ko’p Umuman olib tashlab bo’lmaydigan Maksimal foyda olish MR=MC=P P>MC Axborot olish imkoniyati Axborot tezlik bilan va mutlaqo bepul tarqatiladi Axborot olishda qiyinchiliklar mavjud Axborot olishda cheklovlar mavjud Axborot maxfiy Nomukammal bozor deganda - faraziy mukammal (yoki "sof") raqobatdosh bozorning qat'iy me'yorlariga javob bermaydigan har qanday iqtisodiy bozor tushuniladi . Nomukammal bozorda individual xaridorlar va sotuvchilar narxlar va ishlab chiqarishga ta'sir ko'rsatishi mumkin, mahsulotlar va narxlar to'g'risida ma'lumot to'liq oshkor etilmaydi va bozorga kirish yoki chiqish uchun yuqori to'siqlar mavjud. Mukammal bozor mukammal raqobat, bozor muvozanati va xaridorlar va sotuvchilarning cheksiz ko'pligi bilan ajralib turadi. Asosiy mahsulot. Nomukammal bozorlar taxminiy yoki mukammal raqobatbardosh bozorning qat'iy me'yorlariga javob bermaydi. Nomukammal bozorlar bozor ulushi uchun raqobatbardoshlik, kirish va chiqish yo'lidagi yuqori to'siqlar, turli xil mahsulotlar va xizmatlar hamda oz sonli xaridor va sotuvchilar bilan ajralib turadi. Bozor haqida mukammal ma'lumot. Ma'lumotlar xatosiz, mukammal va mukammaldir. Barcha ishlab chiqaruvchilar va iste'molchilar qaysi narxda sotib olish va sotishni mukammal bilishadi, shuning uchun xavf minimaldir. Boshqa tomondan, nomukammal bozorda bu mukammal ma'lumot mavjud emas. Mukammal raqobat bozori - ideal munosabat bo'lgan bozor munosabatlarining modeli. Shu bilan birga, bozor rivojlanishini cheklovchi cheklovlar yo'q . Oligopoliya — tarmoqdagi bir necha yirik ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchining narx va ishlab chiqarish hajmini belgilashdagi hukmronlik holati hisoblanadi. Oligopoliya bozorning asosiyb xususiyatlaridan biri bu biror bir firma faoliyatidagi o’zgarish , albatta boshqa shunday tovar ishlab chiqarayotgan firmaga ta’sir o’tkazishidadir. Ikkinchi firma raqobatda sinib qolmaslik uchun birinchi o’zgarishiga javoban albatta biror o’zgarish qilishi lozim. Bu o’zgarish narxda, sotuv hajmida , bozordagi ulushida , investitsion innovatsion faoliyatda , xarajatlarni qisqartirish strategiyasida yoki sotishdan keyingi xizmat ko’rsatishni yaxshilab borishda namoyon bo’lishi mumkin. Narxlar jangi – bu raqobatlashadigan firmalar tomonidan olipolik bozorda narxlarni bosqichma bosqich tushirishdir. Oligopolik bozorda ishlab chiqarilayotgan tovar bir turdagi ham diversufikatsiyalashgan ham bo’lishi mumkin. Agarda iste’molchilar biror bir firma savdo belgisiga alohida e’tibor qaratmasalar , bozordagi aksariyat tovarlar absolyut o’rnini bosuvchi tovarlar bo’lsa , bu bozor sof yoki bir turdagi oligopoliya bozori hisoblanadi . Agarda tovarlar o’z savdo belgisi bo’yicha yuqori mavqega ega bo’lsa va ularning absolyut o’rnini bosuvchi tovarlari bo’lmasa (ba’zi bir elementlariga ko’ra) , unda bu bozor differensiallashgan oligopoliya bozori deyiladi. Download 0.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling