Non mahsulotlarining kislotaligini aniqlash


“PEDAGOGS”   international research journal ISSN


Download 0.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana17.06.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1533977
1   2   3   4
Bog'liq
131-134

“PEDAGOGS” 
 international research journal ISSN: 
2181-4027
_SJIF: 
4.995
 
www.pedagoglar.uz
 


Volume-22, Issue-1, November - 2022
 
132 
Bu usul bilan biror kislotaning titrlangan eritmasidan foydalanib ishqorlarning 
miqdorini aniqlash (asidimetriya) yoki ishqorning titrlangan eritmasidan foydalanib, 
kislotalarning miqdorini aniqlash (alkalimetriya) mumkin.
Neytrallash usuli oziq-ovqat sanoatida shu jumladan xamirturush (drojja), un, sut, 
muzqaymoq, pivoning kislotaliligini, sirka kislota tarkibidagi sirka miqdorini 
aniqlashda keng ishlatiladi.
Kislotalarning titrini aniqlashda boshlang’ich modda sifatida: Na
2
B
4
O
7
 

 10H
2
O, 
Na
2
CO
3
, C
2
H
5
ONa lar ishlatiladi.
Ishqorlarning titrini aniqlashda: oksalat (H
2
C
2
O
4
 

2H
2
O), qahrabo kislotasi 
(HOOC-CH2- CH2-COOH), vino kislotasi (H
2
C
4
H
4
O
6
 ) ishlatiladi.
Konsentratsiyasi (titri) aniq ma`lum bo’lgan eritmalar titrlangan, titrant yoki 
standart eritmalar deyiladi. Ular quyidagi talablarga javob berishi: 
1) 
modda kimyoviy toza bo’lishi; 
2) 
moddaning tarkibi uning formulasiga to’la mos kelishi ; 
3) 
modda quruq holda saqlanganda ham, eritma holda saqlanganda ham 
barqaror bo’lishi; 
4) 
moddaning gramm ekvivalent qiymati mumkin qadar katta bo’lishi kerak, 
chunki bu eritmaning titrini aniq topishga imkon beradi. 
Ko’rsatilgan talablarga javob beradigan moddalar titrlangan yoki boshlang’ich 
moddalar deyiladi, chunki ulardan foydalanib qolgan boshqa moddalarning titri 
aniqlanadi. 
Boshlang’ich moddalar quyidagi usullar bilan tayyorlanadi: 
1. Fiksanal tayyorlash usuli. Fiksanal – 1 litr aniq 0,1000 n eritma tayyorlash 
uchun kerakli miqdorda aniq tortilib yoki aniq o’lchanib shisha ampulalarga solib 
kavsharlangan qattiq modda yoki titrlangan eritmalardir. Fiksanaldan titrlangan eritma 
tayerlash ampuladagi moddani hajmi 1 litrli kolbaning bo’g’ziga varonka qo’yib, uning 
ichida bayok (nayza) qo’yiladi va shu bayook yordamida ampulaning yupqa devorli 
tubi sindiriladi. Ampulaning yuqori qismidagi chuqurcha uchi o’tkir shisha tayoqcha 
bilan teshiladi. Teshikdan ampula ichiga yuvgich yordamida suv purkab yuviladi. 
So’ngra varonka yuviladi va uni olib qo’yib, kolbadagi suyuqlikning hajmi distillangan 
suv qo’shib belgisigacha etkaziladi. 
2. Tortim usuli. Kerakli moddadan analitik tarozida aniq tortib olib o’lchov 
kolbasida eritiladi va eritmaning hajmi kolbaning belgisiga etguncha distillangan suv 
bilan to’ldiriladi.
Bunday eritmalarga birlamchi standart eritmalar yoki tayyorlangan eritmalar 
deyiladi. Lekin hamma moddalarning eritmasini masalan, (HCl, NaOH) tayyorlab 
bo’lmaydi. 
3.Titrlash usuli. Titrlangan eritmalarga qo’yiladigan talablarga (yuqoriga qarang) 
javob bera olmaydigan eritmalar titrlash usuli bilan tayyorlanadi. Bunda tahminan 



Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling